KIRISH. KASBIY KOMPETENTLIK FANINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
1. Kasbiy kompetentlik faniga kirish.
2.Kasbiy kompetentlik fanining mazmuni, mohiyati va shaxs tarbiyasidagi roli.
3. Kasbiy kompetentlik fanining dolzarb muammolari va uni bartaraf etish yo„llari.
4. Fanning asosiy metodologiyasi.
Jamiyat ma‟naviy yuksalishi va yangilanishi sari yuz tutgan bir paytda O„zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1999 yil 3–sentyabrdagi “Respublika ma‟naviyat va ma‟rifat kengashining qo„llab quvvatlash to„g„risida”gi Farmoni, “O„zbekiston Respublikasida 2016 yilda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi qonuni talablarini amalga oshirishga qaratilgan qarorlar zamiridagi g„oyalar, ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma‟naviyatning ustuvorligini yana bir karra tasdiqlaydi. Ma‟naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o„z mustaqilligini tushunib etish va ozodlikni sevish tuyg„usi bilan birgalikda etilgan. Ma‟naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o„giti bilan birga singadi. Bosh maqsad: Yosh avlodni ma‟naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma‟naviy – tarixiy an‟analarga , urf – odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Fanining asosiy vazifasi: shaxsning aqliy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishga ko„maklashish, o„z – o„zini idora va nazorat qila bilishni shakllantirish, o„z shaxsiy turmushiga maqsadli yondoshuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg„otish Talabalarda madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo„lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o„stirib–boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish Talabalarda madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo„lgantalablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o„stirib–boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish Pedagogika tarbiya haqidagi fandir. Pedagogika - grekcha so„z bo„lib, paydogogos-bola etaklovchi ma‟nosini anglatadi. Insonlarning ma‟rifiy va ma‟naviy barkamollikka munosabatlarini o„zgarib borishi natijasida pedagogika (Bolani to„g„ri hayotga boshlash san‟ati) fani xalq orasida o„z mavqeiga ega bo„ldi. SHu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida «pedagogika» dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o„rin egalladi. Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Kasbiy kompetentlik “Pedagogika” fanining bir qismi bo„lib, fan sifatida qaraladi va o„zining nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada tarbiyaviy ishlarning tarmoqlari vujudga keldi. Tarbiyaviy ish metodikasi fani bir necha qismga bo„lib o„rganiladi. Demak bu fanni o„qitishdan maqsad kelajakda talabalarimizga ta‟lim muassasalarida ta‟lim – tarbiyaga davr talablaridan kelib chiqqan holda yangicha yondoshishni, ishni sifat, mazmun jihatdan to„g„ri tashkil etishni o„rgatishdan iboratdir. Pedagogik texnika – bu shunday bir malakalar yig„indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko„rib va eshitib turgan narsalar orqali ularga o„z fikrlari va qalbini etkazish imkonini beradi. Talabalar bilan bevosita muomala qilishda pedagogning xuddi ana shu malakalari (yoki ularning yo„qligi) uning xulq atvorida namoyon bo„ladi. Pedagogik mahorat bu fahm – farosat va bilimlarning, chinakam ilmiy, tarbiyadagi qiyinchiliklarni engishga qodir bo„lgan nufuzli rahbarlikning, talabalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo„lgan talaba shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondoshishi, donolik va ijodiy dallilik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo„lgan qobiliyat majmuasidir. Kasbiy kompetentlikfanini o„qitishda jamoani tashkil qilish metodikasiga katta e‟tibor beriladi, chunki shaxsni jamoada tarbiyalash bilangina jamiyatni yuksaltirish mumkin. Bu vazifalarni esa biz odatda sinf rahbarlarining zimmasiga yuklaymiz. Sinf rahbarlari o„z navbatida sinfdagi talabalarning bevosita ta‟limtarbiya jarayoni, ya‟ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas‟uldirlar. KASBIY KOMPETENTLIKNI TASHKIL ETISHDA: -huquq – tartibot organlari -ijodiy uyushmalar -davlat va nodavlat tashkilotlar -qo„mitalar va tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. Tarbiya- ma‟naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o„qituvchining o„quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o„zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Bugungi kunda tarbiya metodlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: 1. So„z orqali ifodalash metodi. 2. Ko„rgazmalilik metodi. 3. Amaliy, namuna usuli. 4. Rag„batlantirish va jazolash. 5. Muammoli. Kasbiy kompetentlikfaniniing dolzarb muammolari va uni amalga oshirish yo‘llari: Ma‟naviyati yuksak shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa uning ma‟naviy qiyofasi tanitadi. Ma‟naviyat – tarbiyadan boshlanadi. Ta‟lim-tarbiyasiz ma‟naviyatning bo„lmasligi barchaga ayon haqiqatdir. Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir!” degan so„zlari fikrimizga dalil bo„ladi. Tarbiya – tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir shaxs, o„smir va yosh yigit-qizning betakror va o„ziga xosligini e‟tiborga olish; Amalda tarbiyaviy jarayon yaxlit va uzluksiz ishiga va turli yoshdagi tarbiyalanuvchilarni qamrab olishiga alohida ahamiyat berish lozim. O„smir yigit va qizlar nafaqat bo„lg„usi katta hayotga tayyorgarlik ko„radilar, balki ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar. Fanning metodologiyasidan biri: O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi va “Kadrlar tayorlashning milliy dasturi to„g„risida”gi qonunlari O„zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisining birinchi chaqiriq to„qqizinchi sessiyasida “Barkamol avlod – O„zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida ma‟ruzasi tinglandi va shu sessiyada “Ta‟lim to„g„risida”gi va “Kadrlar tayorlashning milliy dasturi to„g„risida”gi qonunlari sessiya kun tartibiga kiritilib, tasdiqlandi. “Ta‟lim to„g„risida”gi qonun 5 bo„lim, 34 moddadan iborat. I. Umumiy qoidalar (1-8-moddalar), II. Ta‟lim tizimi va turlari (9-19-moddalar), III. Ta‟lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish (20-24-moddalar), IV. Ta‟lim tizimini boshqarish (25-29-moddalar), V. YAkunlovchi qoidalar (30-34-moddalar). “Kadrlar tayorlashning milliy dasturi to„g„risida”gi qonun umumiy qoidalar va 5 bo„limdan iborat. 1. Muammolar va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish omillari (3 band), 2. Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ruyobga chiqarish bosqichlari (2 band), 3. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli (4 band), 4. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlari(15 band), 5. Dasturni ruyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: «O„zbekiston yangilanish va rivojlanish yo„li to„rtta asosiy negizga asoslanadi:» - umumiy qadriyatlarga sodiqlik: - xalqimiz ma‟naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish: - insonning o„z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish: - «Vatanparvarlik».
Kasbiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik asoslari
Zamonaviy jamiyat ta’lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma’naviy va jismoniy soqlom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo‘ymoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zaqirasini yaratish" vazifasi belgilandi. Kompetentli pedagog - u kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug’iladi. Shu nuqtai nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhimdir. Har qanday o‘qituvchi ham "kompetentlik" nimani anglatishini va u "kompetensiya"dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. "Kompetentlik" tushunchasi pedagogning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va tajribasini o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o‘xshashdir. Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa ta’limni modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda. Kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proektiv o‘quvlar guruhlarini kiritish lozim. Pedagogning bilish faoliyati ko‘p jihatdan o‘rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta’siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi. Mazkur holda o‘z-o‘zini tartibga solish xususiyatlari o‘z bilim va malakalarini doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarga qaratilgan o‘z hatti-harakatini qathiy muvofiqlashtirish uquvi bilan tavsiflanadi. 1 Pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik layoqatliligini tadqiq qilishga bag‘ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi: - maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi – kasbiy faoliyatini etarlicha yuqori darajada egallaganlik, o‘zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati; - ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi – birgalikdagi kasbiy faoliyatni, hamkorlikni va shuningdek, mazkur kitobda qabul qilingan kasbiy muloqat uslublarini egallaganlik, o‘z kasbiy kasbi natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik. Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligi, irodaviy sifatlar, intellektual salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy ko‘nikmalar, o‘z-o‘zini boshqara olish layoqatlarining o‘zaro bog‘liqligi va shaxsning ijtimoiy-madaniy faollik darajasini aks ettiruvchi individual sifatlar asosida shakllantiriladi. Yevropa davlatlarida shakllangan an’anaga muvofiq kasbiy malaka mutaxassisning kompetentligi, uni shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi esa –k bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o‘lchanadi. Bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda muhim pedagogik shart-sharoitlar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin: - zamonaviy talablarga javob bera oladigan me’yoriy va o‘quv-metodik hujjatlar (davlat ta’lim standarti, namunaviy o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari, namunaviy
1 Ш.Шарипов, Н.Муслимов, М.Исмоилова: “Касбий таълим педагогикаси”.Методик қўлланма. – T. 2005 й.
o‘quv dasturlari, ishchi dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, metodik tavsiyanomalar, qo‘shimcha maxsus adabiyotlar, ko‘rsatmali vositalar, dars ishlanmalari, loyihalar va boshqalar)ning mavjudligi; - ilmiy pedagogik xodimlar (professor, dotsent, o‘qituvchi, malakali o‘quv ustalari, texnik xodimlar)ning bilim, ko‘nikma va malakalarining yuksakligi, kasbiy kompetentlik darajasining etarlicha shakllanganligi hamda ilmiy salohiyatga ega bo‘lishi; - o‘quv jarayonining moddiy-texnik (o‘quv binolari, o‘quv auditoriyalari, o‘quv ustaxonalari, amaliy-laboratoriya jihozlari), axborot texnologiyalari (radio, televidenie, kompg‘yuter, nusxa ko‘chirish qurilmalari, laboratoriya asbobuskunalari, audio, video, multimediya, trenajyorlar, kinoproektorlar, diaproektorlar, videoproektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va hokazolar) jihatdan etarlicha ta’minlanganligi; - ijtimoiy va o‘quv-texnologik jihatdan qulay muhit (o‘qituvchilar, talabalar, rahbarlar hamda talabalar, shuningdek, talabalarning o‘zaro munosabatlari mazmuni, yo‘nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar) yaratilganligi; - tashkiliy hamda o‘quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli yo‘lga qo‘yilganligi. 2 «O‘qituvchining kasbiy kompetentligi» tushunchasiga berilgan ta’rif va tavsiflarni umumlashtirib, uni quyidagicha talqin etish mumkin: O‘qituvchining kasbiy kompetentligi – pedagog faoliyatida kasbiy kompetentlik muhim jihatlaridan biri bo‘lib, pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha ehtiyoj, qobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarini ifodalaydi. Buning uchun u: - ijodiy izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil bo‘lishi; - ijodiy izlanishlarning samaradorligi o‘qituvchining pedagogik, psixologik va nazariy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lishini esda tutishi lozim. Funksiyalarni to‘g’ri bajarish uchun pedagog kompetentlik va kompetensiya tushunchasini bilishi, har tomonlama rivojlanib, kasbiy o‘sishi uchun qaysi yo‘nalishda harakatlanishini bilishi kerak. Professionallik va kompetentlik bir-biriga o‘hshash bo‘lsada, har xil ma’noga ega bo‘lgan atamalardir. Professionallik deganda nafaqat ma’lum bilimlar, balki mehnatga bo‘lgan munosabat, ishning o‘ziga xos xususiyatlari tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, chunki professional pedagog o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiharadi va bular odatda ish jarayonining standartiga mos keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni qo‘llash qobiliyatini ham taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli baholash
2 Ш.Шарипов, Н.Муслимов, М.Исмоилова: “Касбий таълим педагогикаси”.Методик қўлланма. – T. 2005 й.
va kuzatish paytida aniqlanishi mumkin. Professionallik va kompetentlik tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, har doim ham belgilangan talablar va standartlarga to‘liq mos keladigan odamlar chinakam professionallar bo‘lavermaydi, sabab, ba’zilari bilimlarni amalda qanday qo‘llashni bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo‘lib qolaveradi. Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga muvoqdir: - Maxsus pedagogik kompetensiya - pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga ega bo‘lish. Bundan tashqari, pedagogning o‘z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis sifatida o‘z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog’liq. - Ijtimoiy pedagogik kompetensiya - ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi. Samarali aloqa ko‘nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik - bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan. - Shaxsiy pedagogik kompetensiya - bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo‘lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o‘sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir. Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bo‘lgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir. Kompetensiyaning har bir turi ko‘nikmalar, bilimlar, ko‘nikmalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Pedagoglarda ular turli darajalarda namoyon bo‘ladi. Xizmat vazifalarini bajarishda uning xattiharakatlari ko‘rsatkichlariga e’tibor berib, u yoki boshqa kompetensiyalar qanday rivojlanganligini aniqlash mumkin. Kompetentlik qanday shakllanadi? O‘qituvchining kompetentligini shakllantirish uchun asosiy narsa bu maxsus kasbiy ta’limdir. Kelajakda amaliyotda olingan bilim va ko‘nikmalar boshlang’ich kompetensiya darajasini to‘ldiradi. Ko’p bosqichli ta’lim tizimida, yangi standartlar va dasturlar doirasidagi ta’lim jarayonini eskirgan uslubiyat bo’yicha olib borilishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ta’lim tizimidagi keng qamrovli tarkibiy islohatlarni respublika pedagoglari ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va o’quv jarayoniga qo’llash bilan mustahkamlashlari zarur. Avval ta’kidlanganidek, buning uchun pedagoglarimizni o’quv jarayoniga texnologik yondashuvlarini o’rgatish talab etiladi, bu esa pedagogik texnologiyadan foydalanishdan tashqari uni O’zbekiston madaniyati, an’analari va tajribasi bilan boyitishga olib keladi. Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o„quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o„quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga
oshiriladi. Texnologik yondoshuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko’rsatmali tuzilmada o’z ifodasini topadi. Maqsadga yo’naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli tekshirib borish, ta’limni alohida o’qitish lavhalariga ajratish kabi usullar hozirgi kunga kelib qayta-qayta takrorlash mumkin bo’lgan ta’lim texnologiyasi g’oyasida mujassamlangan. U asosan o’z ichiga quyidagi omillarni oladi: Ta’limda umummaqsadning qo’yilishi; tuzilgan umummaqsaddan aniq maqsadga o’tish; o’quvchilarning bilim darajasini dastlabki (tashxisli) baholash; Ta’limga texnologik yondoshuv. Tarbiyalash texnologiyasi - nisbatan yangi atama bo’lishiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning g’oyasi, mazmuni, tarkibini emas, balki bu sohadagi hukumat ishlab chiqqan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Tarbiyalash texnologiyasi mo’ljallangan tarbiyaviy maqsadga samarali erishuvni ta’minlovchi vositalar majmuasini ko’rib chiqadi. Shu bois professor-o’qituvchilar uchun har tomonlama rivojlangan yuqori intellektual va ma’naviy barkamol fuqaro shaxsini shakllantirishga qaratilgan talabalarni hukumat siyosatiga muvofiq tarbiyalash texnologiyalarini egallashi dolzarbdir. Zamonaviy tarbiyalash texnologiyasi - har tomonlama yondoshuvni amalga oshiradi va quyidagi majburiy talablarga rioya qiladi; Tarbiyalanuvchilarga 3 yo’nalish bo’yicha ta’sir etiladi - tafakkuriga, sezgilariga va xulqiga. Shaxsning ma’lum sifatlari amaldagi tarbiyaviy ishlar majmui orqali hosil qilinadi. Bu ishlar yaqqol ko’rinishdagi ko’p yoqlik bo’lishi, bir vaqtning o’zida aqliy, jismoniy, xulqiy, estetik va mehnat tarbiyasini uzviyligi asosida olib borishi zarur. Har yoqlama yaxlit tarbiyaviy yondashuv tarbiyachining tizimli munosabatini va boshqaruvini taqoza qiladi. Boshqaruv tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tashqi va ichki omillarni va ularning o’zaro ta’sirini inobatga olingandagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Shu bois, u omillar haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi zarur. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ko’p marta takrorlanib, ularni o’quv muassasalariga olib kirish zarurligi uqtirilgan. Respublikamizning taniqli olimlari ilmiy asoslangan, mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta‟lim-tarbiya amaliyotida qo’llashga intilmoqdalar. O’quv-tarbiya ishlari jarayonida talaba yoshlarni ijodiy fikrlashga, o’zgaruvchan vaziyatlarga o’rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda talabalarni axborot texnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan amaliy mashg’ulotlarda foydalanishi muhimdir. Bu esa talabalarda mustaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalashni, o’quv faoliyatini tahlil qilishni, istiqbolda kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttirish bo’yicha rejalarini aniq belgilashiga erishishni ularning ichki ehtiyojiga aylantirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |