Kasbim-mening faxrim



Download 31,84 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi31,84 Kb.
#74123
Bog'liq
KASBIM MENING FAHRIM

Kasbim-mening faxrim

K asb bu nima?

Kasb - bu ba'zi tayyorgarlikni talab qiladigan va odatda yashash manbai bo'lgan ish turi. Ha, haqiqatan ham pul topish uchun biz u yoki boshqa kasbni o'zlashtiramiz. Ammo bu yetarli emas. Dunyoda turli kasblar juda ko'p, ammo, mag'rurlanadigan kasbni tanlash qiyin. Biror kasbni tanlash bilan biz o'zimizning hayot faoliyatimiz va turmush tarzimizni yaratamiz degan fikr bor. Ya'ni, biz ish kunining boshlanishidan keyin har birini kutadigan kelajak hayotimizni aniqlaymiz.

O'z kasbini sevadigan kishi professional, o'z sohasidagi muttaxasisga aylanadi, shuning uchun o'zimiz xohlagan kasbni tanlash juda muhimdir. Hamma ham mamnuniyat bilan ishlamaydi, hatto ko'pchilik ish joyiga tushganda stressni boshidan kechiradi, ular uchun bu haqiqiy mashaqqatli mehnatdir. Ko'p odamlar daromadli ishni tanlaydilar, ammo sevimli ishingizdan ko'p pul topish yoki ko'p quvonch olish mumkin.

Xo'sh, nega men labaratoryada ishlashni tanladim? Bu savolga javob berish uchun, men bolaligimga nazar tashlayman: men oddiy oilada o'sganman. Mening ota-onam eng yaxshi odamlar. Bolaligimda ota-onam menga bizlar ko'rib turgan oynayi jahon, uzoqni yaqin qilib turgan mashina hamda osmonda uchayotgan samalyotlarni yaralishi tagida ilmiy ishlar yotishini tushuntirardi. Ko‘pgina ilmiy tekshirishlarda kimyoviy analiz usullaridan foydalaniladi. Geologiya, ekologiya, og‘ir sanoat, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda shu sohalarga xos bo‘lgan obyektlar: o‘simliklar, tog‘ jinslari, ma’danlar, suv, havo, oziq-ovqatlar, ishlab chiqarish mahsulotlari, tuproqlardagi o‘zgarishlarni tekshirishda kimyoviy analiz usullari keng qo‘llaniladi. Bunday tushuncha va qiziqish ortidan Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Olmaliq filiyalining Kimyoviy texnologiya yo'nalishini tamomlab o'z ish faoliyatimni “Olmaliq KMK” AJ Markaziy tahlil laboratoriyasida "probir tahlil labaranti" bo'lib boshladim. Mening birinchi ustozim Dilrabo O'rinbayeva haqiqiy muttaxasis bo'lib yetishishim uchun o'zining 20 yillik tajribasiga tayangan holda bilim va ko'nikmalarini ayamagan holda, menga probir tahlil usulining mohiyatini, labaratoriyada xavfsiz ishlash qoidalarini, normativ me’yoriy hujjatlar asosida ish olib borishni, tahlil jarayonida operatsiyalar ketma-ketligini hamda tahlilning sir-sinoati to'g'risida o'rtoqlashdi.

“Olmaliq KMK” AJ Markaziy tahlil laboratoriyasi kombinat texnologik zanjirida muhim ahamiyatga ega. Konlardan qazib olinayotgan rudalar, boyitish fabrikalarida boytilayotgan kontsentratlar, zavodlarda tayyorlanayotgan mahsulotlarning barchasi ushbu laboratoriya tomonidan tahlil etib boriladi.

Laboratoriyaning probir taxlil guruhining ham o’z o’rni bor. Texnik nazorat xizmati xodimlari tomonidan rudalar, konsentratlar va tayyor mahsulotlarning namunalari laboratoriyaga olib kelinadi. Guruh xodimlari tomonidan kuniga o’rtacha 200-250ta namunalar tahlil qilib boriladi. Tahlillar normativ me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi. Ozgina xatolik ham katta yo’qotishlarga olib keladi. Buni yaxshi anglagan laboratoriyadagi har bir muttaxassis me’yoriy normativ hujjatlarga amal qilgan holda tahlil jarayonida operatsiyalar ketma-ketligiga alohida e’tibor qaratadi.

Har bir tahlilning sifatli bajarilishi zamirida tajribali mutaxassislar omili yotadi. Shu jumladan mening hamkasblarim probir tahlil laborantlari Olmaxon Asqarova, Muxabbat Sartiboyeva, Natasha Galiyeva, Andrey Naumov, Ulzada Aytmatovalarni alohida ta’kidlash joiz. Laboratoriya ishchilari ish joyiga qarab vazifalari bo'yicha bir-biridan farq qiladi, ammo bu ularni bir biridan uzoqlashtirmaydi, aksincha birlashtiradi, elementar ishlarni ham ularsiz bajarib bo'lmaydi. Laboratoriya xodimi deganda shifokor, oshpaz yoki quruvchilik kasbi singari ajralmasdir kasblarni tushunsa bo'ladi.



Mening kasbim men uchun turli xil imkoniyatlarni ochib beradi. Laboratoriyada men belgilangan tahlillarni o'tkazib borish bilan birgalikda yangi kashfiyotlar qilishim, fanga notanish bo'lgan narsalarni topishim mumkin. Bu imkoniyatlardan foydalangan holda “Olmaliq KMK” AJ uchun mahalliy homoshyodan sifat ko'rsatkichi yuqori bo'lgan shamotli olovbardosh olishda ilmiy izlanish qilmoqdaman. Ishonamanki, bizning  kelajagimiz  bilimdon, tashabbuskor, umidli  yoshlar qo’lida  ekan, ular millat va jamiyat ravnaqini yuksaklarga olib chiqishadi.
Ayupov Umidjon Minulla o'g'li,

Olmaliq KMK” AJ Markaziy tahlil laboratoriyasi
Download 31,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish