Komp lingvistikasi 4-amaliy mashg’ulot javoblari



Download 16.36 Kb.
Sana15.05.2021
Hajmi16.36 Kb.

Komp.lingvistikasi 4-amaliy mashg’ulot javoblari

Til birliklarini qismdan butunga, turdan jinsga, elementdan sistemaga, xususiydan umumiyga yo‘nalishlarda tadqiq etish o‘z navbatida tilshunoslikka “algoritm”, “model” (qolip), “modellashtirish” (qoliplashtirish) tushunchalarining mustahkam o‘rin olishiga sabab bo‘ldi. Til birliklari, sathlari, sathlararo bog‘lanishlarning induksiya va deduksiya asosida izchil tadqiq etilishi narijasida, bir tomondan, lisoniy birliklar, ikkinchi tomondan, shu lisoniy birliklardan tashkil topgan til umumiy mexanizmining model (qolip)lari haqidagi ta’limot vujudga keldi. Til sistemasi va model hodisalarini element, munosabat, bog‘lanish, butunlik kabi muhim belgilar birlashtirib turadi. Invariant tushunchasi tilshunoslikda model nazariyasining shakllanishiga samarali ta’sir ko‘rsatdi, chunki invariant deyilganda variantlarda namoyon bo‘luvchi ideal qurilma (qolip) yoki model tushuniladi. Invariant deb modelning funksional aspektdagi o‘z variantiga zidlab olingan holatiga aytiladi. O‘z ob’ektlarining holatiga ko‘ra molellar statik (turg‘un) va dinamik (funksional), tavsif maqsadiga ko‘ra analitik va sintetik, ifoda belgilariga ko‘ra grafik va metatil (mazmuniy, tavsifiy) kabi turlarga bo‘linadi. Tilshunoslikda modellar nazariy bilish va amaliy faoliyat maqsadlari uchun xizmat qiladi

Lisoniy model bilan lingvistik model bir xil hodisalar emas. Chunki lisoniy model lingvistik (ilmiy) modelning asli, originali yoxud real ob’ektidir. Masalan, muayyan tildagi fonemalarning modellari turli davrlarda va hozirgi davrda lingvistlar tomonidan har xil belgilanishi mumkin. Bundan ko‘rinadiki, real til mutlaq ob’ektiv hodisa va haqiqat bo‘lib, modellar uni nisbiy ravishda aks ettiradi. Til mohiyatan lisoniy modellar haqidagi ta’limotdir, deyishimiz mumkin.

Umuman olganda, tilshunoslikda vujudga kelayotgan modellashtirish jarayoni nurq asosi bo‘lgan tilning system-strukturasini chuqurroq o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. O‘zbek tilining barcha sath birliklarini modellashtirish bilan bog‘liq kompyuter dasturlari ishlab chiqish va uni hayotga jalb etish kompyuter tilshunosligi oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.



Matеmatik amallar asоsiy rоl o‘ynaydigan algоritmlarga sоnli algоritmlar dеyiladi. Bundan tashqari mantiqiy algоritmlar ham bоr. Bunday algоritmlar barcha fanlarda va kasblarda, ayniqsa huquqshunоslikda, tibbiyotda, mantiqda, falsafada kеng qo‘llaniladi. Algоritmlarning yaratilishi o‘z navbatida rеlеkоntaktli sxеmalar, parallеl va kеtma-kеt sxеmalarning ishlab chiqarilishi va kibеrnеtikada qo‘llanilishiga оlib kеladi.
Download 16.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat