O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
Kompyuterlashtirilgan loyixalash
tizimlari fakulteti
Soxaning texnologik o’lchashlari va asboblari
Mustaqil ish
Mavzu: Sharikli pnevmatik viszokizmetr
Guruh: 69-20
Bajardi: Nizomov Nurmuhammad
Tekshirdi: Axmedov Sherzod
Reja
1)Viskozimetrlar haqida
2)Sharikli Viskozimetrlar
3)Ishlatilish soxalari
VISKOZIMETR
(lot. viscosus — qovushoq va…metr) — suyuqlik va gazlarning qovushoqligini aniqlaydigan asbob (q. Qovushoqlik). Kapillyar, rotasion, sharchali, ul'tratovush V. lari keng tarqalgan. Kapillyar Viskozimetrning ishi ingichka dumaloq naycha (kapillyar)dan ma'lum hajmli (miqdorli) suyuqlik yoki gazni o‘tkazib ko‘rishga asoslangan. Rotasion Viskozimetrda sinaladigan qovushoq modda ikki o‘qdosh jism (silindrlar, konuslar, sferik jismlar) orasidagi tirqishga solinadi.
Jismlardan biri (rotor) aylanadi, ikkinchisi qo‘zg‘almay turadi. Qovushoqlik burovchi momentga (burchak tezligi ma'lum) yoki burchak tezligiga (burovchi moment ma'lum) qarab aniqlanadi. Sharchali Viskozimetrda qovushoqlik sinalayotgan modda ichida sharning harakatlanish tezligiga qarab aniqlanadi. Ul'tratovush Viskozimetrning ishi magnitostriksion materialdan yasalgan va sinalayotgan modda ichiga solingan plastinka tebranishlarining modda ichida so‘nish tezligini o‘lchashga asoslangan. Bu V. lar qovushoqlikni dinamik (Pas.) va kinematik (m2/s) qovushoqlik birliklarida ifodalashga imkon beradi. Suyuqliklarning qovushoqligini shartli birliklarda o‘lchashga imkon beradigan Viskozimetr ham bor. Bunday Viskozimetr darajalarga bo‘lingan naychali idishdan iborat. Bunday Viskozimetrda qovushoqlik muayyan vaqg mobaynida naychadan oqib o‘tgan suyuqlik hajmiga qarab aniqlanadi. Bunda qovushoqlik sekund (s)da va Engler gradusiga o‘lchanadi.
Sharikli viskozimetrlar suyuqliklarning qovushoqligini o`lchashda keng ishlatiladi.
Qovushoqlikni erkin tushuvchi jism usuli bilan o`lchash Stoks qonuniga asoslangan. Bu qonunga muvofiq erkin tushuv
chi jismning suyuqlikdagi tezligi shu suyuqlik qovushoqligi bilan bog`langan. Bu bog`lanish quyidagicha ifodalanadi:
K ,
(1 2 )g r 2v
bu erda ρ1 va ρ2 - sharik materialining va suyuqlikning zichliklari, kg/m3; g - og`irlik kuchining tezlanishi, m/s2; r- sharikning radiusi, m; v - sharikning bir me`yorda tushishi tezligi, m/s; K-qabul qilingan o`lchovga bog`liq bo`lgan sonli doimiy koeffitsient.
Stokc qonuni bir jinsli suyuqlikning mutlaqo sferik sharikka nisbatan laminar harakatida ishlatilishi mumkin (8.10) formuladan ma`lumki, tekshirilayotgan suyuklikning qovushoqligini o`lchash suyuqlikdagi sharikning tushish tezligini yoki sharikning belgilangan masofadan o`tish vaqtini o`lchashdan iborat. Qovushoqlikning sharik tushish vaqtiga bog`liqligi quyidagicha ifodalanadi
K ,
bu erda K - asbob doimiysi, Pa; τ -sharikning belgilangan masofadan o`tish vaqti, s.
8.7-rasm. Erkin tushuvchi sharchali avtomatik viskozimetrning printsipial sxemasi
|
Qovushoqlikni sharchaning erkin tushish vaqti bo`yicha aniqlaydigan avtomat qurilmaning printsipial sxemasi 8.7-rasmda ko`rsatilgan. Suyuqlik oqimi sharik
1 ni boshlang`ich holyatga shesternyali nasos 2 yordamida ko`taradi. Bu shesternyali nasos elektr dvigateli 3 ga ega. SHarikni ko`tarish bilan birga nasos suyuqlikdan namuna olib, uni sinaydi. SHarik yuqorigi cheklovchi to`rga etgach, nasos to`xtaydi, sharik harakatsiz muhitda erkin pastga
tushadi.
|
Induktsion g`altaklar 7 orkali sharikning belgilangan yo`l l dan o`tish vaqti hisoblanadi. SHarikning induktsion g`altaklardan o`tishida nomuvozanatlik signallari hosil bo`ladi va bu signal elektron kuchaytirgich 6 orqali kuchaytiriladi. SHesternyali nasosning avtomatik pavishda ulanishi va vaqtning hisoblanishi rele bloki 4 va o`lchash asbobi 5 yordamida bajariladi.
Asbobning o`lchash chegaralari induktsion g`altaklar orasidagi masofa l va sharcha diametrining o`zgarishi bilan tanlanadi.
Bunday asboblarda 100 Pa s diapazondagi suyuqlik qovushoqligini o`lchash mumkin. Asboblarning o`lchash aniqligi ±2%.
Sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan, sun`iy tolalar, sintetik smolalar, kauchuk eritmalari, bo`yoqlar, surkov moylari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qovushqoqlik mahsulot tarkibi va sifatini aniqlovchi kattalik hisoblanadi. SHuning uchun ko`pgina hollarda qovushqoqlikni avtomatik tarzda uzluksiz o`lchab turish muhim ahamiyatga ega bo`ladi.
Suyuqliklarning sirpanish yoki siljishga qarshilik ko`rsatish xususiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |