Jizzax Politexnika instituti haqiqiy ma’nodagi istiqlol farzandidir. Jizzax politexnika instituti 1992 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 11 mart 1992 yildagi 125-raqamli qarori bilan Toshkent arxitektura va qurilish instituti Jizzax filiali, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Jizzax filiali hamda Toshkent avtomobil yo‘llari institutining Jizzax filiallari negizida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbe- kiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.
1977 yilda Jizzax shahrida Toshkent politexnika institutining Jizzax “Umumtexnika” fakulteti ochilgan bo‘lib, fakultet uchun 1818 o‘rinli maktab binosi, 100 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar uyi, o‘qituvchilar uchun 16 xonali uy va 3 ta kottedj ajratildi. Fakultet dekani etib dotsent N.YU.Tashlanov tayinlangan. Fakultet “Umumta’lim fanlari” va “Umumtexnika fanlari” kafedralari bazasida 21 o‘qituvchi, shulardan 4 nafari fan nomzodi bilan ish boshlagan. YAngi tashkil etilgan “Umumtexnika fakultetiga viloyat rahbariyati tomonidan Jizzax qurilish tresti homiy etib belgilangan.
1977-78 o‘quv yili uchun kunduzgi bo‘limga 100 nafar, kechki bo‘limga 75 nafar, sirtqi bo‘limga 25 nafar talaba, tayyorlov bo‘limga esa 100 nafar tinglovchi qabul qilingan.
Institut shu yillar davomida respublikamiz xalq xo‘jaligining sanoat, transport, qurilish, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, elektroenergetika va kimyo texnologiyasi kabi ko‘plab etakchi tarmoqlariga bakalavr va magistr darajalariga ega bo‘lgan malakali mutaxassis kadrlar etkazib berdi.
Fakultet va filialga dastlabki yillarda dotsent N.YU. Tashlanov (1977-1983), professor F.H. Qurbonov(1983-1986y), texnika fanlari nomzodi S.I. Ikromov (1986-1988y), dotsent U.YU. YUldashev(1988-1990), dotsent A.YU. Salimov(1991)lar rahbarlik qilishgan. Filial mustaqil institutga aylantirilgan dastlabki vaqtda institut rektori vazifasini bajaruvchi etib texnika fanlari nomzodi, dotsent M.T.Turopov tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 25-dekabrdagi qaroriga asosan akademik N.R. Rashidov Jizzax politexnika institutining rektori etib tayinlandi. Texnika fanlari doktori, professor, respublika qishloq xo‘jalik fanlari akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan mexanizator, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofotining laureati Nosir Rashidovich Rashidov rahbarlik qilgan davrda institutning o‘quv-ilmiy, moddiy-texnik bazasi zamonaviy texnik vositalar bilan yanada boyitildi.Bu davrda institutda yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanishi yo‘lga qo‘yilganligi munosabati bilan yangi yo‘nalishdagi kafedralar va fakultetlar tashkil etildi.
2002-yil aprel oyidan 2003-yil iyuligacha dotsent B.I. Matniyazov institut rektori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishladi.
2003 yil iyulidan Jizzax politexnika institutiga texnika fanlari doktori, professor Ibrohim Solihovich Sodiqov rektor etib tayinlandi.
Bu davrda innovatsion dasturlar va investitsion loyihalar asosida ta’lim va o‘qitish sifati oshirildi. Institutda ma’naviy va ma’rifiy, o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llash, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash ishlari, moddiy-texnik baza va moliyaviy ahvolni yaxshilash, viloyatdagi mavjud akademik litsey va kasb-xunar kollejlariga uslubiy yordamlar, ularning professor-o‘qituvchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ma’lum bir ishlar amalga oshirildi.
Respublika Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 iyundagi “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan oliygohning porloq kelajagi belgilab berildi. 2012 yildan 2016 yilga qadar institutga
Do'stlaringiz bilan baham: |