Mavzu: Irodani buzilishi. Irodasizlik xulk-atvori Reja: - Ixtiyoriy diqqatning buzilishi.
- Ixtiyoriy xotiraning buzilishi.
- Maksadli faoliyatni yo’nalganligini buzilishi (Luriya A.R.).
- Ixtiyoriy xatti-xarakatlarning buzilishi.
Tayanch tushunchalar: Irodaviy xarakatlar, Ichki to`siqlar, Tashqi to`siqlar, Iroda o`zaro bog`liq ikkita vazifaning, Irodaning asosiy xususiyatlari,Irodaviy akt Tayanch tushunchalar: Irodaviy xarakatlar, Ichki to`siqlar, Tashqi to`siqlar, Iroda o`zaro bog`liq ikkita vazifaning, Irodaning asosiy xususiyatlari,Irodaviy akt Ixtiyoriy diqqat – bu ob’ektda faoliyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilgan, ongli boshqariladigan jamlanganlik. Ixtiyorsiz diqqat maqsad qo‘yish va iroda qatnashuvi bilan bog‘liq emas, ixtiyoriy diqqat uchun esa iroda boshqaruvi va maqsadning mavjud bo‘lishi shart. Odatda, ixtiyorsiz diqqatning Yuzaga kelishida jismoniy, psixofizik va ruhiy sabablarning yaxlit to‘plami bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lsada, shartli ravishda quyidagi to‘rt darajaga bo‘lish mumkin. Sabablarning birinchi guruhi tashqi qo‘zg‘atuvchi xususiyati bilan, avvalambor, seskantiruvchining kuchi yoki jadalligi bilan bog‘liq. Masalan, siz biror ishni ishtiyoq bilan bajarayotganingizdan, qo‘shni xonadagi yoki ko‘chadagi engil shovqinni eshitmaysiz. Lekin to‘satdan oldingizda polga tushgan og‘ir jismning baland tovushi eshitiladi, bu beixtiyor diqqatingizni jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqat uchun seskantiruvchilar o‘rtasidagi keskin farq, shuningdek, seskantiruvchi ta’sirining davomiyligi, uning o‘lchamlari va shakli, yangiligi, noodatiyligi kabi sifatlari ham muhim ahamiyatga ega. Ixtiyorsiz diqqatni Yuzaga keltiruvchi sabablarning ikkinchi guruhi tashqi seskantiruvchilarning odamning ichki holatiga muvofiqligi, va birinchi navbatda, uning ehtiyojlariga mos kelishi bilan bog‘liq. Masalan, qorni to‘q va qorni ochiqqan odamlar ovqat to‘g‘risidagi suhbatga turlicha munosabat bildiradilar. Sabablarning uchinchi guruhi shaxsning umumiy yo‘nalganligi bilan bog‘liq. Bizni ko‘proq qiziqtiradigan va qiziqishlar sohamizni, shuningdek, kasbiy qiziqishlarimizni tashkil etuvchilar, qoidaga ko‘ra, tasodifan duch kelib qolgan bo‘lsak ham, e’tiborimizni o‘ziga tortadi. Va, nihoyat, ixtiyorsiz diqqatni Yuzaga keltiradigan sabablarning to‘rtinchi guruhini ta’sir etuvchi seskantiruvchi hosil qiladigan his-tuyg‘ular tashkil etadi. Biz uchun qiziqarli bo‘lgan, ma’lum emotsional reaksiyani hosil qiladiganlar ixtiyorsiz diqqatning muhim sababi bo‘lib hisoblanadi. Ixtiyorsiz diqqatdan farqli ravishda ixtiyoriy diqqatning asosiy xususiyati, uning ongli maqsad tomonidan boshqarilishi va iroda kuchi bilan bog‘liqligidir. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi psixik jarayonlar kechishini faol boshqarish hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qilishiga qaramay, ixtiyoriy diqqat, shuningdek, his-tuyg‘ular, qiziqishlar, odamning avval orttirilgan tajribasi bilan bog‘liq. Lekin ixtiyoriy diqqatda bularning ko‘rsatadigan ta’siri bevosita emas, aksincha, bilvositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |