AIM.UZ
IDROK Idrok bu borliqdagi predmet va hodisalarining aks ettirilayotganining yaxlitligini tushunish bilan bog'liq turli xususiyat hamda qismlar bilan birgalikda psixik aks ettirilishidir. Idrok sezgilarga nisbatan murakkab bilish jarayonidir, ya'ni, uning murakkabligi shundan iboratki, agarda sezgilarda birorta analizator yoki sezgilar ishtirok etsa, idrok jarayonida bir qancha sezgilarimiz, tajribalarimiz ham ishtirok etadi. Idrokning natijasi doimo predmetning faqat ayrim xususiyat va sifatlarini aks ettiruvchi sezgisidan farqqilibdoimo yaxlit predmetlikdir. Idrok to'liq, chala, yuzaki, aniq va xato yoki tezkor va sust bo'lishi mumkin. Bularning barchasi sezgi a'zolarining sezgilarga, oldin egallagan tajriba va bilimlarga, ko'zatishning diqqat e'tiborligiga idrok qiluvchi ning qobiliyatlari va aqliy ustunligiga, izchil idrok qilish hamda idrok qilinayotgan ob'yektning turli tomonlari va xususiyatlarini baxolay bilishga bog'liq bo'ladi. Idrok doimo konstantdir, ya'ni doimiydir.Konstantlik deb idrok obrazlarining o'zgarmaslik turg'unlik holatiga aytiladi bunda fizik, sharoit o'zgarishi mumkin lekin obrazlar o'zgarmaydi.Idrok tanlovchandir, yaxlitning zarurrok bo'lgan detallari aniq qilinadi.Ongning aktivligi idrokning tanlovchanligida namayon bo'ladi.Kishi idroki tafakur bilan mustahkam bog'liqdir.Voqelikdan narsa, hodisalarning ongda yaxlitligicha aks ettirishning o'zi idrokning anglangan holatidan dalolat beradi.Insonning ish faoliyatida o'z psixolgik strukturasiga ko'ra murakkab bo'lgan idroklar, masalan, vaqt, harakat, fazoni idrok qilish idroklar alohida ahamiyatga ega. Vaqtni idrok qilish tashqi dunyo hodisalari oqimining davomiyligi, izchilligi va tezligini, shuningdek, organizm hayot faoliyatining ichki ritmlari hamda sezgilaridan signal beruvchi qator sezgilarini umulashtiradi.
Vaqtni idrok qilishning asosini ko'rish vestibulyar, harakat va teri sezgilari tashkiletadi. Bo'lar birgalikda insonni gavdasining fazodagi holatini baxolash imkonini beradi. Fazo uch o'lchov asosida ko'rish eshitish va muskul harakat sezgi a'zolari orqali idrok qilinadi. Harakatni idrok qilish fazo vaqtdagi o'rin almashinuvlvrini idrok qilish bo'lib, harakatni baholash vaq oraliqlarini idrok qilishga bog'liq bo'ladi, chunki fazodagi har qanday harakat tezligi va yo'nalishi bilan harakterlanadi. Idrok qiziqchilarimiz va irodamiz bilan qanday darajada bog'liqligiga ko'ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz idrokka ajratilishi mumkin. Ixtiyoriy idrok kuzatishda yaqqol namoyon bo'ladi.Kuzatish bu ma'lum, aniq anglangan maqsad bilan qilinadigan hamda ixtiyoriy diqqat yordamida amalga oshiriladigan ixtiyoriy rejali idrokdir. Faoliyat shakli bo'lgan kuzatish oreintirovka, ya'ni biron narsa haqida yetarlicha to'g'ri tasavvur olish, atrof muhitni anglay bilish bilan
o'zviy bog'liqdir, Oreintirovka jarayoni idroki shakli sifatida tafakkuri shakdi tarzidagi tushunish bilan o'zarobog'liqdir. Kuzatuvchanlik bu hodisa va predmetdagi ko'zga kam tashlanadigan biroq ayni vaqtda qandaydir maqsad uchun ahamiyatli yoki muhim bo'lgan detal, belgi yoki xususiyatlarini fahmlash qobiliyatlaridir. Kuzatuvchanlik bu ma'lum maqsad uchun ayniqsa narsalarni idrok qilishga doimo tayyor turishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |