Huquq manbasi sifatida urf-odatning o`ziga xos tomonlari



Download 20,93 Kb.
Sana23.08.2021
Hajmi20,93 Kb.
#154211
Bog'liq
davlat va huquq nazariyasi
taqriz Usmonov Dilshod, taqriz Usmonov Dilshod, taqriz Usmonov Dilshod, taqriz Usmonov Dilshod, oq kema, Bank huquqi. Bank hisobvarag'i. Masharipov Shoxrux, Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va ~, Doston va uning turlari, Umumiy tilshunoslik, 6-vaq jurnal, Yorug’lik interferensiyasi va difraksiyas (1), ma`ruza1, 6-vazifa, 6-vazifa, Боборавшанов Дадажон Абдумавлон ўғли

Huquq manbasi sifatida urf-odatning o`ziga xos tomonlari.

Yuridik adabiyotlarda e’tirof etilishicha, huquqning manbayi deganda umumiy ma’noda huquqning ifoda etilish shakli tushuniladi. Hozirgi davrda huquqning asosiy manbalari sifatida huquqiy urf-odat, huquqiy pretsedent, normativ-huquqiy hujjat hamda normativ shartnomalar ko`rsatiladi. Bular orasidan huquqiy-urf odat tarixan huquqning dastlabki manbayi hisoblanadi. Shu o`rinda, urf-odatlarni huquq manbayi sifatida ko`rib chiqar ekanmiz, avvalo, uning tushunchasiga alohida to`xtalib o`tish zarur. Hozirgi zamon ta`limoti urf-odatni nohuquqiy va huquqiy urf-odat turlariga ajratadi. Aksariyat huquqshunos olimlarning takidlashicha, nohuquqiy urf-odat huquqiy bo`lmagan sohani tartibga solidi. Shunadan kelib chiqib, unga quyidagicha ta’rif beriladi: Urf-odat - uzoq muddat davomida faktik qo`llanilishi natijasida vujudga kelgan me’yorlar va an’analar majmuasi.1 Shuningdek, davlat tomonidan sangsiyalangan va buning natijasida huquq manbayi sifatida e’tirof etilgan urf-odat huquqiy urf-odat deb tushuniladi. Urf-odatning huquq manbayi sifatida o`ziga xos tomonlarini aniqlashda esa uni boshqa huquq manbalari bilan taqqoslab o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi. Shuning uchun quyida uning bir qancha o`ziga xos tomonlarini boshqa huquq normalariga taqqoslagan holda muhokama etamiz.

Huquqiy urf-odatning o`ziga xos tomonlarini e’tirof etganda, avvalombor, uning maxalliy xususiyatga ega ekanligiga to`xtalib o`tish lozim. Chunki huquqiy urf-odat uncha ko`p bo`lmagan, bir ijtimoiy guruhga mansub odamlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tartibga soladi. Bunda ma’lum bir ijtimoiy guruhga mos bo`lgan huquqiy urf-odat boshqa ijtimoy guruhga mos kelmasligi mumkim. Masalan, bir davlatning o`zida turli hudutlar va ijtimoy guruhlardagi bir xil bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda boshqa-boshqa huquqiy urf-odat normalarini qo`llashni taqazo etishi mumkin. Bu o`sha hudud yoki ijtimoiy guruhda ma’lum tarixiy davrda shakllangan an’analar va mahalliy urf-odatlar bilan bog`liq bo`ladi. Boshqa huquq normalari esa ko`proq doiradagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga sololadi. Misol uchun huquq manbalaridan biri bo`lgan huquqiy shartnomani oladigan bo`lsak, uning katta ahamiyatga ega deb hisoblanuvchi turi - xalqaro shartnoma davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda keng qo`llaniladi.

Shuningdek, Huquqiy urf-odatning yana bir o`ziga xos, boshqa huquq manbalaridan ajratib turadigan xususiyati shuki, huquqiy urf-odat qisman din bilan bog`liq bo`ladi va ko`pgina munosabatlarni tartibga solishda dinga asoslanadi hamda tayanadi.2 Jumladan, o`z otasini urgan farzand nafaqat qonun bilan jazolanadi, balki uning qilmishi bir vaqtda og`ir gunoh sanalib, xudoning qattiq qahriga uchrashiga sabab bo`lishi e`tirof etiladi. Bu holat boshqa huquq manbalarida uchramaydi. Masalan, normativ huquqiy-hujjatlarni oladigan bo`lsak, u vakolatli davlat organlari tomonidan, umummajburiy davlat ko`rsatmalari sifatida o`rnatiladi. Shuningdek, ularga oid ijtimoiy munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi va ular ijtimoiy adolat prinsplariga asoslanadi. Huquqiy urf-odatlarning din bilan bog`liqligi uning tarixan boshqa huquq manbalaridan oldin vujudga kelganligi harakterlanadi. Chunki u davrda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda faqat huquqiy urf-datlar qo`llanilgan va ular ilohiylashtirilgan tarzda talqin etilgan. Bularga misol qilib, Hammurapi qonunlari, Manu qonunlari va XII jadval qonunlarini olish mumkin. Ushbu o`rinda shuni aytish lozimki, huquqiy urf-odatni axloq normalari, diniy qoidalar, rasm-rusmlardan farqlay bilish lozim. Urf-odatni tasdiqlash uning sud, hakamlik yoki ma’muriy amaliyotda o`zlashtirilishi orqali amalga oshirilishi mumkin. Davlat organining urf-odat qo`llanilgan qarori ana shu davlat tomonidan e’tirof etiladi va majburiy tarzda ijro etilishi mumkin.3 Chunki huquqiy urf-odat davlat tomonidan sangsiyalangan bo`ladi.

Yuqorida aytib o`tilganlar bilan birga, Huquqiy urf-odatning boshqa huquq manbalaridan ajratib turadigan yana bir o`ziga xos xususiyati shuki, u boshqa huquq manbalari kabi biror bir shaxs yoki davlat tomonidan ishlab chiqilmagan va joriy etilmagan. U ma’lum bir tarixiy davr mobaynida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish zaruratidan kelib chiqqan va asrlar mobaynida shakillangan va faqat davlat tomonidan umummajburiyligi belgilab qo`yilgan. Buning isbotini unga berilgan quyidagi tarifdan ham bilish mumkin: huquqiy urf-odat - uzoq vaqt mobaynida amalda bo`lish natijasida shakllangan, odamlar ongida ko`nikma bo`lib qolgan hamda jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan va davlat tomonidan maqullangan hulq atvor qoidasi. 4 Boshqa huquq manbalai esa biror bir mansabdor shaxs, davlat yoki uning organlari orqali qabul qilinadi. Misol uchun, huquqiy pretsedent sud yoki ma’muriy organning muayyan ish bo`yicha chiqargan yozma yoki og`zaki qaroridir. Normativ shartnomalar esa ikki yoki undan ortiq huquq subiyektlari o`rtasida tuziladi. Bunda huquq subiyekti davlatlar ham bo`lishi mumkin. Yana bir huquq manbasi bo`lgan normativ-huquqiy hujjat ham qonunchilik tashabusi huquqiga ega bo`lgan subyektlar tomanidan qabul qilinadi. Kanistitutsiyamizning 83-moddasida O`zbekiston Respublikasidagi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo`lgan subyektlar belgilab qo`yilgan.

Shuningdek, Huquqiy urf-odatning o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri huquq manbalari tizimida uning ro`li va o`rni turli davlatlarda turlicha bo`lgan. Shu bilan birga, huquqiy urf-odat huquq manbayi sifatida jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda hozirgi zamon davlatlarida unchalik katta o`ringa ega emas va ayni vaqtda o`zining ijtimoy ahamiyatini yo`qotib bormoqda. Huquqiy urf-odat hozirgi vaqtda, asosan, yer, meros, nikoh va oilaviy munosabatlarni tartibga solishda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ayrim davlatlarida qisman qo`llanilmoqda. Bu davlatlarning ko`pchilik qismida qachonki biror bir ijtimoiy munosabatni tartibga solish uchun boshqa huquq manbalarining normalari bo`lmasa, keyin huquqiy urf-odat normalariga murojat etiladi. Ushbu holatni O`zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimida ham ko`rish mumkin. Misol qilib, O`zbekiston Respublikasining amaldagi Fuqorolik kodeksining 6-moddasida belgilangan normalarni ko`rsatib o`tish mumkin. Ushbu moddada fuqorolik qonun hujjatlarida tegishli normalar bo`lmagan taqdirda, tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va an’analar qo`llanilishi belgilab qo`yilgan. Shuningdek, ular tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy bo`lgan qonun hujjatlari normalariga yoki shartnomaga zid bo`lmasligi ko`rsatilgan. Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 8-moddasida oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va an’analarning qo`llanilishi bilan bog`liq qoidalar o`z ifodasini topgan bo`lib, unda agar qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar bo`lmagan taqdirda, O`zbekiston respublikasi qonun hujjatlari tamoyillariga zid bo`lmagan mahalliy urf-odatlar va an’analar qo`llanilishi belgilangan.



Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, huquqiy urf-odat huquq manbalari orasida tarixan birinchi tashkil topgan bo`lib, xuddi shu narsa uning boshqa huquq manbalaridan farq qiluvchi o`ziga xos tomonlarining shakllanishiga katta ta’sir etgan. Uning o`ziga xos tomonlariga yuqorida asoslab o`tilgan: uning mahalliy xususiyatga ega ekanligi, qisman din bilan bo`liqligi, u boshqa huquq manbalari kabi biror bir shaxs yoki davlat tomonidan ishlab chiqilmagan va joriy etilmaganligi, ya`ni u ma’lum bir tarixiy davr mobaynida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish zaruratidan kelib chiqqan va asrlar mobaynida shakillangan hamda faqatgina davlat tomonidan umummajburiyligi belgilab qo`yilganligi, shuningdek, huquq manbalari tizimida uning ro`li va o`rni turli davlatlarda turlicha bo`lganligi kabi xususiyatlarini misol qilib olishimiz mumkin. Bundan tashqari, uning xalqning huquqiy ongi, huquqiy mafkurasi bilan chambarchas bog`liqligi hamda jamiyatdagi qonun qoidalar bilan hamohangligi kabi jihatlarini qayd etib o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi.

1 O`zbekiston yuridik ensiklapediyasi. Toshkent, “Adolat”, 2010 -63-bet.

2 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent, “Adolat”, 2018. 198-bet.

3 Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. . Toshkent, “Adolat”, 2007. 643-bet.

4 Soburov N. Saydullayev Sh. Davlat va huqu nazariyasi. Toshkent. 2011. 89-bet.


Download 20,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash