Kitobni sev, unga do’st tutin



Download 13,69 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi13,69 Kb.
#78723
Bog'liq
kitobni sev, unga do'st tutin.


Kitobni sev, unga do’st tutin

Soliha kitob o’qishni judayam yaxshi ko’radi. Ayniqsa, badiiy asarlar uning joni dili. Endigina o’n besh yoshni qarshi olayotgan yoshgina qiz hayotga o’qigan kitoblaridan olgan xulosasi orqali qaraydi. U kelajakda yaxshi inson, yaxshi kasb egasi, shuningdek, yaxshi yor va farzandlarning mehribon onasi bo’lishini xohlaydi. U o’rtahol, o’ziga to’q oilada dunyoga keldi. Ota-onasi o’qimishli bo’lishmasa ham aqlli, xushfe’l va samimiy insonlar edi. Ular shu birgina yolg’iz qizi Solihani kelajagi porloq bo’lishi uchun harakat qilishyapti. Solihaning ezgu orzu-niyatlaridan biri farzandlarim o’zlarini tanishtirishayotganda ziyoli oiladanman deyishini istaydi. Manmanlik uchun emas, balki, bolalari u va otasi bilan faxrlanib, o’zlari kabi bo’lishini istaydi.

Oddiy kunlarning birida Soliha o’qishdan qaytayotgan edi. Uyga kirsa, ota-onasi unga qo’llarida bir dasta kitob bilan peshvoz chiqishdi. Chunki, bugun Solihaning tavallud kuni edi. Ota-onasi qizini tabriklashdi. Soliha shunaqangi xursand ediki, ota-onasiga qayta-qayta minnatdorchilik bildirar edi. Xonasiga bir dasta kitobni quchoqlaganicha kirib ketdi va ko’ra boshladi. Uni quvontirgan narsa shuki, jahon adabiyotidan mashhur yozuvchi Jenni Daunxemning “Men tirik ekanman” nomli asari ham bor edi. Eng qizig’i shundaki, u bu asarni anchadan buyon qidirib yurgandi. Soliha bu asarni boshidan oxirigacha elektron variantini topib diqqat bilan tinglagan edi. U bu kitobni Iymona ismli dugonasiga sovg’a qilmoqchi edi. Sababi , Iymona og’ir kasallikka chalingan, umrining so’nggi oylarini yashab o’tmoqda edi. Kitobni unga sovg’a qilishini sababi shundaki, bu asar o’n olti yoshli jiddiy kasallik sababli o’limi yaqinlashib borayotgan Tesse Skot ismli qizcha haqida bo’lib, Tesse o’limidan oldin qilishi kerak bo’lgan noodatiy ishlar ro’yxatini tuzadi. Ularni bajarishga o’zida kuch topadi va umrining so’nggi kunlarini g’am-anduh bilan emas, baxt ila o’tkazadi. Keyin esa bu yorug’ dunyoni quvonch ko’z yoshlari bilan tark etadi.

Soliha shularni o’ylab, dugonasining ko’nglini ko’tarishga oshiqdi. Darhol kitobni zarli qog’ozga o’radi-da, Iymona yashaydigan uy tomon yurdi. Eshik qo’ng’irog’ini bosdi. Ichkaridan Iymonaning oyisi Xolida opa chiqdi.Salom alikdan so’ng, uni dugonasining xonasiga kirishini aytdi. Soliha derazadan tashqariga ma’yusgina boqib turgan dugonasini ko’rdi. Ular iliq ko’rishishdi. Soliha dugonasiga olib kelgan kitobini olib ko’rsatdi. Iymona undan judayam xursand bo’ldi. Biroz suhbatlashishgach, Soliha uyiga ketdi. Soliha ketgandan keyin esa Iymona kitobni muqovasini ochdi. Ozgina o’qib zerikdi va qayta joyiga qo’ydi.

Soliha qilgan ishidan juda xursand edi. Uyga qaytayotib xudodan jondan aziz dugonasiga umr berishini so’rab iltijo qildi.

Oradan 3 kun o’tdi. Iymona o’tira-o’tira zerikdi va Soliha olib kelgan kitobga qiziqib uni ochib, davomidan o’qiy boshladi. Judayam berilib ketganidan vaqt allamahal bo’lganini sezmay qoldi. Oradan bir oycha vaqt o’tdi. Kitob Iymonaga kuch-quvvat bag’ishladimi yoki hayotga bo’lgan qiziqishi ortdimi, xullas, Iymonaning yuziga rang yugurdi. Yana kula boshladi. So’nggi kunlarini ma’yuslik bilan emas, balki, shodlik bilan o’tkazishga qaror qildi…

Mana, bu voqea bo’lib o’tganiga qancha yillar o’tdi. Qadrdon dugonalar o’z orzulariga yetishdi. Solihaning barcha farzandlari o’zi kabi o’qimishli bo’lishdi, hayotda o’z o’rinlarini topib ketishdi. Yetishishdi. Ayni bolalik chog’larida qilgan orzulariga. Iymona shularni eslarkan, dugonasi Solihadan mamnun holda uning qabriga gul qo’yib, tilovat qildi. Qarilik gashtini surish uchun qishloqqa, nabiralarining oldiga jo’nab ketdi.

Qoyil qolmasdan iloji yo’q. O’lim yoqasida turgan insonni birgina kitob hayotga qaytardi. Shu kitob tufayli Iymona o’z dugonasidan ham uzoqroq umr ko’rishi yetti uxlab tushiga ham kirmagan edi.



Unutmang!

Kitob ehtirossiz, lekin sadoqatli do’stdir. U sizni hayotga bo’lgan qiziqishingizni orttiradi, yaxshilik sari yetaklaydi. Kitob sizni hali siz ko’rmagan dunyoga olib boradi, siz eshitmagan so’zlarni aytadi. Zulmatdan yorug’lik qa’riga olib chiquvchi yagona yo’l bu-kitob.
Download 13,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish