Katta hajmdagi ma’lumotlarni shifrlash
Katta hajmdagi ma’lumotlarni shifrlash masalalari mulьtimediya va yuqori darajadagi o‘tkazish hamda uzatish imkoniyatlariga ega bo‘lgan aloqa tarmoqlari vositalarining vujudga kelishi bilan bog‘liq.
Axborotlarni muhofazalash to‘g‘risida gap borganda keng ma’nodagi biror alfavitda yozilgan aniq matn tushinildi. Ammo hozirgi zamonaviy axborot tizimlaridagi ma’lumotlar matn ko‘rinishdagi xususiyatdan farqli o‘laroq yuqori darajada rivojlanib borayotgan aloqa texnologilarining mahsuli bo‘lgan:
faks, tasvir va so‘z aloqa tizimlari;
ovozli pochta;
tasvirli konferensiyalar o‘tkazishda tasvirli (vidno) aloqa tizimlari;
va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bundan esa kriptologiya yutuqlaridan foydalanib shu aloqa tizimlari ma’lumotlarini muhofazalashning o‘ziga xos uslublarni ishlab chiqish masalalarini echish vazifalari kelib chiqadi.
Axborotlarni shifrlash, kodlashtirish va siqish
quyida keltirilayotgan jadvalda axborotlarni shifrlash, kodlashtirish va siqish jarayonlarining maqsad nuqtai nazaridan turlicha ekanligi ko‘rinadi.
Axborotni akslantirish turi.
|
Maqsadi
|
Akslantirishdan so‘ng axborot hajmining o‘zgarishi
|
SHifrlash
|
- maxfiy malumotni aloqa kanali tizimida jo‘natish;
- malumotni raqib tomonidan o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymasdan uning xaqiqiyligini ta’mnnlash
|
Odatda o‘zgarmaydi, faqat raqamli signatura va imzo hisobiga ko‘payadi
|
Har xil halaqit berilishlariga bardoshli bo‘lgan kodlashtirish
|
Ma’lumotlarni aloqa kanali tizimida xar-xil halaqit berishlar evaziga o‘zgarishidan muhofazalash
|
Ko‘payadi
|
Siqish (kompressiyalash)
|
Saqlanayotgan va uzatilayotgan
ma’lumotlar hajmini kisqartirish
|
Kamayadi
|
Ko‘rinib turibdiki, bu uch turdagi ma’lumotlarni akslantirish bir-birini to‘ldiradi va ularning hammasidan birgalikda foydalanish aloqa tarmog‘i (kanali) tizimlaridan samarali foydalanishga olib keladi.
Kriptografik uslublarning amaldagi qo‘llanishlari haqida
Ma’lumotlarni muhofazalash uslublarining amalda qo‘llanishi masalasi quyidagi o‘zinint muhim tomonlariga ega:
-kriptografik algoritmlarning amalda qo‘llanishini ta’minlovchi vositalarni yaratish yoki ishlab chiqarish;
-yaratilgan yoki ishlab chiqilgan vositalardan foydalanish uslublari.
Har bir kriptorafik uslub biror algoritmmik tilda dastur tuzishga yoki shu uslubni amaldagi qo‘llanishini ta’minlovchi asbob-uskuna jihozlari ko‘rinishidagi yaratilishning tabiiy omillarini tug‘dirishi kerak.
Kriptografik algoritmning dasturlash vositasi amalda qo‘llanilganda formal matematik almashtirish amallarining biror chekli ketma-ketligiga asoslanadi.
SHifrlash va deshifrlash amallarining asbob-uskunalar vositasida ta’minlanishi maxsus elektron sxemalar asosida amalga oshiriladi va bunda gammalashtirish uslubini qo‘shib olib boriladi. CHunki gammalashtirish uslubi yuqori darajadagi kriptobardoshlilikni ta’minlab, nisbatan soddaroq amaliy qo‘llanish imkoniyatlariga ham ega. Gammalashtirishning asosini tashkil etuvchi tasodifiy bitlar ketma-ketligini ishlab chiqaruvchi generator sifatida chiziqli va chiziqli bo‘lmagan sonli akslantirish amallarini bajaruvchi ko‘chish (siljish) registrlaridan foydalaniladi.
Bunday boshqarishning mohiyati elektron qurilmalarda biror hajmdagi ma’lumotni shifrlab bo‘lingandan so‘ng, elektron qurilmaning xotira registrlariga joylashgan mana shu shifrlangan ma’lumotning belgilarini biror uslub bilan davriy ravishda o‘zgartirilishi bilan bog‘liq. CHiziqli bo‘lmagan akslantirish amallarini bajaruvchi ko‘chish registrlaridan foydalanish tasodifiy bitlar ketma-ketligidan iborat bo‘lgan gammaning murakkab holda vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lib, kriptoanaliz masalalarining echilishini murakkablashtiradi.
Dasturlash uslublaridan foydalanib ma’lumotlarni muzofazalashning qulayligi va yutug‘i uning asosini tashkil etuvchi kriptografik shifrlash algoritmining ma’lumotlarni matematik amallar bilan tez va maqsadli o‘zgartirishni ta’minlash imkoniyatlarining mavjudligidadir.
Dasturlash uslubining asosiy kamchiligi esa uning elektron sxemalar ko‘rinishdagi asbob-uskunalar vositasida shifrlash va deshifrlashga nisbatan sekin ishlashidadir.
Dasturlash va asbob-uskunalar vositalarini qo‘shib olib borishga asoslangan shifrlash hamda deshifrlash kriptografik uslublari kompьyuterlar tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlarni muhofazalash sohasida kompьyuterlarga "kriptografik qo‘shimcha-protsessor"larning ishlab chiqarilishi va o‘rnatilishi bilan bog‘liq. Bu "kriptografik qo‘shimcha-protsessor" hisoblash kurilmasi bo‘lib, kriptografik amallar: modul bo‘yicha qo‘shish, registrlarning siljishini ta’minlash va boshqa shu kabi vazifalarni bajaradi. Bunday qurilmalar uchun dasturlash algoritmini o‘zgartirish bilan shifrlash jarayonida foydalanilayotgan uslublarning o‘zgarishini boshqarish mumkin.
SHunday qilib, biror axborotlar tizimida ma’lumotlarni kriptografik uslublar bilan muhofazalash, shu axborotlar tizimi sohasining o‘ziga xos muhim bo‘lgan xususiyatli tomonlarini chuqur va keng tahlil qilgan holda mos keluvchi kriptografik muhofaza uslubini tanlashni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |