"liderlar" jamoasining maqsad va g‘oyalari bizning yangicha qarash va yondashuvlarimizga hamohang



Download 30,42 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi30,42 Kb.
#562408
Bog'liq
LIDERLAR


“LIDERLAR” JAMOASINING MAQSAD VA G‘OYALARI BIZNING YANGICHA QARASH VA YONDASHUVLARIMIZGA HAMOHANG! Tan olishimiz va taʼkidlashimiz joiz, yangi O‘zbekistonni zamonaviy bilim va yangicha dunyoqarashga ega, kreativ fikrlovchi yoshlar barpo etadi. Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash tizimini mutlaq yangi bosqichga olib chiqmoqda. Albatta, bu bejizga emas. Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekistonimizning har bir yosh yigit-qizining muvaffaqiyatini o‘z yutuqlaridek qabul qiladilar, g‘ururlanadilar. Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashuvda: “Yoshlar orasida “Men Sizning yoningizda turib, kamarbasta bo‘laman!” deb ko‘zi yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlar borligiga ishonaman. Yetakchilikning, o‘z ortidan ergashtirishning eng to‘g‘ri yo‘li shaxsiy o‘rnak va namuna bo‘lishdir”, deb alohida taʼkidlab o‘tganlar. Ularning tashabbusi bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etilib, 30 iyun – Yoshlar kuni deb eʼlon qilindi. Albatta, yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor bizlarni quvontirishi bilan birga zimmamizga juda katta masʼuliyat yuklayapti. Bu masʼuliyat – bugun turli tadbirbozlik va qarsakbozliklardan voz kechib, aniq va natijali ishga o‘tishni, raqamlardagi asosli va asossiz hisobotlar, qog ‘ozlarda aks etgan yutuqlarga mast bo‘lmasdan, amalda muammolarni o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rishni, mamlakatdagi har bir yoshni, ayniqsa, chekka hududlardagi isteʼdodi va orzulari changda qolib ketayotgan yoshlarni izlab topish va ularning hayoti, istiqboli bilan qiziqish, orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga amaliy yordam berishdir. Umuman olganda, jamiyatda biz eʼtibor qaratishimiz va hal qilishga harakat qilishimiz kerak bo‘lgan masalalar bir talay. Endi savol tug‘iladi: bu masala va muammolarning yechimi bilan kim shug‘ullanadi? Kim bizlarga yangi-yangi takliflar va kreativ fikrlar beradi? Kim bizlarga olis hududlardagi yoshlarimizning hayoti va turmush darajasini yaxshilash yo‘lida hamroh va hamkor bo‘ladi? Albatta, biz o‘zimiz. Biz – faol va fidoyi, bilimli yoshlar jamoasi, barchamiz birgalikda hamma masalalar va yechimlar ustida bosh qotiruvchi va harakat qiluvchilarmiz, to‘g‘rimi? O‘zimizdan boshqa kim ham bo‘lishi mumkin?! Axir muammomiz nimada va qayerda ekanini kim ham bizdan yaxshiroq biladi?! Men “Liderlar” kanalini kuzatib borib, bu yerda aynan bizning maqsad va g‘oyalarimizning aks etganini ko‘rdim. Biz izlayotgan, intilayotgan, harakat qilayotgan eng asosiy maqsadlarimizdan biri bu – ilmu maʼrifatli, kitobni, hayotni, oilasini, Vatani va xalqini sevadigan faol, yetakchi, zamonaviy fikrlovchi yoshlar safini kengaytirish va ularning ko‘magida jamiyatda yoshlar hayoti va faoliyatiga oid barcha masalalarning tub-tubigacha kirib borish. “Liderlar” kanali esa bizning ishimizni yengil­lashtirib, aynan mana shunday yoshlarni bir jamoaga to‘plab, ular bilan kreativ muloqot va hamkorlikni boshlab yuborishibdi. Quvonarlisi, bu kanalda berilayotgan har bir mavzu aynan yoshlar hayotida ijobiy aks-sado berish, ongi va tafakkurini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan. O‘zim va oila aʼzolarim bilan berilib, qiziqib, taʼsirlanib ko‘rganlarim, tinglaganlarim – “Far­zandimga maktub”, “Rakesh”, “Miyadagi kinoteatr”, ayniqsa, beqiyos tarbiyaviy ahamiyatga ega. Umuman olganda, bugun jamiyat mutlaqo sifatli va samarali targ‘ibotga muhtoj. Yoshlar ongi va tafakkurida g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, ularni fidoyi, vatanparvar, xalqini sevadigan Insonlar bo‘lib yetishishi uchun bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etishimiz kerak. Jamiyatimizning har bir muvaffaqiyatida har bir yoshning o‘rni va ishtiroki borligiga ishontirishimiz kerak. “Liderlar” kitobidagi har bir mavzu esa yoshlarimizda mana shu eng muhim bo‘lgan motivatsion xususiyatlarni – ishonch va umid, kuch-g‘ayrat, shijoat, vatanparvarlikni uyg‘otadi. Men O‘zbekistonda, ayniqsa, yosh kadrlar hayotiga Liderlik atamasini kiritgan, har bir yosh mutaxassisda liderlik fazilati shakllanishida zo‘r turtki bo‘layotgan “Liderlar kitobi”ning

ijodiy jamoasiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman hamda barcha faol va izlanuvchan yoshlar nomidan cheksiz minnatdorlik bildiraman


INNOVATSIYA– LIDERNI UNING ORTIDAN ERGASHUVCHILARDAN AJRATIB TURADI Dunyoning mashhur insonlaridan biri Stiv Jobs aynan ushbu fikri bilan liderlikning asosiy xususiyatlaridan biri innovatsiyaga yo‘nalganlik yoki innovatsion g‘oya va tashabbuslar ekanini isbotlaydi. Haqiqatdan ham, innovatsiya, bu yangi g‘oya va tashabbuslarni samarali amalga tatbiq etish sanʼatidir. Innovatsiya, bu hayotga, faoliyatga yangicha qarash va yangicha yondashuv, demakdir. Bugun jamiyatimizda har bir sohada yuz berayotgan jadal islohotlarga innovatsion yondashuv talab etilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qurollantirish, iqtisodiyotni raqamlashtirish, “xavfsiz shahar” konsepsiyasini amalga tatbiq etish, qishloq xo‘jaligiga yangi texnologiyalarni tatbiq etish, aholiga qulay va xavfsiz xizmatlarni taqdim etish va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirishning barcha-barchasining zamirida muvaffaqiyatli innovatsion loyihalar ishlab chiqish va ijroga qaratish masalasi turibdi. Biz bugun aynan innovatsion g‘oya va loyihalar tashabbuskori bo‘lgan, zamonaviy bilimga ega kadr­larga muhtojmiz. Bunday kadrlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, albatta, taʼlim, tarbiya va samarali targ‘ibot uyg‘unligida malakali mutaxassislarni tayyorlashimiz, ularni kashf qilishimiz mumkin. Men “Liderlar” kanalini kuzatib borar ekanman, aynan ushbu kanal ijodiy jamoasi kadrlarning liderlik xususiyatlarini rivojlantirish, zamonaviy bilimlarini oshirish, o‘z - o‘ziga ishonch va talabchanlikni kuchaytirish orqali innovatsion g‘oyalar tashabbu skoriga aylantirishdek eng oliy maqsadni amalga oshira olyapti, deb ishonch bilan ayta olaman. Agar biz yoshlarga motivatsiya bera olsak, ularning isteʼdodini, nimaga qodir ekanligini o‘z vaqtida aniqlay olsak va bundan foydalansak, innovatsiyani chetdan izlashimizga hojat qolmaydi. Chunki men aniq ishonch bilan ayta olaman, har bir o‘zbek yigit-qizining tomirida buyuk allomalarimiz qoni jo‘sh urmoqda. Bizda Ulug‘bekning zukkoligi, Ibn Sinoning donoligi, Beruniyning daholigi, Temurning shijoati, Navoiyning oqilligi, Xorazmiyning olimligi mujassam! Albatta, ajdodlarimiz ilmiy merosi bizni xayrli tashabbuslar sari ruhlantiradi Men ezgu va eng hayrli ishlarning boshida turgan, O‘zbekistonimizda haqiqiy liderlar safini kengaytirishdek ulug‘ maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirishni boshlagan “Liderlar” kanali admini Otabek Xasanov va ijodiy jamoaga ulkan zafarlar tilayman. Ushbu xayrli tashabbus bizga ham innovatsion g‘oya va maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarishda, lider yoshlarni topish va hamkorlikni kuchaytirish imkonini beradi. O‘zbekiston yoshlarini, barchamizni yangi marralar sari ruhlantiruvchi, liderlikka yo‘naltiruvchi yangi nashr – “Liderlar kitobi” barchaga muborak bo‘lsin! Men bu kitobni yoshlarimiz uchun liderlik qobi­liyatini shakllanishiga va kelajakda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishiga ishonch bildiraman.

YOSHLARGA MASLAHAT Turli anjumanlarda, konferensiya va muloqotlarda, qolaversa, maʼruzalarimda ishtirok etuvchilar ko‘pincha bir xil savol yo‘llashadi: Sizning shu darajaga erishishingizga asosiy sabab nima? Menda bu savolga qisqagina javob bor: “Yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqsh”, deb bejizga aytishmagan. Bolalikdan ota-onam, ustozlarimning talab va nasihatlariga amal qilib, o‘qib-o‘rganganlarim, izlanib- intilganlarim bugun samarasini bermoqda. Bugun ko‘pchilik uchun murakkab va mashaqqatli tuyulgan ilm yo‘li men uchun o‘ta jozibali va o‘ziga ohanrabodek tortaveradi. Buning sababi esa bitta – yoshligimdan kitobni sevganim, ilm o‘rganishga intilganim. Hayotiy tajribamdan kelib chiqib, men qalblari bir olam orzu-istaklarga to‘la yoshlarga bir maslahat bermoqchiman: o‘qishdan, izlanishdan to‘xtamang, zero, baxtli kelajakka erishishning faqatgina bir yo‘li bor, u ham bo‘lsa, ilm-u maʼrifat, qolgani bekor. Padari buzrukvorim menga doimo shunday nasihat qiladi: “O‘g‘lim, mansab va boylik – o‘tkinchi, uni sendan tortib olishlari mumkin, lekin bilimingni hech kim hech qachon tortib ololmaydi – u doimo sen bilan birga bo‘ladi va seni muvaffaqiyatlarga undaydi. Shuni yodingda tut!” Qolaversa, ilmni ezgulik yo‘lida sarflashning o‘zi ham ulug‘ ishdir. Olgan bilimimizni aziz Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimizning farovon turmushi yo‘lida halollik va fidoyilik bilan mehnat qilib sarf etish biz uchun ham qarz, ham farz va insoniy burchimizdir. Aziz yoshlar! Ushbu kitobga kiritilgan maqola, hikoya va mulohazalarimiz bilan tanishish asnosida Siz o‘zin­giz uchun foydali maslahat, hayotingiz hamda faoliyatingizda asqotuvchi fikr va xulosalar olasiz, degan umiddaman

Liderlik tushunchasi va uning mazmuniga bo’lgan turli yondashuvlar


Xodimlarning hatti-harakatlariga ta’sir etishda ma’muriy xodimning liderlik hususiyatlariga ega bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Ma’muriy menejmentda liderlik haqida so’z yuritishda oldin liderlik atamasining mohiyatini aniqlash zarur. Lider atamasi ko’pincha siyosiy liderlar, milliy yetakchilar, diniy rahnamolar, ya’ni murakkab vaziyatlarda tarixni o’zgartira olgan, o’z orqasidan ommani ergashtirgan holda ularni g’oyalarga ishontira olgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi1. Liderlik qadimdan insoniyatni etiborini tortib kelgan tushuncha hisoblanadi. XX asrning boshlarigacha siyosiy liderlar bo’yicha tadqiqot olib borilgan. N. Makiavellining XVI asrda yozilgan mashhur “Hukmdor”2 asari ham liderlik va hukumronlikka bag’ishlangan. Hozirgi paytda ham menejmentning nazariyotchilari Makiavellining g’oyalarini tijorat tashkilotlaridagi hokimiyatning namoyon bulishi va liderlik jarayonlarini tushuntirishda qo’llaydi.


Liderlikni tadqiqot qilish bir necha bosqichlarni o’tgan. Birinchi bosqich olimlari samarali lider ega bo’lishi lozim bo’lgan hususiyatlarni aniqlashga urinishlari bilan tavsiflanadi. Biroq bu nazariya amaliyotda yetarli natijalar bermadi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, bir xil muvaffaqiyatga erishgan liderlar turli hususiyatlari bilan ajralib turgan. Bundan tashqari liderlik hususiyatlarining ro’yxati juda uzun bo’lib, amalda hyech bir inson bu hususiyatlarga to’liq ega bo’lishi mumkin emas.
Tashkilotda liderlar katta hokimiyatga ega bo’ladilar. Hokimiyatga kuch, yolg’on ishlatib yoki tasodifan erishish mumkin bo’lsa-da, hokimiyat har doim ham liderlikka olib kelmaydi. Lekin, aksincha, liderlik hokimiyatga erishish vositasidir. Yevropa an’analariga ko’ra hokimiyat tabiatini tadqiqot qilish N.Makiavelli va uning mashhur “Hukmdor” asari bilan bog’liq. Makiavelli hokimiyat, ayniqsa, bir holatdan ikkinchisiga o’tishda muhim ahamiyatga ega, chunki bunda inson tafakkuri ham qayta shakllanadi deb hisoblagan. Bu jarayonlar qarshilikni yuzaga keltiradi, bu qarshilikni yengish uchun esa hokimiyat zarur

Liderlik - kuch ishlashtishga asoslanmagan hokimiyat hisoblanadi. Liderlar qayerdan vujudga kelishini hyech kim bilmaydi, lekin tashkilotda liderlar yuzaga kelishi bilan ishlar yurishib ketadi3. Hozirgi paytda liderlik biznesning asosiy tashkil etuvchilaridan biri ekanligiga shubha yo’q4.


Sifatini boshqarish tizimlarida ham liderlik tizimning asosiy yurituvchi mexanizmini sifatida qaratiladi. Sifat menejmentiga oid adabiyotlarda5 ham liderlik tashkilot tizimining barcha komponentlari uchun zarurligi ta’kidlanadi.
Liderlik – biznesdagi muvaffaqiyat kaliti bo’lib, barcha innovasion o’zgarishlarni amalga oshirishda yuqori rahbariyatdan liderlik sifatlari talab etiladi. Liderlik tashkilot faoliyatini yurituvchi kuch, global qo’lamdagi raqobatbardoshlikni ta’minlovchi vosita bo’lishiga qaramay6, menejmentda liderlik salohiyatidan to’liq foydalanilmay kelinmoqda. Faqat ayrim kompaniyalar, hususan ba’zi yaponiyalik kompaniyalar bu ko’rsatkichga yaqinlashgan.
U. Deming liderlikni sifat falsafasining 14 elementidan biri sifatida ta’riflab, «tashkilotda liderlikni joriy etish» deb ataydi7. Liderlik nazariyalaridan ma’lumki, u guruhlar va komandalar bilan ishlashning ajralmas bo’lagi hisoblanadi. M. Meskon va mualliflar guruhi liderlikni tashkilotning ichki omillar guruhiga, “odamlar” kichik tizimiga kiritgan8
Shunday qilib liderlik falsafa, menejment tizimi va joylardagi ish jarayonida uchraydigan tushuncha hisoblanadi. Umumiy holda liderlik barcha tizimlar bilan ishladi va barcha jarayonlarda insonlar bilan munosabatlarni amalga oshirishda qo’llaniladi.
Liderlik bu alohida shaxs, shu bilan birga guruhga ta’sir ko’rsata olish qobiliyati bo’lib, barchaning harakatlarini tashkilot maqsadlariga erishishga yo’naltiradi, ingilizcha lider “rahbar; “Qo’mondan»; “yo’lboshchi; “yetakchi» deb tarjima qilinadi. Ma’lum muammoni yechishda guruh liderni ilgari suradi. Lidersiz hyech bir guruh faoliyat ko’rsata olmaydi. Liderni ma’lum maqsad uchun kishilar guruhini birlashtira oladigan shaxs sifatida qarash mumkin. “Lider” tushunchasi “maqsad” tushunchasi bilangina ahamiyat kasb etadi. Lekin bu maqsadga o’zining harakatlari bilangina erishish liderlikka xos emas. Liderlikning tarkibiy qismlaridan biri liderga ergashuvchilarining mavjud bo’lishidir. Liderning asosiy vazifasi insonlarni o’zining orqasidan ergashtirgan holda yagona maqsad doirasidagi vazifalarni yechish uchun guruh a’zolari o’rtasida samarali munosabatlarni o’rnatishdir. Ya’ni lider- insonlardan iborat tizimini tartibi soluvchi element hisoblanadi.
Zamonaviy menejmentda liderlikni tavsiflashda yagona yondashuv mavjud emas:
1) Liderlik hukumronlikning bir turi bo’lib, uning asosiy xususiyati yuqoridan pastga yo’naltirilganligidir. U bir yoki bir nechta shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan hokimiyat sifatida namoyon bo’ladi (J. Blondel);
2) Liderlik - qaror qabul qilish bilan bog’liq boshqaruv statusi, ijtimoiy mavqye bo’lib, rahbarlik lavozimidir. Jamiyat a’zolari turli ijtimoiy rollar va statusga shaxslardan iborat bo’ladi. Rahbarning ijtimoiy statusi uning lideri ko’rinishidagi ijtimoiy rolni bajarilishini taqozo etadi. (L. Daunton);

3) Liderlik - boshqalardan ta’sir etish bo’lib, bu ta’sir quyidagi shartlarga javob berishi kerak. (V.Kas, L. Edinger); ta’sirning doimiyligi, ta’sirning haqqoniyligi.


4) Liderlik - guruhdagi tabiiy ijtimoiy- psihologik jarayon bo’lib, shaxsning shaxsiy obro’sining guruh a’zolariga ta’sir etishga asoslangan. Ta’sir g’oyalar, bazani va yozma murojaat, ishontirish, ruhiy ta’sir, shaxsiy namuna, majburlash orqali amalga oshirilishi mumkin.
5) Liderlik norasmiy hodisa bo’lib, guruhning ruhiy psihologik umumiyligining ramzi hisoblanadi va guruh a’zolarning harakatlari uchun namuna vazifasini o’raydi. Krichevskiyning fikriga ko’ra, liderlik o’z-o’zidan paydo bo’ladi, ya’ni psihologik hodisalanadi, rahbarlik esa ijtimoiy xususiyatga ega bo’ladi.
Hal etilayotgan muammoning ko’lashiga qarab liderlikning quyidagi ko’rinishlari mavjud:

kundalik yumushlarga asoslangan lider (oila, maktab, talabalar guruhidagi liderlik);


ijtimoiy lider (ishlab chiqarish, kasaba uyushmalari harakati, ijodiy va sport jamiyatlarida);


siyosiy lider (davlat, jamoat arboblari).


Bu liderlarning o’zaro bog’liqligi mavjud bo’lib, birinchi guruhdagi liderlar boshqa turlarga o’tish imkoniyatiga ega.


Liderlik va rahbarlik tushunchalarini qat’iy chegaralash mumkin emas- ingliz, nemis tillarida va boshqa bir qator yevropa tillarida liderlik va rahbarlik bir so’z bilan ifodalanadi «leadership» (inglizcha) va «Fuhrungue » (nemischa).
Sosiologiya va siyosatshunoslikda ham rasmiy va norasmiy liderlik ajratib ko’rsatiladi. Bunda rasmiy lider- rahbar hisoblanadi, norasmiy lider esa rahbarlik salohiyati va qobiliyatiga ega, lekin rahbar statusidagi bo’lmagan shaxsga nisbatan qo’llanadi.
An’anaviy holda adabiyotlarda bu tushunchalarni quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha farqlash qabul qilingan:
1) Boshqaruv muammosining mazmuniga ko’ra - menejer personalning joriy vazifalari, alohida muammolarni yechish haqida g’amxorlik qiladi lider esa innovasion g’oyalarni rivojlantiradi, kelajakdagi vazifalarni yechishga asos soladi (F. Kotler).
2) Personalga ta’sir etishga ko’ra - menejerlar xodimlarning zarur topshiriqlarni bajarilishini majburlash orqali amalga oshiradi, lider esa odamlarda bu topshiriqlarni o’z hohishi bilan bajarishiga erishadi (L. Djekson).
Liderning ommaga ta’sir eta olish mexanizmining tarkibi unga ergashuvchilarning hususiyatlariga bog’liq bo’ladi.
Zamonaviy menijmentda liderlik muommolari bugungi kunda O’zbekistonda va jaxonda ro’y berayotgan o’zgarishlar menejerning va liderning tashkilotdagi o’rniga yangicha yondoshishni taqozo etadi. Xozirgi paytda menejer va lider tushunchalari o’zaro bog’liq holda o’rganilmoqda: Menejmentning yangi – innovasion yo’nalishi yuzaga kelishi barcha darajadagi menejerlarning liderlik ko’nikmalariga ega bo’lishini taqozo etadi9. Muallif fikriga ko’ra lider va menejer bir qator hususiyatlariga ko’ra farqlanadi ( 5.1- jadval).
Liderlik vazifasi o’zining tarafdorlari qarashlarini kelishilgan harakatlar dasturiga joriy etishga asoslanadi. Lider yangi guruhlarni shakllantiribgina qolmay, mavjud guruhlarning birdamligini ham ta’minlaydi. Lider o’z guruhining xususiyatlarini, maqsadlarini ifodalaydi va aynan shu guruh uchun xos bo’ladi.

Liderlikni o'rganishdagi bu yo'nalish etakchilik tabiatidagi irsiyat g'oyasini ilgari surgan ingliz psixologi va antropologi F.Galton ta'sirida vujudga keldi. “Ushbu yondashuvning asosiy g‘oyasi, agar yetakchida meros bo‘lib qolgan va uni boshqalardan ajratib turadigan fazilatlar bo‘lsa, bu fazilatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin, degan ishonch edi. Biroq, bunday ro'yxatni tuzishning iloji bo'lmadi. Turli tadqiqotchilar tomonidan "liderlik" deb atalgan 79 xususiyatdan iborat ro'yxat birinchi marta 1940 yilda amerikalik psixolog K. Berd tomonidan tuzilgan. Shunga qaramay, bu ro'yxatdagi belgilarning hech biri turli ro'yxatlarda mustahkam o'rin tutmagan. Masalan, ularda atigi 5% xususiyatlar to'rt marta, 4% - uch marta, 26% - ikki marta, 65% - bir marta nomlangan.

Shubhasiz, tadqiqotchilarning shaxsiy g'ayrioddiyligi ularning etakchi sifatidagi fazilatlarni tanlashiga ta'sir ko'rsatdi. ”Ijtimoiy psixologiya.
Bu nazariya fanda 50-60 yil davomida keng tarqaldi. 20c. Uning asosiy qoidalari:
"Xususiyatlar nazariyasi" ning asosiy g'oyasi etakchilikni "ishontirish san'ati, olijanoblik, tavakkalchilik, g'ayrat, xolislik, iroda kuchi, jasorat, halollik kabi etakchining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan hodisa" deb tushunishdir. adolat, samimiylik va boshqalar».
Agar M.Veber va E.Troelxlarning sotsiologik kontseptsiyalarini ko'rib chiqsak, u holda yuqoridagi xususiyatlar ularga «xarizma» tushunchasiga tegishli bo'lganligini ko'rish mumkin. "Xarisma (yunoncha -" rahm-shafqat "," inoyat ") - bu atrofdagi odamlarda alohida taassurot qoldiradigan insonning g'ayrioddiy iste'dodliligi. Xarizmaga ega bo'lgan odam o'z tarafdorlarining nazarida g'ayritabiiy kuchga ega bo'lgan benuqson ko'rinadi Bu nazariya juda ko'p raddiyalarni oldi va umuman o'zini oqlamadi. Buning sababi shundaki, ijtimoiy guruhning turli xil hayotiy faoliyati etakchining turli xil fazilatlarini talab qiladi va ko'plab rahbarlar etakchi bo'lishlariga qaramay, ular yo'qligida bir xil fazilatlarga ega bo'lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ma'lum fazilatlarning mavjudligi etakchilik mavqeini kafolatlamaydi.

Xususiyatlar nazariyasi doirasida biz ko'pchilik liderlarga xos bo'lgan asosiy xususiyatlarni ko'rib chiqamiz.


1) Dominantlik (ingliz tilidan. "Domination", "ustunlik", "ta'sir"). Rahbarning boshqa odamlarga ta'sir qilish istagi mavjudligini taxmin qiladi. Ta'sir qo'l ostidagilar bilan ichki rezonansga ega bo'lishi kerak.

2) O'ziga ishonch. Ishonchli rahbar guruh a'zolari uchun psixologik qulaylikni ta'minlaydi.


3) Hissiy muvozanat va stressga qarshilik. Shu bilan birga, rahbar cheklangan hissiy reaktsiyalarning nevrozlarga va ular asosida rivojlanayotgan psixosomatik kasalliklarga o'tishining oldini olish uchun hissiy bo'shatish vositalarini izlashi kerak.

4) ijodkorlik. Bu guruh oldida turgan muammolarni ijodiy hal qilish qobiliyatida, boshqa odamlar faoliyatida yangilik, ijodkorlik elementlarini ko'rish qobiliyatida yotadi.


5) Tadbirkorlik, tavakkal qilish qobiliyati, mas'uliyat, xarizma, xushmuomalalik.

6) Mustaqillik. "Asosiysi shundaki, rahbar yuzaga keladigan muammolarga o'z nuqtai nazariga ega, o'zining professional va insoniy qiyofasiga ega va bu xususiyatni o'z izdoshlarida qo'llab-quvvatlaydi."


7) Rahbarning aql-zakovati guruh uchun o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori bo'lishi kerak, lekin undan yuqori bo'lmasligi kerak, chunki bu holda lider "bizdan biri" sifatida qabul qilinishini to'xtatadi va lider guruh uchun o'rtacha ko'rsatkichdan past bo'lishi mumkin emas; chunki u o'zidan ustun bo'lgan odamlarni boshqara olmaydi.

8) Rahbarlar odatda baland yoki past bo'yli.


Xususiyatlar nazariyasi "noto'g'ri bo'lib chiqdi, chunki turli tadqiqotlarda ko'plab fazilatlar turli yo'llar bilan talqin qilingan. “Masalan, “Fortune” jurnali “Yetakchi uchun zarur boʻlgan fazilatlar” soʻroviga bergan javoblarida “ishonchlilik” tushunchasining 147 ta talqinini oldi. Bundan tashqari, turli mualliflar tomonidan qayd etilgan psixologik fazilatlar palitrasida ko'plab xususiyatlar bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan darajada birlashtirilmaydi.

Shuningdek, taklif etilayotgan xususiyatlarning ko‘pchiligi ilgari taklif qilinganlarga zid edi: “Yetakchilik fazilatlari orasida amerikalik tadqiqotchi P.Druker tahlil qilish, vaziyatni tortish va to‘g‘ri tanlash, kelishmovchiliklarni bartaraf etish qobiliyatini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, tez va qat'iy harakat qilish, dadil intuitiv qarorlar qabul qilish qobiliyati talab qilinadi ”www. psy.1september.ru. Bundan tashqari, barcha mualliflar rozi bo'ladigan yagona xususiyat yo'q.


Liderlik tushunchasi va uning mazmuniga bo’lgan turli yondashuvlar

Xodimlarning hatti-harakatlariga ta’sir etishda ma’muriy xodimning liderlik hususiyatlariga ega bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Ma’muriy menejmentda liderlik haqida so’z yuritishda oldin liderlik atamasining mohiyatini aniqlash zarur. Lider atamasi ko’pincha siyosiy liderlar, milliy yetakchilar, diniy rahnamolar, ya’ni murakkab vaziyatlarda tarixni o’zgartira olgan, o’z orqasidan ommani ergashtirgan holda ularni g’oyalarga ishontira olgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi1. Liderlik qadimdan insoniyatni etiborini tortib kelgan tushuncha hisoblanadi. XX asrning boshlarigacha siyosiy liderlar bo’yicha tadqiqot olib borilgan. N. Makiavellining XVI asrda yozilgan mashhur “Hukmdor”2 asari ham liderlik va hukumronlikka bag’ishlangan. Hozirgi paytda ham menejmentning nazariyotchilari Makiavellining g’oyalarini tijorat tashkilotlaridagi hokimiyatning namoyon bulishi va liderlik jarayonlarini tushuntirishda qo’llaydi.


Liderlikni tadqiqot qilish bir necha bosqichlarni o’tgan. Birinchi bosqich olimlari samarali lider ega bo’lishi lozim bo’lgan hususiyatlarni aniqlashga urinishlari bilan tavsiflanadi. Biroq bu nazariya amaliyotda yetarli natijalar bermadi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha, bir xil muvaffaqiyatga erishgan liderlar turli hususiyatlari bilan ajralib turgan. Bundan tashqari liderlik hususiyatlarining ro’yxati juda uzun bo’lib, amalda hyech bir inson bu hususiyatlarga to’liq ega bo’lishi mumkin emas.
Tashkilotda liderlar katta hokimiyatga ega bo’ladilar. Hokimiyatga kuch, yolg’on ishlatib yoki tasodifan erishish mumkin bo’lsa-da, hokimiyat har doim ham liderlikka olib kelmaydi. Lekin, aksincha, liderlik hokimiyatga erishish vositasidir. Yevropa an’analariga ko’ra hokimiyat tabiatini tadqiqot qilish N.Makiavelli va uning mashhur “Hukmdor” asari bilan bog’liq. Makiavelli hokimiyat, ayniqsa, bir holatdan ikkinchisiga o’tishda muhim ahamiyatga ega, chunki bunda inson tafakkuri ham qayta shakllanadi deb hisoblagan. Bu jarayonlar qarshilikni yuzaga keltiradi, bu qarshilikni yengish uchun esa hokimiyat zarur

Liderlik - kuch ishlashtishga asoslanmagan hokimiyat hisoblanadi. Liderlar qayerdan vujudga kelishini hyech kim bilmaydi, lekin tashkilotda liderlar yuzaga kelishi bilan ishlar yurishib ketadi3. Hozirgi paytda liderlik biznesning asosiy tashkil etuvchilaridan biri ekanligiga shubha yo’q4.


Sifatini boshqarish tizimlarida ham liderlik tizimning asosiy yurituvchi mexanizmini sifatida qaratiladi. Sifat menejmentiga oid adabiyotlarda5 ham liderlik tashkilot tizimining barcha komponentlari uchun zarurligi ta’kidlanadi.
Liderlik – biznesdagi muvaffaqiyat kaliti bo’lib, barcha innovasion o’zgarishlarni amalga oshirishda yuqori rahbariyatdan liderlik sifatlari talab etiladi. Liderlik tashkilot faoliyatini yurituvchi kuch, global qo’lamdagi raqobatbardoshlikni ta’minlovchi vosita bo’lishiga qaramay6, menejmentda liderlik salohiyatidan to’liq foydalanilmay kelinmoqda. Faqat ayrim kompaniyalar, hususan ba’zi yaponiyalik kompaniyalar bu ko’rsatkichga yaqinlashgan.
U. Deming liderlikni sifat falsafasining 14 elementidan biri sifatida ta’riflab, «tashkilotda liderlikni joriy etish» deb ataydi7. Liderlik nazariyalaridan ma’lumki, u guruhlar va komandalar bilan ishlashning ajralmas bo’lagi hisoblanadi. M. Meskon va mualliflar guruhi liderlikni tashkilotning ichki omillar guruhiga, “odamlar” kichik tizimiga kiritgan8
Shunday qilib liderlik falsafa, menejment tizimi va joylardagi ish jarayonida uchraydigan tushuncha hisoblanadi. Umumiy holda liderlik barcha tizimlar bilan ishladi va barcha jarayonlarda insonlar bilan munosabatlarni amalga oshirishda qo’llaniladi.
Liderlik bu alohida shaxs, shu bilan birga guruhga ta’sir ko’rsata olish qobiliyati bo’lib, barchaning harakatlarini tashkilot maqsadlariga erishishga yo’naltiradi, ingilizcha lider “rahbar; “Qo’mondan»; “yo’lboshchi; “yetakchi» deb tarjima qilinadi. Ma’lum muammoni yechishda guruh liderni ilgari suradi. Lidersiz hyech bir guruh faoliyat ko’rsata olmaydi. Liderni ma’lum maqsad uchun kishilar guruhini birlashtira oladigan shaxs sifatida qarash mumkin. “Lider” tushunchasi “maqsad” tushunchasi bilangina ahamiyat kasb etadi. Lekin bu maqsadga o’zining harakatlari bilangina erishish liderlikka xos emas. Liderlikning tarkibiy qismlaridan biri liderga ergashuvchilarining mavjud bo’lishidir. Liderning asosiy vazifasi insonlarni o’zining orqasidan ergashtirgan holda yagona maqsad doirasidagi vazifalarni yechish uchun guruh a’zolari o’rtasida samarali munosabatlarni o’rnatishdir. Ya’ni lider- insonlardan iborat tizimini tartibi soluvchi element hisoblanadi.
Zamonaviy menejmentda liderlikni tavsiflashda yagona yondashuv mavjud emas:
1) Liderlik hukumronlikning bir turi bo’lib, uning asosiy xususiyati yuqoridan pastga yo’naltirilganligidir. U bir yoki bir nechta shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan hokimiyat sifatida namoyon bo’ladi (J. Blondel);
2) Liderlik - qaror qabul qilish bilan bog’liq boshqaruv statusi, ijtimoiy mavqye bo’lib, rahbarlik lavozimidir. Jamiyat a’zolari turli ijtimoiy rollar va statusga shaxslardan iborat bo’ladi. Rahbarning ijtimoiy statusi uning lideri ko’rinishidagi ijtimoiy rolni bajarilishini taqozo etadi. (L. Daunton);

3) Liderlik - boshqalardan ta’sir etish bo’lib, bu ta’sir quyidagi shartlarga javob berishi kerak. (V.Kas, L. Edinger); ta’sirning doimiyligi, ta’sirning haqqoniyligi.


4) Liderlik - guruhdagi tabiiy ijtimoiy- psihologik jarayon bo’lib, shaxsning shaxsiy obro’sining guruh a’zolariga ta’sir etishga asoslangan. Ta’sir g’oyalar, bazani va yozma murojaat, ishontirish, ruhiy ta’sir, shaxsiy namuna, majburlash orqali amalga oshirilishi mumkin.
5) Liderlik norasmiy hodisa bo’lib, guruhning ruhiy psihologik umumiyligining ramzi hisoblanadi va guruh a’zolarning harakatlari uchun namuna vazifasini o’raydi. Krichevskiyning fikriga ko’ra, liderlik o’z-o’zidan paydo bo’ladi, ya’ni psihologik hodisalanadi, rahbarlik esa ijtimoiy xususiyatga ega bo’ladi.
Hal etilayotgan muammoning ko’lashiga qarab liderlikning quyidagi ko’rinishlari mavjud:

kundalik yumushlarga asoslangan lider (oila, maktab, talabalar guruhidagi liderlik);


ijtimoiy lider (ishlab chiqarish, kasaba uyushmalari harakati, ijodiy va sport jamiyatlarida);


siyosiy lider (davlat, jamoat arboblari).


Bu liderlarning o’zaro bog’liqligi mavjud bo’lib, birinchi guruhdagi liderlar boshqa turlarga o’tish imkoniyatiga ega.


Liderlik va rahbarlik tushunchalarini qat’iy chegaralash mumkin emas- ingliz, nemis tillarida va boshqa bir qator yevropa tillarida liderlik va rahbarlik bir so’z bilan ifodalanadi «leadership» (inglizcha) va «Fuhrungue » (nemischa).
Sosiologiya va siyosatshunoslikda ham rasmiy va norasmiy liderlik ajratib ko’rsatiladi. Bunda rasmiy lider- rahbar hisoblanadi, norasmiy lider esa rahbarlik salohiyati va qobiliyatiga ega, lekin rahbar statusidagi bo’lmagan shaxsga nisbatan qo’llanadi.
An’anaviy holda adabiyotlarda bu tushunchalarni quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha farqlash qabul qilingan:
1) Boshqaruv muammosining mazmuniga ko’ra - menejer personalning joriy vazifalari, alohida muammolarni yechish haqida g’amxorlik qiladi lider esa innovasion g’oyalarni rivojlantiradi, kelajakdagi vazifalarni yechishga asos soladi (F. Kotler).
2) Personalga ta’sir etishga ko’ra - menejerlar xodimlarning zarur topshiriqlarni bajarilishini majburlash orqali amalga oshiradi, lider esa odamlarda bu topshiriqlarni o’z hohishi bilan bajarishiga erishadi (L. Djekson).
Liderning ommaga ta’sir eta olish mexanizmining tarkibi unga ergashuvchilarning hususiyatlariga bog’liq bo’ladi.
Zamonaviy menijmentda liderlik muommolari bugungi kunda O’zbekistonda va jaxonda ro’y berayotgan o’zgarishlar menejerning va liderning tashkilotdagi o’rniga yangicha yondoshishni taqozo etadi. Xozirgi paytda menejer va lider tushunchalari o’zaro bog’liq holda o’rganilmoqda: Menejmentning yangi – innovasion yo’nalishi yuzaga kelishi barcha darajadagi menejerlarning liderlik ko’nikmalariga ega bo’lishini taqozo etadi9. Muallif fikriga ko’ra lider va menejer bir qator hususiyatlariga ko’ra farqlanadi ( 5.1- jadval).
Liderlik vazifasi o’zining tarafdorlari qarashlarini kelishilgan harakatlar dasturiga joriy etishga asoslanadi. Lider yangi guruhlarni shakllantiribgina qolmay, mavjud guruhlarning birdamligini ham ta’minlaydi. Lider o’z guruhining xususiyatlarini, maqsadlarini ifodalaydi va aynan shu guruh uchun xos bo’ladi.

“LIDERLAR” JAMOASINING MAQSAD VA G‘OYALARI BIZNING YANGICHA QARASH VA YONDASHUVLARIMIZGA HAMOHANG! Tan olishimiz va taʼkidlashimiz joiz, yangi O‘zbekistonni zamonaviy bilim va yangicha dunyoqarashga ega, kreativ fikrlovchi yoshlar barpo etadi. Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash tizimini mutlaq yangi bosqichga olib chiqmoqda. Albatta, bu bejizga emas. Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekistonimizning har bir yosh yigit-qizining muvaffaqiyatini o‘z yutuqlaridek qabul qiladilar, g‘ururlanadilar. Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashuvda: “Yoshlar orasida “Men Sizning yoningizda turib, kamarbasta bo‘laman!” deb ko‘zi yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlar borligiga ishonaman. Yetakchilikning, o‘z ortidan ergashtirishning eng to‘g‘ri yo‘li shaxsiy o‘rnak va namuna bo‘lishdir”, deb alohida taʼkidlab o‘tganlar. Ularning tashabbusi bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etilib, 30 iyun – Yoshlar kuni deb eʼlon qilindi. Albatta, yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor bizlarni quvontirishi bilan birga zimmamizga juda katta masʼuliyat yuklayapti. Bu masʼuliyat – bugun turli tadbirbozlik va qarsakbozliklardan voz kechib, aniq va natijali ishga o‘tishni, raqamlardagi asosli va asossiz hisobotlar, qog ‘ozlarda aks etgan yutuqlarga mast bo‘lmasdan, amalda muammolarni o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rishni, mamlakatdagi har bir yoshni, ayniqsa, chekka hududlardagi isteʼdodi va orzulari changda qolib ketayotgan yoshlarni izlab topish va ularning hayoti, istiqboli bilan qiziqish, orzu-maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga amaliy yordam berishdir. Umuman olganda, jamiyatda biz eʼtibor qaratishimiz va hal qilishga harakat qilishimiz kerak bo‘lgan masalalar bir talay. Endi savol tug‘iladi: bu masala va muammolarning yechimi bilan kim shug‘ullanadi? Kim bizlarga yangi-yangi takliflar va kreativ fikrlar beradi? Kim bizlarga olis hududlardagi yoshlarimizning hayoti va turmush darajasini yaxshilash yo‘lida hamroh va hamkor bo‘ladi? Albatta, biz o‘zimiz. Biz – faol va fidoyi, bilimli yoshlar jamoasi, barchamiz birgalikda hamma masalalar va yechimlar ustida bosh qotiruvchi va harakat qiluvchilarmiz, to‘g‘rimi? O‘zimizdan boshqa kim ham bo‘lishi mumkin?! Axir muammomiz nimada va qayerda ekanini kim ham bizdan yaxshiroq biladi?! Men “Liderlar” kanalini kuzatib borib, bu yerda aynan bizning maqsad va g‘oyalarimizning aks etganini ko‘rdim. Biz izlayotgan, intilayotgan, harakat qilayotgan eng asosiy maqsadlarimizdan biri bu – ilmu maʼrifatli, kitobni, hayotni, oilasini, Vatani va xalqini sevadigan faol, yetakchi, zamonaviy fikrlovchi yoshlar safini kengaytirish va ularning ko‘magida jamiyatda yoshlar hayoti va faoliyatiga oid barcha masalalarning tub-tubigacha kirib borish. “Liderlar” kanali esa bizning ishimizni yengil­lashtirib, aynan mana shunday yoshlarni bir jamoaga to‘plab, ular bilan kreativ muloqot va hamkorlikni boshlab yuborishibdi. Quvonarlisi, bu kanalda berilayotgan har bir mavzu aynan yoshlar hayotida ijobiy aks-sado berish, ongi va tafakkurini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan. O‘zim va oila aʼzolarim bilan berilib, qiziqib, taʼsirlanib ko‘rganlarim, tinglaganlarim – “Far­zandimga maktub”, “Rakesh”, “Miyadagi kinoteatr”, ayniqsa, beqiyos tarbiyaviy ahamiyatga ega. Umuman olganda, bugun jamiyat mutlaqo sifatli va samarali targ‘ibotga muhtoj. Yoshlar ongi va tafakkurida g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, ularni fidoyi, vatanparvar, xalqini sevadigan Insonlar bo‘lib yetishishi uchun bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etishimiz kerak. Jamiyatimizning har bir muvaffaqiyatida har bir yoshning o‘rni va ishtiroki borligiga ishontirishimiz kerak. “Liderlar” kitobidagi har bir mavzu esa yoshlarimizda mana shu eng muhim bo‘lgan motivatsion xususiyatlarni – ishonch va umid, kuch-g‘ayrat, shijoat, vatanparvarlikni uyg‘otadi. Men O‘zbekistonda, ayniqsa, yosh kadrlar hayotiga Liderlik atamasini kiritgan, har bir yosh mutaxassisda liderlik fazilati shakllanishida zo‘r turtki bo‘layotgan “Liderlar kitobi”ning

ijodiy jamoasiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman hamda barcha faol va izlanuvchan yoshlar nomidan cheksiz minnatdorlik bildiraman



INNOVATSIYA– LIDERNI UNING ORTIDAN ERGASHUVCHILARDAN AJRATIB TURADI Dunyoning mashhur insonlaridan biri Stiv Jobs aynan ushbu fikri bilan liderlikning asosiy xususiyatlaridan biri innovatsiyaga yo‘nalganlik yoki innovatsion g‘oya va tashabbuslar ekanini isbotlaydi. Haqiqatdan ham, innovatsiya, bu yangi g‘oya va tashabbuslarni samarali amalga tatbiq etish sanʼatidir. Innovatsiya, bu hayotga, faoliyatga yangicha qarash va yangicha yondashuv, demakdir. Bugun jamiyatimizda har bir sohada yuz berayotgan jadal islohotlarga innovatsion yondashuv talab etilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qurollantirish, iqtisodiyotni raqamlashtirish, “xavfsiz shahar” konsepsiyasini amalga tatbiq etish, qishloq xo‘jaligiga yangi texnologiyalarni tatbiq etish, aholiga qulay va xavfsiz xizmatlarni taqdim etish va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirishning barcha-barchasining zamirida muvaffaqiyatli innovatsion loyihalar ishlab chiqish va ijroga qaratish masalasi turibdi. Biz bugun aynan innovatsion g‘oya va loyihalar tashabbuskori bo‘lgan, zamonaviy bilimga ega kadr­larga muhtojmiz. Bunday kadrlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, albatta, taʼlim, tarbiya va samarali targ‘ibot uyg‘unligida malakali mutaxassislarni tayyorlashimiz, ularni kashf qilishimiz mumkin. Men “Liderlar” kanalini kuzatib borar ekanman, aynan ushbu kanal ijodiy jamoasi kadrlarning liderlik xususiyatlarini rivojlantirish, zamonaviy bilimlarini oshirish, o‘z - o‘ziga ishonch va talabchanlikni kuchaytirish orqali innovatsion g‘oyalar tashabbu skoriga aylantirishdek eng oliy maqsadni amalga oshira olyapti, deb ishonch bilan ayta olaman. Agar biz yoshlarga motivatsiya bera olsak, ularning isteʼdodini, nimaga qodir ekanligini o‘z vaqtida aniqlay olsak va bundan foydalansak, innovatsiyani chetdan izlashimizga hojat qolmaydi. Chunki men aniq ishonch bilan ayta olaman, har bir o‘zbek yigit-qizining tomirida buyuk allomalarimiz qoni jo‘sh urmoqda. Bizda Ulug‘bekning zukkoligi, Ibn Sinoning donoligi, Beruniyning daholigi, Temurning shijoati, Navoiyning oqilligi, Xorazmiyning olimligi mujassam! Albatta, ajdodlarimiz ilmiy merosi bizni xayrli tashabbuslar sari ruhlantiradi Men ezgu va eng hayrli ishlarning boshida turgan, O‘zbekistonimizda haqiqiy liderlar safini kengaytirishdek ulug‘ maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirishni boshlagan “Liderlar” kanali admini Otabek Xasanov va ijodiy jamoaga ulkan zafarlar tilayman. Ushbu xayrli tashabbus bizga ham innovatsion g‘oya va maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarishda, lider yoshlarni topish va hamkorlikni kuchaytirish imkonini beradi. O‘zbekiston yoshlarini, barchamizni yangi marralar sari ruhlantiruvchi, liderlikka yo‘naltiruvchi yangi nashr – “Liderlar kitobi” barchaga muborak bo‘lsin! Men bu kitobni yoshlarimiz uchun liderlik qobi­liyatini shakllanishiga va kelajakda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishiga ishonch bildiraman.

YOSHLARGA MASLAHAT Turli anjumanlarda, konferensiya va muloqotlarda, qolaversa, maʼruzalarimda ishtirok etuvchilar ko‘pincha bir xil savol yo‘llashadi: Sizning shu darajaga erishishingizga asosiy sabab nima? Menda bu savolga qisqagina javob bor: “Yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqsh”, deb bejizga aytishmagan. Bolalikdan ota-onam, ustozlarimning talab va nasihatlariga amal qilib, o‘qib-o‘rganganlarim, izlanib- intilganlarim bugun samarasini bermoqda. Bugun ko‘pchilik uchun murakkab va mashaqqatli tuyulgan ilm yo‘li men uchun o‘ta jozibali va o‘ziga ohanrabodek tortaveradi. Buning sababi esa bitta – yoshligimdan kitobni sevganim, ilm o‘rganishga intilganim. Hayotiy tajribamdan kelib chiqib, men qalblari bir olam orzu-istaklarga to‘la yoshlarga bir maslahat bermoqchiman: o‘qishdan, izlanishdan to‘xtamang, zero, baxtli kelajakka erishishning faqatgina bir yo‘li bor, u ham bo‘lsa, ilm-u maʼrifat, qolgani bekor. Padari buzrukvorim menga doimo shunday nasihat qiladi: “O‘g‘lim, mansab va boylik – o‘tkinchi, uni sendan tortib olishlari mumkin, lekin bilimingni hech kim hech qachon tortib ololmaydi – u doimo sen bilan birga bo‘ladi va seni muvaffaqiyatlarga undaydi. Shuni yodingda tut!” Qolaversa, ilmni ezgulik yo‘lida sarflashning o‘zi ham ulug‘ ishdir. Olgan bilimimizni aziz Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimizning farovon turmushi yo‘lida halollik va fidoyilik bilan mehnat qilib sarf etish biz uchun ham qarz, ham farz va insoniy burchimizdir. Aziz yoshlar! Ushbu kitobga kiritilgan maqola, hikoya va mulohazalarimiz bilan tanishish asnosida Siz o‘zin­giz uchun foydali maslahat, hayotingiz hamda faoliyatingizda asqotuvchi fikr va xulosalar olasiz, degan umiddaman
Download 30,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish