Kirish mesopotamiya madaniyati o`ziga xos xusiyatga EGA bo`lib, u yerda yaratilgan uyg`un madaniyat, jahon svilizatsiyasining ajralmas qismini tashkil etdi
KIRISH MESOPOTAMIYA madaniyati o`ziga xos xusiyatga ega bo`lib, u yerda yaratilgan uyg`un madaniyat, jahon svilizatsiyasining ajralmas qismini tashkil etdi. Mesopotamiya madaniyatining yutuq va kashfiyotlari qadimda va o`rta asrlarda boshqa madaniyatlar va xalqlar tomonidano`zlashtirilib,dunyo madaniyatining keyingi taraqqiyotiga poydevor bo`lib xizmat qildi.Hech qaysi madaniyat birnecha yilda shakllanmaganidek Mesopotamiya madaniyati ham ikkimingyillik rivojlanish tarixiga ega. Mesopotamiyaning yuqori rivojlangan madaniyat tizimini biz ilk Shumer maktablaridan ham bilib olishimiz mumkin. Aynan Shumerliklar dunyo tarixida maktablarni ya`ni ilk ta`lim tizimini yaratgan xalq bo`lib xisoblanadilar.Buni biz o`zining 30000 taxtachadan iborat uchmingyillik tarixga ega bo`lgan Ashshurbanipal kutubxonasida ham ko`rishimiz mumkin. Shumerliklar birinchi yozuvni ishlab chiqqan xalq ham hisoblanadilar.Mixxat yozuvi Mesopotamiya svilizatsiyasining asosiy ildizi bo`lib, uning barcha jihatlarini birlashtirgan an`analarini saqlab qolish imkonoyatini berdi. Miloddan avvalgi I ming yillikdan bobilliklar va ossuriyaliklar yozuv uchun teri va chetdan keltirilgan papirusni ishlata boshlaganlar.Shu vaqtning o`zida Mesopotamiyada yog`ochdan qilingan uzun taxtachagamum surtib, mixxat belgilarni tushurganlar. XULOSA Yuqorida biz ko`rib o`tgan Shumer Bobil nafaqat Mesopotamiya madaniyati o`zining buyuk tarixi,qadimiyligi, sermazmun hayotiyligi bilan o`tmishdan nafaqat hozirdaham dunyo e`tiborida turibdi. O`zining qadimgi ta`lim tizimiga ega bo`lgan,huquqiy boshqaruvi ishlab chiqilgan,falsafa qurilish sohasi rivojlangan,qadimiy davlatchilik tizimiga ega bo`lgan qadimiy Mesopotamiya svilizatsiyasi bugundaham dunyo mamlakatlarining qiziqishiga sabab bo`lmoqda va o`rganilmoqda.Mesopotamiyaning eng katta hunarmandchilik va savdo markazi Bobil shahri edi.Bobil o`zinig ko`plab minoralari bilan Gerododni lol qoldirgan. Mesopotamiya svilizatsiyasining siyosiy nazariya va amaliyoti, huquq, falsafa, tarixshunoslik sohalarida erishgan yutuqlari boshqa mamlakatlar tomonidan o`zlashtirib olindi. Ahamoniylar, keyin esa, ellin davri hukmdorlari Mesopotamiya podsholarining saroy rasm rusumlarini o`zlashtirib oldilar. MAVZU: SHUMER BOBIL MADANIYATI REJA: KIRISH 1.YOZUVNING PAYDO BO`LISHI 2.ARXITEKTURA USLUBI 3.DINIY E`TIQOD SHAKLLARI 4.TA`LIM TIZIMI XULOSA