Kovrak (ferula L.) Turkumi turlarining sifobaxshlik xususiyatlari



Download 36 Kb.
Sana19.09.2021
Hajmi36 Kb.
#178793
Bog'liq
KOVRAK (FERULA 


KOVRAK (FERULA L.) TURKUMI TURLARINING SIFOBAXSHLIK  

XUSUSIYATLARI  

Sulaymonov X.N., Mirzayev B.M., Chorieva G., Ergashev B., Mamanazarov M.,  

Toshkent Davlat Agrar Universiteti  

E-mail: tuag-info@edu.uz  

  

O‗rta  Osiyo,  shu  jumladan,  Respublikamiz  hududi  shifobaxsh  o‗simliklarga 



boy o‗lkadir. Foydali o‗simliklar ichida Ziradoshlar (Apiaceae L.) oilasi vakillari 

alohida o‗rinni egallaydi. Bu oila ichida Ferula L. turkumi turlari eng ko‗p (180-

200)  turga  ega  bo‗lib,  uning  O‗rta  Osiyo  va  Qozog‗istonda  110  dan  oprtiq, 

O‗zbekistonda  44  turlari  uchraydi.  Bu  turkum  turlari  efir  moyli,  yem-xashak,  

asalchil, shifobaxsh, kraxmal beruvchi, aromatik, ozuqabop va texnika o‗simliklari 

hisoblanadi.   

Ferula  L.  turkumi  turlari  tarkibida  smola  (yelim),  efir  moylari  saqlab, 

tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida, lak-bo‗yoq va ziravor modda sifatida qo‗llaniladi. 

O‗simlik  ildizidan  olinadigan  yelim  nastoyka,  emulsiya  holida  o‗ta  charchash 

(isteriya)  ning  oldini  olishda,  bundan  tashqari,  yel  haydovchi,  balg‗am 

ko‗chiruvchi  vosita  sifatida  foydalaniladi.  Ferula  L.  turkumiga  taaluqli  turlardan 

olinadigan  gal‘ban  (gal‘ban,  eron  galbani)  turli  qizdiruvchi,  surtma  (plastir)  lar 

tarkibiga kiradi.   

Ferula  L.  turkumining  ba‘zi  turlari  -  F.  foetida,  F.  renardi,  F.  alliacea,  F. 

angrenii,  F.  persica,  F.  szowitschiana  ning  yo‗g‗onlashgan  ildizlari,  yosh 

maysalari,  barglari  va  urug‗lari  mahalliy  aholi  tomonidan  iste‘mol  qilinadi.  F. 

sumbul ning xushbo‗y hidli ildizi ham qandolatchilikda ishlatiladi. F. rigidula ning 

mevasi baliqchilik sanoatida konservani xushbo‗y qilish uchun foydalaniladi. 

Ferula L. turkumi turlarini kompleks o‗rganish natijasida yangi-yangi dorivor  

preparatlar yaratilmoqda (Saidxodjaev va b., 1974; Melibaev va b., 1980; Malikov 

va  b.,  1998;  Kurmukov,  Axmedxodjaeva,  1994).  F.  tenuisecta  o‗simligi  estrogen 

xususiyatga  ega  moddalar  saqlashi  aniqlandi  va  shu  asosda  ginekologiyada 

qo‗llaniladigan  ―Tefestrol‖  va  veterinariyada  ishlatiladigan  ―Panoferol‖ 

preparatlari yaratildi.  

Ferula L. turkumi turlari nektar va perga (mum) beruvchi o‗simliklar qatoriga 

ham  kiritiladi.  Bizning  hisob-kitobimizga  ko‗ra  faqat  G‗arbiy  Tyan-shanda  

194  

  

o‗sadigan  Ferula  L.  turkumi  turlarining  39  turi  shira  beruvchi  o‗simliklardir, 



shundan 21 monokarp va 18 polikarp turlari asalarichilikda katta ahamiyatga ega.  

Ferula  L.  turkumi  turlari  efir  moyli,  xusht‘am-  aromatik,  smola  (yelim) 

beruvchi,  shifobaxsh,  kumarinlar,  terpenoidlar,  laktonlar  saqlovchi,  asalchil  va 

perga beruvchi, yem-xashаk, oziqabop Markova va b., 1954; Rahmonqulov va b., 

1981), texnika va kraxmal-qand saqlovchi o‘simliklardir‘  

Ferula L. turkumi turlari har xil ekologik sharoitda o‗sishi tufayli ular yem-

xashak  o‗simligi  sifatida  ham  ahamiyati  katta.  Turkumining  40  ga  yaqin  turlari 

muhim  yem  –  xashak  xususiyatiga  ega  bo‗lib,  ayniqsa,  F.  tenuisecta,  F. 

kuhistanika,  F.  foetida,  F.  foetidissima,  F.  dshizakensis,  F.  akitschkensis,  F. 

ferganensis,  F.  tschurovskiana,  F.  ugamica,  F.  karatavika,  F.  ovina,  F. 

tschimganica,  F.  prangifolia,  F.  litvinoviana,  F.  ferulaeoides,  F.  penninervis,  F. 

rubroarenosa  va  F.  kokanika  turlari  har  xil  o‗simliklar  guruhida  edifikator  va 

subedifikator sifatida uchrab muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ferula  L.  turkumi  turlarining  urug‗lari  oziqabop  konsentrat  hisoblanib,  uni 

qorako‗l qo‗ylari, otlar, tuyalar yozda va qishda sevib iste‘mol qiladilar.   

S.M.  Karpov  (1954)  ma‘lumotlari  bo‗yicha  F.  akitschkensis  o‗simligi  14,34 

%  protein  (hazm  bo‗ladigani),  9,7  %  yog‗,  16,9  %  klechatka  saqlaydi.  Turkum 

turlarining  mevasi  oqsil  moddalarga  boy  bo‗lganligi  uchun  ulardan  parrandalarni 

semirtirishda foydalaniladi (Utiyaganova va b.,1973).  

Ferula L. turkumi turlari xalq tabobatida keng qo‗llanilganligi tufayli ularning 

maydonlari  tobora  qisqarib  bormoqda,  ba‘zi  turlari  Respublika  ―Qizil  kitobi‖  ga 

kiritilgan.  Agar  1984  yilda  chop  etilgan  ―Qizil  kitob‖ga  bu  burkumning  2  turi 

kiritilgan bo‗lsa, 2009 yilgi nashrda bu miqdor 7 taga etdi.  

Shunday  qilib,  Ferula  L.  turkumi  turlari  dorivor,  oziqabop,  xushbo‗y  ta‘m 

beruvchi o‗simliklar hisoblanadi.  

Sassiq  kovrak  (1-rasm)  Farg‗ona  vodiysi,  Zarafshon  daryosining  quyi 

qismida, Qizilqumda, Surxon-SHerobod vodiysi va  Ustyurtda tarqalgan. O‗simlik 

qurg‗oqchilikka chidamli, o‗sish sharoitlariga talabchan emas.  

O‗rta Osiyoda kovraklarning 104 turi uchraydi. O‗zbekiston florasida 45 turi 

keltirilgan. O‗zbekiston Qizil Kitobiga 5 turi kiritilgan: Archa kovrak, Nor kovrak, 

Sumbul kovrak, Tuganakli kovrak va Qizilqum kovragi.   

O‗zbekistonda  sanoat  masshtablarida  kovrakning  ikki  turi:  sassiq  kovrak  va 

qo‗xiston  kovragi  ishlatiladi.  O‗simlik  urug‗larini  ekish  orqali  ko‗paytiriladi. 

Ekishdan oldin tuproqni begona o‗tlardan tozalaniladi, organik va mineral o‗g‗itlar 

bilan  boyitiladi.  Ekish  uchun  ma‘qul  joy,  o‗simlik  tabiiy  o‗sish  arealiga  yaqin 

hududlar  hisoblanadi.  Asosiy  shudgorni  25-30  sm  chuqurlikda  o‗tkaziladi.  Keng  

qatorli  qilib  ekiladi.  Qatorlar  orasi  70  sm,  ekish  normasi  2-3  kg/ga,  ekish  

chuqurligi 2-3 sm. Ekish muddati noyabr-dekabr oylari hisoblanadi, chunki kuzda  

urug‗ni unishga yo‗l qo‗ymaslik kerak. Bahorda, mart oyining o‗rtalarida urug‗lar 

unib  chiqadi.  O‗simlikda  ikkinchi  chin  barg  hosil  bo‗lgandan  so‗ng  begona 

o‗tlardan  tozalanadi  va  yagona  qilinadi.  40-50  sm.da  bir  tupdan  o‗simlik  

qoldiriladi.  

195  

  

  



  

1-rasm. Ferula foetida  

  

O‗simlikning  ildizidan  4-5  yili  barglar  soni  6-8  tadan  ortganda  shira  olish  



ishlari boshlanadi. Dastlab o‗simlik barglari qurib boshlagan vaqtda, ya‘ni barglar 

ildiz bo‗g‗zidan oson ajraladigan vaqtda ildiz atrofi 30x30 sm sxemada kovlanadi. 

Barglari  oxistalik  bilan  ildiz  bo‗g‗zidan  ajratilib  ildiz  ustiga  bostiriladi.  Barglari 

shamolda uchib ketmasligi uchun ozroq tuproq bilan ko‗miladi va o‗simlik ildizi 

30  kun  mobaynida  dimlanadi.  Ushbu  vaqt  davomida  o‗simlik  ildizida  shira 

to‗planadi.  So‗ngra  ildiz  usti  oxistalik  bilan  tozalanadi.  Tozalangandan  so‗ng 

maxsus o‗tkir pichoq bilan kesiladi. Uch kundan so‗ng ildiz ustki qismidagi donak, 

shiralar yig‗iladi. Ushbu tadbirning davomiyligi pichoqning o‗tkirligiga va ildizni 

qimirlatib  shikast  etkazmaslikka  bog‗liq.  Har  bir  ildiz  yupqa  qilib  kamida  15 

martagacha  kesiladi.  Yig‗ilgan  shira  5-10  kg.li  plastmassa  idishlarda  1  yilgacha  

saqlanadi. Tashkil etilgan plantatsiyalarda har 10 m

2  


maydonda 2-3 dona o‗simlik  

urug‗ olish va tabiiy ravishda tiklanishi uchun qoldiriladi. Urug‗lari to‗liq etilgan 

davrda yig‗ib olinadi.  

Kovrakning  qatroni  (smola)  asosan  asab  tizimi  faoliyatini  yaxshilashda, 

yo‗talni  qoldiruvchi  vosita  sifatida  qo‗llaniladi.  U  og‗riqni  qoldiruvchi, 

tinchlantiruvchi  va  ichni  yumshatuvchi  xususiyatlarga  ega.  Uning  tarkibida  faol 

modda  bu  efir  moyidir.  Uning  davolovchi  xususiyatlari  haqida  olimlarning  fikri 

turlicha.  Kimdir  uni  katta  dozada  ham  zararsiz  desa,  boshqalar  uni  zaharli  deb 

ta‘kidlashadi.  Veterinariya  amaliyotida  u  ichak  va  teri  parazitlariga  qarshi  vosita 

sifatida foydalaniladi.  

Kovrak  o‗tkir,  kuchli,  yoqimsiz,  uzoq  turadigan  sarimsoq  piyoz  hidiga  ega. 

Etishtiriladigan  joylarda  ovqatga  solinadigan  ziravorlar  sifatida  ishlatiladi.  Eron, 

Afg‗onistonda  kovrakni  qo‗y  go‗shtidan  tayyorlanadigan  taomlarga  solinadi. 

Hindiston  va  Indoneziyada  sabzavotli  va  guruchli  ovqatlarga  qo‗shiladi.  Kovrak 

196  

  

―karri‖  aralashmasi  tarkibiga  ham  kiradi.  Faol  ta‘sir  qiluvchi  moddalari:  kovrak 



kislotasining  60%  gacha  efirini  tutuvchi  qatron,  azaresitannol,  kumarinlar,  efir 

moyi, vanilin va bir qator boshqa moddalar  

Bir necha ming yillar davomida insonlar tomonidan foydalanilib kelinayotgan 

kovrak  turlarining  ayniqsa  sassiq  kovrak  turning  biologiyasini  o‗rganish,  ekib 

ko‗paytirish  hamda  undan  oziq-ovqat  sanoatida  qo‘llashni  targ‘ib  qilish  dolzarb 

muammo hisoblanadi.   

  

Adabiyotlar  



1.  Саидходжаев  А.И.  Сесквитерпеноидные  производные  рода  Ферула 

Л. // Химия природ. соедин. 1979. 4. С. 332-336.  

2.  Коровин Е.П. Иллюcтративная монография рода Ферула Л. (Тоурн.) 

Ташкент. 1947. 93 с.  

3.  Курмуков  А.Г.,  Ахмедходжаева  Х.С.  Эстрогеновые  лекарственные 

препараты  

из  

растений  



рода  

ферула.  

Ташкент:  

Издателскополиграфическое объединение имени Ибн Сино. 1994. 69  

с.   

4.  Пименов  М.Г.  Семейство  Зонтичные  //  Определитель  растений 



Средней Азии. Ташкент. 1983а. Т. 7. С. 276-313.  

5.  Рахманкулов  У.,  Мелибаев  С.,  Саидходжаев  А.И.  Сренеазиатские 

виды  рода  Ферула  Л.источник  сесквитерпеновых  производных  // 

Биологическое  особенноци  и  распространение  перспективных 



лекарственных растений. Ташкент: ФАН. 1981. С. 138-153.   
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish