O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SAVDO SIYOSATI
MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………
I.BOB.SAVDO FAOLYATINING TURLARI
1.1 Tijorat faoliyati tushunchasi, tamoyillari, maqsad va vazifalari………………………………………………………….
1.2 Chakana va ulgurji savdo xizmatlari …………………………………………………………………………….
II.BOB. SAVDO XIZMATLARI TURLARINING TASNIFI
2.1. Savdo tizimida innovatsion faoliyatlarning iqtisodiy ta‟sirlari……………………………………………………………..
XULOSA VA TAKLIFLAR…………………………………………………...
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………………….
KIRISH
Tashqi savdo bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport) va mamlakatga tovarlar kiritish (import)dt tashkil topadi. Eksport va import yigindisi mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar o'rtasida savdosotiqnint rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi. Tashqi savdo mamlakatlararo iktisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng kad. shaklidir. Kds. Misr, Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi davridayoq boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdosotiq munosabatlarini amalga oshirgan. Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va G'arb dunyosini bir-biri bilan boglagan Buyuk Ipak puli kitalararo savdoni yolga qoydi. Bu yol hozirgi Ozbekiston hududida joylashgan shaharlarda savdosotiqning keng kuloch yoyishiga olib kelgan edi. Tashqi savdoning rivojlanishiga Buyuk geografik kashfiyotlaraan song yangi dengiz yo'llarining ochilishi kuchli turtki bo'ldi. Ayniqsa, sanoat, mashinalashgan ishlab chiqarish. xalqaro xo'jalik aloqalarini yanada rivojlantirib yubordi. Yangi tarmoklar, ishlab chiqarish. turlarining paydo bo'lishi, mehnat unumdorligining oshishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki isteʼmoldan tashqari qismini chet ellarga chiqarish va sotish imkonini berdi. Ayni paytda kupchilik mamlakatlarda xom ashyo resurslariga ehtiyoj keskin oshdi. Natijada tashqi oldisotdi harakatlarini amalga oshirishni uygunlashtiradigan xalqaro bozor qaror topdi.
Tashqi savdoning rivojlanishi asosida xalqaro mehnat taqsimoti va D. Rikardo asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi yotadi. Bu kridaga kora alohida sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay geografik joylashuv, noyob tabiiy resurslar ayrim mamlakatlarga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ichida muayyan ustunliklar beradi. Mamlakat ozining qiyosiy ustunligidan foydalanib ayrim tovar turlarini ishlab chiqarish.ga ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga ham sotish maqsadida katta miqdorda va yuqori sifatda ishlab chiqarish.ga xarakat qiladi. Bunday tovar va xizmatlarni uzlarida ishlab chiqarmaydigan boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda ham ularga ketadigan sarfxarajatlarning nisbatan yuqoriligini hisobga olib, tashqaridan tovar va xizmatlarni kiritish yolini tutadilar.
O'zbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdosotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. 2003 yilda Ozbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu korsatkich 2002 yilga nisbatan 17,3% kupdir. Uning Tashqi savdoda jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hissasi ortib bormoqda. Ozbekiston savdo aylanmasining 62% uzoq xorij mamlakatlariga, 38% esa MDH mamlakatlari hissasiga togri kelmoqda. Ozbekistonning hozirgi asosiy savdo hamkorlari Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, AKSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy va boshqa davlatlar. Respublika Tashqi savdoning 60%dan ziyodrogi Yevropaga, 33% Osiyo, 6,5% Amerika qitʼasi mamlakatlari hissasiga to’g’ri keladi (2003). Tashqariga tovar chiqarish tarkibida mashina va asbobuskunalar, rangli metallar va energiya vositalari o’rin olmoqda. Asosiysi — O’zbekistonning Tashqi savdoda faqat xom ashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berilmoqsa, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qo’shimcha moddiymoliyaviy resurslarni jalb kilish, ishlab chiqarish.ga ilgor texnika va texnologiyani joriy etish, ichki isteʼmol bozorini turlituman keng xalq isteʼmoli tovarlari bilan to’ldirish, xizmat ko’rsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratihda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo "Ozbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati togrisida" (1991, 14 iyun), "Valyutani tartibga solish tog’risida" (1993, 7 may), "Davlat bojxona xizmati togrisida" (1997, 29 avg .) qonunlari, "Bojxona kodeksi" (1997, 27 dek.) va boshqa qonun va qarorlar, me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mamlakatlar o’rtasida Tashqi savdoni tartibga solishda Jahon savdo tashkiloti muhim rol oynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |