Korrupsiyaga qarshi Konvensiya va ayrim O’zbekiston qonunlari
Views: 3290
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi 2003-yil 31-oktabrda qabul
qilingan. O’zbekiston Konvensiyani 2008-yil 29-iyulda qabul qilgan.
Korrupsiyaga qarshi Konvensiya bu sohada qabul qilingan eng muhim xalqaro hujjat hisoblanadi va
u dunyoning juda ko’plab davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.[1]Quyida Konvensiyaning
tarkibi va mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beramiz hamda korrupsiyaga qarshi ayrim
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga sharh berib, ularning Konvensiya talablariga qanchalik
mosligi haqida qisqacha bayon qilamiz.