Kuchlanishi 1000 voltdan yuqori bo'lgan elektr asbob-uskunalar



Download 2,3 Mb.
bet1/8
Sana20.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#829031
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8.Kuchlanishi 1000 voltdan


Kuchlanishi 1000 voltdan yuqori bo'lgan elektr asbob-uskunalar
O'chirgich — bu kommutatsion jihoz bo'lib, tokni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Elektr qurilmalarida o'chirgichlar quyidagi rejimlarda: uzoq muddatli yuklamada, o'ta yuklamada, qisqa tutashuvda, salt ishlashda zanjirlarni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. O'chirgichlarga quyidagi talablar qo'yiladi:
1. istalgan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish;
2. tez ta'sir etish, ya'ni uzish vaqtining eng kichik bo'lishi;
3. avtomatik qayta ulash uchun yaroqliligi, ya'ni o'chirgichlar uzilgan vaqtda qayta tez ulashi;
4. 110 kV va undan yuqori o'chirgichlar uchun faza (qutb) bo'yicha boshqa-rish imkoniyati.
5. kontaktlarni qarash va reviziya qilish qulayligi;
6. yong'in va portlashga xavfsizligi;
7. transportirovka qilish va uni ishlatish qulayligi.
Yuqori kuchlanishli o'chirgichlar uzoq vaqt nominal tokka va nominal kuch-lanishga chidamli bo'lishi kerak. 110 kV va undan yuqori bo'lgan o'chirgichlar nominal uzish tokidan katta bo'lmagan qisqa tutashuv tokida uzoq bo'lmagan qisqa tutashuvni uzish kerak.
O'chirgichlar quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1. Yoy so'ndiruvchi qurilmali kontakt tizimidan, tok o'tkazuvchi qismlari, kor-pus izolatsion tuzulma va yuklama mexanizmi o'chirgichni tashkil qiladi. O'chir­gichlar o'rnatilishiga qarab, yopiq joyga, ochiq joyga o'rnatilgan hamda yig'ma taqsimlash qurilmalarida o'rnatilgan bo'ladi.
2. O'chirgichlarning tuzilishi xususiyati va yoy so'ndiruvchi usullariga qarab quyidagi turlari bo'ladi:
- Moyli bakli ( katta hajmdagi moyli);
- Kam moyli (kichik hajmdagi moyli);
- Havoli;
- Elegazli;
- Vakuumli va elektr magnitli;
1. Moyli bakli o'chirgichlarda moy yoyni so'ndirish va tok o'tkazuvchi qismlarni izolatsiyalash uchun xizmat qiladi. 10 kV gacha bo'lgan kuchlanishlarda o'chir­gichlar bitta bakka ega bo'lib, unda uchala fazaning hamma kontaktlari bo'ladi.
2. Kam moyli o'chirgichlar hamma kuchlanishdagi yopiq hamda ochiq taqsim­lash qurilmalarida qo'llaniladi. Bu o'chirgichlarda moy asosan yoy so'ndiruvchi si-fatida ishlatiladi, kontaktlar orasida qisman izolatsiya muhiti bo'lib xizmat qiladi.
3. Havo o'chirgichlarida yoy siqilgan havo bilan so'ndiriladi, tok o'tkazuvchi qismlar bilan yoy so'ndiruvchi qurilma esa chinni yoki boshqa qattiq izolatsion material bilan izolatsiyalanadi.
4. Elegazli o'chirgichlarda elegaz yuqori yoy so'ndirish xossalariga egadir. U yuqori kuchlanishli turli jihozlarida qo'llaniladi.
5. Vakuum o'chirgichlari vakuum oralig'ining elektr mustahkamligini atmosfera bosimidagi havo oralig'iga nisbatan bir necha marta katta. Bu esa vakuum yoy so'ndiruvchi kameralar KDV da foydalaniladi.
O'chirgichlar turlariga ko'ra bir necha afzalliklar va kamchiliklarga ega:
- Moyli bakli o'chirgichlarini tuzilishi sodda, yuqori uzish qobiliyatiga ega, tashqi qurilmalar uchun yaroqli, joylashtirilgan tok transformatorlarini o'rnatish' mumkin.
Kamchiliklari: portlash va yong'in jihatidan xavfli; bakdagi moyni nazorat qilib turish kerak; moyni ko'p talab qiladi; moyni almashtirish uchun ko'p vaqt talab etadi va ko'p moyni saqlab turish kerak; xona ichiga o'rnatish mumkin emas; me-tall ko'p sarflaydi; massasi katta; bir yerdan ikkinchi yerga olib borib montaj qilish noqulay.
Havo o'chirgichlarning afzalliklari:
- portlash va yong'inga xavfsiz;
- tez ta'sir etuvchi APV lar ishlatish mumkin;
- uzish qobiliyati yuqori;
- liniyaning sig'im toklarini ishonchli uzishi;
- tashqi va ichki qurilmalar uchun yaroqli;
- yoy so'ndiruvchi kontaktorlarning kam yoyilishi; Kamchiligi:
- kompressor talab qilinadi;
- tannarxi yuqori;
- tok transformatorini joylashuvi qiyin.
Ajratgichlar bu kontaktli kommutatsion jihoz bo'lib, u toksiz va kichik tokli elektr zanjirlarini ulash hamda uzish uchun xizmat qiladi. Elektr qurilmalarini ta'mirlash ishlari paytida tamirlash uchun chiqarilgan jihozning tok o'tkazuvchi qismlari orasidagi ajratgich tomonidan ochiq ko'rinadigan uzilish hosil qilinadi. Ajratgich yordamida yuklama toklarini uzish mumkin emas, chunki ajratgichlarning kontakt tizimi yoy so'ndiruvchi qurilmaga ega emas. Shuning uchun yuklama toklarini noto'g'ri uzish hollarida turgun yoy hosil bo'lib, natijada fazalararo qisqa tutashuv bo'lishi hamda ishlagan shaxsning baxtsiz hodisaga uchrashiga olib kelishi mumkin. Ajratgichlarni ishlatishdan oldin zanjir o'chirgichlar yordamida uzilgan bo'lishi kerak. Ajratgichlarning ishonchli ishlashiga qarab butun tizim ishonchli ishlaydi, shu sababli ularga quyidagi talablar qo'yiladi:
- havoda ko'rinadigan uzilish hosil qilishi;
- qisqa tutashuv toklari oqib o'tganda elektrodinamik va termik turg'un bo'lishi;
- o'z-o'zidan uzilib (uchib) qolmasligi;
- qor, muzlama, shamol va shu kabi noqulay ish sharoitlarida aniq uzish va ulash imkoniyatini berish lozim.
Ajratgichlar qutblarining soniga qarab bir va uch qutbli bo'ladi.
Qurilma turiga qarab ichki va tashqi qurilmalar uchun, tuzilishi bo'yicha kesuvchi, aylanma, g'ildirovchi va osma turlariga bo'linadi. O'rnatilishi usuliga qarab pichoqlar vertikal va gorizontal joylashgan ajratgichlarga bo'linadi. Misol: RVO -- ichki qurilmalar uchun bir qutbli ajratgich RV, RVK, RVRZ ichki qurilmalar uchun uch qutbli ajratgichlar qo'llaniladi. Tashqi qurilma uchun ochiq taqsimlash qurilmalariga o'rnatiladigan ajratgich­lar tegishli izolatsiyaga ega bo'lishi va atrof-muhit sharoitlari noqulay bo'lganda ham ishonchli ishlashi shart.
RON(3)-500/2000 -- ajratgich bir qutbli tashqi qurilma bu kesuvchi turdagi ajratgich, gorizontal burilma turdagi ajratgichlar, RVN, RLND, RND, RND(3).
Qisqa tutashtirgich — bu kommutatsion jihoz bo'lib, elektr zanjirda sun'iy qisqa tutashuvni hosil qilib beradi. Qisqa tutashuvlar ta'minlovchi liniyaning releli himoyasi ta'sirida sun'iy qisqa tutashuv hosil qilgandan so'ng, shikastlangan transfor-matorni uzish uchun podstansiyaning soddalashtirilgan sxemasida qo'llaniladi. 35 kV li qurilmalarda ikki qutbli qisqa tutashtirgich, ular ishga tushganda sun'iy ravishda ikki fazali qisqa tutashuv hosil bo'ladi;
110 kV va undan yuqori qurilmalarda bir qutbli qo'llaniladi. Qisqa tutashtirgichlarni yuritmasi bo'lib, uni ishlatish uchun rele himoyasidan signal beriladi. Ulash avtomatik ravishda, uzish qo'lda bajariladi. Uzgich tashqi ko'rinishi jihatidan ajratgichdan farq qilmaydi, lekin unda uzish prujinali yuritmasi bor. Uzgichlarni ulash qo'lda bajariladi.
Ajratgich va uzgichlar quyidagicha tanlanadi.
- qurilma kuchlanishi bo'yicha Uusl < Unom ;
- tok bo'yicha Inorm < Inom • Imax < Inom ;
- konstruktiv o'rnatishi turi bo'yicha;
- elektr dinamik turg'unligi bo'yicha
- Termik turg'unlik bo'yicha
Qisqa tutashtirgichlar yuqoridagi shartlar asosida tanlanadi, faqat yuklama tokiga tekshirilmaydi.
O'chirgichlarni tanlash:
- qurilmaning kuchlanishi bo'yicha;
- uzoq vaqt ta'sir etuvchi tok bo'yicha;
- uzish qobiliyati bo'yicha;
- turiga ko'ra navbatdagi shartga asosan simmetrik uzish toki bo'yicha tekshiriladi.
O'chirgich - - bu kommutatsion asbob-uskuna bo'lib, tokni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. O'chirgich elektr qurilmalarda asosiy kommutatsion asbob-uskuna hisoblanib, u istalgan rejimlarda: uzoq muddatli yuklamada, o'ta yuklanishda, qisqa tutashuvda, salt ishlashda, asinxron ishlashda zanjirlarni ulash va uzish uchun xizmat qila­di. Qisqa tutashuv toklarini uzish va mavjud qisqa tutashuvga ulash eng og'ir mas'uliyatli operatsiya hisoblanadi.
Yuqori kuchlanishli o'chirgichlarga quyidagi talablar qo'yiladi:
• Istalgan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish (o'nlarcha amperdan nominal uziladigan tokkacha);
• Tez ta'sir etish, ya'ni uzish vaqtining eng kichik bo'lishi;
• Avtomatik qayta ulash uchun yaroqliligi, ya'ni o'chirgichlar uzilgan zahoti qayta tez ulash;
• 110 kV va undan yuqori kuchlanishli o'chirgichlar uchun faza (qutb) bo'yicha boshqarish imkoniyati;
• Kontaktlarini qarash va reviziya qilish imkoniyati;
• Yong'in va portlash xavfsizligi;
• Transportirovka qilish va urn ishlatish qulayligi.
Yuqori kuchlanishli o'chirgich uzoq vaqt nominal tok lnom ga va nominal kuchlanish Unom ga chidashi kerak. Yuqori kuchlanishli o'chirgichlar Davlat andozalari bo'yicha quyidagi ko'rsat-kichlar bilan xarakterlanadi:
1. Nominal uzish toki Iuznomoperatsiyalarning berilgan sikli va berilgan shart-larda tiklanayotgan kuchlanishning eng katta ish kuchlanishiga teng bo'lgan kuch-lanishiga ega bo'lgan paytidagi qisqa tutashuvning eng katta toki (ta'sir etuvchi qiy-mati), qisqa tutashuv toki davriy va aperiodik tashkil etuvchilardan iborat. Uziluvchi nominal tok kontaktlarning ajrash momentidagi davriy tashkil etuvchining ta'sir etayotgan qiymati bilan aniqlanadi.
2. Uzish tokidagi aperiodik tokning tashkil etuvchisining ruxsat etilgan nisbiy miqdori pnom 1-rasmdagi egri chiziqdan aniqlanadi:


1-rasm. Aperiodik tashkil etuv­chining normallangan nisbiy miqdori.


3. Ekspluatatsiyada o'chirgich mavjud qisqa tutashuvga bir necha marta ulanib keyin uzishi mumkin, shu sababli o'chirgichlar uchun aniq operatsiyalar sikli beriladi. Agar o'chirgich avtomatik qayta ulash (APV) uchun mo'ljallan-gan bo'lsa, u holda quyidagi sikllar ta'minlanishi kerak:
4. Qisqa tutashuvning parron o'tuvchi toklaridagi turg'unlik-termik turg'unlil toki It va parron o'tuvchi tok chegarasi I — ta'sir etuvchi qiymati; I ramplituda qiymati bilan xarakterlanadi, bu toklarga o'chirgich ulangan holatda, keyingi ishlashiga xalaqit qiluvchi buzilishlarsiz — bardosh beradi.
5. Nominal ulash tokiqisqa tutashuv toki bo'lib, unda tegishli yuritmaga ega bo'lgan o'chirgich kontaktlarini payvandlanmay va Unom da boshqa buzilishlarsiz hamda berilgan siklda ulash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish