Lotin amerikasi
Lotin amerikasi
(
ispancha
:
América Latina, Latinoamérica
,
portugalcha
:
América Latina
,
fransuzcha
:
Amérique latine
) — Shimoliy Amerikaning jan. qismida, Rio-Bravodel - Norte
daryosidan jan.da (
Markaziy Amerika
va
Vest-Indiya
bilan birga) va Janubiy Amerika joylashgan
mamlakatlarning umumiy nomi. Umumiy maydoni 20,5 mln. km². L. A.da Antigua va Barbuda,
Bagama Orollari, Barbodos, Beliz, Gaiti, Gvatemala, Gonduras, Grenada, Dominika, Dominikana
Respublikasi, Kosta-Rika, Kuba, Meksika, Nikaragua, Panama, Salvador, Sent-Vinsent va
Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka, Argentina, Boliviya,
Braziliya, Venesuela, Gayana, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, Chili, Ekvador dav-
latlari va Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya hamda AQSH mulklari joylashgan. L. A. aholisi
etnik tarkibi jixatidan juda xilma-xil. L. A. mamlakatlarida Yevropadan koʻchib borganlar va
ularning avlodlari,
metislar
,
mulatlar
,
indeyslar
,
negrlar
,
xitoylar
, hindlar va boshqa yashaydi. 18
mamlakatda davlat tili yoki rasmiy til —
ispan tili
,
Braziliyada
portugal tili
,
Gaitida
fransuz tili
,
Surinamda
niderland tili
, qolgan mamlakatlarda
ingliz tili
. L. A. axrlisining koʻpchiligi
soʻzlashadigan
roman tillari
lotin tili
negizida tashkil topganligi sababli qitʼaning bu qismi "L. A."
deb ataladi.
Yevropalik istilochilar bosib olgunlariga qadar L. A. aholisi boʻlgan indeys qabilalari ilk sinfiy
davlatlarni vujudga keltirgan. Bu xalqlarning ayrimlari oʻz yozuvlarini ham ixtiro qilishgan,
shuningdek astronomiya, mat. va tibbiyot fanlari sohalarida, rangli metallarga ishlov berish,
toʻquvchilik, qurilish texnikasi, dengizchilik, tasviriy sanʼatda ancha yutuqlarga erishishgan. 15-
asrning oxirlarida X. Kolumbning Amerika qitʼasiga ilk bor borishi bir kancha Yevropa mamlakatlari
tomonidan L. A.ning bosib olinishini boshlab berdi. 19-asrning boshlariga kelib uzok, vaqt davom
etgan mustaqillik uchun kurashlar deyarli barcha mustamlakalarning siyosiy mustaqillikni qoʻlga
kiritishi bilan yakunlandi.
L. A.ning 26 mamlakati aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi iqtisodiy sistemasi deb nomlanuvchi
regional iqtisodiy tashkilot (qarorgohi Karakasda) hamda 11 mamlakat aʼzo boʻlgan Lotin
Amerikasi integratsiya assotsiatsiya (uyushma)si deb nomlanuvchi savdo-iqtisodiy guruh
(qarorgohi Montevideoda) tashkil etilgan. L. A. tabiiy resurslarga juda boy. Temir rudasi, boksit,
oltin, mis, kobalt, nodir va noyob metall konlari, Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor.
Tuprogʻi va iqlim sharoitlari L. A.da qimmatbaho tropik oʻsimliklar, jumladan kakao, shakarqamish,
kofe, sitrus mevalar va boshqalarni yetishtirish imkonini beradi. Qisman tropik va subtropik
oʻrmonlar saqlanib qolgan.
L. A.ning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlari — Braziliya, Argentina va Meksika. L. A.
mamlakatlari eksportining 80%ni xom ashyo tovarlari tashkil etadi, chetdan esa, asosan, tayyor
mahsulot keltiriladi. Yana L. A.da joylashgan mamlakatlarning alohida maqolalariga qarangJanubiy Amerika
Yana q.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 14 kun avval
PlanespotterA320
tomonidan amalga oshirildi
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Lotin_a
merikasi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Lotin_amerikasi&oldid=25332
76
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |