Ishlab chiqarish xarajatlari deb mahsulotni tayyorlash uchun jonli va
moddiylashtirilgan mehnat sarflarining pul shaklidagi ifodasiga aytiladi.
Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayoni insonning unumli faoliyati yaoni jonli
mehnat, mehnat buyumlari va mehnat vositalarining birikishidan iborat.
SHuning uchun ishlab chiqarish xarajatlariga ishlab chiqarishdagi
xodimlarining ish haqi , mahsulot qiymatiga kiritilgan xom-ashyo sarflari,
amartizatsiya ajratmalari sarflari, ishlab chiqarishni tashkil qilish va
boshqarish bilan bog’liq bo’lgan va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini to’g’ri rejalashtirish va hisobga olish
maqsadida ular ma’lum tartibda turkumlarga ajratiladi.
Asosiy xarajatlar - deb mahsulot ishlab chiqarishning
texnologik jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlarga aytiladi.
Bularga xom ashyo, asosiy materiallar, texnologik maqsadlarda
sarflanadigan yoqilgi , elektr energiyasi, suv va ishlab chiqarishda
ishlaydigan ishchilarning asosiy va qo’shimcha ish haqi, yangi mahsulot
ishlab chiqarishni joriy qilish xarajatlari va mahsulotning yangi turlarini
o’zlashtirish bilan bog’liq xarajatlar kiradi. Ustama xarajatlar -
deb ishlab chiqarishni tashkil qilish, unga xizmat qilish va boshqarish
bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarga aytiladi. TSex yoki uchastka doirasida
kerakli mehnat sharoitini yaratish uchun qilingan boshqarish va xizmat
ko’rsatish xarajatlariga- umumtsex, umumuchastka, ya’ni umumishlab
chiqarish xarajatlari deyiladi .
Bevosita (to’g’ri) xarajatlar - deb tegishli kalpqo’latsiya
obe’ktining tannarxiga to’g’ridan - to’g’ri, ya’ni bevosita yoziladigan
xarajatlarga aytiladi. Bunday xarajatlar mahsulotning ma’lum turini
ishlab chiqarishga tegishli bo’lib ular ko’pincha shu mahsulotning
miqdoriga bog’liq bo’ladi, ya’ni mahsulot miqdori oshgan sari bu
xarajatlar ham oshib boradi.
Bilvosita (egri) xarajatlar - bir vaqtning o’zida bir necha mahsulotni
ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan va aniq mahsulotning tannarxiga
bevosita yozib bo’lmaydigan xarajatlarga aytiladi.
Bu xarajatlar hisobot davri (oy) mobaynida yig’ib taqsimlovchi
schyotlarda hisobga olib boriladi., so’ngra oyning oxirida ayrim mahsulot
yoki ob’ektning tannarxiga dastlab qabul qilingan shartli belgiga mutanosib
ravishda taqsimlanadi.
Lekin bilvosita (egri) xarajatlarni mahsulotlar o’rtasida taqsimlash
ko’pincha mahsulot tannarxini aniq va to’g’ri hisoblab topishniqiyinlashtiradi. SHuning uchun ishlab chiqarish xarajatlari hisobini va
tannarxini kalqo’lyatsiyalashni tashkil etishda iloji boricha bevosita (to’g’ri)
xarajatlarning salmog’ini oshirib, bilvosita (egri) xarajatlar hissasini
qisqartirish choralarini ko’rish lozim. Baozi bir xarajatlar ishlab
chiqarilaetgan mahsulot miqdorining ko’payishi yoki kamayishiga qarab
ko’payishi yoki kamayishi mumkin. Bunday xarajatlar o’zgaruvchan
xarajatlar deb aytiladi. Ularga xom ashyo, materiallar, texnologik
maqsadlarga sarflanadigan yoqilg’i va elektr energiyasi, ishchilarning ish
haqi, asbob uskunalarni saqlash va ularni ishlatish xarajatlari kiradi. Ba’zi
bir xarajatlarning summasiga mahsulot miqdorining o’zgarishi deyarli taosir
qilmaydi. Bunday xarajatlar shartli o’zgarmaydigan xarajatlar deb ataladi.
Bularga umumishlab chiqarish xarajatlari kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlari barcha xo’jalik sub’ektlari uchun
qo’llanilishi majburiy bo’lgan quyidagi elementlar bo’yicha guruhlanadi. Bu
elementlar Vazirlar mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan va amalga
kiritlgan “Mahsulot (ish va xizmatlar) ni ishlab chiqarish, mahsulot (ish va
xizmatlar) tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to’g’risida” gi Nizomga muvofiq quyidagicha
keltirilgan:
1. Moddiy xarajatlar.
2. Mehnatga xarajatlari.
3. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari.
4. Asosiy fondlar eskirishi.
5. Boshqa xarajatlar.
Elementli xarajatlar bir turdagi xarajatlardan iborat bo’ladi. Masalan:
xom -ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, ish haqi, amartizatsiya, ijtimoiy
sugurtaga ajratmalar va shu kabilar.
Kompleks xarajatlar bir nechta turdan iborat bo’lib, ularga
umumishlab chiqarish xarajatlari va shu kabilar kiradi.
Ishlab chiqarishdagi xarajatlarga korxonaning tovar mahsulotini ishlab
chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlari kirib, ular tayyorlangan
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiladi.
Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga mahsulotni xaridorga sotish
bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ya’ni mahsulotni ortish, jo’natish va boshqa
sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar xamda transport xarajatlari ( agar u
xaridor hisobiga qoplanmasa) kiradi.
Mahsulot tannarxini kalpqo’lyatsiya qilish maqsadida korxona
xarajatlari mahsulot turlari, buyurtmalar, tsexlar va ishlab chiqarish
bo’limlari xamda kalqo’lyatsiya moddalari bo’yicha guruxlanadi.
Xarajatlarni bunday umumlashtirish ishlab chiqarish xarajatlarining yig’ma
hisobi deb ataladi. Mahsulotning haqiqiy tannarxini to’g’ri aniqlashda bu
yig’ma hisobni korxonadagi ishlab chiqarishning xususiyatlarini hisobga
olgan holda tashkil qilish muhim axamiyatga egaXarajatlar to’g’risidagi Nizomga muvofiq xo’jalik sub’ektlarini
boshqarish va xizmat ko’rsatish xarajatlari “Davr xarajatlari” schyotidagi
to’rtta schyotlar asosida yuritiladi. Nizomga muvofiq bu xarajatlar oy
davomida yig’ib boriladi va davr oxirida molyaviy natijalar hisobidan
qoplanadi.
Xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish
haqi va shu kabi to’g’ri xarajatlar bevosita “ Asosiy ishlab chiqarish “
schyotining debetiga yoziladi, qolgan bilvosita xarajatlar avval yig’ib
taqsimlovchi schyotlarda oy mobaynida yig’ilib, oyning oxirida
kalpqo’lyatsiya schyotlariga, ya’ni “Asosiy ishlab chiqarish” va
“YOrdamchi ishlab chiqarish” schyotlariga kompleks summalarida
o’tkaziladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida ishlab chiqarish
xarajatlarining sintetik hisobi 10-jurnal orderda yuritiladi.
Bu jurnal orderining yuqori tomonidan gorizontaliga kreditlanuvchi
schyotlar, chap tomonga esa vertikaliga debetlanuvchi schyotlar yoziladi.
Masalan, kreditlanuvchi schyotlar “Materiallar “, “ Kambaxoli va tez
eskiruvchi buyumlarning eskirishi”, “Xizmat qiluvchi ishlab chiqarish va
xo’jaliklar“, “ Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitolar“,
“ Ijtimoiy sug’urta va ta’minototga doir hisob
kitoblar “ va boshqa schyotlardan iborat. Bu
schyotlarning krediti asosan 10-jurnal
orderidan debetlanuvchi schyotlar qatorida
keltiriladigan “Asosiy ishlab chiqarish “,
“Korxonaning o’zida ishlab chiqarilgan yarim fabrikatlar “, “Yordamchi
ishlab chiqarishlar“ , “Umumishlab chiqarish xarajatlari“, “Ishlab
chiqarishdagi yaroksiz mahsulotlar”, “Kelgusi davr xarajatlari” schyotlari
bilan korrespondentsiyada bo’ladi. Yuqorida keltirilgan kreditlanuvchi
schyotlarning ishlab chiqarish xarajatlari bilan aloqador bo’lmagan kreditli
operatsiyalar 10.1 - jurnal orderida yozib boriladi. Oy tomom bo’lgandan
sung 10-jurnal orderining yakuniy summalari 10.1-jurnal- orderiga
ko’chiriladi, so’ngra undan hisoblab chiqilgan umumiy summalar bosh
daftardagi schyotlarga o’tkaziladi. Lekin ishlab chiqarishga sarflangan barcha
xarajatlarni topish uchun bu ikki jurnal-orderdan tashqari ishlab chiqarish
xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan “Kassa”, “Hisob- kitob schyoti “, “Mol
etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” va shu kabi
schyotlarning kreditlari bo’yicha yuritiladigan jurnal- orderlariga xam
murojaat qilinadi. 10-junal- orderni to’ldirish uchun asosan ayrim tsexlardagi
xarajatlarning analitik hisobi uchun yurtiladigan 12-yordamchi vedomostdan,
kelgusi davr xarajatlari xamda kelajakdagi xarajatlar va tulovlar rezervi
hisobidan qilinadigan xarajatlarning hisobini yuritish uchun xizmat qiladigan
15-yordamchi vedomostdan foydalanilad
Do'stlaringiz bilan baham: |