1.Bozor iqtisodiyotining afzalliklaridan uchtasi ayniqsa e’tiborga loyiq.
1) Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali
taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi
resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga
yo’naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg’unlashtirishning ancha
samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani
qo’llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda
boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab
darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
2) Erkinlik – bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u
shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ko’’lab ayrim shaxslar va korxonalar
iqtisodiy faoliyatini uyg’unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan
biridir. Bunday uyg’unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri —
markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo’llash; ikkinchisi – bozor
tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni
majbur qilmasdan uyg’unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va
tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.
3) Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona,
firma va kor’orastiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki
xo’jasizlik, susqashlik, beg’amlik har qanday xo’jalik tizimini xonavayron qilishga
olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda
foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-
million kishilarni xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko’rib chiqilgan aosiy afzalliklari bilan bir qatorda
boshqa ko’’lab ijobiy jihatlarini ham sanab o’tish mumkin. Jumladan:
- uning ishlab chiqarishning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va
ko’nikishining yuqori darajasi;
-fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning
jadal sur’ati;
-turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
-buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
-cheklangan axborot – turli resusrlarning narx darajasi va ularning sarflanish
darajasiga yo’nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish
imkoniyati.
2. Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga
ega bo‘lish, yuqori foyda olish uchun bir tar- moq korxonalari o‘rtasida boradi. Har
bir tarmoqdagi mavjud kor- xonalarda ishlayotgan ishchilaming malakasi, ulaming
texnika bilan ta’minlanish va mehnat unumdorligi darajalari turlicha bo‘lganligi
sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlaming individu- al (alohida)
qiymati bir xil bo‘lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlaming ijtimoiy qiymatini,
boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda,
o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining ahamiyatli
qismini tashkil etadigan tovarlaming qiymatiga mos keladi. Tarmoq ichidagi
raqobat natijasida texnika darajasi va mehnat unum-dorligi yuqori boTgan
korxonalar qo'shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor
korxonalar esa ishlab chiqaril- gan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va
zarar ko‘radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda
normasi olish uchun olib boriladigan kurash- dan iborat. Bunday raqobat
kapitallaming foyda normasi kam boTgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori
tarmoqlarga oqib o‘tishiga sabab boTadi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltimv-
chi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib
keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham
pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari
natijaga olib kela- di: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga boTgan
talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu
bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoq- lararo raqobat obyektiv
ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital
qayerga sarflanganligi- dan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga
intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa
kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga
«baravarlashtiradi».
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida
ajratib ko‘rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik raqobat va
oligopoliyadir.
3.Agar renta miqdori o‘sib, ssuda foizi me’yori pasayib borgan taqdirda, yerning
narxi ham o‘sib boradi. Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy va amaliy
ahamiyatga ega. Amalda yer narxi, yer uchastkasiga talab va taklifga ta’sir
ko‘rsatuvchi ko‘plab omillarga bog‘liq. Jumladan, yerga narxning o‘sishini, unga
noqishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun foydalanishga talabning o‘sishi bilan
tushuntirilishi mumkin. Inflatsiya va asosan giperinflatsiya sharoitida yerga talab
keskin o‘sadi, bu tegishli ravishda yer narxining o‘sishiga olib keladi. Bozor
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda so‘nggi 50 yil davomida yer narxi barqaror
o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib bormoqda. Bunga sabab yerga bo‘lgan talab
oshsa, uning taklifi o‘zgarmaydi, chunki yerning miqdori ko‘paymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |