Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-410-sonli “Mehnatni
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’i nazar, mehnatni muhofaza
qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog‘lig‘i va mehnati
muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan.