Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani modernizatsiyalash, hududlarni



Download 19,64 Kb.
Sana21.03.2022
Hajmi19,64 Kb.
#504643
Bog'liq
New Документ Microsoft Word


Kirish
Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida keng ko‘lamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining maqsadlariga erishish davlat boshqaruvining mutlaqo yangi, samarali va sifatli faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi o‘rinlarda ijro etuvchi hokimiyat organlari deb yuritiladi) uyg‘un faoliyatini tashkil etishni talab qiladi.
Shu bilan birga, ayrim ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining zamonaviy talablarga javob bermaydigan institutsional asoslari va ular faoliyatining prinsiplari o‘tkazilayotgan islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga hamda qo‘yilgan maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda.
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani modernizatsiyalash, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholining hayot darajasi va farovonligini yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi qator tizimli muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, xususan:
birinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish asoslari hududlarni rivojlantirish sur’atlarini pasaytiruvchi, joylarda to‘planib qolgan muammolarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlamayapti;
ikkinchidan, ayrim ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalarning deklarativ xususiyatga egaligi, ularni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari yetarli emasligi, vazifalarning takrorlanishi va davlat tomonidan ortiqcha tartibga solish holatlarining mavjudligi amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
uchinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning amaldagi tizimi qabul qilinayotgan qarorlarning ijrosiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishni ta’minlamayapti;
to‘rtinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini baholash mexanizmlari faqat holatlarni qayd etish va statistik ma’lumotlarni joriy to‘plashdan iborat bo‘lib, bu ko‘pchilik hollarda joylardagi ishlarning haqqoniy holatini aks ettirmaydi;
beshinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari javobgarlik sohasining aniq chegarasi, ayniqsa, joylarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki idoraviy va idoralararo o‘zaro hamkorligining ta’sirchan mexanizmlari mavjud emas;
oltinchidan, davlat funksiyalari va vakolatlarining haddan tashqari markazlashganligi hududlarni rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va aholining eng muhim muammolarini hal qilishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rolining pasayishiga olib kelmoqda;
yettinchidan, boshqaruv jarayoniga ishlarni rejalashtirish va tashkil etishning zamonaviy innovatsion uslublarini, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash va uning jarayonini tezkor kuzatib borish imkonini bermaydi, shuningdek, davlat boshqaruvida ortiqcha byurokratlashtirish va yuqori sarf-xarajatlarga sabab bo‘lmoqda;
sakkizinchidan, xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlatning tartibga solish va xo‘jalik funksiyalari qo‘shib olib borilishi, yetarli darajada moslashuvchanlikka va bozorga yo‘naltirilganlikka ega bo‘lmagan eskirgan tarmoq boshqaruv tizimi, individual imtiyoz, preferensiya va afzalliklarning asossiz taqdim etilishi sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda;
to‘qqizinchidan, ijtimoiy va davlat-xususiy sheriklikning rivojlanmaganligi nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi ishtirokini cheklamoqda va oqibatda budjet xarajatlarining kamayishini ta’minlamayapti;
o‘ninchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining yetarli darajada ochiq va shaffof emasligi, jamoatchilik nazoratining kuchsiz mexanizmlari haddan tashqari byurokratiya va korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga olib kelmoqda;
o‘n birinchidan, ayrim rahbarlarda lozim darajada mas’uliyat va tashabbuskorlikning mavjud emasligi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni va maqsadli ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida hamda sifatli hal etishga salbiy ta’sir qilmoqda.
Ko‘rsatib o‘tilgan tizimli muammolarni bartaraf etish, innovatsion rivojlanishning zamonaviy umumjahon tendensiyalarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil ro‘yobga chiqarish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “Yo‘l xaritasi” deb yuritiladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha ma’muriy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari etib belgilansin:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish:
ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarini tashkil etish va tugatishning aniq mezonlari hamda tartib-taomillarini joriy qilish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari, ularning tuzilmalari va bo‘linmalarini optimallashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlarining biriktirilgan sohada davlat siyosati amalga oshirilishida mustaqilligini oshirish;
“Elektron hukumat” tizimini yanada keng joriy etish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish;
ma’muriy adliya tizimini rivojlantirish;
b) quyidagilarni nazarda tutgan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari (funksiyalari, vakolatlari)ni, ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohalarini aniqlashtirish, muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik jarayonlarini takomillashtirish:
ijro etuvchi hokimiyat organlarining aniq vazifalari (funksiyalari, vakolatlari)ni va javobgarlik sohalarini belgilash, ishonib topshirilgan tuzilma faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish;
davlat va hududiy rivojlanish dasturlarini shakllantirishda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashabbuskorligini oshirish hamda rolini kuchaytirish;
maqsadli indikatorlarga erishishga va strategik rivojlanish dasturlarini amalga oshirish samaradorligiga asoslangan barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini, shu jumladan, vakillik hokimiyati organlari tomonidan ular hisobotlarini eshitish yo‘li bilan baholashning prinsipial yangi tizimini joriy etish;
“aqlli tartibga solish” modellarini va qabul qilinayotgan qarorlarning tartibga solish ta’sirini tahlil qilishning standartlashtirilgan uslubiyotini joriy etish;
ayrim davlat funksiyalarini jamoatchilik nazorati subyektlariga o‘tkazish yo‘li bilan tartibga solish vositalarini takomillashtirish;
ishni tashkil etishning aniq natijalarga erishishga qaratilgan zamonaviy uslublarini (sifat menejmenti, indikativ rejalashtirish, autsorsing, kraudsorsing) joriy etish;
rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish jarayonida jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning zamonaviy shakl va mexanizmlaridan keng foydalanish;
v) quyidagilarni nazarda tutgan holda, iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish:
eng zarur iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda (sanoat, transport, energetika va boshqalar) sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, davlat va tijorat manfaatlari to‘qnashuvini bartaraf etishga qaratgan holda boshqaruv tizimini takomillashtirish;
iqtisodiy faoliyatda davlat ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini hal etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy hamda davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish;
ayrim davlat funksiyalarining lozim darajada bajarilishi ustidan davlat nazorati mexanizmlarini joriy etgan holda ularni xususiy sektorga o‘tkazish;
g) quyidagilarni nazarda tutgan holda, vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish:
davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish;
mahalliy davlat hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining amaliy ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini va faoliyat samaradorligini oshirish;
d) quyidagilarni nazarda tutgan holda, davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish:
strategik rejalashtirish tizimini tashkil etish hamda davlat boshqaruvining innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan keng foydalanishga asoslangan zamonaviy shakllarini joriy etish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish sohasini, shu jumladan, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda unga investitsiyalarni keng jalb etish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining zamonaviy yutuqlarini joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish;
tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish;
e) quyidagilarni nazarda tutgan holda, professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish:
davlat xizmati, davlat boshqaruvi sohasida mutaxassislar tayyorlashning maxsus ta’lim yo‘nalishlarini tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minotining munosib sharoitlarini yaratish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish


KIRISH

Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqlashga yordam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab, korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Xalq xo‘jalikni bozor munosabatlariga o‘tkazish bilan korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi.

Bozor munosabatlari shakllanishi, rivojlanishi, ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalari foyda va rentabellik korxonalar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlariga aylanishiga olib keladi.

Xalq xo‘jalikni rivojlantirishda haddan tashqari markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik, rasmiyatchilik, rejalashtirish va boshqarishlik tizimidan voz kechish, bozor munosabatlaridan keng foydalanish, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytiradi, ularning moliyaviy holatiga e’tiborni oshiradi hamda korxonalarning moliyaviy holati bilan shug‘ullanuvchi, undan manfaatdor tashkilot va organlarning tarkibini kengaytiradi.

Agar ilgari korxonalarning xo‘jalik faoliyatini, ularning moliyaviy holatini tahlil qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va yuqori tashkilotlar shug‘ullangan bo‘lsalar, endilikda bu ish bilan yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlardan tashqari soliq organlari, auditorlik idoralari, jamoa tashkilotlari, aktsionerlar, ta’minotchilar, iste’molchilar va boshqa organlar hamda tashkilotlar ham shug‘ullanishyapti. Bu holat moliyaviy tahlil, uni bajarish uslubi oldiga yangi talablar qo‘ymoqda.

Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida korxonalar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, jumladan, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishning uslubiy masalalari markazda — butun ittifoq organlari tomonidan ishlab chiqilardi, muammolari yechilardi va ittifoqdosh respublikalarga foydalanish uchun jo‘natilar edi.

Sobiq Ittifoqning tarqatilishi tufayli ittifoqdosh respublikalar mustaqil davlatlarga aylandi, ulardan har bittasi bozor munosabatlariga o‘tish uchun o‘z yo‘lini tanlab, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni davom ettirib, bozor iqtisodiyotini shakllantirmoqda. Ular orasida O‘zbekiston ham o‘zining bozor iqtisodiyotiga o‘tish modelini ishlab chiqib, xalq xo‘jalikni bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirgan holda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib kelayotir.

Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini tashkil qiluvchi Respublika Qonunlari, Prezidentimiz Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining yuzlab qarorlari qabul qilindi va qabul qilinyapti.

Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri — boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo‘jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish katta rol o‘ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi.

Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi, korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy hisobot shakllari qabul qilindi, ularni o‘rganish va ulardan keng foydalanish uslublarini barpo etish katta ahamiyatga ega.

Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin bu borada hali yechilmagan muammolar ham kam emas. Moliyaviy tahlilni o‘tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar, mutaxassislar hali ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlanmaganlar. Bu holat, albatta, bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy rol o‘ynamoqda.

Moliyaviy tahlildan manfaatdor tashkilot va organlar, mutaxassislar, keng kitobxonlar ommasi e’tiboriga havola qilinayotgan kitobimizda bozor munosabatlari shakllanayotgan bugungi kun iqtisodiy nazariyasiga asoslanib, sobiq ittifoq davrida shakllangan moliyaviy tahlil uslubiyatini, bu boradagi xorijiy mamlakatlar tajribasini e’tiborga olib, bozor iqtisodiyoti talablarini ko‘zda tutib, korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishning kompleks uslubiyatini ishlab chiqish maqsadlari, tadbirlari bayon etilgan. O‘ylaymizki, bu qo‘llanma korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishni yaxshilashda, uning samarasini ko‘tarishga yordam berishi shak-shubhasizdir.

O‘quv qo‘llanma muallifi iqtisod fanlari nomzodlari, dotsentlar A.T.Ibrohimov, Sh.Sh.Shoyokubov, F.Sh. Shamsutdinovlarga o‘quv qo‘llanmani tayyorlash davrida uning sifatini, mazmun-mohiyati va saviyasini oshirish niyatida qilgan tavsiya-takliflari uchun chin qalbdan o‘z minnatdorchiligini izhor etadi. Bu tavsiya va mulohazalar muallif tomonidan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha e’tiborga olingan.



O‘quv qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan moliyaviy tahlil uslubiyati, unda tavsiya etilgan, foydalanilgan, tahlil qilingan ko‘rsatkichlar tizimining asoslanganligi, amaliyligi, zamon talablariga javob berishi respublika korxonalari materiallarini muallif tomondan tahlil etish yo‘li bilan sinovdan o‘tkazilgan.
Download 19,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish