Kompyuter grafikasi paketlari faniga kirish.
Hozirgi davr, yangi texnika va texnologiyalarni
kompyuter asosida ishlab
chiqish va tashkil qilish asri hisoblanadi. Shuning uchun, barcha sohalarda
kompyuter grafik paketlaridan foydalanish hozirgi
kunning dolzarb muammosi
bo‘lib qoldi.
Kichkina va juda oddiy masalalardan tortib ulkan va
juda murakkab
masalalargacha bo‘lgan grafik muammolarni hal qilish uchun mo‘ljallangan juda
ko‘p turli xil grafik paketlar mavjud. Bunday paketlar asosan dasturchilarga emas,
balki foydalanuvchilarga - rassomlar, modelyerlar
va animatorlar uchun
mo‘ljallangan. Aksariyat operatsiyalar kod yozish orqali emas, balki sichqoncha,
grafik planshet va klaviatura yordamida amalga oshiriladi. Bunday paketlarni qoida
tariqasida ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli grafika uchun alohida paketlarga bo‘lish
mumkin.
2D grafik paketlari odatda 2D tasvirlar yoki
ularning ustida ishlashga
qaratilgan. Bunday paketning eng oddiy namunasi deyarli har qanday operatsion
tizimda mavjud bo‘lgan Paint oddiy tasvir muharriridir. Ko‘pchilik kompyuter
grafikasi paketlari oddiy interfeysga ega bo‘lsa ham lekin o‘zi juda murakkab
bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bunday paketlar tasvirni shaffof qatlamlar to‘plami
sifatida ko‘rib chiqadi. Har bir qatlamga shaffoflik darajasiga ega turli vizual
effektlarni qo‘llash mumkin. Yakuniy tasvir o‘xshash qatlamlarni bir-biri bilan
birlashtirish natijasida qurilgan bo‘ladi.
2D grafik paketlar orasida rastrli grafik paketlar va vektorli grafik paketlarga
boʻlinish mumkin(garchi baʼzan ular orasidagi texnologiya turli xil boʻlsa ham:
ba’zan rastr grafik paketi qaysidir vektor imkoniyatlarini qoʻllab-quvvatlashi
mumkin). Rastr 2D grafik paketlari tasvirni piksellar massivi (aniqrog‘i, bir nechta
massivlar - har bir qatlam uchun bittadan) sifatida ko‘rib chiqadi.
Bu alohida
piksellar darajasida ko‘rishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, berilgan o‘lchamdagi
ma’lum shriftdagi yozuvni ifodalovchi piksellarning butun guruhlari bilan ishlash
mumkin. Biroq rasm olingandan so‘ng uning hajmini sifatli qilib osongina
o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Vektorli paketlar tasvirlarni yuqori aniqlik
bilan belgilangan alohida
ob’ektlardan iborat qilib ko‘rsatishga qaratilgan. Bunda ob’ektlar ustida har xil
amallarni bajarish mumkin, masalan, masshtablash, aylantirish va hokazo. Tayyor
bo‘lgan vektor tasvirini saqlanganda rastr tasvirga aylantirsa bo‘ladi.
Uch o‘lchovli grafik paketlar uch o‘lchovli ob’ektlarni va bunday
ob’ektlardan qurilgan sahnalarni modellashtirishga qaratilgan. Shu bilan birga, turli
xil kompyuter dizayn tizimlari (SAPR) uchun muammolarni hal qilishga qaratilgan
paketlar mavjud, shuningdek qurilgan sahnalarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan
paketlar mavjud.
Ushbu o’quv qo‘llanmada “Kompyuter grafikasi paketlari”
fanining
atamalari, nazariy jihatlari va amaliy dasturiy vositalari bayon qilinadi.
“Kompyuter grafikasi paketlari” fanining amaliy dasturiy vositalarining
asosiy masalasi amaliy va operatsion dasturlar hamda tayyor buyruqlar paketidan
foydalanib, loyihalash va texnologik jarayonning modellarini yaratish ishlarini
talabalar tomonidan kompyuterda erkin bajarishi uchun zaruriy bo‘lgan
bilim va
malakalarini shakllantirishdan iborat.