Hulkar esini taniganidan buyon qo‘shnisining tikuv sexida ishlardi. Ular chaqaloqlar kiyimini tikishardi. Hulkar dastlab tikuvchilik qo‘lidan kelmagani bois tugmalar qadash, etiketkalar yopishtirish, tikuvchilar qoldirgan ortiqcha iplarni qirqib tozalash bilan shug‘ullandi. Hulkar ziyrak qiz bo'lgani, bir ko‘rgan narsasini tezda o'zlashtirib olishi tufayli 5-sinfga borganida tikuvchilar safiga qo‘shildi. Ammo hayot har doim ham tekkis va ravon yo'ldan iborat emas. U insonni murakkab va chigal yo'llarga ham olib kirib qo'yadi. Undan chiqishni esa insonning o'z gardaniga tashlaydi. Hulkarning tinch-totuv oilasiga ham ko'z tegdi. U maktabni tamomlagan yili
Do'stlaringiz bilan baham: |