Javascript veb dasturlash tiliga oid muhim savollarga javoblar (boshlovchilar uchun) JavaScript nima?



Download 112,77 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi112,77 Kb.
#651268
Bog'liq
JavaScript




JAVASCRIPT VEB DASTURLASH TILIGA OID MUHIM SAVOLLARGA JAVOBLAR (BOSHLOVCHILAR UCHUN)


JavaScript nima?
Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to‘g‘rirog‘i veb dasturlash tili, undan ham to‘g‘rirog‘i klient(brauzer) tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya’ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server(Apache, ngnix) kerak emas, oddiy brauzerda(Javascript’da yozilgan kodlar) ishlayveradi.
Bu til nima uchun kerak?
Bu dasturlash tili orqali serverga so‘rov jo‘natmasdan, so‘rovlarni(javascript kodlarini), ya’ni yozilgan kodlar natijasini, brauzerni ishga tushirgan holda olishingiz mumkin. Asosan interaktiv(dinamik) saytlar tuzish uchun kerak.
Yuqoridagi fikr nima degani?
Har xil turdagi veb dasturlash tillari mavjud, misol uchun, PHPASPJAVA. Bu dasturlash tillari serverga murojaat qilgan holda ishlaydi. Misol uchun, siz arifmetik qo‘shish amalini bajarmoqdasiz, yig‘indini olish uchun, siz yozgan kod, veb serverga jo‘natiladi, server bu kodni qayta ishlaydi va natijani sizga jo‘natadi. Shu tariqa siz natijani olasiz, brauzer ham serverdan javob(natija) kelguncha aylanib yotadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, saytning(veb sahifaning) ishlash tezligi server sozlamalariga, servergacha bo‘lgan masofaga, aloqa kabellariga va boshqa narsalarga bog‘liq bo‘lib qoladi. JavaScript’da yozilgan kodlar esa, hech qanday serverga murojaatni amalga oshirmaydi, shu sababli bu dasturlash tili kodlari brauzerni qayta yuklamasdan ishlayveradi.
JavaScript veb dasturlash tilini qachon o‘rgangan ma’qul?
Bu dasturlash tilini HTMLCSS kabilarni o‘rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o‘rganish ham oson bo‘ladi. Ko‘pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o‘rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript’ni o‘rgangan yaxshi va yengil.
JavaScript kodlari orqali nimalarni qilib bo‘lmaydi?
— grafika bilan ishlay olmaydi, ya’ni o‘zi grafik ob’yektlar hosil qila olmaydi;
— fayllar bilan ishlay olmaydi;
— ma’lumotlar bazasi bilan ishlay olmaydi;
— tarmoq texnologiyalari bilan ishlay olmaydi, va boshqa murakkab ishlarni qilishga qiynaladi yoki qilaolmaydi.
Bu til kodlari ishlash tezligi qanday?
Agar sodda kodlar bo‘lsa, albatta tez ishlaydi, lekin kodlar murakkab bo‘lsa boshqa veb dasturlash tillariga(PHP, ASP)qaraganda sekinroq ishlaydi. Chunki yozilgan kodni qayta ishlashga yordam beradigan server yo‘q, agar kodda xatoliklar bo‘lsa, bu xatoliklarni brauzerni o‘zi analiz qilishi lozim.
JavaScript kodlari qayerga yoziladi, ya’ni u uchun IDE(muhit) mavjudmi?
HTML kodlari qayerga yozilsa, javascript kodlari ham o‘sha yerda yozilishi mumkin, o‘rganish uchun eng yaxshi muhit, mani fikrimcha, Notepad++. Undan tashqari quyidagi IDE’larda ham yozish mumkin:
PHPStorm
NetBeans
Zend Studio
PHPDesigner


JavaScript kodlari ishlashi uchun nimalar kerak?
Umuman olganda brauzer bo‘lsa bo‘ldi, lekin brauzerning Javascript kodlarini o‘qishi va ishga tushirishiga ruhsat beradigan funksiyasi yoqilgan bo‘lishi kerak(qanday yoqish qilish kerakligi haqida).
JavaScript dasturlash tili bilan, JAVA dasturlash tili bitta narsami?
Yo‘q, bu ikki til boshqa boshqa dasturlash tillari hisoblanadi. Ko‘pchilik shu ikki tilni bitta deb o‘ylashadi. JAVA kodlari JVM orqali ishlaydi. Bu til haqida to‘liq ma’lumotni quyidagi maqoladan o‘qishingiz mumkin.


JavaScript tilini o‘rganish uchun o‘zbekcha darslarni qayerdan topsa bo‘ladi?
Agar sabr bilan kuzatib borsangiz, man, bu tilni, shu sayt(akmx.uz) orqali o‘rgatib boraman.
Bu darslar bepul bo‘ladimi yoki pullikmi?
Bizda ya’ni bizning proyektlarning(akmx.uzask.akmx.uzconvert.akmx.uz) hammasi bepul.


1-JAVASCRIPT DARS: BRAUZERGA YOZUV CHIQARISH VA KOMMENTARIYA QOLDIRISH USULLARI



JavaScript veb dasturlash tilini o‘rganishni boshlaymiz. Aytib o‘tganimdek, bu til kodlari kliyent tomonda(brauzerda) ishlaydi, bu degani kodlar ishlashida brauzer qayta yuklanmaydi, brauzerning o‘z interpretatori kod natijalarini ko‘rsatadi. Qayta yuklanish faqat serverli dasturlash tillari(ASP, PHP,…)dan foydalanganimizda sodir bo‘ladi.
JavaScript kodlarini ishlatish uchun, dastlab, biror bir html hujjat hosil qilamiz, misol uchun index.html(bu faylni hosil qilishni ko‘rib chiqqanmiz).
Faylni ochib, ichini asosiy HTML kodlari bilan to‘ldiramiz:

1
2
3
4
5
6
7




1 - dars





Download 112,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish