Issiklik elektr stansiyalari ies



Download 59,96 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.07.2022
Hajmi59,96 Kb.
#758169
Bog'liq
Issiqlik elektr stansiyalari - Vikipediya



Issiqlik elektr
stansiyalari
Issiklik elektr stansiyalari
(
IES
) — 
qattiq

suyuq
va 
gaz
holatdagi organik yoqilgʻilarning issiqlik
energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar
qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ
dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga
aylap girilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator
tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan
generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IESda ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik energiyasining
faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning 
foydali ish koeffitsiyenti
30% ga tengdir. Foydali ish koeffitsiyenti qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi
iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi
sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga
yuboriladi. Bunday IESni kondensatsiyey elektr stansiyalari (KES) deyiladi va ularda foydali ish
koeffitsiyenti qiymati h=30—35% gacha koʻtariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli
kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi. IESlar, odatda, qattiq,
suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. Stansiya generatorlaridan olingan
elektr energiyasining asosiy qismi bir necha 100 km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi
transformator va yuqori voltli elektr uzatish liniyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa
stansiyaning oʻz generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali beriladi (yana
qarang: 
Issshushk elektr markazi
).


Elektr energiyasi bilan taʼminlash koʻlamiga qarab, issiqlik elektr stansiyasi tuman, sanoat
korxonalari, qishloq, shahar miqyosida, kommunal xoʻjalikda, t.-yil transportida foydalaniladigan
xillarga boʻlinadi. Issiqlik elektr stansiyasi yaxlit elektr tizilmalarga birlashtirilib yoki alohida
ishlatilishi mumkin.
Issiqlik elektr stansiyasi 19-asr 80-yillarida kurila boshlagan. Ilk issiqlik elektr stansiyasi 
New
Yorkda
 qurilgan (1882). Rossiyada dastlabki issiqlik elektr stansiyasini muhandis M. K.
Polivanov Moskvada qurgan (1906). 
Oʻzbekistonda
dastlabki issiqlik stansiyasi 20-asr
boshlarida qurilgan (qarang 
Issiqlik energetikasi
). Oʻzbekistonda 10 ta issiqlik elektr stansiyasi
ishlab turibdi (2002). Respublikadagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi — Sirdaryo GRES (3000
MVt), Yangi Angren GRES (1800 MVt), Toshkent GRES (1860 MVt), Navoiy GRES (1250 MVt),
Angren GRES (484 MVt), Taxiatosh GRES (430 MVt), Talimarjon GRES (loyiha quvvati 3200 MVt)
(Nuristan). Issiqlik elektr stansiyasi avtomatlashtirilgan korxona. Qozon agregatlarida yoqilgʻi
yonish jarayonlari, qozonni suv bilan taʼminlash, tok kuchlanishi va chastotasini rostlash toʻla
avtomatlashtirilgan. Issiqlik elektr stansiyasi agregatlari markaziy boshqarish pultidan
boshqariladi. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr stansiyalar, gelioenergetika elektr
stansiyalari ham issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Issiqlik_ele
ktr_stansiyalari&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
 almashtirish kerak.
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 6 oy avval
 
213.230.72.95
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?
title=Issiqlik_elektr_stansiyalari
&oldid=2374142
" dan olindi 

Download 59,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish