Iat qobulov Doston Seminar bo’yicha topshiriq №1 Globallashuv, axborot makoni, axborotlashgan jamiyat tushunchalarining mazmun- mohiyati



Download 65.37 Kb.
bet1/4
Sana11.11.2020
Hajmi65.37 Kb.
  1   2   3   4

3 IAT 2 Qobulov Doston

Seminar bo’yicha topshiriq № 1

1. Globallashuv, axborot makoni, axborotlashgan jamiyat tushunchalarining mazmun- mohiyati.

Globallashuv XX asrning 80-yillarida yalpi vujudga kelayotgan jarayon bo‘lib, birinchi marta iqtisodiy sohada sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T.Levittning 1983 yildagi “Garvard biznes review” jurnalida chop etilgan maqolasida qo‘llanilgan edi. “Globalizatsiya” — “gloub” (inglizchadan “globe”, ya’ni yer shari), “global” (“global”, ya’ni butun dunyoga tegishli) va “globallashuv” (“globalize”, ya’ni butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib chiqqan. “Collins english” lug‘atida (1998) globallashuv moliyaviy va sarmoya kirituvchi bozorlarga davlatlar va millatlarning o‘zaro bog‘lanmaganliklaridan foydalangan holda rivojlangan va tartibga solingan aloqalar orqali boshqarish imkoniyatini beradi, deb ta’kidlanadi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti A.Nurmatovning 2006 yilda “Hurriyat” gazetasida chop etilgan “Internet globallashuvi” nomli maqolasida yozilishicha, “globallashuv jarayonini olimlar “internatsionallashtirish yoki baynalminallashtirish”, “liberallashtirish yoki erkinlashtirish”, “universallashtirish” hamda “g‘arblashtirish”, deb talqin qilishadi. “Internatsionallashtirish” — mamlakatlararo munosabatlar, xalqaro savdoning o‘sishi, demokratiya va inson huquqlari kabi g‘oyalarni o‘zaro almashinishidir. “Liberallashtirish” —  mamlakatlararo ochiq savdoni chegaralashning man etilishi va jahon iqtisodiyotini erkinlashtirish. “Universallashtirish” — bu turfa qarash va tajribalarning yer yuzidagi barcha insonlar orasida tarqalishi. Iqtisodiy va madaniy aloqalarning o‘sishi milliy madaniyat va qadriyatlarning uyg‘unlashuviga olib keladi. Boshqacha aytganda, madaniyatlarning qo‘shilib ketishi natijasida o‘zgacha madaniyat yuzaga keladi”. Bugungi kunga kelib esa globallashuv antropogen ta’sir natijasida keng quloch yozib keldi. Uning to‘xtovsiz harakatlanishi uchun quvvat manbai – inson tafakkuri hisoblanadi. Shuning uchun ham uni antropogen hodisasining hosilasi deb izohlash mumkin, ya’ni inson omili bu jarayonda asosiy rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud deya fikr yuritiladi. Aslida esa globallashuv alohida hayot tarzi emas, balki bugungi davrning umumiy manzarasidir. Uning ichida yaxshi voqealar ham, yomon voqealar ham ro‘y beradi. Bunyodkor va vayronkor g‘oyalar ham globallashuvning botinida mavj uradi, undan tashqarida emas. Lekin bu hodisalarning sababchilari insonlardir va agar odamzod bo‘lmaganida edi, hech qanday sivilizatsiya ham, urushlar ham, globallashuv ham bo‘lmas edi. Hammasi – INSON atrofida ro‘y bermoqda. Globallashuvni to‘xtatib bo‘ladimi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Javob esa quyidagicha: yo‘q. Bu mumkin emas. Uning yo‘lini to‘sish uchun salkam ikki asr muqaddam chora ko‘rish lozim edi. Ammo bunday voqea sodir bo‘lganda hozirgi taraqqiyot, zamonaviy qulay yashash sharoitlari, turfa xil avtomobillaru transport vositalari, Internet va telefon, televizor, smartfonlar, Android mobilniklar, ro‘zg‘orda foydalaniladigan texnika buyumlari ham yaratilmas edi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, globallashuvga qandaydir (ijobiy yoki salbiy) oqibatlarni keltirib chiqaradigan hodisalar oqimi, xususiy jarayon deb qarash, mening fikrimcha, eskirgan nazariyadir. Chunki,ezgu ta’limotlar va buzg‘unchi fikrlar birvarakayiga globallashuv “qozonida qaynamoqda”. Endi, bu “qozon”dan kim nimani istasa, shuni “suzib oladi”, xolos. Ya’ni, har bir kishi o‘z dunyoqarashi va tafakkur darajasiga qarab o‘ziga tegishli deb bilgan narsani oladi. Biroq globallashuv ichidagi oqimlarni boshqa-boshqa taraflarga burib yuborish mumkin va buni faqat insonlar o‘z aqlu farosatlari va fikrlash doirasiga ko‘ra bajara oladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, O‘zbekiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan natijalarning negizida turgan asosiy omil – insondir. Zero, tarixni dohiylar emas, balki ongli va bunyodkor shaxs, xalq yaratadi. Xulosa shuki, globallashuv qaysi mamlakat yo mintaqada qay darajada yuz berayotgan bo‘lsa ham uning bosh omili kishilik jamiyati bo‘lib qolaveradi. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuchga aylangan jamiyatda globalizatsiya faqat ijobiy natijalarni yuzaga keltiradi, ma’naviy tahdidlar o‘z vaqtida bartaraf etiladi. Jamiyat rivojlanishining zamonaviy davri axborotlashtirish jarayoni bilan ajralib turadi. Bugungi axborot davrida har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning tafakkuri va siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo‘lib kelmoqda. Jahonda kechayotgan globallashuv va integratsiya, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlarida axborotning ahamiyati, xususan, axborot erkinligi va ochiqligi masalasi shaxs, jamiyat va davlat hayotida tobora muhim ahamiyat kasb etib, zamonaviy axborot tizimining shakllanganligi har qanday mamlakatning salohiyati va taraqqiyotini belgilovchi omil bo‘lib sanalmoqda. «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash masalasiga yuksak e’tibor bilan qaralib, mamlakatimizni siyosiy modernizatsiya jarayonining bugungi bosqichida axborot sohasini isloh qilish borasida ustuvor vazifalarni belgilab berib, soha qonunchiligini yanada takomillashtirish borasida asosiy g‘oya va takliflarini bayon etishi bilan birga, ularni hayotga tatbiq qilish mexanizmlari ham aniq va ravshan ko‘rsatib berilgani diqqatga sazovordir. Axborot sohasini rivojlantirish, uni jahon talablari darajasiga ko‘tarish borasida mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirilib, mamlakatimizda har kimning fikrlash va so‘z erkinligi, axborotni olish, izlash va tarqatish huquqlari, ommaviy axborot vositalarining erkinligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bilan mustahkamlanib, ushbu konstitutsiyaviy normalarni rivojlantirish, ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ularning faolligini oshirish, media makonga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bevosita joriy etishga qaratilgan:

«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»;

• «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»;

• «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»;

• «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida», «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»;

• «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa jami 20 dan ortiq axborot sohasida qonunlar, 50dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 300 dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi.

Mustaqillik yillarida yaratilgan bunday huquqiy maydon ommaviy axborot vositalariga o‘z vazifalarini samarali bajarish hamda o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlarga, kommunikatsiya vositalarining rivojlanish darajasiga yetishish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida axborotlashtirish — bu yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni hisoblanadi.

Axborotlashgan jamiyat — bu globallashgan ijimoiy jarayon bo‘lib, uning o‘ziga hos asosiy xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida faoliyatning ustuvor turi sifatida zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari hamda axborot almashuvining xilma-xil vositalari asosida amalga oshirilayotgan axborotni izlash, yig‘ish, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishdir.

Axborotlashgan jamiyat:

• bosma fondda hamda jamiyat a’zolarining ilmiy, ishlab chiqarish va boshqa faoliyati turlarida jamlangan jamiyatning tobora kengayib borayotgan intellektual salohiyatidan faol foydalanishni;

• ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini rivojlantirish va mehnat faoliyatini intellektuallashtirishga qaratilgan faoliyatning ilmiy va ishlab chiqarish turlariga axborot texnologiyalarini joriy qilishni;

• axborotlashtirish xizmati darajasini yuqoriga ko‘tarish, jamiyatning barcha a’zolarini obyektiv va tezkor axborotga ega bo‘lish, foydalanilayotgan ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlaydi.



2003-yil 11-dekabrda mamlakat Parlamenti tomonidan «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni yangi realliklarga muvofiq qayta ko‘rib chiqildi va uning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun tayanch qonun bo‘lib, elektron hukumat, masofadan o‘qitish, teletibbiyot, elektron tijorat kabi va yana bir qancha yangi xizmatlarning rivojlanishiga hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlab chiqiladigan boshqa qonunlar uchun asos bo‘lib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qonun hujjatlari ishlab chiqilishini belgilab, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda milliy axborot tizimini yaratishga xizmat qilmoqda.

Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini axborotlashtirish maqsadida, ularni kompyuter texnikasi, lokal hisoblash va korporativ kompyuter tarmoqlari bilan jihozlash bo‘yicha ham muayyan ishlar qilinmoqda, 2012-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, davlat idoralarining 80 foizida lokal hisoblash tarmoqlari yaratildi. Shuningdek, 98 foiz davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida veb-saytlar yaratilib, davlat axborot resurslarining soni 186 taga yetkazildi. Natijada aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 378 turdagi davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatilmoqda. 1999-yilda «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda telekommunikatsiyalarni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar belgilandi. Ushbu Qonun hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash va rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan boshqa qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash hamda sohada amalga oshirilgan tizimli va bosqichma-bosqich islohotlar natijasida respublikaning barcha viloyat markazlarida raqamli xalqaro telekommunikatsiya stansiyalari o‘rnatildi, magistral xalqaro va viloyatlararo aloqa liniyalarida tolali-optik kabel va raqamli radioreleyli liniyalar o‘tkazildi. Respublika hududlarida CDMA standartida simsiz radiofoydalanish telekommunikatsiya tizimi joriy etildi. 2011-yil 30-dekabrda «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun bilan fuqarolarni zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bilan to‘laqonli va sifatli ta’minlash, axborotlashtirish hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish, aloqa xizmatlari, ma’lumot uzatish va tarqatish sohasi ravnaqiga yo‘naltirilgan yangi normalar kiritildi. Bu ham bo‘lsa o‘z ifodasini 8-moddaning o‘n yettinchi xatboshisi va Qonunga kiritilgan yangi 81-moddada topmoqda. Tilga olingan yangi moddada davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish maqsadida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining samarali ishlashi va rivojlantirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi bo‘yicha majburiyat belgilandi. Shunday qilib, Qonunning yangi normalarida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zaro munosabatlarga zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini yanada ko‘proq jalb etish maqsadida ularni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalasi hal etilmoqda. Rivojlangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat va jamiyat qurilishi tizimida keng foydalanishda Internet jahon axborot tarmog‘idagi milliy segmentni rivojlantirish zarurligi, uni tashkil etishda esa asosiy qismlaridan bo‘lgan aynan domen nomlari va domen nomlari tizimi kabi muhim tushunchalarga ta’rif berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Internetdan foydalanish ko‘lamini kengaytirishdan asosiy maqsad fuqarolar uchun zarur axborotni ularga kerak bo‘lgan vaqtda olish imkonini berishdir. Mazkur Qonunda belgilanayotgan islohotning maqsadi odamlarga axborot olish va undan foydalanishga bundanda to‘laqonli imkoniyat yaratishdir.

Bugunga kelib mamlakatimizda 20ga yaqin telekommunikatsiya operatorlari mavjud bo‘lib, ular telekommunikatsiya tizimida 28ta yo‘nalish bo‘yicha dunyoning 180ta mamlakatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan xalqaro kanallari orqali o‘z xizmatlarini ko‘rsatishmoqda.

Foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’minlash, ularning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlash maqsadida 2011-yil 13-aprelda «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Jamiyatni axborotlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2003–2004-yillarda «elektron» qonunlar deb ataladigan qonunlar bloki qabul qilindi. Bular O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunlaridir. Qonunlarni ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro tashkilotlar va bir qancha mamlakatlarning tajribasi ham hisobga olindi.

Ushbu qonunlarning qabul qilinishi, joylarda ularning ijrosini ta’minlanishi o‘z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishining shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori sur’atlarda rivojlanishi, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining paydo bo‘lishiga va o‘z navbatida, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishga keng yo‘l ochib bermoqda.

Mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti uchun yangi bo‘lgan mazkur tizimlarni tez sur’atlar bilan rivojlanishining yana bir omili bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, jumladan Inter-netga ulanish tezligini mutassil ravishda o‘sib borishi (agar 2002-yili 8,5Mbit/s.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 2500 Mbit/s.ga yetdi) va ulardan foydalanish uchun qulay sharoit yaratilganligidadir.

Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, elektron tijoratni shiddat bilan rivojlanishiga Internetdan foydalanuvchilar soni, aholining 20-25 foizini tashkil etganda erishish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda Internetdan foydalanuvchilar 9,1 mln.ni tashkil etgani elektron tijoratning rivojlanish istiqbolidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqe beruvchi «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, shubhasiz elektron hujjat aylanish tizimini rivojlantirishga ko‘maklashib, davlat hokimiyatining turli idoralari o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirishga imkon yaratmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashuvi darajasi va sifatini oshirishga, izlash samaradorligining o‘sishiga, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va ulardan foydalanishga ko‘maklashib, qog‘oz hujjat aylanishi ulushining kamayishga yordam bermoqda. Ushbu qonun elektron hujjatning huquqiy maqomini va uning rekvizitlarini aniqlagan bo‘lib, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron hujjatni olish, jo‘natish, ularni saqlash va muhofaza etish tartibini belgilab berdi. Elektron hujjat aylanishida ularning qog‘oz hujjatlar bilan teng kuchga ega ekanligini, ulardagi imzo, muhr va hujjatning boshqa rekvizitlarini tasdiqlash elektron raqamli imzo orqali amalga oshirilishi mumkin.

«Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’lum shartlarga rioya qilingan holda elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo va qog‘ozdagi shaxsiy imzo teng kuchga ega ekanligini ta’minlab berdi. Natijada, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Internet tarmog‘idan foydalangan holda kerak bo‘lgan barcha hisobot formalari va boshqa ma’lumotlarni elektron ravishda interaktiv holda olish hamda soliq va statistika hisobotlarini topshirish imkoniyatini yaratdi. Bu tizim kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari vaqtini tejash, davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot uchun navbat kutish yoki soliq hisobotlarini to‘ldirishdagi xato va kamchiliklarni tuzatishga emas, balki o‘z tadbirkorlik ishlarini rivojlantirishga sarf etishlariga imkon bermoqda. Shuningdek, mazkur Qonunning qabul qilinishi va ijrosi ta’minlanishi natijasida respublikamizda 9 ta Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari tashkil etildi. Agar elektron raqamli imzo kalitlari soni 2006-yilda 93 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilga kelib, 250 000 taga yetdi. Mazkur sohadagi huquqiy bazani yanada takomillashtirish ikki palatali professional parlament tomonidan ham samarali tarzda davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizda elektron to‘lovlar sohadagi ijtimoiy munosabatlar Markaziy bank tomonidan qabul qilingan «Elektron to‘lovlarni amalga oshirish Nizomi» bilan tartibga solinib kelingan bo‘lsa, 2005-yilda «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi bilan elektron to‘lovlar tizimini yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi o‘z navbatida, mijozlariga yangi xizmat turlarini ko‘rsatishga huquqiy asos yaratib berdi. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyotimizga «Pay Net», «Fast Pay», «Moblis», «E-karmon» kabi elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatuvchi muassasalarning kirib kelishi, shuningdek, «SMS-banking», «Internet-banking» kabi yangi elektron to‘lov xizmatlarini joriy qilish va shu asosda mobil to‘lovlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga zamin yaratdi. Ushbu xizmatlarning qulayligi shundaki, mijozlar bular yordamida kommunal xizmatlari, mobil aloqa va Internet xizmatlari hamda uy-ro‘zg‘or mollarini Internetdan foydalangan holda, sotib olish va hisob-kitob qilishlari mumkin. Ushbu Qonunlar axborotlashtirish va ma’lumotlarni uzatish sohasida hamda avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot muhofazasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, axborot muhofazasining huquqiy asoslarini aniqlash hamda axborot muhofazasiga qo‘yiladigan talablarni belgilashdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yaratilgan samarali huquqiy mexanizm iqtisodiyotning boshqa sohalarida bo‘lgani kabi ushbu sohaga ham chet el investitsiyalarining kiritilishiga yo‘l ochib, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, axborot texnologiyalarini hayotimizning barcha sohalariga keng joriy qilishga asos bo‘lmoqda.

2005-yildan boshlab O‘zbekistonda davlat organlarining Internetda rasmiy saytlarining ochilishi tatbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi 256-sonli Qarori bilan ushbu saytlarga asosiy talablar belgilangan bo‘lib, unda saytlarni to‘laqonli rasmiylashtirish, undan foydalanish va yangilash maqsadida veb-saytda joylashtiriladigan zaruriy axborotlar ro‘yxati, mazmuni va boshqa kerakli shartlarga nisbatan xalqaro standartlar aniq shakllantirilgan. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik va aholini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borishi to‘g‘risida muntazam xabardor qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2006-yil 22-sentabrda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 203-sonli Qaror qabul qilindi. U bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati to‘g‘risidagi Namunaviy nizom tasdiqlangan bo‘lib, unga muvofiq, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xo‘jalik boshqaruvi organlari tarkibida xodimlarning umumiy soni doirasida axborot xizmatlarini tashkil etish belgilangan.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan tezkor o‘zaro hamkorligini ta’minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng foydalanilishini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007-yil 23-avgustda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 181-sonli Qarori qabul qilinib, u bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2012-yil 21-martda «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy qilish va rivojlantirish choralari to‘g‘risida» Qaror qabul qilindi. Unda davlat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini bosqichma-bosqich integratsiya qilish asosida Milliy axborot tizimining shakllanishini ta’minlash, davlat organlari tomonidan funksiyalarini tezkorlik bilan va sifatli bajarilishini amalga oshirish imkonini beruvchi, ularning faoliyatini avtomatlashtiradigan axborot tizimlarini yaratish, interaktiv davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va ularning ro‘yxatini kengaytirish, Milliy axborot tizimida axborot xavfsizligini ta’minlash va qator boshqa vazifalarni ko‘zlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy qilish va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilangan.

Mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmning yaratilishi hamda joylarda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash iste’molchilarning barcha qatlamlari hamda jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari talablariga mos tushadigan, tubdan yangilangan axborot-kommunikatsiya tarmoqlari vujudga kelishiga zamin yaratib, mamlakatimizda axborotlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda O‘zbekistonni butunjahon axborot hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi. Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi va ularning jamiyat turli jabhalariga kirib borishi  informatikaning yangi sohasi -   ijtimoiy informatika fanining ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Ijtimoiy informatika quyidagi masalalarni o’rganadi:

Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari;

Axborot resurslari jamiyat rivojining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy faktorlari sifatida;

Axborotlashgan jamiyatda shaxs;

Axborot madaniyati;

Axborot xavfsizligi;

Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada paydo bo’ldi . Mutaxassislar ushbu termin yuqori sifatli axborot mo’l-ko’l bo’lgan va uni saqlash, taqsimlash va foydalanish uchun barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni ifodalaydi, deb e’tirof etadilar. Axborotlar manfaatdor kishilarga tez va oson hamda qulay shaklda etkazib beriladi.Axborot xizmatlari uchun narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki, jamiyatning har bir a’zosi undan  ehtiyojiga qarab foydalana ilsin.


Arademik V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat  xususiyatlarini ifoda etuvchi quyidagi ta’rifni taklif etgan: “Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning barcha sohalari hamda a’zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, telematika va boshqa vositalar aqliy mehnat qurollari sifatida ishlatiluvchi , kutubxonalardan foydalanish, katta tezlik va aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, real va prognozlashtirilgan hodisalarni modellashtirish, , ishlab chiqarishni boshqarish, ta’limni avtomatlashtirish va boshqa  vazifalarni bajarish  imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyatga aytiladi.

Bunday jamiyatda:

Hohlagan kishi , gurux yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun zarur bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana jlishi;

Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining taqdim etilishi;

Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini echish uchun zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish imkoniyatini beruvchi rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lish;

Axborotlashgan jamiyat  darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga  AQSh, Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari  kiradi. Insoniyatning       axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li. Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida  axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan  va bir necha bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi  global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan. 




Download 65.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
tashkil etish
Toshkent davlat
rivojlantirish vazirligi
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
sinflar uchun
pedagogika universiteti
bilan ishlash
таълим вазирлиги
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
tibbiyot akademiyasi
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
fanining predmeti
махсус таълим
umumiy o’rta
Referat mavzu
haqida umumiy
fizika matematika
ishlab chiqarish
Navoiy davlat
universiteti fizika
Buxoro davlat
Fuqarolik jamiyati
pedagogika fakulteti