ILMIY-TEХNIK TАRАQQIYOTINING ISHLАB CHIQАRISHNI INTEGRАTSIYALАSHUVIGA UNIVERSАL, KENG QАMRОVLI TА’SIRI
REJA:
Ilmiy-texnik taraqqiyotning mohiyati va rivojlanish bosqichlardagi vazifalari
Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari
Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanishini prognoz baholanishi
Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada ilmiy-texnika taraqqiyoti yuqori darajadagi murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi, u mamlakat iqtisodiyotining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab chiqarish kuchlarining barcha elementlari unumdorligi oshadi, masalan: mehnat predmetlari, ishchi kuchlari, mehnat mahsuli, texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va boshqalar. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanib, u aholining turmush darajasining barqaror o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ilmiy taraqqiyot konsepsiyasi mehnat qurollarni o‘zgartirishni talab qiladi, ya’ni mashina, ishlab chiqarish jihozlari, transport vositalar, barcha turdagi mashina texnikasi, mehnat vositalaridan - yonilg‘i, xomashyo, energiya hamda texnologik jarayonlarni yaxshilash, ishchi xodimlar malakasini oshirish, ishlab chiqarishni samarali boshqarish va tashkil qilishni taqozo qiladi.2
Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish qo‘l mehnatini yengillashtirish omili bo‘lib xizmat qiladi, uning doimiy takomillashuvi ishchilarning moddiy ta’minlanganlik va ma’naviy dam olish imkoniyatlarini yaratadi.
Ilmiy-texnik taraqqiyoti, iqtisodiyotning moddiy-texnik bazasining shakllanishiga va uning asosida ilm-fan va texnika rivojlanishiga zamin yaratadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti tovar mahsulotlaming kengayishi va nomenklaturasining yangilanishi va ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sanoat mahsulotlarining yangilanish ko'rsatgichi mamlakatning ishlab chiqarish potensialini rivojlanishini ko‘rsatadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirida maishiy xo‘jalik mahsulotlari doimo yangilanib turadi, bu bilan aholining maishiy xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabi qondiriladi. Fan va texnikaning rivojlanishini prognoz qilish muhim o‘rin tutadi, zotan, ishlab chiqarish samaradorligining oshishi, axolining shaxsiy va ijtimoiy extiyojlarini qondirish darajasi va usullari, boshqaruv usullari va vositalari tizimi, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish, mamlakatning mudofaa qudratini ta‘minlash fan-texnika taraqqiyoti sur‘atlarini jadallashishiga bog`liq.
Fan-texnika taraqqiyoti prognozlarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |