Ijrosining buxgalteriya hisobi ikkinchi bob. Moliya organlarida davlat budjeti ijrosining



Download 31.08 Kb.
bet1/7
Sana12.05.2020
Hajmi31.08 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7

MOLIYA ORGANLARIDA DAVLAT BUDJETI

IJROSINING BUXGALTERIYA HISOBI

IKKINCHI BOB.

MOLIYA ORGANLARIDA DAVLAT BUDJETI IJROSINING

BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH

I. DAVLAT BUDJETI IJROSINING HISOBI BO'YICHA MOLIYA

ORGANLARINING VAZIFALARI

Budjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha rejaning bajarilishi haqida ma’lumotlar bilan ta’minlash moliya organlari budjet hisobining asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar asosida budjet ijrosi jarayoni ustidan nazorat qilish va tezkor rahbarlik amalga oshiriladi. Bu maqsadlar uchun Moliya organlari budjet daromadlari va xarajatlari, bank muassasalaridagi budjetning pul mablag'lari, budjet bo'yicha ochilgan kreditlar va berilgan mablag‘ lar, budjetlar o‘rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar, ssudalar va boshqalar hisobini yuritadi.

Moliya organlari, shuningdek, bank muassasalari tomonidan umumdavlat daromadlari va soliqlarining alohida olingan budjetlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi, budjet bo‘yicha tayinlanishiga qarab budjet mablag‘ larini tasarruf qiluvchilar tomonidan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda budjet mablag'larining butligini ta’minlaydi.

Moliya organlari budjet ijrosi to‘g‘risidagi oylik, chorak va yillik hisobotlami tuzadi va budjet ijrosi natijalarini aniqlaydi.

Moliya organlari o'zlari ijro etayotgan budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini bevosita amalga oshiradi.

0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.

Viloyatlar, shaharlar va tumanlar moliya organlari viloyatlar, shaharlar, tumanlar budjetlari ijrosining buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.

Moliya organlari muayyan ma’muriy-hududiy birlikdagi barcha boshqa budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qiladi. Moliya organlari budjet tashkilotlarining hisob va hisobotlarini tekshiradi va ularga tegishli ko'rsatmalar beradi.

Har bir Moliya organi o‘zi ijro etayotgan budjetning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni va muayyan ma’muriy-hududiy birlik budjeti ijrosi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni tuzadi. Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi bo'yicha moliya organlarining vazifalariga:

1) budjet daromadlari buxgalteriya hisobini yuritish va bank muassasalariga kelib tushgan daromadlaming budjetlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishi ustidan nazoratni olib borish;

2) bank muassasalarida saqlanilayotgan budjetning naqd pullari buxgalteriya hisobini yuritish;

3) budjet ijrosi bilan bog‘liq bo'lgan turli operatsiyalar (budjetlar o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar, budjetlarga ssudalar berish va budjetlardan ssudalar olish bo‘yicha operatsiyalar va boshqalar) buxgalteriya hisobini yuritish;

4) budjetlarda tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar buxgalteriya hisobini yuritish;

5) o'zlari ijro etayotgan budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlami tuzish;

6) quyi Moliya organlarida va budjet mablag‘larini tasarruf qiluvchilarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisobotning tuzilishi va uslubi ustidan nazorat qilish;

7) buxgalteriya hisobi va hisobotini markazlashtirish va mexanizatsiyalashtirish bo‘yicha tadbirlaming amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish kiradi.

Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida uning davlat budjeti bosh boshqarmasiga, boshqa moliya organlarida esa moliya organining bosh buxgalteri boshqaradigan buxgalteriyaga yuklatilgan.

2. MOLIYA TIZIMI BUXGALTERIYA

APPARATINING FUNKSIYALARI

Respublika budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat budjeti bosh boshqarmasi Davlat budjeti ijrosi va hisobi bo‘lim i yuritadi. Mahalliy budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobini tegishli moliya organlarining buxgalteriya xizmatlari yuritadi.

0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini davlat budjeti ijrosining hisobi bo‘yicha funksiyalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

1) mamlakatning davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uning ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzishga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

2) budjet ijrosining buxgalteriya hisobi va budjet ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzish bo‘yicha Moliya organlari, budjet tashkilotlari va boshqalar uchun yo'riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalami ishlab chiqish;

3) joriy buxgalteriya hisobining schyotlar rejasini va schyotlar korrespondensiyalarini, buxgalteriya registrlari va boshlang‘ich hujjatlar shakllarini, hujjatlar aylanishi tartibini, hisobotlaming hajmlari va shakllarini belgilash;

4) respublika budjeti ijrosini bevosita amalga oshirish;

5) respublika budjeti ijrosi to‘ g‘risida hisobot tuzish;

6) mamlakatning davlat budjeti ijrosi to‘ g‘risida hisobot tuzish. Bundan tashqari, 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat budjeti bosh boshqarmasi davlat budjeti ijrosi va hisobi bo'lim i mahalliy moliya organlarida budjet ijrosining buxgalteriya hisobi tashkil qilinishi ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar Moliya organlarining funksiyalari quyidagilardan iborat:


  1. o‘zlari ijro etayotgan budjetlaming hisobini bevosita yuritish va bu budjetlar ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzish;

  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman budjeti ijrosi to‘g‘risida yig‘ma hisobotlami tuzish.

Mahalliy moliya organlari tegishli budjetlar daromadlarini va xarajatlarini, ulaming pul mablag'larini, fondlarini, ssudalami, budjetlar o'rtasidagi hisob-kitoblami, boshqa budjetlarga berilgan va ulardan olingan mablag‘lami va budjet ijrosi natijalarini hisobga oladi hamda ular tomonidan moliyalashtirilayotgan budjet tashkilotlarida hisob va hisobotni tashkil qilinishini tekshiradi.

Mahalliy moliya organlari respublika budjetini kassa ijrosining hisobi bo‘yicha va moliyalashtirishga doir operatsiyalami banklar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi.

Mahalliy moliya organlari mahalliy budjetlaming daromadlari va xarajatlarini analitik hisobini olib boradi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar ijrosining buxgalteriya hisobi 0’zbckiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shaharlar va tumanlar moliya bo'lim lari tomonidan olib boriladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar kassa ijrosi 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining « 0‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti kassa ijrosi bo‘yichayo‘riqnoma» sigamuvofiq amalga oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, shaharlar va tumanlar budjetlari hisobvaraqlaridagi hamda bu budjetlardan moliyalashtirilayotgan tashkilotlaming hisob varaqlaridagi budjet mablag‘ larining qoldig‘ i to‘g‘risidagi ma’lumotni « 0‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti kassa ijrosi bo‘yicha yo‘riqnoma» da belgilangan tartibda va muddatlarda 0‘zbekiston Respublikasi bank muassasalari tegishli moliya organlariga taqdim etadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan kapital qo‘yilm alami moliyalashtirish 0‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida ochilgan hisobvaraqlar orqali bu masala bo'yicha 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 0‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari va 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalari belgilangan shaklda kapital qo‘yilm alami moliyalashtirish bo'yicha davriy va yillik hisobotni belgilangan tartibda va muddatlarda tegishli moliya organlariga taqdim etadi.


Download 31.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati