Iqtisodiyot fakulteti Kadrlar manedjmenti yo`nalishi talabasi Bo`riboyev Sherali Mavzu



Download 20.01 Kb.
Sana22.05.2021
Hajmi20.01 Kb.

Iqtisodiyot fakulteti Kadrlar manedjmenti yo`nalishi talabasi Bo`riboyev Sherali

Mavzu: Diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi kurash: O`zbekiston tajribasi
Islom faqat diniy ahkomlardan iborat bo‘lgan din emas, balki u jamiyat ma'naviyati va ma'rifatini shakllantiruvchi hamda kamolga yetkazuvchi hamda uning ijtimoiy-siyosiy, ruhiy-ma'naviy talablarini qondiruvchi dindir. Ammo, islomiy arkonlarning ijrosi barobarida inson diniy ilmsizlik sababli ko‘plab muammolarga duch bo‘lishi tabiy holdir. Mana shu muammolardan biri mutaassiblik va dinda chuqur ketishdir. Shariatimiz diniy mutaassiblikka va dinga chuqur berilishga doimo qarshi bo‘lgan. Muqaddas dinimizning asl manbalari bo‘lgan Qur'oni karim oyatlari va hadisi sharifda dindagi bu bid'atlar qattiq qoralangan. Chunki, bu ikki illat turli zamonlarda turli nomlar ostida dinimizga tasvirlab berib bo‘lmas darajada zarar yetkazib, bu hol hozirda ham har xil jarangdor nomlar va shiorlar ostida davom etmoqda. Xo‘sh, diniy mutaassiblik, dinda chuqur ketish nima? Mutaassiblik – biron e'tiqodga yoki dunyoqarashga o‘ta berilganlik, o‘z fikrida qat'iy turib olib, boshqalarning fikrini inobatga olmaslik hamda inkor qilish va hamisha o‘zini haq deb bilishlikdir. Hozirgi vaqtda bu “fanatizm” ham deyiladi. Mutassib (fanat) kishi ko‘r-ko‘rona hox to‘g‘ri, hox noto‘g‘ri bo‘lsin o‘ziga ma'qul bo‘lgan bir fikrda mahkam turib, o‘zini fikrini haq, boshqalarning fikrini nohaq deb e'tiqod qilgan holda o‘z fikrini amalda ko‘rsatishga harakat qiladi. Dinda g‘ulu ketish – “dinda chuqur ketish, diniy arkonlar va ibodatlarni bajarishda haddidan oshish, to‘g‘ri yo‘l deb noto‘g‘ri yo‘lga burilish” ma'nolarini anglatadi. Oisha onamiz (r.a.)dan rivoyat qilingan quyidagi hadis buning dalilidir: “Bani Asad qabilasiga mansub bir ayol huzurimda o‘tirgan edi. Shu payt Rasululloh (s.a.v.) uyga kirib kelib: “Bu ayol kim”,-deb so‘radilar. “Bu – o‘sha, kechasi uxlamay namoz o‘qib chiqadigan ayol”,-dedim. So‘ng, mazkur ayolning qanaqa namoz o‘qishi haqida so‘zlashdik. Shunda Rasululloh (s.a.v.): “Bunday qilmanglar, solih amallarni qurbingiz yetganicha ado etinglar, qancha ibodat qilsangiz ham Alloh taologa maol kelmaydi-yu, biroq o‘zingizga malol kelib qolmasin!”” –dedilar . Hadisdan ma'lum bo‘ladiki, har bir insonga dinda chuqur ketib, yoxud mutassibona birorta farz qilinmagan amalni o‘ziga vojib qilib olib, so‘ng bajarolmaydigan holatga tushib qolgandan ko‘ra dinda o‘rtachalik, ya'ni vasatiylik yo‘lini tanlab solih amallarda mudom bo‘lishi avloroq va yaxshiroq ekan. Payg‘ambarimiz s.a.v. mazkur hadislarida dinda chuqur ketishning oqibati yaxshi bo‘lmasligini ma'lum qilib, ibodatga oid amallardan toqat yetadiganini olishga buyurdilar. Islomning asosini tashkil qilgan amallar bandalarning toqatidan kelib chiqqan holda farz qilingan, ya'ni mo‘tadillik va bag‘rikenglikka asoslangan dindir. “Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining buynigadir. ....” Mazkur oyatda Alloh taolo insonlarni ibodatdan qurbi yetmaydigan narsaga buyurmaganligini xabar qilmoqda. Hatto shariat hukmlarining umumiy qoidalarini bajarishga toqati – qurbi yetmaydigan kishilar uchun ba'zi amallarning bajarilishida dinimizda istisnolar ham mavjudki, dinda chuqur ketgan, mutaassib kishilar shariatda berilgan bunday yengilliklarni tan olmaydilar va alaloqibat kechirilmaydigan gunohi kabiralardan biri –kibrga, ya'ni o‘z ibodatlari bilan mag‘rurlanish hissiga mubtalo bo‘ladilar. Islom dinini o‘z qobig‘iga moslashga, yoxud unga “fundamentalizm”, “terrorizm” kabi nojoiz iboralarni yopishtirishga harakat qilayotganlar Islom dining asl mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilayotgan kishilardir. “Kim haq yo‘lni aniq bilganidan keyin payg‘ambarga xilof ish qilsa va mo‘minlarning yo‘llaridan boshqa yo‘lga ergashib ketsa, biz uni ketganicha qo‘yib beramiz. So‘ngra jahannamga dohil qilamiz. Naqadar yomon joydir u!” Har qanday nom ostidagi zulm va zo‘ravonlik, jumladan kishining ibodat sababli o‘z jismiga zulm qilishi ham, e'tiqod va ibodatda mutaassibona yo‘lni tanlab dinda chuqur ketish ham, jinoyatlarning har qanday holati va ko‘rinishlari ham, garchi u Islom dini nomidan sodir bo‘layotgan bo‘lsada Islom aqidasi va ta'limotiga mutlaqo qarama-qarshidir. Musulmon kishi boshqa odamlarni shariatda buyurilmagan ishlarni buyurmaslikka hamda yomon ishlarni qilishdan qaytarishga mas'uldir hamda o‘zi ham jinoyat sanalgan amallarni sodir etishi mumkin emas. Har bir iymon-e'tiqodli insonnning burchi yer yuzida farovonlik va osoyishtalikni qaror toptirib, buzg‘unchilik va fasod ishlarga qarshi kurashmoqdir. Zero, Payg‘ambarimiz s.a.v.: “(Din arkonlarini) yengil qilib ko‘rsatinglar, og‘ir qilib ko‘rsatmanglar. (Dindagi) yaxshi, xushxabar narsalarni aytinglar, dindan nafratlantirib qo‘ymanglar”,- deb marhamat qilganlar. Payg‘ambarimiz s.a.v. dinda, e'tiqodda qay darajada bo‘lish zarurligini ko‘rsatib: “Ishlarning yaxshisi – uning o‘rtachasidir”,-dedilar . Sarvari olam payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. shunday deb turganlarida boshqa yo‘lga ne hojat? Zero Payg‘ambarimiz s.a.v.: “Sizlarning yaxshilaringiz dunyosini deb oxiratini, oxiratini deb dunyosini tark qilmaganlaringiz hamda insonlarga yuk bo‘lmaganlaringizdir”, -degan muborak hadislari bilan musulmon kishini qanday umrguzaronlik qilishini ham belgilab berganlar. Ekstremizm (lot. — oʻta, keskin) — siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish. E.ning siyosiy va diniy koʻrinishlari yaqqol ajralib turadi. Siyosiy E. namoyandalari oʻzlarining gʻarazli maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritishini buzish va yoʻqotishga harakat qiladi. Bu yoʻlda ekstremistlar va ekstremistik tashkilotlar "demokratiya" niqobi ostida balandparvoz shiorlar, chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini qoʻllabquvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar chiqarishga urinadilar, odamlarni gijgijlaydilar, terror qilish usulidan foydalanadilar (qarang Terrorizm). Ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari har qanday murosa va kelishuvni rad etadilar. Oʻziga tobelarni oʻz buyruq va koʻrsatmalarini koʻrkoʻrona bajarishga majbur etadilar. Siyosiy E.ning millatchilik koʻrinishi turli millat va etnik guruhlar huquqini inkor etishda namoyon boʻladi. Millatchi ekstremistlar faoliyati separatizm bilan bogʻliq boʻlib, koʻp millatli davlatlarni yoʻqotish, tub millat hukmronligini oʻrnatishga qaratiladi. Bunday E. millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi va xalqlar oʻrtasida mojarolar chiqishiga olib keladi. Diniy ekstremizm, avvalo, boshqa konfessiyalarga, ularning vakillariga nisbatan toqatsiz boʻladi. Diniy tashkilotlardan dunyoviy davlatga qarshi kurashda foydalanadi. E.ning turli koʻrinishlari soʻnggi vaqtlarda dunyoning koʻp mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham oʻzini namoyon eta boshladi. Turli diniy ekstremistik tashkilotlar ("Hizbut-tahrir", "Tavba") yangidan mustaqillikni qoʻlga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid solmoqda. Ular vaqtinchalik qiyinchiliklarni roʻkach qilib, aholini, ayniqsa, yoshlar ongini aqidaparastlik gʻoyalari bilan zaharlamoqda. Farzandlarni yoʻldan urishga, oʻz ota-onasiga, akaukasiga, oʻzi tugʻilib oʻsgan maskaniga, davlatiga qarshi qoʻyishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda E.ga qarshi kurash oʻta dolzarb vazifa hisoblanadi. Aqidaparast atamasi lug‘aviy jihatdan ikki so‘zdan tashkil topgan. Aqida — inson e'tiqod qiladigan, ishonadigan tushunchalar majmui. Parast — forscha parastan, biron narsaga xizmat qilmoq, uning ta'siriga qat'iy ko‘ngil qo‘ymoq, uni tarannum etmoq, ba'zi o‘rinlarda unga sig‘inmoq ma'nosida. Ta'kid joiz, aqidaparast atamasidagi “aqida” so‘zining ma'nosi borasida ba'zilar turli fikrlarni bildirganlar. “Har bir insonning o‘z e'tiqodi — aqidasi bo‘lsa, shu e'tiqodda mustahkam tursa “aqidaparast” hisoblanadimi?” mazmunidagi savollarga jazm qilganlar ham topiladi. Bunga sabab atama mazmunining kelib chiqish mohiyatini angalamaslikdir. Aqidaparast atamasi ikki qismdan: aqida va parast so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lsa-da, aslida “aqida”parast shaklida yozilishi kerak edi. Bu yerdagi aqida so‘zi o‘zining haqiqiy ma'nosida emas, balki qo‘shtirnoq ichida yoziladigan, soxta va buzuq e'tiqodni ifodalaydigan “aqida” ma'nosida kelgan. Ammo, o‘zbek tilida bir so‘z bo‘laklarini qo‘shtirnoq bilan ajratish mumkin emasligi nuqtai nazaridan, mazkur atama “aqida”parast shaklida emas, aqidaparast shaklida ishlatilib kelinmoqda. Iste'molda sog‘lom e'tiqod, to‘g‘ri dunyoqarash egasiga nisbatan “aqidaparast” iborasi ishlatilmaydi. Aqidaparast — soxta va buzuq g‘oyalarni o‘ziga e'tiqod va shior qilib olgan kimsadir. Aqidaparastlik — sog‘lom e'tiqoddan burilish, voz kechishdir. Binobarin, musaffo islom e'tiqodida aqidaparastlikka o‘rin yo‘q. Kimki, aqidaparastlar buzg‘unchiligini ko‘rib, islom shunday ekan desa keskin adashadi. Sog‘lom e'tiqod aqidaparastlikni qoralaydi. Komil imon egasi bunday nomaqbul yo‘l sari qadam tashlamaydi. Aqidaparast oqimlar – islomning musaffo ta'limotini buzib talqin qiluvchilardir. Masalan, mo‘'tazila oqimi – Yaratganning sifatlarini noto‘g‘ri talqin qilishi oqibatida IX asrda Bag‘dodda inkvizitsiya joriy etildi. Mo‘'tazila g‘oyalariga qo‘shilmagan kishilar qiynoqqa duchor qilindi. Xorijiylar oqimi – gunohkorni imonsizga chiqarishi va rahbarga itoat tamoyilini buzishi natijasida o‘nlab ekstremistik va terrorchi guruhlar yuzaga kelib, asrlar davomida tinchlik va barqarorlikka tahdid soldilar. “Hizbut-tahrir” oqimi – rahbarga itoat tamoyilini qo‘pol buzganlari va “xalifalik” soxta g‘oyasini ilgari surganlari qanchadan-qancha ziddiyat va to‘qnashuvlarga olib kelgani tarixdan ma'lum. Bunday misollar qatorini uzoq davom ettirish mumkin. Har bir ongli inson aqida va aqidaparastlik orasidagi katta farqni yaxshi anglashi darkor. Ayniqsa, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan-da xavfliroq bo‘lgan bugungi tahlikali davrda tashqi ko‘rinishi, libosi zamonaviy va ko‘rkam bo‘lishiga muntazam e'tibor qiladigan inson ichki dunyosi, e'tiqodi va ma'naviyatining go‘zalligi borasida kuniga loaqal bir marotaba bo‘lsa ham o‘ylab ko‘rishi zarurligini dunyoda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar ko‘rsatib turibdi. Aslida, tashqi kiyofadan ko‘ra inson qalbi, ichki dunyosining jamoli muhimroqdir. Husn to‘yda kerak, aql kunda kerak, ma'naviyat va musaffo e'tiqod har daqiqa, kerak bo‘lsa, har soniyada kerak. Posbon o‘z xizmat vazifasida bir lahza uyquga ketsa, bir soniya ogohlikni unutsa, mamlakat xatar ostida qolgani kabi, qalbdagi o‘zgarishlarga bo‘lgan kichik e'tiborsizlik tanani vayron qilishi mumkinligini isbotlash qiyin emas. Inson tanasining shohi uning qalbi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda diniy ekstrimizm va terrorizm havfini oldini olish maqsadi turli seminar , treninglar amalga oshirilib kelmoqda. Terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish boʻyicha aksariyat mamlakatlarda koʻp tomonlama konvensiyalar va qonun aktlari qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasida "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" maxsus qonun qabul qilindi (2000 y. 15 dek.). Ushbu qonunda terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va boshqa obʼyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Oʻzbekiston Respublikasining JKda javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik, zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar deb taʼriflanadi. Qonunda davlat organlarining Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi operatsiyaning oʻtkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan. Oʻzbekiston Respublikasining JKga koʻra, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalar va resurslar berish yoki yigʻishga, boshqa xismatlar koʻrsatishga qaratilgan harakat 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik harakati odam oʻlishiga, boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki mamlakatdan chiqarib yuborish jazosi belgilanadi. Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning xarakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.


Topshiriqlarga javob

1-mashq


1. Mutaassiblik – biron e'tiqodga yoki dunyoqarashga o‘ta berilganlik, o‘z fikrida qat'iy turib olib, boshqalarning fikrini inobatga olmaslik hamda inkor qilish va hamisha o‘zini haq deb bilishlikdir. Hozirgi vaqtda bu “fanatizm” ham deyiladi. Mutassib (fanat) kishi ko‘r-ko‘rona hox to‘g‘ri, hox noto‘g‘ri bo‘lsin o‘ziga ma'qul bo‘lgan bir fikrda mahkam turib, o‘zini fikrini haq, boshqalarning fikrini nohaq deb e'tiqod qilgan holda o‘z fikrini amalda ko‘rsatishga harakat qiladi. Dinda g‘ulu ketish – “dinda chuqur ketish, diniy arkonlar va ibodatlarni bajarishda haddidan oshish, to‘g‘ri yo‘l deb noto‘g‘ri yo‘lga burilish” ma'nolarini anglatadi. Oisha onamiz (r.a.)dan rivoyat qilingan quyidagi hadis buning dalilidir: “Bani Asad qabilasiga mansub bir ayol huzurimda o‘tirgan edi. Shu payt Rasululloh (s.a.v.) uyga kirib kelib: “Bu ayol kim”,-deb so‘radilar. “Bu – o‘sha, kechasi uxlamay namoz o‘qib chiqadigan ayol”,-dedim. So‘ng, mazkur ayolning qanaqa namoz o‘qishi haqida so‘zlashdik. Shunda Rasululloh (s.a.v.): “Bunday qilmanglar, solih amallarni qurbingiz yetganicha ado etinglar, qancha ibodat qilsangiz ham Alloh taologa maol kelmaydi-yu, biroq o‘zingizga malol kelib qolmasin!”” –dedilar . Hadisdan ma'lum bo‘ladiki, har bir insonga dinda chuqur ketib, yoxud mutassibona birorta farz qilinmagan amalni o‘ziga vojib qilib olib, so‘ng bajarolmaydigan holatga tushib qolgandan ko‘ra dinda o‘rtachalik, ya'ni vasatiylik yo‘lini tanlab solih amallarda mudom bo‘lishi avloroq va yaxshiroq ekan. Payg‘ambarimiz s.a.v. mazkur hadislarida dinda chuqur ketishning oqibati yaxshi bo‘lmasligini ma'lum qilib, ibodatga oid amallardan toqat yetadiganini olishga buyurdilar. Islomning asosini tashkil qilgan amallar bandalarning toqatidan kelib chiqqan holda farz qilingan, ya'ni mo‘tadillik va bag‘rikenglikka asoslangan dindir. “Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. (Har kimning) qilgan (yaxshi) amali o‘zi uchundir va (yomon) amali ham o‘zining buynigadir. ....” Mazkur oyatda Alloh taolo insonlarni ibodatdan qurbi yetmaydigan narsaga buyurmaganligini xabar qilmoqda. Hatto shariat hukmlarining umumiy qoidalarini bajarishga toqati – qurbi yetmaydigan kishilar uchun ba'zi amallarning bajarilishida dinimizda istisnolar ham mavjudki, dinda chuqur ketgan, mutaassib kishilar shariatda berilgan bunday yengilliklarni tan olmaydilar va alaloqibat kechirilmaydigan gunohi kabiralardan biri –kibrga, ya'ni o‘z ibodatlari bilan mag‘rurlanish hissiga mubtalo bo‘ladilar.

2. Ekstremizm (lot. — oʻta, keskin) — siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish. E.ning siyosiy va diniy koʻrinishlari yaqqol ajralib turadi. Siyosiy E. namoyandalari oʻzlarining gʻarazli maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritishini buzish va yoʻqotishga harakat qiladi. Bu yoʻlda ekstremistlar va ekstremistik tashkilotlar "demokratiya" niqobi ostida balandparvoz shiorlar, chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini qoʻllabquvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar chiqarishga urinadilar, odamlarni gijgijlaydilar, terror qilish usulidan foydalanadilar (qarang Terrorizm). Ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari har qanday murosa va kelishuvni rad etadilar. Oʻziga tobelarni oʻz buyruq va koʻrsatmalarini koʻrkoʻrona bajarishga majbur etadilar. Siyosiy E.ning millatchilik koʻrinishi turli millat va etnik guruhlar huquqini inkor etishda namoyon boʻladi. Millatchi ekstremistlar faoliyati separatizm bilan bogʻliq boʻlib, koʻp millatli davlatlarni yoʻqotish, tub millat hukmronligini oʻrnatishga qaratiladi. Bunday E. millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi va xalqlar oʻrtasida mojarolar chiqishiga olib keladi. Diniy ekstremizm, avvalo, boshqa konfessiyalarga, ularning vakillariga nisbatan toqatsiz boʻladi. Diniy tashkilotlardan dunyoviy davlatga qarshi kurashda foydalanadi. E.ning turli koʻrinishlari soʻnggi vaqtlarda dunyoning koʻp mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham oʻzini namoyon eta boshladi. Turli diniy ekstremistik tashkilotlar ("Hizbut-tahrir", "Tavba") yangidan mustaqillikni qoʻlga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid solmoqda. Ular vaqtinchalik qiyinchiliklarni roʻkach qilib, aholini, ayniqsa, yoshlar ongini aqidaparastlik gʻoyalari bilan zaharlamoqda. Farzandlarni yoʻldan urishga, oʻz ota-onasiga, akaukasiga, oʻzi tugʻilib oʻsgan maskaniga, davlatiga qarshi qoʻyishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda E.ga qarshi kurash oʻta dolzarb vazifa hisoblanadi.

3. Aqidaparast atamasi lug‘aviy jihatdan ikki so‘zdan tashkil topgan. Aqida — inson e'tiqod qiladigan, ishonadigan tushunchalar majmui. Parast — forscha parastan, biron narsaga xizmat qilmoq, uning ta'siriga qat'iy ko‘ngil qo‘ymoq, uni tarannum etmoq, ba'zi o‘rinlarda unga sig‘inmoq ma'nosida. Ta'kid joiz, aqidaparast atamasidagi “aqida” so‘zining ma'nosi borasida ba'zilar turli fikrlarni bildirganlar. “Har bir insonning o‘z e'tiqodi — aqidasi bo‘lsa, shu e'tiqodda mustahkam tursa “aqidaparast” hisoblanadimi?” mazmunidagi savollarga jazm qilganlar ham topiladi. Bunga sabab atama mazmunining kelib chiqish mohiyatini angalamaslikdir. Aqidaparast atamasi ikki qismdan: aqida va parast so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lsa-da, aslida “aqida”parast shaklida yozilishi kerak edi. Bu yerdagi aqida so‘zi o‘zining haqiqiy ma'nosida emas, balki qo‘shtirnoq ichida yoziladigan, soxta va buzuq e'tiqodni ifodalaydigan “aqida” ma'nosida kelgan. Ammo, o‘zbek tilida bir so‘z bo‘laklarini qo‘shtirnoq bilan ajratish mumkin emasligi nuqtai nazaridan, mazkur atama “aqida”parast shaklida emas, aqidaparast shaklida ishlatilib kelinmoqda. Iste'molda sog‘lom e'tiqod, to‘g‘ri dunyoqarash egasiga nisbatan “aqidaparast” iborasi ishlatilmaydi. Aqidaparast — soxta va buzuq g‘oyalarni o‘ziga e'tiqod va shior qilib olgan kimsadir. Aqidaparastlik — sog‘lom e'tiqoddan burilish, voz kechishdir. Binobarin, musaffo islom e'tiqodida aqidaparastlikka o‘rin yo‘q. Kimki, aqidaparastlar buzg‘unchiligini ko‘rib, islom shunday ekan desa keskin adashadi. Sog‘lom e'tiqod aqidaparastlikni qoralaydi. Komil imon egasi bunday nomaqbul yo‘l sari qadam tashlamaydi.

4. Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogʻlikligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi.

5. Terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish boʻyicha aksariyat mamlakatlarda koʻp tomonlama konvensiyalar va qonun aktlari qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasida "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" maxsus qonun qabul qilindi (2000 y. 15 dek.). Ushbu qonunda terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va boshqa obʼyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Oʻzbekiston Respublikasining JKda javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik, zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar deb taʼriflanadi. Qonunda davlat organlarining Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi operatsiyaning oʻtkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan. Oʻzbekiston Respublikasining JKga koʻra, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalar va resurslar berish yoki yigʻishga, boshqa xismatlar koʻrsatishga qaratilgan harakat 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik harakati odam oʻlishiga, boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki mamlakatdan chiqarib yuborish jazosi belgilanadi. Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning xarakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.

2-mashq


Bilaman

Bilib oldim

Bilishni istayman

Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar).

Aqidaparast — soxta va buzuq g‘oyalarni o‘ziga e'tiqod va shior qilib olgan kimsadir. Aqidaparastlik — sog‘lom e'tiqoddan burilish, voz kechishdir.


Mutaassiblik – biron e'tiqodga yoki dunyoqarashga o‘ta berilganlik, o‘z fikrida qat'iy turib olib, boshqalarning fikrini inobatga olmaslik hamda inkor qilish va hamisha o‘zini haq deb bilishlikdir. Hozirgi vaqtda bu “fanatizm” ham deyiladi.

. Aqidaparast oqimlar – islomning musaffo ta'limotini buzib talqin qiluvchilardir.

. Ekstremizm (lot. — oʻta, keskin) — siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish. E.ning siyosiy va diniy koʻrinishlari yaqqol ajralib turadi. Siyosiy E

. Islom dinini o‘z qobig‘iga moslashga, yoxud unga “fundamentalizm”, “terrorizm” kabi nojoiz iboralarni yopishtirishga harakat qilayotganlar Islom dining asl mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilayotgan kishilardir.




Payg‘ambarimiz s.a.v.: “Sizlarning yaxshilaringiz dunyosini deb oxiratini, oxiratini deb dunyosini tark qilmaganlaringiz hamda insonlarga yuk bo‘lmaganlaringizdir”, -degan muborak hadislari bilan musulmon kishini qanday umrguzaronlik qilishini ham belgilab berganlar.




Download 20.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
haqida tushuncha
navoiy nomidagi
toshkent davlat
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
matematika fakulteti
bilan ishlash
Nizomiy nomidagi
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
fanining predmeti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
tibbiyot akademiyasi
umumiy o’rta
pedagogika fakulteti
haqida umumiy
Referat mavzu
fizika matematika
universiteti fizika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat