I. Mavzu: To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub hajmi formulalari



Download 37 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi37 Kb.
#204816
Bog'liq
I.Mavzu  To‘g‘r-WPS Office


I.Mavzu: To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub hajmi formulalari

II.Darsning maqsadi:

a) Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarni:

– hajm o‘lchov birliklari;

– birlik kub nimaligi;

– to‘g‘ri burchakli parallalepiped  hajmi;

–  kubning hajmini hisoblashga o‘rgatish;

b) Tarbiyaviy maqsad:

-O‘quvchilarni estetik ruhda tarbiyalash va Vatanga muhabbat hissini shakllantirish

v ) Rivojlantiruvchi maqsad:

– O’quvchilarni hajmga ega bo’lgan geometrik shakllar va ularning hajmlari haqidagi barcha bilimlarini guruhlarda ishlash qobiliyatini,  diqqati, nutqi hamda xotirasi va ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish

Darsning usuli: Ma’ruza-suhbat.Guruhlarda ishlash.Aralash

III. Darsning jihozi:

1.“V-sinf matematika ” darsligi.”Mavzulashtirilgan testlar” to’plami

2.Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , test materiallari,bo’r va yozuv taxtasi va to’g’ri burchakli parallelepiped va kub maketlari.Internet manbalari

3.To’g’ri burchakli parallelepiped va kubning hajmini topishga doir slaydlar

Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan

Bilimlar:

– hajm birliklari orasidagi bog’lanishlarni;

– to’g’ri burchakli parallelepiped hajmini hisoblash formulasini;

– kub hajmi formulasini bilish.

Ko’nikmalar:

– o’lchamlari(bo’yi, eni, balandligi) berilgan to’g’ri burchakli parallelepipedning;

–  qirrasi berilgan kubning hajmini hisoblay olish;

– kub va to’g’ri burchakli parallelepiped hajmiga doir formulalarni amaliyotga qo’llay olish.

Malakalar:

– to’g’ri burchakli parallelepiped va kubning hajmiga doir sodda mashqlarni mustaqil yecha olish

Kompetensiya turi:

– Axborot

– Matematik tushunchani tasavvur qilish va anglash

Shakllantirilayotgan kompetensiyalar:

Kommunikativ, axborot  bilan  ishlash, shaxs  sifatida  o’z – o’zini  rivojlantirishi tayanch kompentensiyalar  elelementlarini  shakllantirish

 

Amalga oshirish usullari:



-Mal‘umotnoma, darslik, lug‘at, jadval, ensiklopediya,  internetdan mavzuga oid axborotni  ola bilish (Bunda o’quvchilarga kompyuterda internetga kirib qidiruv oynasiga “To’g’ri burchakli parallelepiped va kub hajmi” deb yozib qidiruv tugmasi bosiladi va ma’lum lahzalardan so’ng kompyuter ekranida bu tushunchalarga oid ma’lumotlarni o’qishimiz mumkinligi aytib o’tiladi)

– Interaktiv testlar,  didaktik  materiallar  bilan ishlay olish.

-Nutqda  matematik  terminlarni  savodli  qo‘llay  olish.

Darsning texnologik xaritasi

№ Dars

bosqichlari



Vaqt

 O’qituvchi

faoliyati

 O’quvchi

faoliyati

Texnologiya Usul  Shakl Vosita1Tashkiliy qism5mSalomlashish, davomatni aniqlash,dunyoqarash mashqlari, guruhlarga bo’lish, o’quvchilarning darsga tayyorlanadiNavbatchi

o’quvchi va o’quvchilar faol javob beradilar

Og’zaki


 

Guruh bo’libJurnal

ruchka, tarqatmalar

2O’tilgan mavzuni takrorlash va uy vazifasini tekshirish5mSo’rash usullari:individual savollar, tarqatmalarO’quvchilar berilgan topshiriqlarni bajaradilarXotira mashqiHar bir o’quvchi

Yakka

tartibda


Savol

kartochka

3Yangi mavzuni tushuntirish10mMavzu Power dasturida yaratilgan taqdimot yordamida multimedia vositalaridan foydalanib tushuntiriladiO’quvchilar yangi mavzuni o’rganadilar kerakli joylarini yozib oladilar.Ko’rgazmali,

Og’zaki,


Yozma

Yakka


Guruhiy

Multimedia

vositasi,

Kompyuter

4Yangi

mavzuni


mustahkamlash va umumlashtirish

16mMustahkamlash va umumlashtirish

Usullari:

1.Test


2.Kitob bilan ishlash

 

O’quvchilar test bajaradilar, mashq bajaradilarKo’rgaz-mali



Yozma

Yakka


tartibda

 

Kartochka, tarqatma



material

5Uyga vazifa va unga izohlar2mDarslikdagi 15-18-mashqlar yechib kelinadiUy vazifani yozib oladilarYozmaGuruhiyKitob

 

IV.Darsning borishi:



a) Tashkiliy davr. O’quvchilarning davomatini aniqlab ,sinf va o’quvchilar tozaligiga e’tibor beriladi;Darsning bu qismida o’quvchilarga quyidagicha savollar berib ularni yangi darsga tayyorlanadi.Masalan:

1) Bugun  qanday sana?  (Javob. 7-dekabr)

2) 7 qanday son? (Javob. 7  natural son)

3) 7 yana qanday son (Javob. 7  tub son)

4) 7 soni bilan mashxur nimalarni bilasiz?

(Javoblar:)1) Dunyoning 7 mo’jizasi;   2) Kamalakning rangi 7 ta; 3) Hafta 7 kundan iborat;

4) 7 iqlim;   5) Musiqada 7 ta nota bor;  va hokazo

Sinf o’quvchilari 2 guruhga bo’linib ,har bir guruh nomlanadi.

1-guruh-“Parallelepiped”               2-guruh-“Kub”

b) O’tilgan mavzuni takrorlash .

O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta topshiriqdan iborat qisqa test ekranda namoyish qilinadi ,o’quvchilar  javoblar varaqasini o’zaro almashtirib  “bir-birini baholash usuli”da baholanadi)

To’g’ri to’rtburchak perimetri formulasini toping.A) P= 4a B) P = 2(a+b) C) S= a2  D) S= ab  E) a= 2n+1Kvadrat yuzi formulasini toping.A) P= 4a B) P = 2(a+b) C) S= a2  D) S= ab  E) a= 2n+1To’g’ri to’rtburchak yuzi formulasini toping.A) P= 4a B) P = 2(a+b) C) S= a2  D) S= ab  E) a= 2n+1Kvadrat perimetri formulasini toping.A) P= 4a B) P = 2(a+b) C) S= a2  D) S= ab  E) a= 2n+1Yuzi 30 sm2 ga teng eni 5 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchakning bo’yiga kvadrat yasalgan shu kvadratning yuzi va perimetrini toping.A) 36 sm2, 24 sm B) 24 sm2, 36 sm C) 36 sm2, 30 sm  D)6 sm2, 12 sm E) 5 sm2, 24sm

Yangi mavzuni tushuntirish:

v) Yangi mavzuni tafsilotlari

Uzunlik o‘lchov birligi qilib uzunligi 1 birlikga teng bo‘lgan kesma uzunligi olingan.

Yuz o‘lchov birligi qilib tomoni 1 birlikga teng bo‘lgan  kvadrat yuzi olingan.

Hajm o‘lchov birligi qilib esa qirrasi 1 birlikka teng bo‘lgan kub hajmi olinadi.

Uzunlikni topish uchun 1 ta son, yuzani topish uchun 2 ta musbat sonni va hajmni topish uchun 3 ta musbat sonni ko‘paytmasi (Geometrik nuqtai nazardan ) hajmni  bildiradi.

Hajm o‘lchov birligi sifatida birlik kub hajmi olinadi.

Qirrasi bir uzunlik birligiga teng bo‘lgan kub birlik kub deyiladi.

Berilgan jismning hajmini topish u nechta birlik kubdan tashkil topganini bilish demakdir. To‘g‘ri burchakli parallelepipedni n dona birlik kubga ajratish mumkin bo‘lsa, uning hajmi n birlik kub hajmiga teng deyiladi.

O‘lchamlari (qirralari uzunliklari) a,b,c bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning hajmi V=abc (kub birlik) ga teng bo‘ladi.Bu formuladan quyidagi qo‘shimcha formulalar kelib chiqadi. a= V:(bc), b=V:(ac)  c=V:(ab)

Odatda to‘g‘ri burchakli parallelepipedning a-bo‘yi, b- eni, c-balandligi deyiladi. a.b – to‘g‘ri burchakli parallelepipedning asosi yuzi bo‘lganidan quyidagi qoida kelib chiqadi:

To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hajmi uning asosi yuzi bilan balandligining ko‘paytmasiga teng. V= SH (S –asos yuzi, H- balandligi) Bu formuladan quyidagi formulalar kelib chiqadi. S= V:H     ,        H= V:S

Kub uchun barcha qirralar o‘zaro teng:  a=b=c.

Kubning hajmi  V=a.a.a=a3 (kub birlik)ga tengdir.

Shundan keyin taxtada 1 – masala og‘zaki yechiladi.

a) V= 7dm3; S= 18dm2

To‘g‘ri burchakli parallelepipedning bir uchidan chiquvchi qirralari yig‘indisi bir xil (o‘zaro teng) bo‘lsa-da, ularning hajmlari, sirtlari turlicha bo‘lishi mumkin.

V.Darsni mustahkamlash:

2-6 mashqlarni ham har bir guruhga bo‘lib beriladi va o‘quvchilar yozuv taxtasida yechadilar.

2-mashq.a) a=12sm, b= 15 sm,c= 8 sm  V=abc=12⋅15⋅8=1440 sm3  b) a=18 dm, b=9 dm, c= 12 dm,

V= abc= 18⋅9⋅12=1944  dm3

3-mashq. 1m³ havoning massasi 1290g ,8m,6m va 3m bo’lgan sinfxona havosining massasini toping.

V=8⋅6⋅3=144 m³ ;        144⋅1290=185760g=185 kg 760 g;           Javob: 185 kg 760 g

4-mashq. a) S= 15sm²  ;   H= 4 sm; V= SH= 15⋅4sm3 =60sm³.  b) S= 36dm²;  H= 2 dm;  V=SH= 36⋅2 dm³=72dm³.  

5-mashq.b= 24 m; a=13m; V= 3432 m³;    c= V:ab=3432:(24⋅13)=3432:312=11;    Javob: c= 11 m

6-mashq. a)V= 7290 sm³; H= 54 sm;  S=?  S= V:H= 7290:54= 135 sm2   b) V= 1170dm³; H=78 dm;  S= V:H= =1170:78=15;             Javob: S=15 dm2 

O‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.(Ekranga har bir guruh uchun tayyorlangan savollar chiqariladi)

1-guruhga

Kub sirtining yuzi nimaga teng? ( S = 6a2)Kubning yoqlari nechta? ( 6 ta)To‘g‘ri burchakli parallelepiped sirtining yuzi nimaga teng? ( S= 2 (ab +bc +ac)Kub hajmi formulasi qanday? ( V= a3)

2-guruhga

To‘g‘ri burchakli parallelepiped hajmi nimaga teng? ( V= abc)Kubning qirralari yig‘indisi nimaga teng? ( 12a)To‘g‘ri burchakli parallelepipedning aqirralari yig‘indisi nimaga teng? L = 4(a+b+c)Kubning nechta qirrasi bor? ( 12 ta)

Savollarga javoblar tahlil qilib boriladi.

O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun test topshiriqlari: (Ekranga test topshirig‘i chiqariladi)

To‘g‘ri burchakli parallelepipedning nechta uchi bor?A) 4 ta B) 6 ta C) 8 ta  D) 12 ta E) 2 taTo‘g‘ri burchakli parallelepipedning nechta qirrasi bor?A) 4 ta B) 6 ta C) 8 ta  D) 12 ta E) 2 taBerilgan ma’lumotlarga ko‘ra kub sirtining yuzini toping. Kubning qirrasi 3 dm.A) 36 dm2 B) 48 dm2 C) 54 dm2  D) 64 dm2  108 dm2To‘g‘ri burchakli parallelepipedda a =2 sm, b=3 sm ,c =8 sm sirtining yuzini toping.A) 92 sm2 B) 24 sm2 C) 48 sm2 D) 64 sm2 E) 52 sm2

Topshiriq oxirida test javoblari ekranga chiqariladi va o‘quvchilar javob varaqlarini o‘zaro almashtirib, bir-birini baholaydilar.

VI. Darsni yakunlash

-O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan ishlari  bo‘yicha o‘z xulosalarini  bildiradi.

-Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi, tegishli ballar qo‘yiladi.



VII. Uyga vazifa. 15-18- mashqlarni bajarib kelish.
Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish