2
–
LABORATORIYA ISHI. Dispetcherlik markazlashtiruv
tizimidagi uchastkalarda poyezd dispetcherining grafikdan
tashqari qo‘yiladigan poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish
bo‘yicha harakatlarini o‘rganish
.
Ish maqsadi:
Amaldagi me’yoriy poyezdlar xarakat gra
figiga maksimal ravishda rioya qilgan xolda
grafikdan tashqari qo‘yiladigan poyezdlar xavfsiz o‘tkazib yuborishni tashkil etish.
Umumiy tushunchalar
Og‘ir vaznli yuk poyezdi –
belgilangan lokomotiv seriyasi uchun poyezdlar xarakat grafigi
tomonidan mazkur
uchastkada xarakatlanishi uchun belgilangan og‘irlik me’yoridan 100 va
undan ortiq tonnaga ko‘p bo‘lganyuk poyezdidir.
Xisobiy poyezdlar xarakat grafigining o‘tkazuvchanlik qobiliyati zaxirasini o‘rganib chiqib,
poyezd dispetcheri og‘ir vaznli yuk poyezdi chizig‘ini tanlab oladi. Peregonda yurish vaqtlari
jadvalidan foydalangan xolda xamda bir daqiqalik to‘xtalishlar uchun sarflanadigan
qo‘zg‘alish va sekinlashishga ketadigan vaqtlarni xisobga olgan xolda poyezd dispetcheri
kerakli xisoblarni amalga oshiradi va poyezdlar xarakatining bajarilgan grafigida uzuq
chiziqlar bilan poyezdning yurish chizig‘ini belgilab oladi.Og‘ir vaznli poyezdlarni jo‘natishda
ularning raqamlari oldiga “T” xarfi qo‘shib yoziladi.
Og‘ir vaznli poyezdlar tuzishda bo‘sh vagonlar poye
zdning oxirgi uchdan bir qismiga
qo‘yilishi talab etiladi.
Uslubiy ko‘rsatmalar
Poyezdning raqamini kiritish uchun va uning og‘ir vaznliligini belgilash uchun sichqoncha
kursorini poyezd band etib turgan ob’ektga to‘g‘irlash lozim va shng tugmani bosish
lozim.
Shundan so‘ng yordamchi menyudan “Raqam va indeks” komandasini tanlash lozim (3.1
-
rasm).
Paydo bo‘lgan oynada poyezdning raqamini, indeksini agar lozim bo‘lsa, uzun tarkibliligi,
og‘ir vaznliligi yoki nogabaritliligi belgilanib kiritiladi (3.2
-rasm).
Xar bir poyezdning amaldagi jo‘nab ketish, to‘xtamay o‘tib ketish xamda qabul qilinish
vaqtlarini stansiya navbatchisi poyezdlar xarakat jurnalida belgilab borishi lozim (bajarilgan
xarakat grafigida).Mos ravishdagi xarflar bilan to‘ldirilgan poyezd raqa
mlari shu xarflari bilan
kiritilishi lozim.
Mazkur laboratoriya ishini bajarishda uchastkalar bo‘yicha og‘ir vaznli poyezdni o‘tkazish
amali grafikdan tas
hqari o‘tuvchi poyezdlarni o‘tkazish amali kabi bajailadi. Dispetcherlik
uchastkasida og‘ir vaznli poyezdlar paydo bo‘lgan xolatda ushbu poyezdlarni uchastkadan
to‘xtatmasdan o‘tkazishga erishilsin
va shu bilan birga uchastkadagi boshqa poyezdlar
xarakati
ni xam shunday tashkil etish lozimki unda og‘ir vaznli poyezdlar kirish signallarida
turib qolmasdan va oraliq stansiyalarida to‘xtamasdan o‘tib ketishlari ta’minlansin.
Aloxida o‘tkazib yuborish shartlarimavjud bo‘lgan yuk poyezdlari vedomosti 3.1. jad
val
ko‘rinishida berilgan.
3.1. jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |