Ushbu kazusgaga javob yozishdan oldin kazusni yechishga qaratilgan 1791-
yilga AQSH dagi "Huquqlar toʼgʼrisidagi bill" ning oʻsha davrida ijtimoiy va
siyosiy hayotdagi ahamiyati haqida qisqacha aytib oʻtsam. Ushbu bill yaʼni
qonun moddalari 1787-yil 17-sentyabrda qabul qilingan Amerika
Konstitutsiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar hisoblanadi.Bu oʻzgartirishlar
Amerika konstitutsiyasii tarixidagi eng dastlabki oʻzgartirishlar hisoblanadi.
Bundan maqsad nima edi?
"Huquqlar to'g'risidagi bill" bu 1789-yil 25-sentyabrda AQSh Birinchi
Kongressi tomonidan qabul qilingan qo'shma rezolyutsiyaning eng mashhur
nomi. Qaror Konstitutsiyaga birinchi tuzatish to'plamini taklif etdi.
1791-yil 15 -dekabrda 11ta shtatlarning ovozlari hisoblanganda, 12 ta
tuzatishning faqat oxirgi 10 tasi ratifikatsiya qilinadi. Shunday qilib, so'z,
matbuot, yig'ilishlar, petitsiyalar erkinligini va adolatli va tezkor sud
muhokamasini o'tkazish huquqini belgilovchi ushbu qonun qabul qilindi.
Ushbu davr ijtimoiy-siyosiy tuzumida bosh konstitutsiyada fuqarolarning
huquqlari va erkinliklariga bagʻishlangan maxsus moddalar yoki boʼlimlar yoq
edi. Bunga nisbatan demokratik kayfiyatdagi tabaqalarning juda katta noroziligi
kelib chiqqan edi. Demokratik elementlarning tazyiq ostida esa D.E.Medison
tomonidan yuqoridagi qoʻshimchanarni nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi va
ushbu oʻzgartirilishlar aytib oʻtkanizimizdek 2 yildan soʻng boshqa shtatlar
tomonidan ratifikatsiya qilinib, kuchga kirdi. "Huquqlar toʻgʻrisidagi bill" deb
nom olgan bu qoʻshimchalar AQSH demokratik hayotida juda katta ahamiyat
kasb etdi.
"[A] bill of rights is what the people are entitled
to against every government on earth, general or particular, and what no just
government should refuse
1
."
- Thomas Jefferson, December 20, 1787
Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlarning yettitasi (1; 2; 4; 5; 6; 7; 8;) oʻzida
fuqarolarning siyosiy va shaxsiy huquqlarini ta'minlashga qaratilgan. Bunda
ushbu oʻzgartirilishlar quyidagi mazmunda tasniflanadi:
1
https://www.aclu.org/other/bill-rights-brief-history
1-Amendment (tuzatish)- diniy eʼtiqod erkinligi, soʻz erkinligi va matbuot
erkinligi, tinch yigʻilishlar oʻtkazish huquqi;
2- Amendment(tuzatish)- xaqlning qurol saqlashi va koʻtarib yurishi toʻgʻrisida;
4- Amendment(tuzatish)- qasamxoʻrlar sudi, va protsessual kafolatlar, xususiy
mulkchilik;
5-Amendment(tuzatish)- shaxs turar joyi va mulk huquqi
6-7-8-Amendsments(tuzatishlar)-protsessual prinsiplar va kafolatlar, fuqarolik
va jinoiy ishlar, sud jarayonlar.
Medison ushbu billni yaratishda bir necha qonun manbaiga tayanadi.
Misol uchun oʻsha 1215-yildagi Magna Carta ( Buyuk ozodlik xartiyasi) va
1776- yilgi Virginiya deklaratsiyasi.
Hozirgi kazusga javob ham "Huquqlar toʻgʻrisidagi bill" da oʻz aksini topgan.
Bunda ushbu qoʻshimchalar toʻplamining oltinchi moddasi shunday keltirilgan;
In all criminal prosecutions, the accused shall enjoy the right to a speedy and
public trial, by an impartial jury of the State and district wherein the crime
shall have been committed, which district shall have been previously
ascertained by law, and to be informed of the nature and cause of the
accusation; to be confronted with the witnesses against him; to have
compulsory process for obtaining witnesses in his favor, and to have the
Assistance of Counsel for his defence
2
.
Ushbu oltinchi oʻzgartirilishda fuqarolarning bevosita sud jarayonida
foydalanish mumkin boʻlgan huquqlari va sud protsessi haqida soʻz ketadi.
Kazusdagi asosiy muammo sifatida ayblanuvchining unga qarshi guvohlik
bergan shaxs bilan yuzlashtirilish huquqini mavjud yoki mavjud emasligini
belgilab olishimiz mumkin.
2
https://www.billofrightsinstitute.org/primary-sources/bill-of-rights
Bunda sud organining ayblanuvchini ushbu huquqdan cheklashga haqqi bormi
yoki yoʻq. Aynan shu holat yuzasidan 6-Amendsment (tuzatish)dagi quyidagi
jumlalarni jamlab olamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |