Ifodalarni qayta ishlash komandalarining qo‘shimcha imkoniyatlari
Reja
Ifoda va ularning turlari
Maple 6 tizimi komandasining umumiy ko'rinishi va tarkibiy qismlari
Soddalashtirish komandasi
qavslarni ochish komandasi
Ko'phadni ko'paytuvchilarga ajratish
Arifmetik ifodalarni hisoblash
Ifodalarni birlashtirish, o'xshash hadlarni ixchamlash, kasrni irrasionalikdan qutqarish komandalari
O'zgaruvchi, ifoda, komanda, birhad, ko'phad, paket, biblioteka, soddalashtirish, qavsni ochish, ko'paytuvchiga ajratish, birlashtirish, ixchamlash, irrasionallikdan qutqarish.
Ifoda va ularning turlari
O'zgaruvchilar lotin alfavitidagi belgilar ketma-ketligi ko'rinishda tuziladi. Katta va kichik harflar bilan yozilgan nomlar farqlanadi. O'zgaruvchilarning nomida raqam va «» belgisi ham qatnashishi mumkin. Maple 6 tizimida himoyalangan nomlar mavjudki, ularni boshqa maqsadlarda qo'llash kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. O'zgaruvchilarning nomini probel belgisi bilan ajratilgan so'zlar ketma-ketligi tarzida ham ifodalsh mumkin, faqat ular qo'shtirnoq ichiga olinishi kerak. Ma-salan: oniy burchak tezlik. Son, o'zgaruvchi, funksiya belgilari va Maple 6 ning boshqa ob'yektlaridan tuzilgan ketma-ketlik ifoda deyiladi. Agar ifodada qiymati noma'lum bo'lgan ob'yektlar ishtirok etsa, unga belgilar ifodasi deyiladi va ular ustida analitik amallar baja-riladi. Maple 6 tizimi asosan aynan shunday ifodalarni qayta ishlash maqsadida tuzilgan. Ifodalar bilan bog'liq asosiy komanda ta'minlash komandasi hisoblanadi. Uning umumiy ko'rinishi quyidagicha:
:=;
O'zgaruvchilar qiymatining turi butun(integer), kasr (fraction), suzuvchan vergul for-madagi haqiqiy(float) va satr(string) bo'lishi mumkin. Bundan tashqari analitik amallar bajarish uchun funksiya(function), indeksli o'zga-ruvchi(indexed), to'plam(set), ro'yxat(list), qator(series), ifodalar ketma-ketligi(exprseq) va yana ko'pgina murakkab turdagi ma'lumotlar ham mavjud. Maple 6 tizimining barcha turlari to'g'risida ? type komandasi yordamida ma'lu-mot olish mumkin. Jimlik qoidasi bo'yicha ifodalarning turi symbol hisoblanadi. Ixtiyoriy o'zgaruvchi va ifodaning turini >whattype(); komandasi orqali bilish mumkin. O'zgaruvchiga boshqa turdagi ma'lumot ta'minlansa, uning turi o'zgaradi. Maple 6 tizimining o'ziga xos jihatlaridan biri, uning tarkibida matematikadagi barcha standart va maxsus funksiyalar mavjud. Bu funksiyalarning ro'yxati va ular to'g'risida ma'lumotni ? inifunction komandasi yordamida olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |