II.4. Kurs ishi tаrkibi, ulаrgа qo‘yilаdigаn tаlаblаr
O‘quv rejasiga ko‘ra talabalar V semestrda mazkur fandan kurs ishi
yozadilar. Kurs ishini tayyorlash−yuqori malakali mutaxassisni tayyorlashning
muhim bosqichi, u mustaqil tadqiqot ishini olib borish ko‘nikmasini, adabiyotlar
bilan ijodiy ishlash malakasini rivojlantiradi. Kurs ishini bajarish jarayonida
quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
-
kasbiy bilimlarni sistemalashtirish, mustahkamlash va kengaytirish;
-
tadqiq etilayotgan muammo va savollarni hal etishda bilim va ko‘nikmalarni
qo‘llash;
-
egallangan nazariy va amaliy, uslubiy bilim va ko‘nikmalar asosida
tanlangan mavzu bo‘yicha innovatsion pedagogik faoliyat metodikasini
ishlab chiqish.
Tavsiya etilayotgan quyidagi kurs ishlari mavzulari banki pedagogika oliy
ta’lim muassasasi “Matematika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalariga
mo‘ljallangan. Uning maqsadi – talabalarga kurs ishi mavjuzini tanlash, uning
rejasini tuzish va yozishda yordam berishdan iborat. Buning uchun har bir tavsiya
etilayotgan kurs ishi mavzusiga qaralayotgan muammoning qisqacha mazmuni;
masalaning qo‘yilishi keltirilgan. Tavsiya etilgan reja bandlari uchun
ma’lumotlarni ushbu uslubiy majmua uchun qayd etilgan adabiyotlardan,
Internetdan olish mumkin.
1-mavzu.O‘zbekistonda matematika ta’limi mazmunining muammolari
Tahminiy mazmuni. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar mazmuni.
Uzluksiz ta’limda matematika fanlarining maqsad va vazifalari, mazmuni.
2-mavzu.Matematika ta’limini insonparvarlashtirish.
Tahminiy mazmuni. Ta’limni insonparvarlashtirish muammosi. Uzluksiz
ta’lim matematikasini o‘qitishda ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish yo‘llari,
mazmuni, vositalari, metodlari.
3-mavzu. Matematika ta’limi jarayonida tarbiya muammolari
Tahminiy mazmuni. Matematika fanlarini o‘qitish jarayonida ta’lim
oluvchilarning tarbiyasi masalalari. Ularning individual xislatlari, qobiliyatlarini
namoyon etish, tarbiyalash, rivojlantirish metodikasi.
4-mavzu. Matematikani o‘qitish jarayonida Vatanga muhabbat hissini
tarbiyalash.
Tahminiy mazmuni. Matematikani o‘qitish jarayonida mavzularga mos holda
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Konun, Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekistonda ta’limni isloh qilishga qaratilgan Qarorlar,
rivojlangan davlatlarda ta’lim masalalari, muammolarining Respublikada
erishilgan bu sohadagi yutuqlar, aniq faktlar bilan qiyoslash yordamida
o‘quvchilarda vatanparvarlikni tarbiyalash yo‘llari, imkoniyatlari.
5-mavzu. Matematikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy
tarbiyalash.
Tahminiy mazmuni.Matematikaning insonga xos haqqo‘ylik, mehnatsevarlik,
maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik, intizomlilik, mas’uliyatlik kabi xislatlarni
tarbiyalashdagi o‘rni. O‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalash metodlari va uni amalga
oshirishga qaratilgan dars loyihalari.
6-mavzu. Matematikani o‘qitish jarayonida o‘quvchilar bilimlarini nazorat
qilish va baholashning innovatsion metodlari va monitoringi.
Tahminiy mazmuni.O‘quvchilar bilim, malaka, ko‘nikmalarini nazorat qilish
va baholashning maqsadi, asosiy funksiyalari, tur va shakllari. Kamida ikkita
mavzuga o‘quvchilar bilimini baholashning aniq tanlangan metodlarini qo‘llashga
oid dars loyihalarini ishlab chiqish.
7-mavzu. Matematikani o‘qitishda muammoli ta’lim.
Tahminiy mazmuni.Muammolm ta’lim turlari, muammoli vaziyat, muammoli
masala. Muammoli ta’limning metodologik va psixologik asoslari. Muammoli
vaziyatni darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda yaratishning shartlari.
Muammoli ta’limning
ijobiy va salbiy tomonlari. Ikkita mavzu bo‘yicha muammoli ta’lim loyihasini
yaratish.
8-mavzu. Matematikani o‘qitishda o‘quvchining shaxsiy qobiliyatlarini
aniqlash va rivojlantirish.
Tahminiy mazmuni. SHaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, individual ta’lim
texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ikkita mavzu bo‘yicha
o‘quvchilarning ayrim qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga qaratilgan
metodik tavsiyalar, darslar loyihasi.
9-mavzu. Matematik xarakatlar algoritmini o‘rgatishda masalalardan
foydalanish metodikasi.
Tahminiy mazmuni.Matematik xarakatlar algoritmini shakllantirishga
qaratilgan masalalar tizimiga qo‘yilgan didaktik va metodik talablar. Bunday
algoritmni shakllantiruvchi masalalarni tanlash. Tanlangan masalalar tizimi bilan
ishlash yo‘llarini ishlab chiqish. Bunday masalalardan foydalaniladigan amaliy
mashg‘ulot loyihalarini yaratish, kutiladigan natijalarni ishlab chiqish.
10-mavzu. O‘quvchilarda faollikni shakllantirish asosida matematikani
o‘rgatish metodikasi.
Tahminiy mazmuni. Faollik tushunchasi. O‘quvchilarning dars, darsdan
tashqari faol o‘quv faoliyati. O‘quvchilar faolligini orttiruvchi metodlar asosida 2
ta mavzu bo‘yicha dars ishlanmasini ishlab chiqish. Ko‘zlangan natijalarni
rejalashtirilgan maqsadlar bilan taqqoslash, xulosalar chiqarish.
Talabalar tomonidan kurs ishi mavzusi tanlangandan so‘ng kurs ishi rahbari
bilan hamkorlikda yuqorida tavsiya etilgan mazmun va maqsadga ijodiy yondoshib
kurs ishi rejasi va adabiyotlari aniqlanadi.
Quyida topish mumkin bo‘lgan manbalar asosida maqsad va mazmunni
aniqlash uchun kurs ishi mavzularini tavsiya etamiz:
1.
Maktabda o‘quvchilarni matematik isbotlashga o‘rgatish.
2.
Maktabda matematikani o‘rgatishni tabaqalashtirish metodlari.
3.
Geometriyani o‘qitishda ko‘rgazmalilik tamoyili vositalari.
4.
Maktabda matematik o‘yinlar
5.
Boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tishda matematika mazmunining
uzviyligi.
6.
Maktabda algebrani o‘qitish jarayonida o‘quvchilar mustaqil ishini tashkil
etish.
7.
Matematika darslarida o‘quvchilar bilimlarini nazorat qilish metodlari.
8.
7-9 sinfda algebrani o‘qitishda muammoli ta’lim.
9.
Geometriyani o‘qitishda loyihalash metodi.
10.
Algebraik masalalarni echishda tanqidiy tafakkurni rifojlantirish
metodikasi.
11.
Geometrik masalalarni echishda tanqidiy tafakkurni rifojlantirish
metodikasi.
12.
Geometriyani o‘qitishda produktiv tafakkurni rivojlantirish metodikasi.
13.
Matematikani o‘qitishning innovatsion vositalari.
14.
Matematika darslarida tarixiy materiallarning o‘rni va funksiyalari.
15.
Matematik masalalar asosida o‘quvchilarda ijodkorlik qobiliyatini
rivojlantirish.
16.
O‘quvchilarni matematik masalalarni echish usullarini izlashda evristik
metoddan foydalanishga o‘rgatish.
17.
Geometriyani o‘qitishda individuallashtirish va tabaqalashtirish
tamoyillarini amalga oshirish.
18.
Algebrani o‘qitishda individuallashtirish va tabaqalashtirish tamoyillarini
amalga oshirish.
19.
Natijalarni baholash orqali ta’lim sifatini ta’minlash.
20.
Planimetriyani o‘rgatishda takrorlashni tashkil etish texnologiyasi.
21.
Stereometriyani o‘rgatishda takrorlashni tashkil etish texnologiyasi.
22.
Algebrani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning evristik faoliyati.
23.
Geometriyani o‘qitishda pedagogik elektron resurslardan foydalanish
metodikasi.
24.
O‘quvchilarning matematik bilimlari diagnostikasining innovatsion
metodlari.
25.
Pedagogik elektron vositalar asosida o‘quvchilarning algebraik
tayyorgarligini takomillashtirish.
26.
Masalalarning o‘quvchi shaxsiy sifatlarini rivojlantirishdagi funksiyalari.
27.
Matematikani o‘qitishda tadqiqiy faollikni rivojlantirish.
28.
Matematikani o‘qitishda o‘quvchilarda kommunikativlikni shakllantirish.
29.
Maktab matematikasini o‘qitishning innovatsion muhitini shakllantirish.
30.
O‘quvchilarni innovatsion darslarni amalga oshirishga tayyorlash.
Har bir talaba mavzu xarakteridan kelib chiqqan holda tavsiya etilgan rejaga
aniqlik kiritish uchun
− mavzuga aloqador nazariy materiallarni tavsiya etilgan adabiyotlardan,
Internetdan foydalanib o‘rganishi;
− olgan nazariy materialini o‘rganish, tahlil qilish, hulosalar chiqarish, keng
va savodli yozma bayon etishi;
− manbalarda keltirilgan uslubiy ishlanmalarni mustaqil tahlil qilib o‘rganish;
− qo‘yilgan metodik muammo uchun o‘z yechimini ishlab chiqish.
Kurs ishini bajarish nazorat shakli hamdir. Bunda o‘qituvchi kurs ishini
chuqur tahlil qilib uni baholaydi.
Jiddiy bajarilgan kurs ishlari talabalar ilmiy anjumanlarida ma’ruza uchun
mavzu vazifasini o‘tashi, kelajakda bitiruv malakaviy ishi yozishda asos bo‘lishi
ham mumkin.
Talaba, ilmiy rahbarning ijobiy taqrizidan so‘ng, kurs ishini kafedrada
tasdiqlangan komissiya huzurida himoya qiladi va baholanadi.
Talabaning kurs ishi quyidagicha baholanadi:
Nazariy
bilimlar
Amaliy uslubiy
ko‘nikmalar
Kurs ishining jihozlanishi
Ballar
(100 ball)
Mummo to‘liq,
to‘g’ri, dalil va
asoslar bilan
nazariy tadqiq
qilingan va
ayrim nazariy
Mummoning yechilish
jarayoniga ijodiy
yondoshib, to‘liq
uslubiy tahlil qilingan.
Mustaqil ishlangan
metodik tavsiyalar
Muammoning o‘rganilganlik
darajasi, tadqiqot maqsad va
vazifalari aniq, olingan
natijalar to‘g’ri bayon
etilgan, qo‘shimcha
manbalar, Internetdan, ilg‘or
86−100
ball
natijalar
olingan.
nazariy bilimlar
darajasini toliq aks
ettiradi
tajribalardan unumli
foydalanilgan. Kurs ishi
talab darajasida jihozlangan.
Mummo to‘liq,
to‘g’ri, dalil va
asoslar bilan
nazariy tadqiq
qilingan.
Mummoning yechilish
jarayoniga ijodiy
yondoshib, to‘liq tahlil
qilingan. Mustaqil
ishlangan metodik
tavsiyalar nazariy
bilimlar darajasini
asosan yoritadi
Muammoning o‘rganilganlik
darajasi, tadqiqot maqsad va
vazifalari aniq, olingan
natijalar to‘g’ri bayon
etilgan. Kurs ishi talab
darajasida jihozlangan.
71−85 ball
Mummo dalil
va asoslar bilan
nazariy tadqiq
qilingan.
Mummoning yechilish
jarayoni tahlil qilingan.
Mustaqil ishlangan
metodik tavsiyalar
soda, boshlang‘ich
tushunchalar
darajasida.
Mummoning yechilish
jarayonida kamchiliklar
mavjud.
Muammoning o‘rganilganlik
darajasi qisman, tadqiqot
maqsad va vazifalari,
olingan natijalar amaliy
ko‘nikmalardan iborat. Kurs
ishini jihozlasda ayrim
kamchiliklar mavjud.
55−70 ball
Mummoni
o‘rganishda
faqat 1 ta
manbadan
ma’lumotlar
olingan. Tahlil
berilmagan.
Mummoning yechilish
jarayoni tahlil
qilinmagan. Mustaqil
ishlangan metodik
tavsiyalarda qo‘pol
xatoliklarga yo‘l
qo‘yilgan.
Talaba muammoning
o‘rganilganlik darajasi,
tadqiqot maqsad va
vazifalari haqida to‘g’ri
tasavvurga ega emas.
Nazariy va amaliy uslubiy
topshiriqlar chala, manbadan
so‘zma−so‘z ko‘chirilgan,
o‘z fikri, xulosalari
shakllanmagan
1−54 ball
Do'stlaringiz bilan baham: |