§ YETUKLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI. YETUKLIK DAVRINING
BOSQICHLARI
Yoshlik davri 23-28 yoshlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyati ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga etishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iborat.
Yetuklik davrining birinchi bosqichiga 28-35 yoshlardagi erkak va ayollar kiradi. Yetuklik davrida inson kuch-qudratini, qobiliyati, aql- zakovati va ichki imkoniyatlarini ijtimoiy faoliyatga, jamoat ishlariga to‘la safarbar qila oladi. Yetuklik davrida jismoniy va aqliy imkoniyatlardan to‘liqroq foydalanish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Bu holat muayyan ko‘nikma, malaka va mahorat asosida ro‘y beradi.
Umuman, kamolot bosqichidagi odamlar istiqbolli reja bilan yashashga harakat qiladilar. Ular tinchlik, totuvlik, dunyo lazzatlaridan oqilona foydalanish tuyg‘usi bilan yashaydilar.
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichga 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollar kiradi. _Mazkur davrda insonda yangi xislat namoyon bo‘ladi. Turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy hodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan, hayot tajribasiga suyangan holda munosabatda bo‘linadi.
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko‘proq o‘rin egallay boradi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Bu odamlarda turlicha kechadi.
Keksayish davriga 61-74 yoshli erkak va ayollar kiradilar. Bu davrdagi kishilar xilma-xil xususiyatlari, munosabatlari bilan boshqa yosh davrlaridagi odamlardan ajralib turadilar. Keksayish davrida biologik organlarning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo‘ladi. Erkak va ayollar o‘rtasidagi farq borgan sari yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Bu farqlar ularning bilish jarayonlari, aql-zakovati va ruhiy holatlarida o‘z aksini topadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari uchun yosh davrlari psixologiyasini o‘rganishning ahamiyati quyidagilardan iborat:
ichki ishlar idoralari xodimlari shaxs to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lib, uning hayot yo‘lini o‘rganib chiqadi va ijtimoiy normalarni bajarishda ijobiy va salbiy harakatlarining qaysi yosh davrida nima sababdan boshlaganligini bilib oladilar;
ichki ishlar idoralari xodimlari yosh davrlarini tahlil qilib, shunga muvofiq ijtimoiy muhitni qaytadan tiklaydilar va shaxsni jinoiy yo‘lga kirishdan qutqarib qoladilar;
ichki ishlar idoralari xodimlarining yosh davrlari psixologiyasini bilishi, umuminsoniy, milliy, shaxsiy, dunyoviy va diniy qadriyatlardan o‘rinli foydalangan holda, o‘zi yashayotgan hududda ijtimoiy muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirib yuboradi;
ichki ishlar idoralari xodimlarining yosh davrlari psixologiyasini bilishi kasbiy muloqot prinsiplarining ishlash mexanizmlarini topishga xizmat qiladi;
ichki ishlar idoralari xodimlarining aholining barcha qatlamlari bilan olib boradigan muloqoti jinoyatchilikning oldini to‘suvchi g‘ov vazifasini bajaradi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Yosh davrlari psixologiyasi nima uchun fan sifatida o‘rganiladi?
Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida yosh davrlari psixologiyasini o‘rganish nega kerak?
O‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi?
O‘smirlik davridagi xulq-atvor xususiyatlari haqida fikr bildiring.
O‘smirlik davridagi «inqiroz» va uning o‘ziga xosligi qanday namoyon bo‘ladi?
O‘smirlik davrida deviant xulq-atvorning yuzaga kelishi va uning sabablarini tushuntiring.
Tarbiyasi «qiyin» o‘smirlar va ularning psixologik tavsifini ayting.
Voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy-profilaktik ishlarni olib borishda psixologiyaning qaysi usullari (psixodiagnostik, psixokorreksion va psixoregulya- tiv)dan foydalaniladi?
O‘smir va o‘spirin yoshlarning shaxsini shakllantirish va ularni tarbiyalashda ichki ishlar organlari xodimlarining tutgan o‘rni qanday?
Yetuklik davri psixologiyasi. Yetuklik davri bosqichlari haqida ayting.4-mavzu
ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI KASBIY MUOMALASINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |