Kechiring dilbandlarim



Download 22,2 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi22,2 Kb.
#306076
Bog'liq
1622741356290 Sanoqulova Moxinur


Kechiring dilbandlarim.

Mening ismim Akbar,28 yoshdaman.Men bugun juda baxtli edim.Chunki bugun yangi hayotga qadam qo'ymoqdaman.Uylanadigan rafiqam oqila va chiroyli edi.Bizning oilamiz o'ziga to'q bo'lgani uchun baxt to'yimiz juda dabdabali o'tdi.Men baxtdan mast edim.Hayotimiz xuddi ertaklardagi kabi edi.Men dadamni yo'lidan borib tadbirkorlik bilan shug’ullanardim.Ishlarim yurishgandan yurishgandi. Qiz farzandli bo’ldik.Ismini Latofat qo’ydik.Men xotinim Zarifani o’g’il tug'ishini istardim.Lekin Zarifa ketma-ket uchta qiz tug’di.Meni jahlim chiqardi,o’rtoqlarim o'g'illarini erkalab, ularga atab to'ylar qilayotganda ,bizning oilada yana qiz tug’ildi.Ichadigan odat chiqardim.G'azabimni kelib ayolimdan olardim.Uni urib,kaltaklardim.Keyin esa turli buzuq ayollar bilan yuradigan bo’ldim.Ulardan o'z nafsimni qondirish uchun foydalanardim Oilamga,farzandlarimga e'tiborsiz edim.Qo'lingda puling bo’lsa,hamma narsa seniki ekan.Menda ham shunday edi.Ishlarimni yanada rivojlantirish uchun kattaroq do'kon ochmoqchi bo’ldim.Tashlandiq bir joydan yer sotib oldim.U yer atrofida bir-ikki kishining uyi bor ekan.Ularni buzdirib do'konni qurdirdim.Ularga arzimagan pul berib,do'q-po’pisa qilib qo’rqitdim.Balki, insonlarga bergan azobim uchun hozir shunday holga tushgandirman.Katta qizim Latofat to'rt yoshda edi.Bir kuni ishdan kelsam,yugurib oldimga chiqib achomlamoqchi edi,bolani siltab tashladim.



—Ada manga suzishshi o'ygating, hamma biladi,man bilmiman.

—Senga kim suzishni qo'yibdi,bor xonangga kir deb,-o’shqirdim.Va xonamga kirib ketdim. Xonamda kuzatuv kamerasi bor edi. Uni tomosha qilib telefonda behayo qizlarning suratini tomosha qilardim. Agar men telefonda berilmaganimda edi,yoki qizimning boyagi tilagiga xo’p deganimda edi bunday bo'lmasmidi.Mening beparvoligim,bemehrligim oqibatida shu hodisa ro’y berdi.Latofat hovuz bo'yida koptok o’ynardi.Birdan koptok hovuzning labiga tushib ketdi.Latofat koptokni olaman deb jajji qo'llarini cho'zib turganida birdan hovuzga tushib ketdi.U suvda tipirchilardi.Mitti qo'llarini yuqoriga chiqarib,najot istardi.Agarda unga e’tiborli bo'lganimda edi, eh,qanchalar razil otaman-a!U suv yuzida bir necha daqiqa tipirchiladi-da,suv tagiga cho’ka boshladi.Keyin esa,jajji tanasi suv yuziga chiqdi.O’rtancha qizim Malohat opasi bilan o'ynashga hovliga chiqqandi.Va hovuzni ko’rib,chinqirib yubordi.Uni ovoziga Zarifa yugurib chiqdi.Dunyoda farzandi uchun aza ochgan onadan qayg’uliroq hech kim bo'lmasa kerak.Bemehr otangni kechir qizim! Zarifa bir necha oy parishon yurdi.Oradan uch oy o’tmasdan o'rtancha qizim Malohat ham yurak parogi sabab olamdan o’tdi.Men haliyam oilamga,ayolimga mehr ko’rsatmasdim.Kunim aysh-ishratda,do’stlarim bilan ko'ngilhushlik qilib o'tardi.Bu orada o'g'il farzandli bo’ldim.Endi meni ham merosxo'rim bor.Qizim O’g’iloy besh yoshga to'lgandi.Men o'g'lim Umidjonni erkalatardim.Uni juda erkalatsam,qizim yonimga kelardi,uni esa bor oyingni yoniga deb jerkirdim.Zarifa ham bora-bora farzandlariga e'tiborsiz bo'lib qoldi.Dugonalari bilan aylanishga chiqib ketib,kech qaytardi.O'g'lim kichikligidan unga hamma narsani muhayyo qilardim.Telefonmi,velosipedmi barcha aytganini muhayyo qildim.Uni yeru ko'kka ishonmasdim.Maktabga chiqqan kuni unga mashina sovg’a qildim. U bir kuni mashinani haydab chiqib,odam urib yuboribdi.Uning kasalxonaga bormasdan joni uzilgan ekan.Bu ishni biturguncha ancha harakat qildim.Juda ko'p pul sarflab o'g'limni ayblovdan ozod qilishga erishdim. O'g'lim suvdan quruq chiqqandi.Hamma aybni o'sha kishining o'ziga to’nkaldi.Va o'g'lim jazodan ozod bo’ladi.U bir oilaning boquvchisi ekanligini,uning ham farzandlari borligini hech ham o’ylamabman.Rafiqasiga pul taklif qilgandim.Olmadi. “Tovba qildim,kambag'al bo’lsa ham burni osmonda ekan”,- deb o’ylagandim o’shanda.Oylar ketidan oylar o'tib borardi.Ayolimni boshqa erkaklar bilan yurayotganligini sezib qoldim.Zarifani urib,uydan haydadim.Qizimni ham onasi sabab yomon ko'rardim.Lekin qizim juda oqila va ajoyib qiz edi.Men buni kech tushundim.O'zim,rafiqam kayfu-safoga berilib,bolalar tarbiyasiga ahamiyat bermabman. Yolg'iz o’g’lim Umidjon yomon yo'lga kirgan ekan.U narkotik moddalar qabul qilishga ruju qo'ygan edi.Uydan bir necha marotaba pul yo’qoldi.Men bu ishni qizimdan ko'rib uni jazolardim.Qizim aybi yo'qligini aytib yig’lasa-da, uning gapiga ishonmasdim. “Baribir buzuqning qizisan-da, onangga tortgansan,o’g’rivachcha”,-deb haqoratlardim. Bir kuni uyga kech qaytdim.Qarasam o'g'lim hali kelmagan ekan.Yarim kechadan o’tganda mast holda kirib keldi.Men unga gapirmoqchi edim.Hatto gapimni eshitmasdan xonasiga chiqib ketdi.Keyin uni xulqi buzilgani sezib,uydan chiqarmay qo’ydim.Qo'liga pul ham bermaydigan bo’ldim.Ertasiga ish bo'yicha safarga ketadigan bo’ldim.Kechgacha kelaman,deb ishchilarga tayinlab uydan chiqdim.Men ketgandan so’ng,Umid ishchilarga ruxsat berib,uyga o'ziga o'xshagan bolalarni chaqirgan ekan.Uyda rosa bayram qilganlar.Bu ham yetmaganday o’g’limga dorining dozasini ko'p berishgan.Qizim bundan bexabar uyga kelganda....Eh bechora qizim!!! Bu dunyoga kelib,yaxshilik ko'rmagan qizim.U bularni uydan haydab chiqarmoqchi bo’lgan.Lekin baribir qiz bolada,nima qilsin?Ularga kuchi yetarmidi?!Keyin ular qizimni....yaramas,ifloslar! Nomusiga tegishgan.Qizim bechora yordam so'rab shunday iltijo qilardiki,lekin ular bunga parvo ham qilmasdi.Ularga o’z nafsini qondirish bo'lsa,bo’ldi edi.Uyga kelsam,hammayoq yoyilib yotardi.Xizmatchilarni chaqirsam hech kim ovoz bermadi.Keyin qizimni xonasiga chiqdim.Ne ko'z bilan ko’rayki,shiftda uning jonsiz tanasi arqonda osilib turardi Men hayratdan joyimda qotib qolgan edim.O'g'iloy!Birinchi marta qizimga mehrim toshib ketgan edi.Uning muzlagan tanasi oldida muallaq turardim.Go’yo yuragim to'xtab qolgandek edi.Uni sovuq tanasini arqondan olib bag'rimga bosdim.Birinchi va oxirgi marotaba.Ko’zlarimdan yosh tinmasdi.Muzlagan yuragim eriganday edi,go’yo.Aqldan ozganday bo’lib,uni o'z joyiga yotqizdim.Farishta kabi uxlardi.Xuddi uyqiga ketgan-u,hozir uyg'onib ko'zlarini ochadigandek edi.Keyin o'z xonamga chiqdim.Kuzatuv kamerasidan barchasini ko’rdim.Yuragim nafrat o'tida yonardi.Mehmonxonaga chiqdim.O'g'lim bolani o’rtoqlari uxlab yotardi.Ularni o’ldirish xayoli meni mahv etgandi.Bu orada ular o'zlariga kela boshlashgandi.Men ularni yoqasidan ushlab hovliga sudradim.

—Yaramas,ifloslar! Senlarda vijdon,or-nomus bormi o’zi?

Gulday qizimni uvoliga qolib,qanday yashaysanlar ablahlar, qiz bolaga kuchlaring yetdimi,senlarni o’ldiraman,hayvonlar!

Umidjon ham kayf holida kelib qo'limga yopishdi. “Ularda ayb yo’q,ular hech narsa qilishmadi”.Ularni qo’yib,o'g'limni kaltaklashga tushdim.

—Sen qanday farzandsan o'zi,o’z opangni qotillarini himoya qilyapsan.Shu yerda bo’la turib,opangni himoya qilmagansan,ko’rnamak.O’g’limni urib tursam,orqamdan bir musht kelib tushdi.Qarasam bolalardan birining qo'lida pichoq ekan.Qo’lini qayirib,pichoqni qo'lidan olib,unga endi urmoqchi bo'lgandim,o'g'lim qo'limga yopishdi.Keyin,keyin esa pichoq bexosdan unga suqildi.O’g’lim!

U yerga yiqildi.Boshini yerdan ko’tardim,qo’limdagi pichoq qon edi.Nimalar qilib qo'ydim.Bu qanday qaro kun ekan,bir kunda ikkala farzandimdan ham ayrildim.Bir kunda ikki farzandimni ham tuproqqa qo’ydim.Keyin esa meni qamashdi.O’z o'g'limni qotiliga aylandim.Balki,bu qilgan gunohlarim uchun menga yuborilgan jazodir.Xizmatchim O'g'iloyning xonasidan bir maktub topib olibdi.Uni menga keltirib berdi.Qizimning o’limidan oldingi dil nolasi edi bu.Qo’limda maktubni ushlab tinmay yig’lardim.Albatta,bu yerdan chiqib qilgan gunohlarimni yuvaman. Kechiringlar meni dilbandlarim.Sizlarni baxtsiz qilgan otangizni kechiring. Bu xotirlarimga qizimning ham maktubini ilova qildim.Zero hech qanday ota menga o’xshamasin!

Tug’uldim,men shodon oilamning bag’rida,

Qayg’u-alamlar ancha mendan narida.

Dadam ishdan kelishib soatlab kutar edim,

Bir erkalashlariga,bor narsamni berardim.

Mehribon dadajonim,meni kechiring.Men or-nomusimni saqlay olmadim.Sizni boshingizni yerga qaratdim.Dadajon meni oldimda hech qanday aybingiz yo'q.To'g'ri ukamga o'xshab,meni erkalatmagansiz,boshimni silamagansiz.Lekin men shularga zor edim.Aqalli bir bora kulib qaraganingizda edi,men sizga dunyolarni olib berardim.Menga narsalaringiz kerak emas edi,menga bir chimdim mehringiz ham kifoya edi.Nima qilay,hayot shunday ekan.Lekin men bunda sizni ayblamayman.O'zingizni ham ayblamang.Meni kechiring,dunyoni vaqtli tark etyapman.Allohdan yagona o'tinchim qilgan gunohimni kechirishi va sizga uzoq umr tilash.Dadajon siz bizlar uchun ham yashang.Qilgan gunohlaringizga tovba qiling.Zero Alloh tavba qilgan bandasini kechiradi.Oyimni ham kechiring.U ham bir vaqtlar sizni sevardi.Siz unga xiyonat qilganingiz uchun ular ham shunday bo’ldi,agar bunday bo'lmaganda edi,bizning hayotimiz balki boshqacha bo’lardi.Mayli endi bundan foyda yo’q.Siqilmang bu kunlar ham o’tib ketadi.Ukamni ham ayblamang.Unda ayb yo’q.U ham adashgan.Mendan rozi bo’ling!

Bir chimdim mehringizga zor bo’lgan,badbaxt qizingiz!!!

Sanoqulova Moxinur Shokir qizi Buxoro viloyati Qorako’l tuman,Istiqlol M.F.Y,G'afur G'ulom ko’chasi.

+998(93)688-98-77



+998(99)774-28-98

Men Sanoqulova Moxinurman.Yoshim yigirma to'rtda.Buxoro viloyati Qorako’l tumanida tug'ilganman.Oilada uch farzandmiz.Ikkita ukam bor.Men Buxoro davlat universitetining filologiya fakultetida o’qiyman.Hozir uchinchi bosqich talabasiman.
Download 22,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish