ISSIQIIK ELEKTR STANSIYALARINING TASHQI MUHITGA TA’SIRI.
Issiqiik elektr stansiyalarida yondiriladigan organik yoqilg‘ilardan tashqi muhitga jiddiy zarar yetadi. Yonish jarayonida ularning tarkibidagi uglerod, azot, oltingugurt va boshqa elementlar oksidlanib, yuqori harorat bilan havoga chiqariladi.
Hozirgi kunda issiqlik elektr stansiyalari yoqilg‘isida yetakchi o‘rinni ko‘mir egallaydi. Uning tarkibida 0,2 - 10% gacha pirit shaklidagi oltingugurt, temir moddasi, gips va boshqa murakkab moddalar mavjud. Shuning uchun ham bunday elektr stansiyalari havoga katta miqdordagi sulfat angidridi, karbonat angidridi, is gazi, azot oksidlari, shuningdek inson organizmida rak kasalligini qo‘zg‘atuvchi benzopiren va shu singari kanserogen chiqindilami chiqaradi. Bu chiqindilar tarkibidagi kremniy oksidi va alyuminiy insonning nafas olish organlarini zararlab, silikoz kasalligini keltirib chiqaradi.
Quvvati 2,4 mln. kVt bo‘lgan zamonaviy IES sutkasiga 20 ming tonna ko'mir yoqilib, undan havoga 680 tonna S02 va S03, 200 tonna azot oksidlari, shuningdek 120 - 140 tonna qattiq zarralar (chang, kul, qurum) chiqariladi. IES mo‘risidan chiqadigan azot oksidlari va sulfat angidridi havodagi namli qulay sharoitga tushganda oksidlanib, nitrat kislotasi va sulfat kislotasiga, aylanadi. Shuning uchun ham issiqlik elektr stansiyalari joylashgan hududlarda ba’zan “kislotali yog‘inlar” paydo bo‘ladi. Bu jarayonni kimyoviy jihatdan quyidagicha izohlash mumkin:
3N02+ H20 -*■ 2HN03+ NO 2S02 + 02^ 2S03 S03 + H20 -*H2S04
Hozirgi kunda jiddiy ekologik muammolardan biri issiqlik elektr stansiyalardan chiqadigan qattiq chiqindilar va aerozollardir. Ulaming yillik umumiy massasi 250 mln. tonna atrofida bo‘lib, havoda aerozollaming ko‘payishi yer yuziga yetib keladigan quyosh radiatsiyasining kamayishiga olib keladi. Bu aerozollar, shuningdek, troposferadagi suv bugMarini kondensatsiyalab, yomg'irlarning ko‘payishiga ham olib kelmoqda. Keyingi yillarda yomg'irli kunlaming ko‘payganligi, yomg'iming ba’zan sutkalab tinmay yog‘ishi, havoning tez ochillib ketmasligi - bulaming barchasida havodagi aerozollaming alohida o‘mi bor.
Issiqlik elektr stansiyalarida ko'mirdan tashqari tabiiy gaz va neft (mazut) ham yondiriladi. Ular orasida nisbatan ekologik toza yoqilg'i gazdir. Ammo jahon elektr energetikasida gazning o‘mi nisbatan kam. Neftni esa, uning yonishidan chiqadigan chiqindilaming tarkibi va miqdori jihatidan ekologik toza, deb bo‘lmaydi. Uning yonishidan tabiatga ko‘p miqdorda oltingugurt angidridi, uglerod oksidlari, boshqa kanserogen moddalar ajraladi.
Issiqlik elektr stansiyalari nafaqat atmosfera havosini, balki yer va suvlami ham ifloslaydi. Atmosferaga chiqarilgan aerozollar va qattiq zarralar yer sathi va suvlarga cho‘kib, ulardagi ekologik vaziyatni yomonlashtiradi. Bundan tashqari, issiqlik elektr stansiyada foydalanilgan issiq suv ochiq suv havzalariga tushib, ulaming haroratini 10 - 11 °S gacha ko‘taradi. Bu esa, suvda yashovchi organizmlar uchun ekologik halokat hisoblanib, ular qirilib ketadi.
Issiqlik elektr stansiyalar va elektr korxonalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish murakkab ekologik muammolar bilan bog‘liqdir. Energiya zarurligi - insonning asosiy ehtiyojlaridan biridir. Energiya nafaqat hozirgi zamondagi murakkab inson jamoasining normal hayotiy faoliyati uchun, balki har bir insonning yashashi uchun ham juda zarurdir. Hozirgi vaqtda elektr energiya asosan gidro elektr stansiyalar, issiqlik va atom elektr stansiyalardan olinadi.
Toshko‘mirda ishlovchi issiqlik elektr stansiya va qozon qurilmalari katta kultepalar hosil qilib, 1 GVt quwatga ega issiqlik elektr stansiya yiliga yuzasi 0,5 km2 va balandligi 2 metr bo‘lgan kultepa hosil qiladi.
Issiqlik elektr stansiyasining atrof-muhitga zararli ta’siri awalo katta miqdordagi kislorodni, yoqilg‘ini yoqish uchun foydalanish va atmosferaga CO2 gazini chiqarib yuborish, shuningdek atmosfera haroratini ko‘tarilishi bilan bog‘liqdir. Bundan tashqari issiqlik elektr stansiyalar kul va zaharli gaz chiqindilar chiqaradi.
Issiqlik elektr stansiyasi chiqindilarida radioaktiv moddalar mavjud, masalan, radiy izotoplari. Shuning uchun Issiqlik elektr stansiyasi atrofidagi radiatsion nurlanish atom elektr stansiyasi atrofidagidan yuqoridir. Issiqlik elektr stansiya va atom elektr stansiya atrof-muhitga zararli ta’sirlardan yana biri, kondensatordan chiqayotgan sovutish suvni suv havzalariga tashlab yuborishda sodir bo‘ladi. Bu esa suv havzasining haroratini oshirishga va o‘z navbatida mikroklimatini o‘zgartirishga olib keladi, suvdagi tirik mavjudodlar hayotiga zararli ta’sir ko‘rsatadi.Ekologiya va atrof-muhitni ifloslanish darajasini kamaytirish maqsadida noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish va innovatsion loyihalami amalda tadbiq etish, bu dolzarb muammoni qisman hal etadi. Bu muammolarga ahamiyat bennaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, G‘arbiy Yevropa mamlakatlardan oqib o‘tuvchi Dunay va Reyn daryolari suvlarining ifloslanganlik darajasi juda yuqori va bu yerda yashaydigan aholi salomatligiga salbiy ta’sir etmoqda.Issiqlik elektr stansiyalarda hosil bo‘lgan kultepalami kulini qurilish materiallariga qo‘shimcha sifatida foydalanish hozirgi davrda eng muhim masalalaridan biridir.Issiqlik elektr stansiyadan chiqayotgan oqova suvlami tozalash ham muhim muammolardan biri hisoblanadi. Buning uchun oqova suvlami suv havzalariga tashlashdan oldin maxsus tozalash qurilmalarda yaxshilab tozalash zarur. Quyosh mirining energiyasi, insoniyat foydalanishi mumkin bo‘lgan eng katta manbadir. Quyosh .energiyasining yer yuziga yo‘naltirilgan oqimi 1,2-1014 tonna shartli yoqilg‘iga teng. Quyosh energiyasidan foydalanishning eng katta muammolaridan biri shundan iboratki, energiyaning eng ko‘p qismi yozda tushadi, energiyaga eng katta talab esa qish faslida to‘g‘ri keladi.Yerning 1 km2 yuzasiga o‘rtacha quvvati 17 -104 kVt teng bo‘lgan quyosh energiyasi tushadi va birlamchi energiya manbalarining bu energiyadan foydalanish quvvati taxminan 19 kVt teng. Bu quwatlar o‘zaro 104 marotaba farq qiladi. Quyosh yeming issiqlik muvozanatida katta o‘rin tutadi. Uning yerga to‘g‘ri keladigan nurlanish quvvati, insoniyat oladigan va tabiatda sodir bo‘ladigan jarayonlar quwatidan ko‘p marotaba ortiqdir.Hozirgi sharoitida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan keng fbydalanishga majbur etadigan uchta asosiy sabablar mavjud.
1.Milliy energetika xavfsizligi hisoblanib, neft, gaz, ko‘mir kabi foydali qazilmalaming kamayib borishi tufayli qayta tiklanadigan energiya manbalari mamlakat ichida energiya manbai bo‘lib, yuqoridagi tur yoqilg‘ilaming iste’molini kamaytiradi.
2.Iqlim o‘zgarishi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavf. Qayta tiklanadigan energiya manbasi energetika ehtiyojmi qondirishga yordam berishi bilan bir vaqtda, atmosferag’a issixana gazlerin shig’ariwdi qisqartadi.
3. Iqtisodiyot sharoitida, ayrim muqobil energiya manbalarining tannarxi oxirgi o‘n yil mobaynida pasayib bormoqda. Muqobil energiya manbalari xarajatlarining kamayib borishini'. uning ishlab chiqarish texnologiyasining mukammallashib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Bu soha rivojlanishi bilan xarajatlar yanada kamayib borishi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |