Ibn – sino va abu nasr forobiy musiqa tarbiyasi haqida



Download 53 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi53 Kb.
#262018
Bog'liq
IBN – SINO VA ABU NASR FOROBIY MUSIQA TARBIYASI HAQIDA


IBN – SINO VA ABU NASR FOROBIY MUSIQA TARBIYASI HAQIDA

Milliy madaniyatimiz o‘zining boy, mustahkam an’analari va chuqur ildizlariga ega. Jahon tsivilizatsiyasining ajralmas qismi sifatida Sharq milliy madaniyati umumbashariy qadriyatlar silsilasida alohida o‘rin tutadi. Allomalarimiz musiqa madaniyati sohasida ham g‘ururlansa arziydigan asarlar meros qoldirganlar.

873—950 yillarda yashab ijod etgan o‘rta asr Sharq musiqa madaniyatining eng yirik namoyandasi Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiy, manbalarda ko‘rsatilishicha, zabardast bas­takor hamda ud, tanbur, g‘ijjak, nay kabi asboblarning mohir ijrochisi bo‘lgan. Forobiy o‘tkir didi va ajoyib musiqiy qobiliyati tufayli o‘rta va yaqin Sharqda yashovchi turli xalqlarning musiqa madaniyati bilan yaqindan tanish edi. Alloma  soz chalar, kuy ijro etib, odamlarga kuchli ta’sir berar, goho jo‘shqin kishilarni xomush ahvolga solar, ba’zan esa ziyraklarni uxlatardi, xullas, shinavandalarni hayratda qoldirganligi to‘g‘risida rivoyatlar mavjud. Ilmda esa u olamshumul ahamiyatga ega asarlar ijod etib, musiqashunoslik tarixida so‘nmas iz qoldirdi. Manbalarda uning «Ilmlarning tasnifi haqida», «Musiqa haqida so‘z», «Musiqa haqida katta kitob»  va boshqa ko‘plab asarlari tilga olinadi. «Musiqa haqidagi katta kitob»ida u musiqa ilmining nazariy va amaliy qism­lari haqida mufassal fikrlarini bayon qiladi. Nazariy ilm musiqaning asoslari, ya’ni tarkibiy qonunlarini tashkil qiladi. Alloma ularni o‘rganish uslublari ustida sof nazariy, ya’ni musiqa materiyasidan mustasno holda fikr yuritadi. Amaliy ilm­da esa shu tushuncha va kategoriyalar bevosita musiqaga bog‘liq holda o‘rganiladi. Forobiyning fikricha, har qanday ilmda insonning kamol topmog‘i uchun uchta holatga murojaat qilinadi: uning asoslarini puxta egallash, shu fan asoslaridan kerakli natijalar chiqara bilish, mavjud xatoliklarni topish hamda tuzata olish.

Forobiy o‘z zamonasining cholg‘u asboblarini mukammal va atroflicha o‘rgangan. Bunga qadimiy professional musiqaning yetakchi sozi udni asos qilib olgan. Ma’lumki, qadimiy udlar avvalo ikki torli bo‘lib,  ular zir va bam deb nomlangan. Bam yuqoridagi yo‘g‘on tor, zir pastki qismdagi ingichka tor bo‘lgan. Keyinchalik asbob uch-to‘rt torli bo‘lganida, birinchisi bam, ikkinchisi masna, uchinchisi maslas, to‘rtinchisi zir deb atala boshlagan. Forobiy ud musiqa cholg‘usiga beshinchi torni o‘rnatgan. U xad deb atalgan.Bundan tashqari Forobiy o'z asarlarida haqiqiy sanatkor ahloqi haqida ham qimmatli mulohazalirini bayon etgan.Farobiy sa`atning taqlidiylik shu husiyatiga egaligini ta`kidlab. Ana shu taqlidiylik idrok ejtuvchida hissiyot va tasavvur uyg`otadi. San`atkor o’z hayolot kuchi, ijodiy qudrati bilan umumiy g`oyalarni yakka qiyofalarda in`ikos ettiradi. U nutqni turlarini mantiqiy nuqtai nazardan tadqiq etar ekan, she`riy nutqni-mutloq yolg`on, sofistik nutqni asosan yolg`on, hitobiy nutqni bir xilda ham yolg`on, ham rost, dialektik nutqni asosan rost, isbotiy (apodiktik) nutqni mutlaq rost deydi. She`riy nutqning mutloq yolg`on deb atalishi kishiga dastlab erish tuyuladi. Lekin aslida Farobiy haq. Masalan, Oybekning mana bu ikki satrini olib kyeraylik:
Bir elkaki, tuprog`ida oltin gullaydi,

Bir elkaki qishlarida shivirlar bashor...


Oddiy mantiq nuqtai nazardan qarasak, haqiqatan ham Oybek yolg`on gapiryapti: oltin- rangli metal, u hech qachon o’simlikka o’hshab gullamaydi, bahor esa odam emas, u- fasl, hech qachon shivirlab gapirmaydi. Farobiy bu yerinda san`at asari oddiy mantiq ilmi qonun qoidalariga bo’ysunmaydigan o’ziga xos mantiqqa, badiiy mantiqqa ega beli-shini ta`kidlamoqda. Boshqa bir yerinda, «Shyer san`ati» risolasida yuqoridagi fikrlarini davom ettirib, shunday deb yozadi: «... isbotda ilm, tortishuvda ikkilanish, hitoboda ishontirish qancha ahamiyatli bo’lsa, she`riyatda ham hayol va tasavvur shunchalik zarur bo’ladi».

Farobiy san`atkorning qobiliyati tug`ma bo’lishini alohida ta`kidlab o’tadi: «... shoirlar chindan tug`ma qobiliyatli va she`r bitimga tayyor tabiatli kishilar bo’ladi...» Ayni paytda faylasuf birgina iste`dod bilan etuk shoir bo’lish mumkin emasligini ham aytib o’tadi. Shu bois «shoirlarning she`r ijod qilish borasidagi ash-voli kamolatga etishgani va etishmagani jihatidan turlicha beladi».

Arastu izidan borib, muallimi soniy she`riyatni tasviriy san`at bilan qiyoslaydi va shar ikkala san`at turi ham moshiyatan bir xil asosga- taqlidga borib taqalishini aytadi». Bu shundayki, — deb yozadi u, — «she`r san`atini bezaydigan narsalar- sez muloshazalar belsa, rassomlar san`atini bezaydigan narsa beyoqlar sanala-di. Bularning ikkovi yertasida farq bor, ammo ikkalasi ham odamlar tasavvuri va sezgilarida bor maqsadga- taqlid qilishga yenalgan beladi».

Farobiy ko`p jildlik «Musiqa shaqidagi katta kitob» asarida musiqiy bilimni ijro san`ati bilan bog`liq bo`lgan musiqiy amaliyotga va musiqaning «sof o’zini», ijrochilikka bog`lanmagan holda o’rganadigan nazariyaga ajratadi. Kitobda ohang tazimidagi uyg`unlik, zarb singari hodisalar tahlil etiladi. Shu munosabat bilan nafosatshunos tovushlar bilan emas, balki tovushlar tasavvurini beruvchi raqqoslarning musiqiy g`oyaga bo’ysungan ohangiy harakatini anglatuvchi ritmik mimika- ohangiy harakat tushunchasini kiritadi. Shuningdek, kitobdan yaqin va O`rta Sharqdan ma`lum bo`lgan musiqiy asboblar, ularni ijro etish yellari, usullari haqida, umuman musiqa tarixi to’g`risida atroflicha ma`lumot olish mumkin.

980-1030 yillarda yashab ijod etgan Sharq tabobatining buyuk asoschisi, mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning serqirra ilmiy merosida ham musiqa muhim va salmoqli o‘rin tutadi. Ibn Sino o‘zidan oldin o‘tgan yunon faylasuflari Aristotel, Ptolomey, Evklid, shuningdek Xorazmiy, Kindiy va Forobiy asarlarini ijobiy o‘zlashtirib, musiqa ilmida mustaqil ta’limot yaratdi. Buyuk tabib  musiqa ilmini yoshligidanoq puxta egallagan. Alloma yashagan davrda yangi estetik talablarga bo‘ysundirilgan holda qayta o‘zlashtirilgan Rost, Zangula, Zirafqand, Raxoviy, Navro‘z va shunga o‘xshagan qadimiy musiqa yo‘llari o‘rta va yaqin Sharq professional musiqasining yangi tuzumi bo‘lgan maqomlar tarkibiga singa boshlagan. Bu davrda Buxoroda va keyinchalik Ibn Sino yashab ijod etgan Urganch, Ray, Hamadon kabi markaziy shaharlarda bastakorlar, ustoz xonanda va sozandalar ijodining barq urishi, musiqa tafakkurining yuksak namunalaridan bo‘lgan maqomlarning joriy qilinishi bu soha rivojiga katta yo‘l ochdi. Ibn Sino asarlari bu borada bebaho ahamiyat kasb etadi. Tarixchi Ibn Abi Usabi’a tilga olgan «Musiqa san’atiga kirish», Ibn Sinoning o‘z «Shifo» kitobida qayd qilgan «Qo‘shimchalar kitobi» kabi musiqaga oid asarlari o‘rganilgan emas. Faqatgina «Musiqa ilmi yig‘indisi» bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari, Ibn Sinoning «Tib qonunlari», «Najot» hamda «Ishq risolasi» kitoblarida ham musiqaga tegishli ma’lumotlar berilgan. Ibn Sinoning musiqiy qarashlari Forobiy ta’limotidan shunisi bilan farqlanadiki, u o‘z musiqa nazariyasini ko‘proq tovushning fizik xususiyatlariga qarab tuzishga intiladi. Forobiy esa nazariyani ko‘proq tajriba va idroklash qonuniyatlari bilan bog‘laydi. Bunda Ibn Sino ta’limotining e’tiborli tomoni musiqani faqat tajribaning o‘ziga bog‘lab qo‘ymasdan uni fan va ilmiy tafakkur yordamida rivojlantirishga da’vat etadi. Ana shuning uchun ham Ibn Sinoning musiqaviy qarashlari fanda chuqur iz qoldirgan. Ibn Sino merosidan Sharq o‘rta asr yirik musiqashunoslari Abu Mansur ibn Zayla, Safiuddin Urmaviy, G‘arb­ning atoqli olimlari Vinchentsio, Galiley va Juzeppo Salionlar ilhom olganlar. Allomaning musiqiy ta’limotida estetika, nazariya va amaliyotga oid qator dolzarb masalalar o‘z aksini topgan. Olim o‘z davrida mash­hur bo‘lgan quyidagi 8 ta musiqiy usulni ta’kidlab o‘tadi, bular quyidagilardir:hajiz, hafifi xazaj, saqili avval, hafifi saqili avval, ramal, hafifi ramal, saqili ramal, saqili soniy, hafifi saqili soniy.

Ibn Sino she’riyat va musiqa orasida eng katta ko‘prik vazn ekanligini qayd etadi. Musiqa va she’riyatning tabiiy uyg‘unlashuvi bo‘lmas ekan, tinglovchiga ohang go‘zal to‘lqinlarda yetib bormasligini ta’kidlaydi. Cholg‘u asboblarini ham keng o‘rgangan tabib odam ovozini eng mukammal musiqiy vosita deb bilgan va boshqa cholg‘u asboblarini shunga qiyos qilib o‘rgangan. Ibn Sinoning eng sevgan musiqa chol­g‘usi g‘ijjak bo‘lgan. Bundan tashqari, ud, tanbur, rubob, nay, surnay va qonun cholg‘ulari to‘g‘risida ma’lumotlar berib, ularning ijrochilik xususiyatlari, o‘zaro qo‘shilishiga oid o‘z  kuzatishlarini bayon etadi.

Ibn-Sino ham Farobiy qarashlarini davom ettirib, mu-siqadan olinadigan lazzat musiqiy uyg`unlikning makonda yoyilishidan, pardalarning navbatma-navbat kelishi-dan deb biladi. Musiqada gap tovushining o`zida emasligini, balki uni qanday chiqarish mushim ekanini aytadi, ya`ni bizda yoqimli yoki yoqimsiz sezgini tovushning ezi emas, balki uni paydo qilish usuli uyg`otadi. Musiqaning kelib chiqishini na inson nutqining boyligi bilan bog`laydi: hushomad qilayotganda ovoz pasayadi, mag`rur sezla-yotganda qat`iy jaranglaydi va sh. k. Musiqa inson kayfiyatiga taqliddir, deydi Ibn Sino. Shuningdek, alloma gezallik borasida ham Farobiy izidan boradi. Uning fikriga kyera, jismoniy gezallik bevosita qalb gezalligi bilan belgilanadi. «Ishq risolasi» olarida muhabbatning asosida gezallik yotishini «aslida muhabbat gezal-likni ma`qulashdir», degan fikr bilan ifodalaydi.

O`rta asrlar nafosatshunosligida Ibn Sinoning «She`r san`ati» asari eziga xos yerin egallaydi. Unda qomusiy alloma, Arastu «Poetika»sini sharqlar ekan, eziga xos yangiliklar kiritadi va she`rning keyinchalik mashshur belib ketgan mana bu qoidasini keltiradi: «She`r deb obrazli sezlardan iborat bo`lgan ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralar bir-biriga teng, vaznlari qaytariladigan, oxirgi tovushlari bir-biriga ehshash satrlarga aytiladi». Uning fikriga kyera, she`r taqlidiy fikr natijasi elaroq uch xil yel bilan yuzaga keladi. Birinchisi laqn- uyg`unlik, undan keyin kalom- sez keladi (bunda albatta tim-solli obrazli sez nazarda tutiladi). Uchinchisi vazn. Mana shu uch yelning bir-birga mos kelishi natijasida she`r paydo beladi. Yeqsa kengildagidek she`r yaratish mumkin emas.

Ibn Sino shaqaqiy she`riyat bilan nazmiy tizmalarning farqi borasida fikr yuritar ekan, fizika shaqida asar yozgan Empedokl ez kitobini vaznga solganini, lekin Empedokl bilan Shomyer asarlari yertasida vazndan boshqa shech qanday umumiylik yeq ekanini ta`kidlagan ustozi Arastu qarashlarini tela quvvatlaydi: «Empe-doklning yozganlari, vaznning paydo belishiga qaramay, tabiiy gaplardan iborat belib qolgan holos. Shomyerning vaznli gaplari esa she`riy sezlar tusini olgan. Shuning uchun Empedoklning sezlari shech qachon she`r belolmay-di», - deydi alloma.

Shuningdek, Ibn Sino ez risolasida, Yunon she`riyati bilan arab she`riyatini solishtirib, she`riyatning va-zifasi shaqida fikr yuritadi va bu boradagi yunonlardagi ba`zi ustunliklarga ishora qiladi. Uning aytishicha, yunonlar she`riyatda fe`l-atvorga qarab taqlid ishlatishni kezlaganlar. Arablar esa, ikki vajdan she`r yozgan-lar. Bir tomondan, ular she`r orqali odamlar rushiga ta`sir etmoqchi bo`lganlar. Zero she`r idrok etuvchida shaya-jonli shissiyot, telqinlanish uyg`otishi shubshasizdir. She`r yozishning ikkinchi sababi- odamlarning taajubga solish bo`lgan. Arablar shar bir narsaga tashbesh ishlatavyerganlar, ular bu tashbeshlari bilan odamlarni shayratga solishni maqsab qilib qeyganlar. Yunonlar esa she`r vositasida odamlar fe`l-atvoriga ta`sir etishni, yo bel-masa, she`r orqali odamlarni ezlari kezlagan hatti-harakatlaridan tiymoqchi bo`lganlar.

Bunday nazariy fikrlarni Ibn Sino, eng avalo, ez amaliyoti orqali tasdiqlaydi. Allomaning «Salomon va Ibsol», «Shayy ibn Yaqzon», «Yusuf qissasi», «Qush risolasi» singari nasrda yozilgan falsafiy–badiiy va ma-joziy asarlari bilan birga, bizgacha etib kelgan she`riy asarlari ham katta ahamiyatga molik. Lekin alloma ezining engga yaqin nazmda tizilgan ilmiy urjuza dostonlarini she`riy asar deb bilgan emas.

O`rta asrlar musulmon Sharq nafosatshunosligida mashmoiyyenlik yenalishi bilan birga tasavvufiy yenalish ham vujudga keldi. Uning buyuk vasili tasavvuf falsafasi asoschisi tengi kam iloshiyotchi Imom G`azzoliydir (1058-1111). Uning «Ishyon ulum ad din» («Din shaqidagi ilmlarning tirilishi») asarida nafosatshunoslikka keng yerin berilgan.

G`azzoliy nafosat borasidagi qarashlarida esimlik, shayvon hamda insonning tashqi mushitga munosabatiga, ulardagi nafis did, nafosat shissining bor yeqligi muammolariga, shaxsning gezallikka munosabati, uning ko-mil insonga aylanishi, nisbiy va mutloq gezallik, ibodat bilan san`atning farqi singari masalalarga tehtalib etadi.

Ibn Zayla (vafot etgan yili 1044) Ibn Sinoning shogirdi bo‘lgan mash­hur musiqashunos edi. O‘rta asr manbalariga ko‘ra, Abu Mansur ibn Zayla o‘zining qisqa umri davomida fanning turli sohalarida puxta asarlar yaratib, o‘z davrining yetuk olimlaridan hisoblanganligi uchun zamondoshlari uni al-Hakim donishmand deb nomlaganlar. Musiqa ilmida Ibn Zaylaning yagona asari «To‘liq musiqa kitobi» («Kitob al-kafiy fi-al musiqa») ma’lum. Uning ijodi Ibn Sino musiqiy qarashlarining ta’siri ostida shakllangan. Ibn Zayla ijodining e’tiborli tomoni shundaki, u kuy pardalarining nomlanishida birinchi bo‘lib yangi uslubni qo‘llab, Sharq musiqasi tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan. Undan avval yashab o‘tgan musiqashunoslar musiqa pardalarini belgilashda abjad tartibidagi arab alifbosidan foydalangan bo‘lsalar, Ibn Zayla birinchi bo‘lib abjad harflarini son bildirish tartibiga qarab qo‘llagan.

Ibn Zayla yangiligidan so‘ng «Yakgoh», «Dugoh» (maqom va uning asosini tashkil qiluvchi lad ), «Segoh», «Chorgoh», «Panjgoh» kabi iboralar ishlatila boshlagan. Bu tartib sonlar tizimining turli tabaqalariga nisbatan ishlatiladi va har biri o‘zgacha ma’noni anglatadi. Ya’ni, «Yakgoh», «Dugoh», «Segoh», «Chorgoh», «Panjgoh» iboralari muayyan pardalarni bildirgan. Beshta iboraning ishlatilishiga sabab to‘rt va besh pog‘onali jinslarning kuy tuzilishida asosiy vazifani bajarganligidadir. Keyinchalik bu iboralar sho‘’ba va maqomlarning nomi sifatida qo‘llanilgan. Hozirgi kunda ham turli Sharq xalq­larining musiqasida ko‘proq shu atamalar qo‘llaniladi. Arab maqomlarida «Segoh» nomi «Siga», Ozarbayjon mug‘omlari va Eron dastgohlarida «Segah», «Chorgah», «Panjgah», o‘zbek shashmaqomida esa «Dugoh», «Segoh», «Chorgoh», «Panjgoh»  asosiy tushunchalar hisoblanadi.

Sharq musiqa ilmining Forobiy, Ibn Sino, Abu Mansur ibn Zayladan keyingi eng yirik namoyondasi hisoblangan Safiuddin Abdilmo‘min Urmaviy buyuk ustozlar kabi musiqa ilmi va amaliyotida o‘chmas iz qoldirdi. Safiuddin 19 yoshligida mohir ijrochi, hofiz va bastakor bo‘lib tanilgan edi. U o‘zidan oldin o‘tgan olimlar merosini ijodiy o‘zlashtirib, musiqa ilmini yangi pog‘onaga ko‘targan. Uning musiqaga oid mashhur risolalari «Sharafiya» («Kitob al-Sharafiya») va «Davrlar kitobi» («Kitob al-advor») bizgacha yetib kelgan. Urmaviyning ilmu ta’lif (musiqa tovushlarini balandlik nuqtai nazaridan o‘rganuvchi fan) borasidagi qarashlari Sharq musiqasida hozirgacha o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Musiqa ilmida hozirgi kunda ishlatilayotgan b (bemol), # (diez) belgilari Urmaviyning ilmiy mahsuli bo‘lib, ular «Fazla» deb atalgan. «Fazla» yordamida butun va yarim pardalarning katta va kichik variantlari hosil bo‘lgan. Jamlarning (jinslarning qo‘shiluvidan hosil bo‘ladigan lad birikmasi) eng oliy nav­lariga nisbatan maqom iborasi birinchi bo‘lib Safiuddin Urmaviy tomonidan ishlatilgan. Sharq musiqasidagi 12 maqom sistemasi ham shundan boshlanadi.



... Insoniyatning buyuk kashfiyoti — musiqa bitmas-tuganmas xazinadir. Bugungi kunda chalinayotgan musiqa asboblari, tinglanayotgan kuylar, tinglay turib oshgan hayratlarimiz bilan ana shu xazinadan bahramand bo‘lmoqdamiz, tarbiya olmoqdamiz. Men musiqa ilmining tarixini, tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganayotgan bir mutaxassis sifatida ajdodlarimiz qoldirgan musiqiy merosni mustahkam poydevorga qiyoslayman. Ana shu poydevor mavjud ekan, musiqa shaxs ruhiyatining eng kerakli ma’naviy ozuqasi bo‘lib abadiy yashaydi. Yaqinda matbuotda e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009—2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoyishi mamlakatimiz miqyosida olamshumul o‘zgarish yasab, bu soha rivojiga katta yo‘l ochishiga shubha yo‘q. Farmoyish asosida musiqa va san’at maktablarining imkoniyatlari yanada kengayadi, demak, o‘sib kelayotgan avlodning ongu shuurini musiqa deb atalgan tarbiya vositasi bilan oziqlantirish yanada yuksak darajaga ko‘tariladi.


Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish