bilan ta’minlashni tashkil etish
Biznes faoliyatini yetarli va aniq axborotlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Bu axborotlar biznes uchun zarur bo`lgan ma’lumotlar, xabarlar majmuasidan iborat bo`ladi. Axborot ishlab chiqaruvchilar, tovarni sotuvchilar va haridorlar o`rtasidagi aloqa shaklidir.
Ishbilarmonlar asosan turli xil axborotlar statistik, moliyaviy, operativ, tashkiliy axborotlar, farmoyish tarzidagi axborot, buxgalterlik, marketing axboroti, ta’minot bo`yicha, xodim-lar bo`yicha, ma’lumotga oid axborot va boshqa axborotlar bilan ishlaydilar.
Axborotlar yana ichki va tashqi, dasturiy va me’yoriy axborotlarga bo`linadi.
Ichki axborot kichik korxona yoki savdo tashkiloti ichki materiallaridan iborat bo`ladi hamda korxona faoliyatini, uning texnik iqtisodiy ko`rsatkichlarini moddiy va mehnat xarajatlari hajmini, naqd pul harakatini, debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotlarni o`zida aks ettiradi.
Tashqi axborotlar mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’-molchilarni, hokimiyat idoralari, banklar, raqobatchilar va boshqa tashkilotlar bilan bo`ladigan aloqalarni ifodalaydi. U tovarlarni sotish va harid qilish shartlari haqidagi tashqi muhit xabarlaridan iborat bo`ladi.
Foydalanish vaqti bo`yicha axborotlar operativ, davriy va uzoq muddatli, o`zgarish darajasi bo`yicha birlamchi va ikkilamchi axborotga bo`linadi.
Tadbirkorlikda iqtisodiy axborotlar yetakchi rol o`ynaydi, chunki ular tovar ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi munosabatlarni aks ettiradi.
Kichik korxonalar uchun ilmiy-texnik axborotlarning roli ham muhim, ular ishlab chiqarishni ilmiy-texnik taraqqiyot asosida rivojlanishni aks ettiradi.
Doimiylik darajasi bo`yicha axborotlar axborotlar doimiy, shartli-doimiy va o`zgaruvchan bo`ladi. Doimiy axborot o`z ma’nosini uzoq vaqt davomida o`zgartirmaydi (shaharlar, korxonalar, savdo tashkilotlari nomlari, tovarlar turlari va boshqalar haqidagi axborotlar).
SHartli-doimiy axborotlar ma’lum vaqt davomida o`z ma’nosini saqlab turadi. Unga mahsulot tayyorlash uchun texnik shartlar, me’yorlar, tarif miqdorlari, lavozim, ish haqi va hokazolar kiradi.
O`zgaruvchan axborotlar harid qilish va sotishning o`sishini aks ettiradi. Ular qaror qabul qilish uchun doimo tezlik bilan qayta ishlashni talab qiladi, aks holda, ularni olishdan ma’no qolmaydi.
Har qanday axborot hujjatlarda aks ettiriladi. Hujjat – bu axborot tarqatuvchi vositadir.
Nafaqat ishbilarmonlar, balki bu hujjatlarni o`quvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni qayta ishlovchi va saqlovchi odamlarning meh-nat xarajatlari hujjatning shakllariga bog`liq. Biznesda keraksiz hujjatlarning bo`lishi mumkin emas.
Axborotlar oqimi muvaffaqiyatli biznes uchun kerakli aloqa-larni ta’minlaydi. Bunday aloqalar tovar ishlab chiqaruvchilar va ularning iste’molchilari, mahsulotlarni sotuvchilar va haridorlar, turli muassasalar o`rtasida zarurdir.
Axborot almashish kichik biznes faoliyati va xususiy tadbirkorlikning eng murakkab muammolaridan biridir.
Tadqiqotchilar tadqiqotning dastlabki bosqichida muammoni aniq belgilashlari va tadqiqot maqsadini belgilab olishlari kerak. Axborotlarni yig`ish ancha og`ir va ma’suliyatli ishdir. Muammoni mujmal yoki noto`g`ri belgilash ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan xarajatlarga olib keladi. Aniq qo`yilgan maqsad muammoni hal qilishning asosidir.
Tadqiqotning keyingi bosqichida buyurtmachini qiziqtirayotgan axborot turini va uni eng samarali yig`ish yo`lini aniqlash zarur. Tadqiqotchi ikqilamchi yoki birlamchi axborotlarni yoki ikkalasini bir vaqtda yig`ishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |