Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti



Download 42,16 Kb.
Sana21.12.2022
Hajmi42,16 Kb.
#892859
Bog'liq
Sardor 3 top


Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti
913-21-guruh talabasi Egamberdiyev Sardor
3-topshiriq
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining
1999 yil 27 maydagi 271-sonli “Ozbekiston jimoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qaroriga muvofiq respublikamizning bir
guruh olimlari va uslubchilari jismoniy tarbiyani tashkil
etish va rivojlantirishga oid materiallarni va amaliy tajribalarni birlashtirilgan uslubiy qo`llanma ishlab chiqardilar.

O`zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi


Sog`liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofo vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi krngashining “O`zbekiston aholisining salomatligi va jismoniy tayyorgarlik darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “ Barchinoy” maxsus testlarini joriy etish haqida” qarori e`lon qilindi. Alpomish va Barchinoy

Testlari


Qarorning birinchi bandida barcha o`quv yurtlari jismoniy tarbiya o`quv dasturlarini “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari to`g`risidagi Nizom talablariga mos keltirish va umumiy o`rta ta`lim maktablari, Kollejlar, Litseylar, Oliy o`quv yurtlari o`quv jarayonoga testlarning me`yoriy talablarini olib kirish va ularning egallanishini ta`minlash ko`rsatilgan.

“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari to`g`risidagi Nizomda esa Jumladan quyidagilar mavjud:


“Alpomish” testlari 6 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar, “Barchinoy” testlari esa 6 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan xotin –qizlar uchun mo`ljallanib, 3 bosqichdan iborat.

“Alpomish” testlari


bosqichlari
1-BOSQICH

6 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan erkaklar uchun ( maktablarning 1-9 sinf o`quvchilari, kollej va litsey o`quvchilari);


2-BOSQICH

17 yoshdan 24 yoshgacha bo`lgan erkaklar uchun (oily o`quv yurtlari talabalari, ishlab chiqarishda band bo`lgan yoshlar, xarbiy hizmatchilar va boshqalar);


3-BOSQICH

17 yoshdan 24 yoshgacha bo`lgan erkaklar uchun (xalq xo`jaligida band bo`lganlar, nafaqaxo`rlar va boshqalar).

“BARCHINOY” TESTLARI VA
BOSQICHLARI

1- BOSQICH

6 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan qizlar uchun ( maktablarning 1-9 sinf o`quvchilari, kollej va litsey o`quvchilari);
2-BOSQICH

17 yoshdan 24 yoshgacha bo`lganlar uchun (oily o`quv yurtlari talabalari, ishlab chiqarishda band bo`lgan yoshlar, xarbiy hizmatchilar va boshqalar);


3-BOSQICH

17 yoshdan 24 yoshgacha bo`lgan xotin-qizlar uchun (xalq xo`jaligida band bo`lganlar, nafaqaxo`rlar va boshqalar).

5-6 yoshlilar
BILISH
Yuvunish, artinish, cho`milishning gigenik ahamiyati. Jismoniy mashq, o`yin, sayr uchun kiyimlarni tanlash.

BAJARA OLISHI


Jamoada o`zini tuta bilishi, musiqa jo`rligida raqs
tushish. Nostandart buyum va jihozlardan foydalana bilish.

SINOV VA ME`YOR TURLARI



T/r

Sinov turlari

O`lchov birligi

O`g`il bolalar

Qiz bolalar

1

Mokisimon yugurish 3x10

sek

10.8

11.2

2

Sakragichda sakrash

Marta

18

20

3

Ko`p sakrashlar

Marta

14

10

4

Kichik koptokni nishonga uloqtirish

5 marta


5

3


5

Joydan uzunlikka sakrash

Sm

105

95

6

Gimnastik norvonga tirmashib chiqish

M

2.0

1.5


7

Osilish va sakrashlar




bilish

bilish

8

Sizish(suvdagi o`yimlar)

Min.

15

12

9

Yaylovlarga sayr qilish

Km

2.5

2.5

10

Buyumli harakatlio`yinlar




bilish

bilish

7-8 YOSHLILAR


Shaxsiy gigiena. Badantarbiya. Suv muolajalarini qaqbul qilish. Isish va sovushning oldini olish (yoki saqlanish), kiyimlar ozodaligi. Sport kiyimlarini tartibli saqlash. Ovqatlanish tartibi. Jismoniy mashqlarni bajarish
qoidalari.

BAJARA OLISH


Darslarda jismoniy daqiqalar talablarini bajarish.
SINOV VA ME`YOR TURLARI

T/r



Sinov turlari

O`lchov birligi

O`g`il bolalar

Qiz bolalar

Hi
sob

Ni
shon

Hi
sob

Ni
shon

1

Mokkisimon yugurish 3x10

Sek.

9.8

9.7

10

9.8

2

Sakragichdan sakrash

Marta

50

60

60

70

3

Kichik koptokni nishonga uloqtirish 8-10 m

5 marta

14




10




4

Uzunlikka yugurib kelib sakrash

Sm

250

270

230

250

5

Gimnastika norvoniga tirmashib chiqish

Tepaga pastga
(sek)

6


4


7


5


6

Ag`darilgan o`rindiq ustida yurish

M

4

5

5

6

7

Suzish (suvdagi o`yinlar)

Min.

15

17

12

15

8

Sayirlar 1,5- 2km

Yordam qilish malakalari

9

To`p bilan harakatli o`yinlar

Min.




15




20

10

Estafeta

Vaqtsiz.

9-10 YOSHLILAR

BILISH
Aqliy va jismoniy qobiliyatini oshirishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati, o`quvchi kun tartibidagi jismoniy mashqlar, ovqatlanish tartibi va jismoniy mashg`ulotlardan oldingi ovqat tartibi. Jismoniy mashg`ulotlar taytida muhofaza qoidalari. Chiniqish va uning shartlari (asosiy manda).

BAJARA OLISH


Ertalabki badan tarbiya mashqlarini bajarish. Sport swksiyasi mashg`ulotlari, o`z-o`zini himoya qilish.

SINOV VA ME`YOR TURLARI



T/r

Sinov turlari

O`lchov
birligi

O`g`il bolalar

Qiz bolalar

Hi
sob

Ni
shon

Hi
sob

Ni
shon

1

Yuqori stardan 30 m masofaga yugurish

sek

6,2

5,5

6,5

5,4

2

Sakragichdan sakrash

Marta

60

70

65

75

3

Kross 1000 m

Min/sek.

6,50

6,20

7,30

7,00

4

Joyida turib uzunlikka sakrash

Sm

115

125

100

120

5

Koptokni nishonga yugurib kelib uloqtirish

Marta
5 imkon

3

4

2

3

6

Koptokni uzoqqa uloqtirish

M

22

25

18

22

7

Arqonga osilib chiqish

M

2,5

3,0

2,0

2,5

8

Turnikda osilib qo`lni chalkashtirib o`tish

Marta

8

10

5

7

9

3 km masofaga sayr

malaka



12


10

Suzish

M

25

30

18

25

11

To`pli o`yinlar

Texnik jihatidan to`g`ri harakatli
malakalar

11-12 YOSHLILAR

BILISH
Darsdan tashqari vaqtlarda bajariladigan jismoniy mashg`ulotlar shakli, tayyorgarlik uslubi va me`yorlarini topshirish. Sport binosi, jihoz va buyumlarning ozodaligi (gigienasi).

BAJARA OLISH
Musobaqalarni tashkil etishda qatnashishi va jismoniy tarbiyani targ`ib qilish manbalarini ( devoriy gazeta,
maktab radiosi).

SINOV VA ME`YOR TURLARI



T/r

Sinov turlari

O`lchov
birligi

O`g`il bolalar

Qiz bolalar

Hi
sob

Ni
shon

Hi
sob

Ni
shon

1

60 m masofaga yugurish

sek

9,9

9,6

10,2

10

2

Sakragichdan sakrash

Marta

70

80

75

85

3

Kross 1000 m

Min.

4,10

4,50

5,50

5,20

4

Uzunlikka yugurib kelib sakrash

Sm

340

380

300

320

5

To`pni uloqtirish

M

35

40

18

23

6

Arqonga osilib chiqish

M

2,8

3,0

2,5

3,0

7

O`rindiqda qo`lini bukib yozish

Marta

-

-

4

6

8

Turnikda tortilish

Marta

4

6

-

-

9

Suzish (vaqitsiz)

M

30

40

25

30

10

Sayrga chiqish

Km

5

6

4

5

11

To`pli o`yinlar

Texnik jihatidan to`g`ri harakatli
malakalar

13-14 YOSHLILAR



BILISH
Jismoni mashg`ulotlar davomida o`z-o`zini boshqarish, o`z-o`zini idora etishning ob`ektiv va sub`ektiv ko`rsatkichlari. Nazorat kundaligi, jarohatning oldini olish.
Ichish va chekishning zarari.
BAJARA OLISH
Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida puls ko`rsatkich (o`lchagich) dan foydalana olish, kichik yoshdagi bolalarga o`yin va mashqlarning bajarilishini o`rgata olish. Sport bayramlarini tashkil etish, musobaqalarda hakamlik vazifalarini bajarish.
SINOV VA ME`YOR TURLARI

T/r

Sinov turlari

O`lchov
birligi

O`g`il bolalar

Qiz bolalar

Hi
sob

Ni
shon

Hi
sob

Ni
shon

1

60 m masofaga yugurish

sek

9,9

9,5

10,5

10,0

2

Sakragichdan sakrash

Marta

80

90

85

95

3

Kross 1000 m

Min/sek.

vaqtsiz

4,5

5,5

5,2

4

Uzunlikka yugurib kelib sakrash

Sm

360

400

320

350

5

To`pni uloqtirish

M

38

42

22

25

6

O`rindiqda qo`lini bukib yozish

Marta

-

-

5

7

7

Turnikda tortilish

Marta

5

7

-

-

8

Suzish

M

40

50

35

40

9

Sayrga chiqish 1kunlik

Km

10

12

10

12

10

Sport o`yinlarida ishtirok etish

Yilda marta

6

8

6

8

15-16 YOSHLILAR


BILISH
O`qish va dam olishning qat`iy tartibi. Toliqish, uning belgilarini va oldini olish choralari, jismoniy mashg`ulotlar paytida puls tartibi. Salomatlikni idora etish.
BAJARA OLISH
32 turda umumiy rivojlantiruvchi mashqlar testlarini tuzish va o`tkazish. Mashg`ulot o`tishda o`z-o`zini idora etish ko`rsatkichlaridan foydalanish, jarohat paytida birinchi yordam ko`rsata olish. Hakamlik qilish jarayonida me`yorlarni qabul qilish.
SINOV VA ME`YOR TURLARI

T/r

Sinov turlari

O`lchov
birligi

O`g`il bolalar

Qiz bolalar

Hi
sob

Ni
shon

Hi
sob

Ni
shon

1

100 m masofaga yugurish

sek

13,5

13,2

16,2

15,5

2

Sakragichdan sakrash

Marta

85

95

90

100

3

Kross 1000 m

Min/sek.

-

-

4,50

4,20

4

Kross 2000 m

Min/sek

9,00

8,30

-

-

5

Uzunlikka yugurib kelib sakrash

Sm

380

420

320

330

6

Turnikda tortilish

Marta

8

10



7

O`rindiqda qo`lini bukib yozish

Marta

-

-

8

10

8

To`pni uloqtirish

M

40

45

23

26

9

5 m ga suzish

Min/sek

55,0

50,0

1,10

1,05

10

12 km masofaga sayrga chiqish

Turistik malakani tekshirish

11

Yil davomida musobaqalarga ishtirok etish

Marta

2

3

2

3

17 YOSHLILAR
(Litsey, kollejlar)
BILISH
Turli soha kishilarining muqobil harakat tartibi. Mustaqil mashg`ulotlar uslubi, nagruzkalar, puls tartibi, ovqatlanish, tiklanish massaji.
BAJARA OLISH
Mutaxasisligini hisobga olib ishlab chqarish gimnastikasi majmuini bajara olish. O`z-o`zini massaj qilish usullarini bajara olish, musobaqalarda hakamlik qilish. Sport musobaqalariga qatnashish.
SINOV VA ME`YOR TURLARI

T/r

Sinov turlari

O`lchov
birligi

O`g`il bolalar

Qiz bolalar

Hi
sob

Ni
shon

Hi
sob

Ni
shon

1

100 m masofaga yugurish

sek

13,5

13,2

16,0

15,5

2

Kross 1000 m

Min/sek.

-

-

4,40

4,20

3

Kross 2000 m

Min/sek

13,40

13,0

-

-

4

Uzunlikka yugurib kelib sakrash

Sm

420

450

340

360

5

Granata uloqtirish 700g

M

34

38

-

-

6

Granata uloqtirish 500g

M

-

-

20

24

7

Turnikda tortilish

Marta

12

15

-

-

8

Chalqanchasiga yotgan holatda gavdani ko`tarish qo`llar bosh orqasida

Marta

-

-

20

25

9

Kross 5km 3km

vaqtsiz

10

5 m ga suzish

Sek

50,0

45,0

65,0

60,0

11

Sayrga chiqish

20-25 km masofaga sayr qilish va joylarda mo`ljalni bilish malakalari

12

Ixtisoslashgan amaliy meyor

Mutaxasisligidan kelib chiqqan holda jismoniy tarbiya o`qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi


2.
Sog’lom avlod davlat dasturi, sihat-salomatlik tadbirlari hamda "Alpomish" o’yinlari, "To’maris o’yinlari kabi xalq milliy o’yinlari mazmunida aholining salomatligini yaxshilash, uni muhofaza qilish kabi eng muhim bo’lgan jarayonlar mujassam etilgan. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda "Navro’z", "Mustaqillik" kuni, kasb-hunar kuni bayramlar kabi ulug sanalarda omma-viy ravishda tashkil etilayotgan musobaqalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aholi istiqomat joylarini asosan quyidagi yo’nalishlarda ko’ramiz, ya’ni mahalla, ko’p qavatli uy-joylar mavzesi, qo’rg’on va qishloqlar. Ularning joylanishi, aholining turli to’y va boshqa marakalari uchun qurilgan oshxona-choyxonalar, bolalar va kattalar uchun yaratilgan o’yin maydonlari, sog’lomlashtirish markazlari (trenajyorlar) va boshqa xizmat joylari bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday bo’lsada ularda turli bayramlar, udumlar, ayniqsa, sport musobaqalari bir maqsad va mazmunda tashkil etiladi. Ularda faqat ommaviylik va qo’llaniladigan turli sport turlari, xalq milliy o’yinlarining shakli, hajmi, miqdori bilan farq qiladi. Ta’kidlash lozimki, viloyatlarning qishloq hududlari, yangi o’zlashtirilgan ko’riq-cho’l zonalarida qad ko’targan qo’rg’onlarda bo’lib o’tayotgan to’ylarda kurash, ko’pkari, poyga kabi eng muqaddas xalq milliy o’yinlari qatorida ulardan qolishmaydigan milliy harakatli o’yinlar (yelka urishtirish, xo’rozlar jangi, eshak mindi, quloq cho’zma, piyoda ko’pkari, chillik, oq suyak, bo’ron, orqang quydi va h.k.) ham keng qo’llanilmoqda. Shahar va shahar tusini olayotgan katta qo’rg’onlar, qishloqlar-ning markazlarida ulug’ sanalarga bag’ishlab o’tkazilayotgan ommaviy-madaniy tadbirlar, "Mahalla polvonlari", "Sog’lom oila va sport", "Sportchilar oilasi", "To’marislar o’yini", "Bolalar sporti" kabi sport musobaqalari odatga aylanmokda. Ularning mazmunida "To’pli estafetalar", "Bilak kuchini sinash", "Arqon tortishish", chambarak, bayroq, arg’amchi va boshqa asbob-uskunalar bilan estafetalar, turli harakatli o’yinlar tashkil etilayotganligi xalqimizning o’z salomatligini yaxshilash yo’lidagi ongli faoliyatdir. Katta va kichik yoshdagi kishilar. ayniqsa, bolalar va o’smir-larning yaxshi xususiyatlaridan yana biri shuki, mahalla, ko’p qavat-li uylarning oldi va qishloq sharoitidagi o’yin maydonlar, xiyobonlar, katta ko’chalar va bolalar uchun moslashgirilgan o’yin joy-larida oilaviy va qo’ni-qo’shnilar birgalashib turli harakatli o’yinlarni tashkil etishadi. Bunda futbol, basketbol, voleybol, qo’l tupi kabi sport turlarining qismlari (elementlari) keng qo’l-laniladi. Ayniqsa, to’plar, arg’amchi, chambarak va boshqa buyumlar bi-lan estafetalarni uyushtirish g’oyat zavqli bo’ladi. Turnik va boshqa moslamalarda (tik va yoysimon narvonlar va h.k.) tortilish, osilit, oshib tushish, chiqib-tushish kabi harakatli o’yinlarni kim ko’p va kim tez bajaradi qabilida mazmunan qiziq qilib o’ynashadi. Kechki va tungi paytlarda bolalarning quvlashmachoq, bekin-machoq, ko’z bog’lash, hakkalab sakrash kabi o’yinlari ham barchaga zavq baxsh etadi. Lekin, bu o’yinlar aksariyati erkin, mustaqil ravishda tashkil qilinishi bolalarda uyushqoqlikni pasaytiradi. Shu sababdan mahalla, uy-joy boshqarmalari (JEK) va qishloq faollar yig’ili-shi boshqaruvlarida (oqsoqol, qo’mita) jismoniy tarbiya va sport ishlariga mas’ul faollarni tayinlash lozim. Ularning amaliy malakalarini oshirish, o’z vaqtida rag’batlantirib turishga to’g’ri keladi.

3.
Respublikada olib borilayotgan tub islohatlar ishlab chiqarish korxonalarining tarmoqlarini kengaytirishda katta xizmat qilmoqda. Bunda ishchi, mehnatkash va mutaxassislarni ishga jalb etish muxim o‘rniga qo‘yil-moqda. Natijada ishchi, xizmatchi va utrli kasb egalari tobora ko‘paymoqda. Ayniqsa o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarini bitirib kelgan yosh, iqtidorli mutaxassislarni ishga joylashtirish, ulardan maqsadli foydalanish masalalariga jiddiy e’tibor berilmoqda.

Bunday faoliyatlarni yuritish, mexnat samaradorligini aniqlashda xodimlarning (ishchi mehnatkash, xizmatchi va h.k.) salomatligi, ish qobiliyati asosiy muammolardan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Bu esa har bir xodimning o‘z salomatligini sahlash, jismonan rivojlanish masalalari haqida chuqur o‘ylashga da’vat etmoqda. Shu asosda aksariyat ko‘pchilik yosh mutaxassislar, ishchi-xizmatchilar bo‘sh vaqtlarida sportning u yoki bu turi bilan shug‘ulla-nishga odatlanmoqdalar. Shu bilan birga yirik ishlab chiqarish korxonalari o‘zlarining sport inshoatlarini kengaytirish, yangi jihozlar va asbob-uskunalar bilan ta’minlash, sport tadbirlarini ko‘proq tashkil qilishga urinmoqdalar. Shuningdek bevosita ishlab chiqarish jarayonida jismoniy tarbiya vositalari orqali mehnatkashlarning salomatligini yaxshilash, jismonan rivojlantirish yo‘li orqali mehnat unumdorligi va samaradorligiga erishishga astoydil harakatlar qilinmoqda.

Buning tub maqsadi va sabablari shundaki, Respublika hukumati, ayniqsa O’zbekiston prezidenti I.A. Karimovning sa’yharakatlari bilan aholining salomatligini yaxshilashda jismoniy tarbiya va sportga e’tibor berilmoqda.

Qolaversa korxonalarning rahbar xodimlari, mutaxassislari AQSh, Germaniya, Yaponiya va b.q. davlatlardagi yirik sanoat korxonalari ish tajribalari bilan tanishish asosida, o‘z jamoalarida ularning ilg‘or tajribalarini qo‘llash bilan mehnat samaradorligini tabora oshirishga harakat qilinmoq-da. Ma’lumki, jahondagi yirik sanoat korxonalarida bevosita mehnat jarayonida maxsus xodimlar, jismoniy tarbiya uslubchilari, tashkilotchilari tomonidan bir ish kuni davomida qariyb 1-1,5 soat (har 2-3 soatda) davomida jismoniy tarbiya tadbirlari tashkil etiladi. Mehnat turlari va xodim-larining ish faoliyati bilan bandligiga qarab jismoniy mashqlar, turli xil o‘rinlar 10-15 daqiqa davomida o‘tkazib boriladi. Bunday tadbirlarning negizida salomatlikni oshirish, ish qobiliyati va mehnat samaradorligini ta’minlashga qaratilgan. Eng muhimi shundaki, har bir korxonaning sport majmui (stadion, sport zallari, suv havzalari, o‘rin maydonlari va h.k.) o‘ta sifatli ravishda xizmat qiladi. Shu sababli har bir xodim ishdan keyin avvalo sport majmuiga yo‘l oladi. Ularda zamonaviy trenajerlar muhayyo. Jismoniy mashqlar, sport turlari bo‘yicha bahs -musobaqalar ko‘p o‘tkaziladi. G’oliblar va hatto oddiy qatnashchilar ham biron bir sovg‘a yoki sovrin bilan taqdirlanadi. Shu sababdan ko‘pchilik mamlakatlarda mehnatkash aholining 50-60 foyizi jismoniy tarbiya va sport turlari bilan uzluksiz shug‘ullanadilar. Ular faqat qiziqarli tadbir bo‘lgani yoki sovrin-sovg‘a olgani uchungina emas, balki jismoniy tarbiya va sportning jismoniy rivojlanishni ta’minlashdagi mehnatlarini yaxshi tushungani va bilgani uchun ham shug‘ullanadilar.

Bunday holatlar Toshkent, Samarqand. Andijon, Farg‘ona, Navoiy, Buxoro va b.q. yirik shaharlardagi sanoat ishlab chiqarish jamoalarida ham asta-sekin shakllanib, qanot yozmoqda.

Yuqorida ta’kidlangan sharoitlar, imkoniyatlar va o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadbirlar yaxshi yo‘lga qo‘yishda quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi, ya’ni:


  • Barcha jamoalardagi rahbar xodimlarning jismoniy madaniyat va sportdagi mashg‘ulotlarini oshirish, ulardan doimiy talab qilish, nazorat ishlarini yo‘lga qo‘yish;


  • Har bir jamoaning holati va imkoniyat darajasida sport inshoatlarini kengaytirish hamda sport tadbirlarini sifatli o‘tkazish;


  • Yirik ishlab chiqarish korxonalarida sexlar, bo‘limlarning hamda ulardagi mehnatkash-ishchilarning soniga qarab jismoniy madaniyat uslubchilari-tashkilotchilari shtatini (5-10) belgilash;


  • Sport klublari, boshlang‘ich jismoniy madaniyat jamoalari (fizkultura kollektivlar) faoliyatida ommaviy sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya-sport turlarini ustuvor qilib qo‘yish;


  • Har bir tsex, bo‘linmalarda maxsus tashkilotchilarga (uslubchi-instruktor) amaliy jihatdan ko‘maklashuvchi jamoat faollarini (instruktor-uslubchi, murabbiy, hakam, tashkilotchi, komanda sardori va h.k.) tayyorlash, ularning amaliy malakalarini doimiyravishda oshirib borish;


  • Stadion, sport zal, suv havzalarida sog‘lomlashtirish guruhlarini ko‘paytirish, shug‘ullanuvchilarni qiziqtiradigan ommaviy sport tadbirlarini ko‘proq tashkil etish;


Guruh va oila dam olish kuni piyoda yurish sayohatlarini tashkil qilish va h.k.


4.
Mahallalar, mavzelar, ko’chalarda bolalar va o’smirlarning guruh /5-10 kishi/ bo’lib futbol, tennis, badminton va turli harakatli o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishlari odatiy bir holdir. Goho ular ichyda taklif va tashabbuslar chiqib, ko’chalararo, mavzelarda esa uylararo /dom/ musobaqalar o’tkazib turiledi. Bunday hollarda tashkiliy va hakamlik ishlari bolalarning o’zidan chiqadi, ya’ni sport mutaxassislari bundan chetda qoladi. Natijada ba’zan turli baxslar, shartlarni bajarmaganliklari uchun mojarolar bo’lib turadi. Bu esa yoshlar orasida g’arazgo’ylik kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Oqibatda otaonalar orasida norozilik, xasadgo’ylik vujudga keladi va ularga mahalla oqsoqollari kengashi xodimlari aralashishga to’g’ri keladi. Bunday holatlarning oldini olish uchun sport turlari va xalq milliy o’yinlari bo’yicha komandalar tuzish, ularga sport ishqibozlari, mutaxassislar boshchilik qilishlari lozim.


Buning uchun esa quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur.

  1. Mahalla oqsoqollari kengashi idorasi oldida komanda tuzish to’g’risida afisha osib qo’yish, faollar orqali bolalarga og’zaki e’lon qilish, radiouzel tarmoqlari, telefonlardan foydalanish.

  2. Murabbiylar va hakamlar tarkibini tuzish, ularning vazifalarini belgilash.

  3. Yig’ilgan bolalarni ro’yxatga olish va ularning xohishlari bo’yicha jamoalar tuzish.

  4. Sport mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maktabning o’yin va sport zallari yoki ishlab chiqarish korxonalarining sport inshootlaridan foydalanish.

  1. To’garaklar tashkil qilish

Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bilan shug’ullanuvchilarni bir joyga to’plab, komandalar mashg’ulotlarini to’garak sifatida tan olish, ularning barchasini uyushgan holda jismoniy tarbiya jamoasi yoki uyushmasini ta’sis etish. Barcha faoliyatlarni yuritish uchun kengash saylash /har bir sport turi komandasining sardori (kapitan) kengash a’zosi etib saylanadi hamda uning raisi /prezidenti/ni ham saylash lozim bo’ladi.
Jamoa /uyushma/ kengashi raisi va a’zolari mahalla oqsoqollari kengashi bilan doimiy aloqada bo’lishi va hal qilinishi zarur bo’lgan masalalarni moslashtirib turishi kerak.
Mahalla oqsoqollari kengashi, o’z navbatida, mahallada tashkil etilgan sport jamoasi /uyushmasi/ haqida tuman-shahar hokimiyati, sport qo’mitasi va boshqa mas’ul idoralarga ma’lum qilishi lozim. SHu tariqa mahalladagi komandalar, to’garaklar va sport jamoasining tashkiliy-tarkibiy, uning Nizomi va boshqa zarur tomonlari huquqiy hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi shart.

5.
Ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.


Odamzotning salomatligi serg’ayrat bo’lishi, jismoniy kamolotga yerishishi faqatgina uni turmush tarzi, mehnat va uy-ro’zg’or faoliyati bilan ta’minlaydi. Balki har bir xalqni o’z tarixiy, madaniy, ijtirnoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga xos bo’lgan mazkur xalq tomonidan kashf yetilgan miliy o’yinlar, sayllar, urf-odatlar va sport turlari vositalari yordamida ham amalga oshiriladi. Ushbu ro’znomada o’zbek xalq o’yinlari insonni jismoniy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga aloqadorligini yoritish asosiy maqsad qilib olingan. Darhaqiqat yuqorida qayd yetilgan tushunchalar o’rtasida uzviy bog’lanish mavjuddir. Oxirgi yillarda ommaviy axborot vositalari, ilmiy anjumanlarda muhokama qilinayotgan xalq o’yinlari mavzusiga oid masalalar o’z ichiga asosan mazkur o’yinlar mazmuni va qoidalarini takomillashtirishdagi o’rni haqidagi ma’lumotlani olgan. Ma’lumki, inson o’z hayotida, o’qish, mehnat, dam olish kabi mashg’ulotlar bilan band bo’ladi. Inson hayotining dastlabki davrlarida o’yin asosiy faoliyat hisoblanadi, undan so’ng esa o’yin kamayib, uning o’rnini o’qish va mehnat egallaydi. Insoniyat taraqqiyoti va ijtirnoiy hayotining turli davrlarida o’yinlar muhim o’rin tutgan. O’yinlar yordamida insoniyat o’sgan, ulg’aygan, chiniqqan, jismonan baquvvat bo’lgan, aqlan, ruhan rivojlangan, ma’naviy kamol topgan. Xullas, o’yin odamzod taraqqiyotida katta ahamiyat kasb yetgan Buning sabablari quyidagicha: Birinchidan, insonda o’yinga nisbatan tabiiy yehtiyoj bo’lib, u hayotdagi bo’shliqni to’ldirgan, inson tanidagi ortiqcha kuchni sarflashga, yetishmagan kuchni to’plashga yordam bergan Ikkinchidan, o’yinlar xalq tarixining ajralmas qismidir, inikosidir. O’yinlarda insonning turmushi, mehnati, tajribasi, tashvishi, kurashi, yutuqlari aksini topadi. O’yinlar orqali biz insoniyat tarixi, orzuo’yi muammolari, niyatlarini o’rgansak bo’ladi. Uchinchidan, o’yin inson madaniyatining yeng qadimgi ko’rinishi, ko’pgina ma’naviy soha (raqs, tomosha, teatr, musiqa, marosim kabi)larning chashmasi sifatida xizmat qilgan. To’rtinchidan, o’yinlar avlod-ajdodlarimizning, sog’lomlashtiruvchi vositasi hisoblangan. Ota-bobolarimiz xalq o’yinlar va musobaqalari yordamida aqlan raso, ruhan tetik, jismonan baquvvat bo’lib kelgan. Sog’lom avlodlarni shakllantirishda o’yinlar asosiy omilga aylangan. Beshinchidan, o’yinlar eng samarali tarbiya vositasi. Bolalar o’yinlar orqali hayotga tayyorgarlik ko’rgan, turmushdagi qiyinchiliklarni yengishni mashq qilgan, ish va kurashda g’alaba qilishni o’rgangan. Oltinchidan, o’yinlar ajdodlarimizning tajribasini o’zida uyg’unlashtiruvchi madaniy meros va zamondoshlarimizni, ayniqsa yosh avlodni aqliy, ruhiy va jismoniy barkamol bo’lishga xizmat qiluvchi bebaho manbaadir, Demak, o’yinlar xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng ko’hna shakllari, ko’pgina ma’naviy sohalar chashmasi, sog’lom avlodni shakllanriruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir. Madaniy merosimizning uzviy va ajralmas qismi bo’lgan, avlod-ajdodlarimizga asrlar mobaynida ruh, jon va sog’liq ato etib kelgan xalq o’yinlarini tiklash va ulardan samarali foydalanish milliy qiyofamiz, ma’naviyatimiz va qadriyatimizni yuksaltirish demakdir. Xalq o’yinlari yangi sog’lom avlodni shakilantirishda ham o’ta muhim o’rin tutgani ularni biz ko’z qorachig’idek asrashimiz, e’zozlashimiz va ulardan oqilona foydalanishimiz zarur. Xalq o’yinlarini tiklash va rivojlantirish. Mamlakatda xalq o’yinlarining ta’qiqlanishi. Ming afsuslar bo’lsinki, XX asrda aniqrog’i, sho’rolar davridan boshlab xalq o’yinlari hayotdan siqib chiqarila boshlandi. Buning sabablari ko’p: Birinchidan, xalq an’ananalarini ta’qiqlash totalitar tizimining yashirin milliy siyosati natijasida yedi. Ikkinchidan, qishloq hayoti shahar hayotiga yaqinlashdi, qir- adirlar o’zlashtirildi, o’yingohlar va saylgohlar o’rniga paxta va boshqa yekinlar ekildi. Shahar o’yingohlari o’rnida baland-baland imoratlar qad rostladi. An’anaviy o’yingohlarning yo’qolishi xalq o’yinlarining yo’qolib borishiga olib keldi. Uchinchidan, bolalarga xalq o’yinlari o’rniga Yevropada qabul qilingan o’yinlar taklif yetildi. Butun mamlakat maktablarida volyeybol, basketbol, futbol va hokazalar o’ynaldi. Xalq o’yinlari yesa bir chetga surib qo’yildi. Bolalar o’ynashi mumkin bo’lgan yagona joy maktab sport maydonchalari yangi o’yinlar uchun moslashtirib qurilgan yedi. XX asr o’rtalarida xaiq o’yinlarini avloddan-avlodga o’tish an’analari buzildi, ko’plab o’yinlar unutildi. Minglab o’yinlar ichida bir necha xalq o’yinlari va musobaqalari (kurash, uloq, qiz quvdi, ot poygasi) kabilar ma’lum ma’noda saqlanib qoldi, xolos.
Download 42,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish