Ip gazlamalarini gul bosish jihozlari



Download 20,42 Kb.
Sana12.04.2022
Hajmi20,42 Kb.
#545579
Bog'liq
IP GAZLAMALARINI GUL BOSISH JIHOZLARI


IP GAZLAMALARINI GUL BOSISH JIHOZLARI
Reja:

  1. Gul bosish haqida umumiy ma’lumotlar

  2. Quyultiruvchilar

  3. Gul bosish

Gul bosish haqida umumiy ma’lumotlar. Gul bosishning bo’yashdan farqi shuki, bunda bo’yovchi modda mato yuzasining ayrim qismlariga gul sifatida tushiriladi. Gul bosish uskunalari, jarayon sharoitlari, bo’yovchi modda eritmasi tarkibi murakkabroq bo’lsa ham, lekin fizik-kimyoviy qonuniyatlar xuddi bo’yashdagidek o’tadi.


Matoga gul tushiruvchi aralashma bo’yoq deb ataladi va bo’yash eritmasidan o’zining quyuqligi bilan farq qiladi.Gul bosish bo’yog’i tarkibiga: bo’yovchi modda, quyultiruvchi va yordamchi moddalar kiradi.
Gul bosish uchun ishlatiladigan bo’yovchi moddalar to’qima materiallar yuzasida ravshan va mustahkam rang berishi lozim. Bu talablarga quyidagi sinf bo’yovchi moddalari javob beradi:
sellyulozali mahsulotlarga gul bosilganda - aktiv, kub, suvda erimaydigan azobo’yovchi moddalar va pigmentlar;
oqsil tolali mahsulotlar uchun - aktiv, kub, xromli, kislotali metallkompleks bo’yovchilar va pigmentlar;
atsetat va sintetik tolalar uchun - asosan, dispers bo’yovchi moddalar va pigmentlar, undan tashqari kislotali (poliamid tolalar uchun), kation (poliakrilonitril tolalar uchun), kub (viskoza va poliefir tolalar uchun) bo’yovchi moddalar ham qo’llanishi mumkin.
Quyultiruvchi - bu ko’p komponentli dispers sistema yoki suvda eruvchan tabiiy yoki kimyoviy polimerlar - quyuqlovchilar eritmasi bo’lib, bo’yovchi modda bilan cheksiz aralashib turg’un gul bosish bo’yog’i hosil qiladi. Quyuqlovchilarning sinflanishi 1-jadvalda keltirilgan.
Jadval 1.
Quyuqlovchilarning sinflanishi

Tabiiy

Kimyoviy

Emulsion

Noiogen

Anionli

Sun’iy

Sintetik




Polisaxaridlar:
kraxmal
karubin
guaran

poliuron kislota hosilalari: alginatlar kamedlar
tragant

Fizik modifikatsi-yalangan kraxmal, kraxmal va sellyuloza efirlari

Poliakrilonitril xosilalari: akrilonitril sopolimerlar, polivinil- spirt

«Moy-suvda»
«Suv-moyda»

Gul bosish uchun ishlatiladigan quyuqlovchilar quyidagi talablarni bajarmog’i lozim: mato yuzasiga ravon o’tish, gul chegara chiziqlarining aniqligi, gul bosish validagi naqshlarni yaxshi ho’llash va unda ushlanib qolish, gul bosish jarayonining turli sharoitlariga chidamlilik; ikki va undan ortiq bo’yoqning o’zaro tez aralashishi; mato yuzasidagi bo’yoq plyonkasining bo’kuvchanligi; oson yuviluvchanlik, rangning ravonligi, bo’yovchi modda bilan kimyoviy bog’lanmaslik.


Quyuqlovchilar polimer materiallarning chin yoki kolloid eritmalari bo’lib, makromolekulalar eritmada o’zaro ta’sirlanib ichki fazoviy qurilma hosil qiladi, ana shu makromolekulalar quyuqlovchilar deb ataladi. 2-jadvalda quyuqlovchilar to’g’risida ayrim ma’lumotlar keltirilgan.
Quyuqlovchilar va bo’yoqlarning texnik va fizik xossalari.
Texnik xossalari bu - gul bosish ravonligi, gul chegara chiziqlarining aniqligi, bo’yoqning mato qatlamiga kirishish chuqurligi, bo’yoqning naqshvand o’ymalaridan matoga o’tish qobiliyati, rang to’qligi, bo’yovchining bog’lanish darajasi. Fizik xossalari quyultmaning ichki fazoviy qurilishi - reologik xossalaridir. Gul bosish sifati bo’yoqning texnik va fizik (qurilma-mexanik) xossalari orasida bog’liqlikni to’g’ri topishni taqozo qiladi. Gul chegara chizig’ining yoyilib ketishi bo’yoq qovushqoqligining susayishi sababidandir. Bu hodisa esa o’z navbatida bo’yoq ichki qurilmasining mexanik ta’siri ostida buzilishiga bog’liqdir. Tashqi ta’sir olingandan so’ng yana o’z xossalarini tiklay olish qobiliyati uning tiksotropligi deyiladi. Faqat tiksotroplik xossasiga ega quyuqlovchigina gul bosishda ishlatiladi. Bo’yoq tarkibiga bo’yovchi va quyuqlovchidan tashqari yordamchi moddalar ham kiradi. Ularning tarkibi va miqdori bo’yovchi modda turiga bog’liq.
Quyuqlovchilar ichida eng ko’p qo’llaniladigani (90% dan ortiq) kraxmal va uning modifikatsiyalangan mahsulotlaridir.Buning sababi kraxmal arzon, olinishi oson va aktiv bo’yovchilardan tashqari barcha sinf bo’yovchilari uchun ishlatsa bo’ladi. Kimyoviy tuzilishi bo’yicha -d-glyukoza qoldig’idan iborat polimer; umumiy formulasi:{C6H7O2(OH)3}n. Kraxmal chiziqsimon tuzilishli amiloza (15-25%) va shoxchali tuzilishli amilopektin (75-85%) dan tashkil topgan. Kraxmalning qayishqoqligi past, shu sababli ko’pincha tragant bilan 1:1 nisbatda aralashma holida ishlatiladi; undan tashqari uzoq saqlab bo’lmaydi. Aktiv bo’yovchilar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Kraxmal suvda erimagani sababli kislota, oksidlovchi solib qaynatiladi. Kraxmalni temperatura, kislotalar ta’sirida va mexanik usulda modifikatsiyalab, pirodekstrinlar (termik usul), dekstrinlar (kislotali gidroliz) 150-2000C da o’ta maydalangan kraxmal (mexanik usul) lar olinadi. Dekstrinli quyuqlovchili bo’yoqlar yuqori qoplash qobiliyatiga ega, aniq chegarali gullar hosil qiladi, lekin quyuqlash xossalari past.

Jadval 2.


Quyuqlovchilar xossalari

Quyuqlovchi

Konsentra
siya %

Quyultma tarkibi

Ishlatilishi

Ayrim xossalar

Chidamli

Chidamsiz

Kraxmal

0-20

kraxmal,
xlorid kislota, suv

aktiv bo’yovchi-lardan boshqa barcha sinflar u-n




ishqorga saqlashga



Maydalangan kraxmal (solviteks)

12,0-12,5

Solvi-teks suv

-







Dekstrin
Gidrodekstrin

20
50

dektrin suv

-

saqlashga
ishqorga




Karboksimetil-kraxmal (KMS) (solvitozalar)

6-10

KMK
suv

-

elektrolit
kislotaga
ishqorga




Karboksimetil-sellyuloza (KMS)

6-8 (12)

KMS
suv

aktiv, kub, dispers, azoid

saqlashga

yuvishga ishqorga kislota Sa2+tuzlariga

Natriy alginat

4-8

alginat
ludigol
suv

-




ogir metal tuzlariga, kuchli ishqor

Kamedlar

25-30

kamed
suv

kationli, dispers, kislotali, kub

ishqor kislota

oksidlovchi silikatlar ogir metal tuzlari

Tragant

6-8,
10-12

tragant
suv

kub, kislotali, kationli, dispers

saqlashga

kuchli ishqorga yuvishga

Emulsion

90

moy, emul-gator, suv, stabilizat

pigment

kislotaga

elektrolit yong’inga

Kraxmalni eterifikatsiyalash natijasida ham suvda eruvchan karboksimetilkraxmal (KMK) olinadi. KMK yuqori quyuqlash qobiliyatiga ega, uzoq saqlasa bo’ladi, lekin kraxmaldan 2÷3 marta qimmat.
Sellyuloza efirlari ichida karboksimetillsellyuloza (KMS) natriyli tuz holida ishlatiladi, u yuqori quyuqlash qobiliyatga ega, sovuq suvda yaxshi eriydi, 500C dan yuqorida eruvchanligi susayadi.
Kamedlar ichida tragant ko’proq ishlatiladi, yaxshi quyuqlash xususiyati bor.
Emul’sion quyuqlovchilar moyni (velosin, mashina, vereteno yoki uayt-spirit) emulgatorning suvli eritmasi bilan yuqori tezlikda aralashtirish natijasida olinadigan ikki fazali sistemadirlar.Bu sistemaga emulgator- sirt aktiv moddadan tashqari yuqori molekulali stabilizator (natriy alginat, KMS va b.) qo’shiladi. Emulsion quyultmalar asosan pigmentlar bilan gul bosganda ishlatiladi. Kamchiligi yonuvchan bo’ladi.
Quyultmalar “sovuq” va “qaynoq” usulda tayyorlanadi. “Sovuq” usulda quyuqlovchi aralashtirilgan holatda kerakli suvning 1/3 qismiga sekin solinadi, 30-60 minut aralashtirib, so’ng qolgan suv qo’shiladi va suzib olinadi. Bu usul bilan natriy alginat, kraxmal va tragantdan boshqa quyuqlovchilar eritmasi tayyorlanadi.
“Qaynoq” usulning qaynatish harorati har bir quyuqlovchi uchun o’ziga xos bo’ladi. Quyuqlovchi 30-350C li suvga asta sekin sepib solinadi, bir jinsli massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi, so’ng aralashma kerakli haroratga ko’tariladi, to tayyor bo’lguncha shu haroratda aralashtiriladi, sovutilib suziladi. Yordamchi moddalar eritilgan holda quyuqlovchidan avval aralashmaga qo’shiladi.
Gul bosish bo’yog’i har bir sinf uchun tasdiqlangan tarkib bo’yicha “qaynatish” yoki “aralashtirish” usuli bilan tayyorlanadi.
”Qaynatish” usulida bo’yoq tarkibiga kiruvchi barcha moddalar aralashtirilib, aralashtirgich o’rnatilgan qozonlarda qaynatiladi. “Aralashtirish” usulida quyultma eritmasi alohida tayyorlanib, so’ng bo’yoq tarkibidagi boshqa moddalar eritmasi bilan aralashtiriladi, amalda ko’proq shu usuldan foydalaniladi, chunki tayyorlangan bo’yoq bir jinsli bo’lib chiqadi. Bo’yoq tarkibida bo’yovchi modda konsentratsiyasi eng yuqori bo’lsa, uni konsentrlangan (butun) bo’yoq deyiladi va 1/0 holida ko’rsatiladi. Maxrajdagi 0 butun bo’yoq tarkibida suyultiradigan quyultma yo’qligini ko’rsatadi. Ochroq ranglar olish maqsadida butun gul bosish bo’yog’ini quyultma bilan suyultiriladi, ya’ni kupyurlanadi. Suyultirish darajasi kupyur deyiladi va quyidagicha ifodalanadi: 1/2, 2/3 va boshqalar. Suratda butun bo’yoq ulushi, maxrajda tarkibida bo’yoq yordamchi moddalari bo’lgan bo’yovchisiz quyultma ulushi ko’rsatiladi.
Tayyor bo’lgan quyultma va bo’yoq turli suzgichlarda suziladi.Suzgichlar oddiy va vakuumli bo’lishi mumkin. Oddiy suzgichlarda bo’yoq yoki quyultma shyotka yordamida ezg’ilanib, elakdan o’tkaziladi. Vakuum suzgichda esa elakdan bo’yoq yoki quyultmaning qovushqoq eritmasi vakuum yordamida suzib olinadi.
Gul bosish. Bo’yash jarayonida sodir bo’ladigan bo’yovchi modda va tolali materiallar holati va ularning ta’sirini belgilovchi asosiy fizik-kimyoviy qonuniyatlar gul bosish jarayonida ham saqlanib qoladi. Lekin bo’yashdan farqli, matolarga gul bosishda bo’yovchi moddalarning eritmadagi diffuziyasi va ularning tola yuzasiga shimilishi o’z ma’nosini yo’qotadi. Mato yuzasiga gul holatida tushirilgan bo’yovchi modda quritish mashinasidan chiqqan quyuqlovchi molekulalari bilan molekulalararo bog’lanishlar yordamida maxkam ushlanib qoladi va quyuqlovchi plyonkasida qotib qoladi, uning tola ichiga diffuziyasi to’xtaydi. Bo’yash jarayonida sodir bo’ladigan va uzluksiz boradigan fizik-kimyoviy bosqichlar ketma-ketligi buziladi.
Quyuqlovchi plyonkasida qotib qolgan bo’yovchi moddani tola ichki qatlamlari tomon harakatlanishi uchun bo’yovchini o’z ichiga qamrab olgan plyonkasini yumshatish lozim. Shu maqsadda gul bosib quritilgan mato bug’lanadi yoki qizitiladi. Qaynoq bug’ yoki havo ta’sirida plyonkani yumshatishni osonlashtirish maqsadida gul bosish bo’yog’i tarkibiga yuqori harorat ta’sirida tola g’ovaklarida suyulib bo’yovchi modda diffuziyasini tezlatuvchi muhit hosil qiluvchi moddalar qo’shiladi. Bo’yoq tarkibidagi bo’yovchi modda va quyuqlovchi orasida kuchsiz o’zaro ta’sir bo’lgani sababli gul bosishda bo’yovchining tola ichiga diffuziyasi ancha sust bo’ladi. Shu sababli turli sinf bo’yovchi moddalar bilan gul bosishda ularning o’ziga xos bo’lgan jadallashtirish usullari ma’lum.
Gul bosish jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topgan bo’ladi:
matoni gul bosishga tayyorlash  gul bosish  quritish bo’yovchini tola ichiga singdirish  yuvish  quritish.
Gul bosishning uch turi ma’lum: bevosita, tezobli va zaxirali. Bevosita gul bosishda bo’yoq oq yoki och ranglarga bo’yalgan mato yuzasiga tushiriladi. Tezobli gul bosishda o’rtacha yoki to’q ranglarga bo’yalgan mato yuzasiga gul tagida bo’yovchini parchalaydigan tarkib bilan gul tushiriladi. Bunda rangli tagda oq gullar hosil bo’ladi. Matoni bo’yagan bo’yovchini parchalaydigan tarkibga uning ta’siriga chidamli bo’yovchi modda qo’shib gul tushirilsa rangli naqshlar hosil bo’ladi. Zaxirali gul bosishda avval mato yuzasiga bo’yalishdan saqlovchi quyuqlashtirilgan tarkib (zaxira) bilan gul tushiriladi va so’ng uni bo’yaladi, bunda rangli tag ostida oq gullar hosil bo’ladi. Agar zaxira tarkibiga bo’yovchi modda qo’shilsa, rangli zaxira gullar hosil bo’ladi. Amalda bevosita gul bosish ko’proq ishlatiladi, agar matoga yuqori badiiy naqshlar tushirish talab qilinsagina texnologiyasi murakkab va qimmatroq bo’lgan tezobli yoki zaxira gul bosish turlaridan foydalaniladi.
Gazlamalarga tushiriladigan gullarni tanlash, tayyorlash, matoga tushirish texnologik tarkib va sharoitlarni yaratish korxona rang moslovchisi (koloristi) rahbarligida amalga oshiriladi. Rassom rang moslovchi maslahati bilan gullarni xomaki chizmasini tayyorlaydi. Xomaki chizma mato yuzasiga tushiriladigan gulning davriy qaytariladigan qismi - rapporti bo’ladi va u iqtisodiy, savdo-sotiq, texnik, estetik talablarni nazarda tutgan holda yaratiladi.Gul chizmasi o’z o’lchami bilan gul bosish mashinaning naqshlanadigan gul tushiruvchi vali, yoki to’rli qolip yuzasiga kasrsiz joylanishi lozim. Tayyorlangan xomaki chizma asosida kam miqdorda gul bosilgan mato namunalar tayyorlanadi va korxona badiiy kengashi tomonidan tanlab, ishlab chiqarish uchun tasdiqlanadi.
Gullar mato yuzasini qoplashiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
oq ostli, - 30% gacha mato yuzasi gul bilan qoplanadi,
yarim gruntli - 30-60% yuza qoplanadi,
gruntli - 60% dan yuqori yuza qoplanadi.
Tasvir tabiatiga qarab: geometrik, o’simlikli, mazmunli gullar bo’ladi; gullar o’lchamiga qarab:
kichik - 3÷8 mm
o’rta - 10÷40 mm
katta - 50 mm dan yuqori turlari bo’ladi.
Ishlatish turiga qarab ko’ylakli, bolalar matosi uchun va pardali gullarga bo’linadi. Matoga tushirilgan rang soni bo’yicha bir valli, kam valli va ko’p valli, vallarni naqshlash uslubiga qarab dastaki, mometrli, pantografli, gul bosish usuliga qarab: dastaki, naqshband valli, to’r qolipli va termik gullarga bo’linadi.
Download 20,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish