Hujayra haqida ta’limot s itologiya



Download 1.85 Mb.
bet3/3
Sana15.01.2017
Hajmi1.85 Mb.
1   2   3

Lizosomalar. Differensial sentrifugalash metodi bilan mitoxondriya va mikrosomalar orasida alohida zarrachalar va ularning to`plamlari tafovut qilinadi. Bu zarrachalar - belgiyalik bioximik De Dyuv tomonidan ochilgan bo`lib lizosoma (yunon. lysis - eritish, soma - tana) deb ataladi. Ular kislotali sharoitda ta’sir etuvchi gidrolitik fermentlarga boy. Lizosomalar sut emizuvchilarda, qushlar, amfibiylarda va boshqa hayvon va odam organizmi hujayralarida topilgan.

Elektron mikroskop ostida zarrachalar kattaligi o`rtacha - 0,4 mkm bo`lib, dumaloq shaklga ega. Bu tanachalar bir konturli, qalinligi 8 nm keladigan qobiq bilan o`ralgan. Lizosomalar moddasi turli xil tabiatli bo`lib, ko`pincha, qoramtir ko`rinishga ega. Lizosomalar qobig`i buzilganda gidrolitik fermentlar ajraladi. Lizosomalarda hozirgi davrgacha 40 dan ortiq ferment (kislotali fosfataza, kislotali ribonukleaza, arilsulfataza, beta-glyukuronidaza, beta-galaktozidaza, katepsin va boshqalar) aniqlangan. Lekin lizosomalarda lipidlarni (xususan, fosfolipidni) erituvchi fermentlar bo`lmaydi. Shuning uchun lizosomalarda parchalangan moddalardan (fosfolipidlardan) tashkil topgan miyelinsimon struktura qoladi.

Lizosomalarning asosiy fiziologik faoliyati uning hujayra ichida moddalarni hazm qilishdagi rolidir. Bu xulosa fagotsitoz qiluvchi hujayralarda lizosomalarning ko`p bo`lishi bilan tasdiqlanadi. Birlamchi va ikkilamchi lizosomalar farqlanadi.

Birlamchi lizosomalarga Golji kompleksi atrofida joylashuvchi va kislotali gidrolizlarga mo`l mayda vezikulalar (yig`uvchi granula) kiradi. Birlamchi lizosomalar ichida hali hech qanday parchalanayotgan moddalar yo`q.

Ikkilamchi lizosomalar fagotsitoz va pinotsitoz jarayonida hujayraga tushgan moddalarning birlamchi lizosomalar bilan birlashuvi natijasida hosil bo`luvchi lizosomalardir (16-rasm).

16-rasm. Lizosomalar. Hujayra ichida modda parchalanishining elektron mikroskopik sxemasi.

1-Endoplazmatik to`r; 2- yig`uvchi granula; 3 -autofagiya qiluvchi vakuola; 4- endotsitoz; 5-fagosoma; 6-lizosoma; 7-hazm qiluvchi vakuola; 8-qoldiq tanacha; 9- chiqarish (I. V. Almazov va L. S. Sutulovdan, 1978).
Ikkilamchi lizosomalarning ikki turi farqlanadi: a) fagolizosomalar yoki geterofagosomalar. Bu lizosomalar fagotsitoz jarayonida hujayraga tushgan moddalarni birlamchi lizosomalar bilan qo`shilishidan hosil bo`ladi; b) autofagosomalar birlamchi lizosomalarni nobud bo`layotgan mitoxondriya, ribosoma, endoplazmatik to`r komponentlarini va ba’zi boshqa tuzilmalarni qamrab olishi hisobiga hosil bo`ladi.

Qoldiq tanachalar yoki telolizosomalar. Gidrolitik parchalanish natijasida ba’zi moddalar oxirigacha parchalanmaydi va lizosoma ichida parchalanmagan moddalar yig`iladi. Bu lizosomalarni qoldiq tanacha deb yuritiladi. Qoldiq tanachalar qavatli tuzilmalarni hosil qilishi mumkin. Ba’zan qoldiq tanacha ichida pigmentlar yig`ilishi mumkin. Qari odamlarda miya nerv hujayralarida, jigarda va mushak to`qimalarida qarilik pigmenti «lipofustsin» to`planadi.

Lizosomalarning hosil bo`lishi Golji kompleksi bilan bog`liq. Birlamchi lizosomalar mayda pufakchalar yoki zich tanalar shaklida Golji sisternalari atrofida joylashadi. Kislotali fosfatazaning Golji kompleksida bo`lishi lizosomalarning hosil bo`lishida Golji kompleksining roli borligini ko`rsatadi. Lizosoma fermentlari esa endoplazmatik to`rda sintez bo`ladi. Lizosomalar takomilining boshqa manbai plazmatik membrana xisoblanadi. Bu membranadan pinotsitoz va hazm vakuolalari hosil bo`ladi. Ana shu vakuolalar, birlamchi lizosomalar bilan birlashadi. Bu holatni hujayraga har xil yot moddalar - xren peroksidazasi, kolloid oltin va boshqa moddalar kiritilib tekshirilgan eksperimentlarda ko`rish mumkin.

Har xil patologik jarayonlarda lizosoma fermentlari sintezining buzilishi, birlamchi lizosomalar rivojlanishining kuchayishi yoki susayishi ular membranasining erishi va gidrolizlarning sitoplazmaga chiqishi kuzatiladi.

Peroksisoma (mikrotanacha). Peroksisomalar. bir qavatli membrana bilan o`ralgan strukturalar bo`lib, kattaligi 0,3- 1,5 mkm dir. Struktura markazida nukleoid joylashgan. Bu nukleoid bakteriyadagi nukleoidga va umuman yadro strukturalariga aloqador emas. Peroksisomalarda, xususan, jigar hujayrasi peroksisomalarida nukleoid sohasida kristallsimon strukturalar bo`ladi. Bu strukturalar fibrilla va naychalardan tashkil topgan bo`lib, uratoksidaza fermentini saqlaydi.

Peroksisomalar amyobada, tuban zamburug`larda (achitqida), o`simliklarning ba’zi bir embrional to`qimalarida (endospermda), umurtqali hayvonlarda esa asosan jigar va buyragida to-pilgan. Kalamush jigarining har bir hujayrasida taxminan 70-100 peroksisoma bor. Peroksisomalar endoplazglatik to`r membranalari bilan yaqin aloqada bo`ladi. Ehtimol, endoplazmatik to`r kengaymalari sohasida peroksisomalar hosil bo`ladi. Usimlik hujayralarida bu organella ko`pincha mitoxondriya va plastidalarga yaqin yotadi. Dastlab peroksisomalar jigar va' buyrak hujayralaridan ajratib olingan. Peroksisomalar fraktsiyasida vodorod peroksidi metabolizmi bilan bog`lnq ferment-lar aniqlangan. Bular (oksidaza, uratoksidaza, a-aminokislota oksidazasi) yordamida H2O2 va uni parchalaydigan katalaza hosil bo`ladi. Jigar peroksisomalari oqsilining 40% katalazadan iborat. H2O2 zaharli modda bo`lgani uchun katalaza muhim himoya funktsiyasini o`taydi.



Mikronaychalar elektron mikroskop ostida glyutaraldegid bilan fiksatsiya qilingan kesmalarda shu asrning 60-yillarida topilgan. Mikronaychalar asosan oqsildan tashkil topgan bo`lib membrana tuzilishiga ega emas.

Mikronaychalar aniq tuzilishga ega bo`lgani uchun ularni hujayraning boshqa komponentlaridan ajratish oson. U eukariotik hujayralarning hammasida bo`lib, bakteriyalar va boshqa prokariotik hujayralarda uchramaydi. Mikronaychalar sitoplazmaning muvaqqat tuzilmalarini (bo`linish dukini) hosil qilishi mumkin.

Mikronaychalar - sentriola, bazal tanacha, xivchin va kiprikchalarning asosiy struktur birligi hisoblanadi. Mikronaycha (17-rasm a, b) to`g`ri, shoxlanmaydigan ichi bo`sh silindrdir. Uning tashqi diametri 24 nm, ichki diametri 15 nm bo`lib, devor qalinligi 5 nm ga teng. Mikronaychada devori zich joylashgan kattaligi 5 nm bo`lgan subbirliklardan tashkil topgan (17-rasm, a).. Elektron mikroskop ostida, ko`ndalang kesmalarda asosan 13 subbirlik farqlanadi. Turli hujayralardan (sodda hayvonlarning kiprikchalaridan, nerv to`qimasi hujayralaridan, bo`linish dukidan) ajratib olingan mikronaychalarning ximiyaviy tuzilishi bir xil. Mikronaychalar o`zi uchun xarakterli bo`lgan oqsil - tubulinlardan tuzilgan. Tubulinlar ba’zi bir alkaloidlar (kolxitsin, vinoplastin) bilan birikish qobiliyatiga ega.

Tozalangan tubulinlar GTF (guanintrifosfat) va Mg++ bor muhitda mikronaychalar hosil qiladi. Kolxitsin esa mikronaychalar hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi yoki mikronaychalarni parchalab yuboradi.



17-rasm. A-Mikronaychalarning tuzilishi (sxema) (P. P. Antipchukdan, 1983).

1-mikronaycha devorlarini hosil qiluvchi subbirliklarning joylashishi. 2- mikronaychaning ko`ndalang kesimi. 3- kiprikcha va xivchinlarda mikronaychalarning joylashishi . B-Ingichka ichak prizmatik hujayrasi sitoplazmasidagi mikronaychalar. Elektron mikrofotogramma. X87.500, 1-mikronaycha.
Sitoplazmatik mikronaychalar past haroratda (0°) depolimerizatsiyaga uchraydi. Turli mualliflar mikronaychalar bo`linish dukini hosil qilishi, hujayrada tayanch funksiyasini bajarishi yoki hujayra ichida moddalar tashilishida ishtirok etishini e’tirof etadilar.

Hujayra markazi, sentrosoma. Hozirgi vaqtda hujayra markazi deb nomlanuvchi tuzilmani 1875 yili Gertvig ochgan. Hujayra markazi deb, u bo`linish dukining ustki qismidagi tuzilmani atagan. Hujayra markazi hamma hayvon hujayralarida topilgan bo`lib, faqatgina tuxum hujayrasida yetilish davrida yo`qoladi.

Turli hujayralar Geydengayn temir gematoksilini bilan bo`yalganda sentrosoma ikkita sentrioladan iborat ekanlign ko`riladi. Sentriolalar sferik massa markazida joylashib, bu massa sentroplazma yoki sentrosfera deb ataladi. Sentriolalar zich donachalar (kattaligi 0,2-0,8 mkm) holida ko`rinib, o`zaro ingichka tortma - sentrodesmoza bilam bog`langan. Interfaza holatidagi hujayralarda hujayra markazi ikkita sentrioladan (diplosomadan) iborat. Bo`linish davrida esa uning tuzilishi murakkablashib, atrofida nurafshon zona-astrosfera hosil bo`ladi.

Hujayra markazining tuzilishi to`g`risidagi asosiy ma’lumotlar elektron mikroskopik tadqiqotlar natijasi to`laroq olingan. Sentriola silindrsimon tanacha bo`lib, uzunligi 0,3-0,6 mkm, diametri 0,1-0,15 mkm (18-rasm, a). Tanachaning devori bir-biriga parallel yotgan naychalardan tashkil topgan bo`lib, tanachaning ichi bo`sh. Naychalar hamma hujayralarda bir xil bo`lib, bir-biridan gomogen, zich oraliq modda bilan ajralib turuvchi 9 ta guruh bo`lib joylashadi. (18-rasm, b). Har bir guruh 3 ta mikronaychadan tashkil topgan bo`lib, ularni triplet deb yuritiladi. Tripletning birinchi mikronaychasi (A-mikronaycha) diametri 25 nm, devor qalinligi 5 nm bo`lib, 13 globulyar subbirlikdan tuzilgan. Har bir triplet uzunligi sentriola uzunligiga teng. Ikkinchi va uchinchi B va C mikronaychalar A mikronaychadan farq qilib, ularning devori 13 emas, balkn 11 globulyar subbirlikdan tashkil topgan. Uchala mikronaycha zich yotadi. Sentriolada mikronaychadan tashqari yana qo`shimcha tuzilmalar bor. A mikronaychadan ikki o`siqcha (qo`lcha) lar chiqib, ularning biri qo`shni tripletning C mikronaychasiga, ikkinchisi esa sentriola markaziga yo`nalgan. Sentriola silindrining markazida «arava g`ildiragi» singari tuzilma bo`lib, «o`q qism» va 9 ta spitsadan tashkil topgan. Spitsaning har biri tripletning A mikronaychasiga qarab yo`nalgan.

18-pacm. A - hujayra markazi :(tsentrosoma) ning elektron mikrofotogrammasi,

X 87.000. I- sitoplazma; 2 - sentriola; 3-silindr devorini tashkil etuvchi naychalar; 4- sentriola satellitlari, 5-mikronaychalar. B- Sentriola va kiprikchalar ko`ndalang kesmalarida tuzilmalarning joylashish sxemasi. A - sentriolaning proksimal qismidan kesma; B - sentriolaning distal qismidan kesma; V-kiprikcha kesmasi. markaziy naycha (vtulka). 2- spitsalar: 3-qulcha; 4-amorf modda; 5-kiprikchani o`rab turuvchi plazmatik membrana; 6- kiprikchalar spitsalari; 7-kiprikchaning mufta bilan o`ralgan markaziy mikronaychalari, A, B, C - larning joylashish sxemasi.
Taxminlar bo`yicha, «satellitlar» sentriolalar aktivligiga bog`liq bo`lib, doimiy bo`lmagan tuzilmadir.Ko`pgina tadqiqotchilar sentriolalarni bazal tanachalar bilan o`xshashligi bor deb ta’riflashadi. Bazal tanachalar oddiy hayvonlarda va ko`p hujayrali organizmlarda xivchin va kiprikchalarning hosil bo`lishi bilan ko`rinadi. Odam embrioni yuqori nafas yo`llaridagi kiprikchalar prebazal tanachadan rivojlanadi. Spermatogenez davrida yadroga nisbatan distal joylashgan sentriola bazal tanachaga aylanib, undan esa spermatozoid dumi hosil bo`ladi.

Yuqorida keltirilgan dalillar asosida o`tgan asr oxirida hujayra markazi, xivchin, kiprikchalar va bazal tanachalar bir xil tuzilmadan nborat degan fikr ilgari surildi. Elektron mikroskopnk tekshirishlar sentriola va bazal tanachalarning ultrastrukturasi bir xil ekanligini tasdiqladi. Bazal tanachalar silindrsimon bo`lib (uzunligi 0,5 mkm, diametri 0,1 - 0,2 mkm) sentriola singari 9 zich tuzilmadan iborat.



Kiprikchalar hujayra sitoplazmasining ingichka silindrsimon o`sig`i bo`lib, diametri 200 nm ga teng. Bu o`siq asosidan ustki qismigacha plazmatik membrana bilan qoplangan bo`lib, kiprikcha markazida mikronaychalar sistemasi joylashadi. Kiprikchadagi mikronaychalar sistemasini aksonema deyiladi. Kiprikchalar aksonemasi bazal tanacha va sentriola mikronaychalar sistemasidan farqli ravishda 9 tripletdan iborat bo`lmay, balki aksonema devorini hosil qiluvchi 9 juft periferik va 1 juft markaziy mikronaychadan iborat.

18-rasm. V-Aksolotl leykotsiti diplosomasining tuzilishi (sxema).

1-ona sentriol; 2-qiz sentriol; 3-satellit oyoqchasi; 4-satellit boshchasi; 5-mik- ronaychalarning birlashish joyi; 6-mikronaychalar (Yu. S. Chensovdan, 1978).
Umuman kiprikchalar mikronaychalar sistemasini (9X2)+2 deb yozish mumkin. Sentriolada esa bu sistema (9X3)+0 ga teng. Bazal tanacha va kiprikchalar aksonemasi uzviy bog`liq bo`lib, ular bir-biriga davom etuvchi tuzilmani xosil qiladi. Bazal tanachaning A va V mikronaychalari aksonemaning A va V mikronaychalaridir.

Hujayra markazi mitotik apparatni, shu jumladan, dukchani va yulduzchani hosil qilishda rol o`ynaydi. Hozirgi vaqtda shunisi aniqki, mitozda qutblanish hujayra markazi tomonidan bajariladi. Kutblar hujayra markazlarining bir-biridan qochishi natijasida hosil bo`lib, dukning va xromosomalarning joylashishini belgilaydi.

Ba’zi tadqiqotchilar sentriola naychalari va duk fibrillalari diametrining bir xilligiga asoslanib, fibrillalar sentriola naychalaridan hosil bo`ladi deb fikr yuritadilar.

Sitoplazmaning fibrillyar tuzilmalari. Sitoplazmaning fibrillyar tuzilmalariga yo`g`onligi 10 nm keladigan mikrofibrillalar va yo`g`onligi 5-6 nm bo`lgan mikrofilamentlar kiradi.

Mikrofibrillalar (oraliq filamentlar) yoki tayanch fibrillalar hayvon hujayrasi uchun xarakterli bo`lib, u asosan epiteliy hujayralarida va ba’zan glial xujayralarda uchraydi. Mik-rofibrillalar oqsil tabiatlidir. Ular bir necha yuz fibrillalardan tashkil topgan tutamlar hosil qilishi mumkin, mikronaychalar singari tayanch funktsiyasini o`taydi.

Mikrofilamentlar sitoplazmaning chetki yuzalarida tutamlar hosil qilib joylashadi. Ularni amyobalar psevdopodiylarida yoki harakatdagi fibroblastlarning o`siqlarida ko`rish mumkin. Oxirgi vaqtlarda mikrofilament tutamlarida mushak to`qimasining qisqaruvchi elementlaridagi singari aktin, miozin, tropomiozin, a-aktinin topilgan. Mikrofilamentlar qisqarish vazifasini bajarsa kerak.

Maxsus organellalar. Ko`pgina qo`llanmalarda maxsus organellalar ham farqlanadi. Maxsus organellalar hamma hujayralar uchun taalluqli bo`lmay, faqat ba’zi hujayralarda uchraydi. Ularga epiteliy hujayralaridagi tonofibrillalar, mushak. hujayralaridagi yoki tolalardagi miofibrillalar va nerv hujayralaridagi neyrofibrillalar kiradi. Hozirgi vaqtda maxsus organellalarni ajratishning hojati yo`qdir. Chunki maxsus organellalarni hosil qiluvchi tuzilmalar boshqa hujayralarda ham uchraydi. Epiteliy hujayralaridagi tonofibrillalar boshqa hujayralarda ham uchrovchi mikrofibrillalarnnng katta bir to`plamidir. Elektron mikroskop ostida ular nozik ipchalar shaklida bo`lib, desmosomalarda tugaydi. Tonofibrillalar epiteliy hujayrasining mustahkamligini belgilasa kerak.

Miofibrillalar mushak to`qimasida uchrab, ular aktin, miozin, tropomiozin, a-aktinin kabi oqsillarni tutadi. Bu oqsillar boshqa hujayralarda ham topilgan. Mushak to`qimasida bu oqsillar juda ko`p bo`lib, tutamlar - miofibrillalarni hosil qiladi («Mushak to`qimasi» ga q.).



Neyrofibrillalar nerv hujayralarida uchrab elektron mikroskopik tadqiqotlar neyrofibrillalarning nozik mikrofibrillalaridan tashkil topganligi va bu sohada mikronaychalar borligini ko`rsatdi («Nerv to`qimasi» ga q.).





Katalog: uum2 -> uum-gistology-[azizova-fx] -> nazorat-taminot-qism -> adabiyot -> darsliklar -> Zufarov%20Gistologiya
uum2 -> «Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari
uum2 -> O’zbekiston tarixi
Zufarov%20Gistologiya -> Asl biriktiruvchi to’qima (textus conjunctivus sensu stricto)
Zufarov%20Gistologiya -> Nerv to`qimasi
Zufarov%20Gistologiya -> TO’qima to’G’risida ta’limot umumiy gistologiya
Zufarov%20Gistologiya -> Umumiy embriologiya asoslari
Zufarov%20Gistologiya -> Sitoplazma qiritmalari ( inclusiones cytoplasmaticae)
Zufarov%20Gistologiya -> Qon yaratuvchi va immun-himoya a’zolari
Zufarov%20Gistologiya -> Yurak va tomirlar sistemasi (systema cardio angiologae)
Zufarov%20Gistologiya -> Gistologiya o’zbekiston Sog’liqni saqlash ministrligining O’quv yurtlari bosh boshqarmasi meditsina institutlari talabalari uchun darslik sifatida ruxsat etgan Qayta ishlangan, to’ldirilgan nashri toshkent 2005 Zufarov K. A

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
haqida tushuncha
toshkent axborot
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
o’rta ta’lim
махсус таълим
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
Navoiy davlat
haqida umumiy
Buxoro davlat
fizika matematika
fanining predmeti
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat