XVIII – XIX asr о`rtalarida tarix falsafasi
Reja:
J.J. Russoning ijtimoiy – siyosiy qarashlari.
Pozitivizm.
K. Marksning tarixiy materializmi.
Nemis klassik falsafasining tarixiy falsafiy g`oyalari.
Kant tarixiy – falsafiy qarashlari.
Ushbu fan jahon falsafiy-tarixiy tafakkurining qadimdan to hozirgi kungacha bо`lgan rivojlanishining asosiy omillari va yо`nalishlarini yoritishga qaratilgan. Taqdim etilgan kurs tarixchi talabalarning nazariy – uslubiy saviyasini oshirishda jahonda rо`y berayotgan tarixiy jarayonlarni chuqur о`rganishdagi asosiy konseptual yondashuvlar bilan tanishishda katta ahamiyat kasb etadi. Hamda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da kо`rsatib о`tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan tо`la bahramand bо`lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga kо`maklashish va dunyo miqyosida mavjud bо`lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni о`rganadi.
Shuningdek, “Tarix falsafasi va metodologiyasi” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini о`rganish, fan bо`yicha tо`plangan ilg`or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni о`z ichiga qamrab oladi.
J.J. Russo 1712 yil Jenevada soatsozlar oilasida dunyoga keladi. U dastlabki talimni о`zi tug`ilib о`sgan joyidan oladi. U 1741 yili Parijga kelib, u yerda Golbax Didro va boshqalar bilan juda yaxshi munosabatda bо`ladi. Russo Didro tashkil etgan “Ensiklopediya”da uning taklifiga binoan ishtirok etadi. Russoning jamoatchilikka keng tanilishida uning “fan va sanat haqidagi mulohazalar” (1750) asri muhim ahamiyat kasb etganligi malum.
Russoning “ Insonlar о`rtasidagi tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari tо`g`risida mulohazalar” asri uning obrо`siga yana obrо` qо`shadi. U “fanlarning manaviyatga tasiri” asarida о`zi yashab turgan sivilizatsiyani tengsizlik sivilizatsiyasi deb tanqid qiladi. Shuningdek, u takidlay-diki, fan taraqqiyoti inson tabiatini, manaviyatini takomillashtirmaydi. Albatta bu bilan u fan va madaniyatga qarshi chiqqan, deyish notо`g`ridir. Fanga hujum qilayotganim yо`q, lekin ezgulikni himoya qilayapman deydi u. Russo ijtimoiy muammolar va huquqsizlik, zulmining manbaini ijtimoiy tengsizlikda, yani mulkiy tengsizlikda kо`radi. Mulkiy tengsizlik azaliy emas. U quyidagi bosqichlardan iborat.
Ijtimoiy tengsizlikning birinchi bosqichi – boy va kambag`alning yuzaga kelishi.
Davlatning kelib chiqishi bunda boylar bilan kambag`allar bitm tuzadilar.
Qonuniy hokimiyatninig zо`ravonlikka aylanishi. Avval halq podisho va huquq tomonidan aldangan bо`lsa, zо`ravonlikda esa zо`ravon qonunlar halqni aldaydi va unga hamla qiladi.
Keyinchalik uning asarlari hukumat tomonidan taqib qilinia boshlandi. U hibsga olinishidan qо`rqib, Fransiyadan qochib, Shvetsariya (1762) ga keladi. Russo kо`p yillar Volterbilan bahs munozaralar yuritgan. Russo faylasuflar bilan munozaralarda takidlaydiki, xudo aql va yaxshilik manbaidir . Russoning ijtimoiy – siyosiy qarashlari uning ijodida markaziy о`rin egallaydi. Tenglik jamiyatning tabbiy holati inson о`z mohiyati jixatidan xoh ishlab chiqarishda xoh istemolda hech kimga bog`liq emas. Bunday jamiyat idealdir. Kelajakda bunga erishish mumkin emas, lekin unga qaytish mumkin. Unda kishilar boylik, xususiy mulk nimaligini bilishmasdi. Xususiy mulk bо`lmagan yerda adolatsizlik bо`lishi mumkin emas. Xususiy mulkning kelib chiqishi insonlar manfaatlariga ziddir. Bu aslida birovlar hisobiga boyish demakdir. Umumiy erk umumiy manfaatlarni nazarda tutadi. Barchaning erki shahsiy manfaatlarini xisobga oladi. U yakka – yakka manfaatlar yig`indisidan iborat. U feodalizmni qoralab, adolatli jamiyat tashkil etish yо`lida ijtimoiy kelishuvni ishlab chiqdi. U о`z ijtimoiy qarashlarida fransuz jamiyatining kambag`al fuqarolar manfaatlarini himoya qildi. Shuning uchun ham Russo ijodining markazida inson muammosi va ijtimoiy tengsizlik masalasi yotgan. Faylasuf ijtimoiy fikrlar tarixida о`zining ijtimoiy ahloqiy muammolar va tarbiya nazariyasi bilan mashxur bо`lgan. “Yangi eloiza” romani “Emil yoki Tarbiya haqida” gi risolalarida axloq va tarbiya masalalarini mohirlik bilan ifodalagan. Russoning siyosiy ideali – tо`g`ridan – tо`g`ri demokratiyadir. Unda qonunlar bevosita barcha fuqarolarning majlisida qabul qilinadi. Albatta, b g`oyalarni hududiy jihatdan kichik bir davlatlarda amalga oshirish mumkin. Russoning axloqiy talimoti tenglik g`oyasi va shaxs erkinligi bilan chambarchas bog`liq. Bu axloq – fuqaro jasorati, respublikachining vatanparvarligidir.
Pozitivizm.
Pozitivizm g`arb falsafasida juda keng tarqalgan yо`nalish sifatida XIX asrning 30 yillarida fransuz faylasufi Ogyust Kont (1798-1857) tomonidan asos solingan. Pozitivizm dastlab Fransiyada, sо`ngra Angliyada va G`arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida rivojlandi:
Birinchi davr - O.Kont, E.Littre, E.Renan, Robert (Fransiyada), D.S.Mill, G.Spenser, Dj.Lesevich, N.Mixay-lovskiy (Rossiyada), K. Kattanso, D. Ferrari, r. Ardigo (Italiyada) kabilarning ijod etgan davri.
Ikkinchi davri – mexanizm va empiriotkrititsizm davri deb ataladi.
Uchinchisi nepozitivizm davriga bо`linadi.
“Pozitivizm” tushunchasini O.Kont quyidagicha tarif-laydi: birinchidan yolg`onlikka qarshi haqqoniylik: ikkinchidan, keraksizlikka qarshi foydalanish: uchinchidan shubxalilikka qarshi aniqlik: beshinchidan salbiylikka qarshi ijobiylik va nihoyat oltinchidan buzg`unchilikka qarshi tuzuvchanlik.
Inson bilimi, tafakkuri oldinga qarab harakat qiladi. Shuning uchun u о`z tarixiga ega insoniyat taraqqiyotni shu tarzda о`rganish quyidagi qonuniyatni ochishga olib keladi, yani u uch bosqichli qonuniyat deb ataladi. Birinchisi – teologik, ikkinchisi – metafizik yoki mavhumlashgan, uchinchisi – pozitiv yoki ilmiydir. Inson bilish jarayonida ana shu yо`llardan, alabatta о`tadi. Demak bu uslublardan uch turdagi falsafiy dunyoqarash yoki umumiy qarashlar tizimi vujudga keladi. Birinchisi ijod tafakkurining boshlang`ich harakatga keluvchi nuqtasi: ikkinchisi – о`tuvchanlik rolini о`ynaydi: uchinchisi - aniq yakuniy holatdir.
K. Marksning tarixiy materializmi.
Karl marks (1818-1883) nemis falsafasining vakili sobiq ittifoq davrida mutlaqlashtirilgan falsafiy talimotining asoschisidir. Otasi yahudiy millatiga mansub advokat bо`lgan. Grir gimnaziyasida dastlabki malumotni olgach (1830-1835), Bonn (1835-1886) va Berlin (1836-1841) universitetlarida о`qigan bu daqiqalarda u huquq, falsafa va tarix fanlarini о`rgandi. Marks ilmiy tadqiqotlari falsafa, tarix sotsiologiya, iqtisodiyot nazariyasi kabi soxalarini xam qamrab olgan edi. Feyerbax materializmi Marks о`z talimotida Gegelning dunyo dialektik tarixiy jarayon ekanligi xaqidagi tasavvurini saqlab qoladi, biroq uning о`zligini moddiy turmushning rivoji tashkil qiladi, deydi. Gegelni “idealist”, Marksni esa “materialist” deb tasvirlash – masalani soddalashtirishdir. Gegel asarlarida tarix “boshida idealizm turadi va Marks uni oyoqqa” (materializm) qо`ydi deganda tarix oyog`i bilan yurishi lekin boshi bilan о`ylashi kerakligini qо`shib qо`yish lozim edi. Boshqacha aytganda, bu о`rinda biz “yoki – yoki” tipidagi emas, “u ham bu ham” tipidagi vaziyatni uchratamiz. Bu о`rinda oxirgisi tarixda ham moddiy iqtisodiy ham madaniy – intellektual omillar rol о`ynashni nazarda tutadi. Dialektiklar sifatida, Gegel xam Marks ham shu fikrga qо`shilishadi. Ayni paytda Gegel madaniy intellektual omilga ( Geist ruh) Marksdan kо`ra kо`proq urg`u bersa, marks moddiy – iqtisodiy jihatlarni Gegeldan kо`ra kо`proq tartiblaydi. Mana shu izohni nazarda tutib, biz Gegel “dialektik idealizmi” va Marksning “dialektik materializmi” haqida sо`z yuritishimiz mumkin
Dialektika har doim tadqiqot predmeti bilan belgilangani tufayli Marks dialektikasining bayoni ham ayni paytda uning “Materializmi” ning bayoni bо`ladi. Marks tabiat falsafasi bilan maxsus shug`illanmagan. “markscha” tabiat falsafasi, asosan, Engelsga tegishlidir. Marks о`z “materializimi” tо`g`risida gapirganida, avvalo u kо`proq tarixiy materializmni nazarda tutadi. Kapitalizm davrida yashayotgan odamlar shahar – davlatda yashayotgan odamlarga nisbatan boshqa sifatlarini namoyish qilishi mumkin. Tarix – bu formativ jarayon bо`lib, uning vositasida insoniyat о`zini rо`yobga chiqaradi. Tarixni о`rganar ekanmiz, biz insoniyat va о`zimiz bilan tanishamiz, tarix shunday shakllanish jarayoniki, unda odam odamga aylanadi va tarixiy jarayonlarni boshqaradigan dialektika qonunlari – deydi Marks yuqorida sanab о`tilgan manolarning sо`nggisidagiday “materialistik” bо`lishi kerak.
Marks, tarixiy formativ jarayonda hal qiluvchi rolni iqtisodiy omillar о`ynaydi deb, hisoblardi. Tarix – bu iqtisod tarixi, mehnat tarixi. Iqtisodiy tushumdagi sifat о`zgarishlari tarixini oldinga qarab borayotgan, orqaga qaytarib bо`lmaydigan jarayonga aylantiradi.
Bu orqaga qaytmaydigan formativ jarayon quyidagi iqtisodiy bosqichlardan о`tadi.
Ibtidoiy jamoa
Q uldorlik jamiyati
F eodal jamiyat
K apitalizm
Kommunizm
Bir iqtisodiy bosqichdan ikkinchisiga о`tish sifat jihatdan sakrash bо`lib, iqtisodning muayayan tо`yinish nuqtasiga yetib borishi bilan amalga oshadi. Bunday sifat sakrashlari dialektik tarzda yuz berib undan bir bosqich yuqoriroq bosqich tomonidan “inkor” va bartaraf qilinadi.
Oliy pozitsiya
Birlamchi pozitsiya inkor
Biz shuning uchun ham, yuqori pozitsiya va taraqqiyot tо`g`risida gapira olamizki, inkor, huddi bir qirolni taxtdan tushirib о`rniga boshqasini о`tkazganday bir iqtisodiy tizmni boshqasiga shunchaki almashtirib qо`yilmaydi. Inkor bu yerda olib tashlash bо`lib, unda muhim jihatlari о`rtasida ratsionalroq о`zaro aloqa о`rnatiladi. Demak, tarix hech narsa “yо`qotmaydi”.
Marks uchun bо`lgani kabi Gegel kabi ruh (der Geist) emas, iqtisodiy fundamental hisoblanadi. Muayyan manoda bizning fikrlarimiz iqtisodiy moddiy omillar bazis deyiladi. Din falsafa, etika, adabiyot va boshqalarga о`hshash madaniy fenomenlar usqurtma deyiladi. О`zining ashaddiy kо`rinishidan tarixiy materializm quyidagi qoidalarni keltirib chiqaradi: 1) Tarixni harakatga keltiruvchi kuch,usqurtma emas, bazisdir. 2) Bazis usqurtmani belgilaydi, uning aksiga emas.
Shunday qilib, quyidagi sxema vujudga keladi:
U squrtma
Bazis quldorlik feodal kapitalizm kommunizm
jamiyati jamiyat
Shunday qilib, biz bazis usqurtmani belgilaydi, degan ibora vulgar marksizmga talluqli, deyishimiz mumkin. Demak, marksning tarixiy materializmini quyidagicha talqin qilishga asos bor: iqtisod va tafakkur bir – birini о`zaro belgilaydi, biroq iqtisod hal qiluvchi rol о`ynaydi.
Usqurtma (mafkura)
Bazis (iqtisod)
Bundan tashqari, biz bu sxemani unga iqtisodiy va konseptual omillarga qо`shimcha ijtimoiy siyosiy omillarni kiritib, tо`ldirishimiz mumkin.
Mafkuraviy omillar
Ijtimoiy – siyosiy omillar
Iqtisodiy omillar
Bu – tarixning Markscha materialistik konsepsiyaning sodda lekin qabul qilsa bо`ladigan talqini, biroq u bir manoli emas.
Nemis klassik falsafasining tarixiy falsafiy g`oyalari.
Nemis klassik falsafasi tarix falsafasini о`rganishning nixoyatda murakkab qismi bо`lib, uni nihoyatda masuliyat bilan о`rganish zarurdir. Nemis klassik falsafasi fransuz marifatchiligi kabi eski illatlarni bartaraf etishda hamda kapitalistik munosabatlarning qiyinchiliksiz rivojlanishida yangi tuzum manfaatlarini himoya qilgan. Shuning uchun u aqilni eski idealogiyaga qarshi hukmronligi tо`g`risidagi g`oyani etirof etadi varivojlantiradi. Nemis jamiyatiga hamda nemis ijtimoiy fikrlariga XVasr oxirida bо`lib о`tgan fransuz inqiloblari juda katta tasir kо`rsatgan. Bu inqilob shu davrgacha bо`lib о`tgan inqiloblardan izchil va qati farq qiladi. Germaniyada falsaviy va ijtimoiy – siyosiy fikrlarning malum darajada rivojlanishiga о`z tasirini kо`rsatdi. Nemis klassik – falsafasida Germaniyadagi о`tmish falsafiy fikrlar ananalariga nisbatan murosachilik munosabatda bо`lishda diniy nuqtai nazar ustun turadi. Ularning ijtimoiy – siyosiy hulosalari о`zlari ilgari surgan “sof” fikrlash doirasidagi umumiy fikrlarga qarama – qarshi turar edi. Lekin о`z pozitsiyalarida izchil bо`lmasdan nemis klassik falsafasi falsafiy fikrlar taraqqiyotida muhim qadam hisoblanadi.
I. Kant tarixiy – falsafiy qarashlari.
Kant ota tomonidan Shotlandiyalik bо`lgan bо`lsa, ona tomonidan Germaniyalik edi. Onasining ismi Reytir bо`lgan. Onasi diniy ruhda tarbiyalanganligi uchun о`z farzandlari ongiga diniy talimotlarni chuqur singdirishga harakat qiladi. Otasi hunarmandchilik bilan shug`ullanib, ular oddiygina uyda istiqomat qilishar edi. Kant tо`rtinchi о`g`il bо`lgan. Keyinchalik ilohiyot bilan shug`illangan. О`g`il tarbiyasi bilan kо`proq ona shug`illangan “onamni men hech qachon unuta olmayman va unitishga haqqim yо`q. Chunki onam meni tabiatga va insonlarga muhabbatli bо`lish ruhida tarbiyalangan. Manaviy kamolotga erishishimda onamning xizmatlari beqiyos ulkandir” deydi. О`spirinlik chog`ida Muls ismli professor Kantda ilohiyotga xavas uyg`otgan bо`lsa, Knutsen ismli faylasuf esa unga Leybnits talimotini о`rgata boshlydi. Universitetga kirishdan avval u onasidan ajraladi. Bu vaqtda Kant 13 yoshli bola edi. Kant onasining vafotidan keyin tog`asining moddiy yordami bilan Kant universitetning iloxiyot fakultetga о`qishga kiradi. Onasining vasiyatiga binoan kant universitetning iloxiyot fakultetiga hujjatlarini topshiradi. Kant talabalik yillarining daslabki vaqtlarida ilohiyotni havas bilan о`rgana boshlagan edi. Lekin keyinchalik ovozli past bо`lganligi uchun qiroat bilan ilohiy duolarni о`qishga kо`zi yetmagach, uni tark etadi. U boshqa fanlarga mer qо`yadi, uni shu yо`lga burib yuboradi. Kant besh yil (1740-1745) davomida universitetda о`qib uni tugatadi. 1746 yili ogtasi vafot etadi. Otasi vafotidan sо`ng uning moddiy hayoti yanada og`irlashadi. Baxtiga о`gay tog`asi qо`llab-quvvatlab turadi. Uning birinchi risolasi “Tabiatdagi jonli kuchlarning haqiqiy bahosi haqida fikrlar” tog`asining hisobiga chop etiladi. Bu risolani u 23 yoshida yozgan edi.
I.Kantning falsafiy ijodi asosan ikki qismga bо`linadi.
1.Tanqidiy davrdan ilgarigi (XVIII asrning 70 yillariga qadar).
2.Tanqidiy davri (XVIII asrning 70 yillaridan ijodining oxirigacha).
Kuno Fisher esa Kantning falsafiy tizimi tarixini quyidagi davrlarga bо`ladi. 1) dastlabki davr (naturfalsafa davri).U vaqtda faylasuf ratsionalizm nuqtai – nazarida turgan. 2) empirizm davri. U davrda Yumning tasiri umuman, Shotlandiya va Angliya falsafasining tasiri katta bо`lgan va nihoyat 3) tanqidiy davr. Bu davrda Kant uzil – kesil mustaqil о`ziga xos yо`lni tanlagan. Shuni takidlash lozimki, Kant falsafasini davrlarga bо`lib о`rganish osonlik tug`diradi, lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki uning о`zidan oldin hukumronlik qilganfalsafiy maktablarga mustahkam munosabati uning barcha asarlarida, yani dastlabki asarida ham, umrining oxirida yodgan asarlarida ham о`z ifodasini topgan. Kant fikricha, ilohiyot mukammal dunyoning g`oyasiga ega bо`lmog`i lozim. Buni rad etish demak, xudo fikrlovchi barcha olamlardan yaxshiroq olam bor degandek bо`lamiz. Lekin eng yaxshi haqiqiy olamni xudo yaratgan. Farovonlik g`oyasi bu xudoning maqsadidir. Keyinchalik u yum tasirida о`zining tanqidiy davridagi faoliyatini boshlaydi. Kantning butun umri sof aqlning tanqidiy asarida о`zining falsafiy ifodasini topgan. Kant juda haqgо`y bо`lganligi tufayli boshqalardan haqgо`ylikni talab etadi. Shuni takidlash kerakki Kantning falsafiy qarashlari 1762-1765 yillarda shakllandi. U о`zining “Hayotbaxshlik haqida” risolasida dogmatik falsafani ifoda etgan edi.
“Salbiy meyorlar va real asoslari” nomli asarida (1763) Kant о`zining emperizm va ratsionizm о`rtasida mо`tadil о`rin egallaganligi haqida gapiradi. “Ruhoniyning tushlari” (1766) asarida uning Yum agnostitsizmiga yaqinlashganligini kо`ramiz. Oradan ikki yil о`tgach, yani 1768 yildan etiboran emperizmdan krititsizm tomon о`tganligi haqida fikr yuritadi. Kant mazkur risolada makon nima? Uning xossasi nima bilan belgilanadi? – degan savollarni kо`taradi. Jismlarning makoniy munosabati deydi Kant, ularning holatlariga bog`liq holatlarning о`zaro munosabatlarini Kant soha deb ataydi.
Soha degan tushuncha nafaqat masofani balki yо`nalishni ham о`z ichiga oladi. Bunga kant oddiygina misolni keltiradi. Oq qog`ozga ikki marotaba aynan bir sо`zni yozaylik. Masalan inson, inson sо`zining harflari bir xil harflarning joylashishi tartib ham bir xil lekin ikki sо`z yozilishida chap va о`ngda joylashagan. Biz о`ngga chapga deyish bilan harflarning joylashishini kuzatuvchiga qaratamiz. Agar makonning hossasi obektlarning qismlari о`rtasidagi munosabatga bо`g`liq bо`lsa unda biz ikki predmetni farqiga bormagan bо`lar edik. Jismlarning о`zaro bir – biridan farqi shundaki bittasi chapga joylashgan bо`lsa, ikkinchisi о`ng tomonga joylashagan bо`ladi.qizig`i shundaki Kant bunday hulosa chiqaradi Chapga – о`ngga, yuqoriga – pastga, oldinda – orqada degan iboralarimiz mutlaq makonning xossasi bо`ladi va shundan keyin ularni ham ularni kuzatuvchi hossasiga bog`liqligini hal etadi. Kan oliy oliy darajadagi fikrlarni ilgari suradi.
Birinchi davrda kant erishilgan eng katta yutuqlardan biri – bu kosmologik gipotezalar tо`g`risidagi ishlari edi.
Ikkinchi davr – tanqidiy davrda kant dualistik falsafiy konsepsiyani ilgari suradi. Agnostitsizm va apriorizm uning ajralmas qismi bо`lib qoladi.
Kantning yutug`i shundaki, shak – shubhasiz inson tafakkurining zaruriy xususiyatidir. Shak – shubhasizlik tо`g`risidagi bunday fikrlashni kant aql doirasiga kiritadi. Kant fikricha, bunday fikrlashning predmetini sof aqlning g`oyasi tashkil etadi. Kant fikricha, sof aql g`oyasi 3 xildir.
Jon haqidagi g`oyalar (psixologik g`oyalar).
Yaxlit dunyo tо`g`risidagi g`oya (kosmologik g`oya).
Xudo haqidagi g`oya (teologik g`oya).
Umuman kant falsafasi mohiyatan ziddiyatlidir. Shuning uchun kantni ham sо`ldan, ham о`ngdan tanqid qilishadi. Sо`ldan materialistlar kant falsafasining idealisti tomonlarini tanqid qilishsa, о`ngdan idealistlar uning falsafadagi materialistik tomonlarini tanqid qiladilar. Nemis klassik falsafasining keyingi taraqqiyoti kant falsafasini о`ngdan tanqid qilish yо`li bilan rivojlanib, dunyoni idealistik tushunishni chuqurlashtirib bordi.
Foydalanilgan adabiyotlar rо`yxati:
Do'stlaringiz bilan baham: |