IDROKNING MURAKKAB TURLARI
Reja:
KIRISH
Idrok haqida umumiy tushuncha.
Idrokning fiziologik asoslari .
Idrokning turlari.
Idrok xususiyatlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
KIRISH
Idrok tushunchasi lotin tilida «regserIo» , idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha regseryo idrok, qabul qilish)
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, , xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, , ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok yoki qabul qilish shaxsning ob’yektivreallikdagi voqea-xodisalarning va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to’laligi bilan sezgirdan farq qiluvchi ruhiy jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va , ba’zi xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqea-xodisada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo’ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir.
Idrok jarayonida narsalar obrazini to’la aks attrishining sababi shundaki, odam miyasida hayot davomida turli-tuman qo’zg’aluvchilar ta’siri tufayli juda ko’p muvaqqat bog’lanishlarvujudga kelgan bo’ladi. Tajribasiz odamda esa bunday xususiyat bo’lmaydi, ya’ni u idrok qilayotgan narsaning tub mohiyatiga tushunib yetmaydi. , inson nimaniqi idrok kilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura – shunday narsaki uni aniqlash, , ko’rish, eshitish va tuyish mumkin, fon esa aksincha noaniqrok, yumshokrok narsa bo’lib aniq ob’yektni ajratishga yordam beradi.
Idrok - bu bilishimizning shunday shakliki u borlikdagi kuplab xilma-xil predmet va xodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan ob’yektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettishimizni taminlaydi. Ya’ni idrokning asosida narsa va xodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki bu obraz boshqalaridan fark qiladi.
Idrok sezgi kabi reflektor jarayondir. Pavlov idrokning asosi tashqi olamdagi narsalari yoki xodisalarning retseptorlarga ta’sir etishi tufayli bosh miya katta yarim sharlarining pustida yuzaga , ya’ni vaqtli nerv bog’lanishlari ekanligini kursatib bergan. Bunda tashqi olamdagi narsalar yoki xodisalar kompleks qo’zg’atuvchilar tarzida ta’sir qiladi. Bu kompleks qo’zg’atuvchilar analizatorlarning miya pustidagi kismlarida murakkab analiz va sintez kilinadi. Idrok sezgilarga nisbatan miya analitik- sintetik faoliyatining yuksak formasi xisoblanadi.
Idrokning nerv-fiziologik asosi xam sezgilarning nerv-fiziologik asosiga qaraganda murakkabdir. Idrok jarayonining nerv-fiziologik asosida bir necha sezgi a’zolariga barobar ta’sir etuvchi kompleks qo’zg’atuvchilarning ta’siri natijasida bosh miya pustida xosil bo’ladigan , ya’ni vaqtli bog’lanishlar (shartli reflekslar)ning xosil bulishi yotadi. , idrok jarayonining nerv-fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signallar sistemalarining faoliyatlari bilan xam bog’liqdir. Idrok obrazining yuzaga kelishidan iborat murakkab jarayonning asosi ichki analizator va analizatorlararo bog’lanishlar sistemasidir. Bunday bog’lanishlar qo’zg’atuvchilarni farklashning eng kulay sharoitlarini va narsalar xususiyatlarining murakkab butunlik sifatida o’zaro munosabatlarini xisobga olishni ta’minlaydi.
Tashqi ta’sir katta yarim sharlar po’stlog’ida , organizmning bir qancha qo’zg’ovchilar ta’siriga reaksiyasi bir-biri bilan bog’lanadi. Har bir predmetdagi xossalarning yig’indisiga qarab odam ularni bir-biridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |