Kompyuterni sovutish



Download 1,74 Mb.
Sana17.07.2021
Hajmi1,74 Mb.
#121606
Bog'liq
Kompyuterni sovutish


Kompyuterni sovutish. Ma’lumki, qancha katta chastota bilan mikroprotsessor ishlasa, shuncha ko‘p issiqlik chiqaradi. Birinchi kompyuterlar sekin ishlaganliklari sababli, uncha qizib ketmagan. Ularni sovitish uchun elektr ta’minoti blokida bitta ventilyator kifoya edi. Havo korpusning oldingi paneli teshiklaridan surilib, orqa panelidan chiqarilar edi.

Kuler (ventilyator va radiator kombinatsiyasi)Pentium II protsessorning SECC katridjiga ulanadi.Elektr ta’minot ventilyatorga maxsus ulanish joylar orqali uzatiladi.

Pentium 133 protsessorni sovutish uchun o‘ziga mahkamlangan kuler ishlatiladi(6.7- rasm).

Bunday vazifa 4,77 MGts dan 66 MGts chastotasida ishlovchi protsessor uchun effektiv hisoblangan. (486 DX2 protsessorlar uchun).

Ammo, 100 MGts chastotada ishlovchi mikroprotsessorning paydo bo‘lishi bilan, undan chiquvchi issiqlik faqatgina mikroprotsessorlarning o‘zini ishiga emas, balki boshqa komponentalarning normal ish tartibiga xalaqit bera boshlaydi. Ushbu muammoning echishning uchta yoli bor

1. Radiatorni protsessorga qo‘yish. Bunda metaldan qilingan moslama issiqlikni yutib, tizim ventilyator chiqarayotgan havo oqimidan chiqaradi.



6.7-rasm.


2. Qo‘shimcha vantilyator qo‘shish. Aylanuvchi ventilyator issiqlikni yutib, protsessorni sovutadi. Ayrim hollarda ventilyator radiator bilan birga ishlatiladi.

3. Tizimni sovutish. Zamonaviy kompyuterning korpusiga, ya’ni oldingi yoki orqa panelga, elektr ta’minot bloki yoniga va mikrosxemaning o‘ziga qo‘shimcha ventilyator qo‘yish mumkin. Qizib ketishning oldini olishning eng yaxshi yo‘li bu to‘g‘ri loihalashtirilgan korpusli kompyuter sotib olish va ishlab chiqaruvchining qo‘shimcha sovutish bo‘yicha maslahatlarini olishdir.

6.8-rasmda maxsus sovutish qurilmasi ko‘rsatilgan. U 3.5 dyumli bo‘limga o‘rnatilgan bo‘lib, vertikal korpusning old tarafidagi havoni tashqariga tortib chiqaradi. Sovutgich qurilmasi, korpusni ichki tarafidan sovutish uchun, 3.5 dyumli bo‘limga joylashtiriladi. Oddiy ulanish joyi orqali elektr ta’minlanadi. Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ventilyatorni disk yurituvchi va qattiq disk tepasida joylashtirishni tavsiya etadi.

6.8-rasm.


Elektr ta’minotga tegishli kabellarning to‘plami ichki qurilmalarni (tizim platasi, disklar va h.k.) ulashga mo‘ljallangan. Kengroq korpuslarda 4ta 3.5 dyuymli va 3ta 5.25 dyuymli qurilmalar uchun bo‘limlar mavjud. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, korpusning oldi tarafida ventilyator uchun ham bo‘sh joy bor.

Yana bir sovutgichli moslama turi bo‘lib u orqa panel orqali havoni suradi. Bunda SIIA Air Cooler Pro bentilyatori 6.9-rasmda keltirilgan. Bunday moslama hech qanday kontaktlarsiz shinaning ulanish joylariga qo‘yiladi. Kuchlanish odatdagi ulanish bo‘yicha blok питаниядан tushadi. Air Cooler korpusiga bir necha santimetrga chiqib issiqlik manbaasiga qaratiladi. Havo orqa panelining teshiklaridan ayriladi. (albatta tizimda ISA yoki sovutkichni o‘rnatish uchun PCI ulanish joylari bo‘lishi kerak).


6.9-rasm.


Bu ventilyator, korpusdagi old tarafda joylashgan bo‘shliqqa o‘rnatiladi. Kuchlanish esa xoxlagan elektr ta’minoti joyidan uzatiladi(6.9-rasm).

Yanada kuchliriq bo‘lishi uchun uchinchi ventilyatorni ham o‘rnatish mumkin. Ayrim korpus modellarida maxsus ventilyatorlar uchun joylar mavjud, ular tirli qurilmalarni sovutish uchun mo‘ljallangan.

Oldi panelida 10/16/24 forma CD-RW to‘plovchi va disk yurituvchi, bundan tashqari, “5,25” va “3,5”qurilmalar uchun qo‘shimcha joylar mavjud. Tizim blokining quyi qismida ikkita USB – porti va eshitish qurilmalari, hamda boshqa multimediya qurilmalari uchun shtekerlar joylashgan. Tizim blokining yuqori qismida esa 40 Gbayt hajmga va USB interfeysga egabo‘lgan tashqi qattiq disk joylashgan. Ikki tarafida stereofonik kolonkalar, pastda esa (u rasmda ko‘rinmaydi) quyi chastotali dinamik joylashgan. ShK, tashqi disk va monitor uzluksiz elektr ta’minotiga ulangan.

Agarda, korpusning orqa va oldi paneliga yana bitta ventilyator o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, unda xarid kalayotgan qurilma haqiqatdan ham sifatli va shovqinsiz ishlashiga ishonch hosil qiling.

Ko”pincha plastik korpusda joylashgan yengil va unsiz ishlovchi ventilyator tavsiya etiladi.

Elektr ta’minot blokining ostida mini-ATX form-faktorning tizim platasiga ulangan portlari joylashgan. Soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha, tepa chap burchakdan boshlab DB-15 ketma-ket porti, DB-25 parallel porti, sichqoncha uchun PS/2 ulanish joyi, ikkita USB portlar va klaviatura uchun PS/2 ulanish joyi. Ba’zi bir zamonaviy tizimlarda kabellarni va ulanish joylarni rangli kodlanishi amalda oshiriladi. Bu esa kompyuter yig‘ishni osonlashtiradi.



Intel kompaniyasining zamonaviy tizim platalarida mikrosxemalar to‘plami yordamida apparat ta’minotning holatini, shuningdek mikroprotsessor va boshqa komponentlarning temperaturasini nazorat qiluvchi funktsiya mavjud. Shuningdek, tizim plata ventilyatorlarning aylanish tezligini nazorat qiladi, kerak bo‘lganda sovutish sharoitlarini yaxshilashi mumkin.
Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish