Hudud nomi «Old Osiyo» hozirgi Iroqqa to ‘g‘ri keladigan joylarga nisbatan ishlatiladi. «Ikkidaryo oralig‘i», «Mesopotamiya» (yunoncha) iboralari ham qoMlaniladi. Iqlimi va tabiati bir XIL emas



Download 13,64 Kb.
Sana15.01.2022
Hajmi13,64 Kb.
#365965
Bog'liq
Hudud nomi - «O-WPS Office


Hudud nomi - «Old Osiyo» hozirgi Iroqqa to ‘g‘ri keladigan joylarga nisbatan ishlatiladi. «Ikkidaryo oralig‘i», «Mesopotamiya» (yunoncha) iboralari ham qoMlaniladi.Iqlimi va tabiati bir xil emas. Frot, Dajlaning o ‘rta oqimi keskin kontinental iqlimga ega. Daryolarning boshi togMarda, sovuq, quyi oqimi — subtropik iqlimga ega. Frot daryo — tinch, Dajla esa — jo'shqin oqadi.

Old Osiyoda birin-sirin turli davlatlar paydo boMdi. Bular: Shumer, Akkad, Ko‘hna Bobil podsholigi (mil. av. XIX—XVI asr.), Yangi Bobil podsholigi (miloddan awalgi VII—VI asrlar), Ossuriya (rivoji-mil. av. XVIII asr boshi, mil. av. XII — IX asr.).Old Osiyoda miloddan awalgi IV mingyillikdan shumerlar o ‘rnashadi.Ular Ur, Lagash, Uruk shaharlarini barpo etadilar. Bu shaharlarning xususiyati quyidagicha: shakli asari oval boMgan, ko‘chalar odatda shimoli-g‘arbdan, janubi-sharqqa yo‘nalgan boMadi. Ibodatxona markazda yoki shimoli-g‘arbda, sun’iy yoki tabiiy tepalikda qurilgan; ibodatxona maydoni to‘g‘riburchak boMib, unda asosiy bino zikkurat edi. Shahar maydonining yoqligi, hovlilar atrofida turar-joylar, saroy va ibodatxonalar shaharda katta ahamiyatga ega boMishi Old Osiyoga xos boMgan jihatlarini tashkil etadi.Shumer poytaxti Ur edi. Ur Akkad shahari boMib. Old Osiyoda eng qadimgilardan biridir. Urda 5250 ta hovli, 40—50 ming aholi boMgan. Shahar 1000x700 m oMchamli qo‘rg‘on devorning balandligi 25—32 m boMgan. Asosiy ibodatxona oy m a’budiga bagMshlangan edi. Undan tashqari, yana 2 ta tepalikda Nannara va uning xotini Nangal, so‘ng Nangal uchun alohida ibodatxona bor edi. Shu yerda saroy ham boMgan. Kiraverish-hovliga yon tomonidan o ‘tilgan. Urning rivoji mil. av. 2000-yilga to ‘g‘ri keladi. Uylar hovlili, o‘rtasida o'choq yoki quduq boMgan. Ko‘cha, asosan bitta boMgan. U marosimlar uchun xizmat qilgan.Suriyadagi xettlar shahri Samal (Zanjirli) Ikkidaryo an'analarida qurilgan. Rivoji mil. av. XII—VIII asrlariga to‘g‘-ri keladi. Tashqi devorini ossuriyaliklar qurishgan.N ippur — shumerlarning muqqaddas shahari hisoblangan. Asosiy nia’bud — Enlilga bagMshlangan edi. Frot qirg‘og'ida boMgan. Maqqadasgoh yarim shaharni egallagan boMib, unda ibodatxonalar va zikkurat boMgan. Bu joyda kohinlarning uylari hamda kutubxona bor edi. Undan sopol taxtada shaharnihg tarxi topilgan. Bu dastlabki, tarxi to ‘rtburchakka yaqin shaharlardan biri boMgan. Reja bilan bir vaqtda qurilgan.Ikkidaryo yaqin shaharlaridan biri Borsippadir. Uning tomonlari 1406x1760 m boMgan. Yetti darvozasi mavjud edi. Ular m a’budlar_.nomi bilan atalgan. Asosiy ko‘chalar shulardan oMgan. Shahar o ‘rtasida m.iqqadasgoh kvadrat geometrik modul asosida tashkil etilgan edi. Modul 3 ashludan, ya’ni 176 m.dan tashkil topgan. Ya’ni bir ashlu (Qadimgi Bobil oMchovi — «arkon») 59 m.ga teng edi. Shahar jug‘rofiy taraflarga nisbatan yo‘naltirilishi a n ’anaviydir. Shundayligi to‘g‘risida turli taxminlar (gipotezalar) mavjud. Ba’zi taxminlarga ko‘ra. shamollardan saqlanish uchun shunday ishlangan. Boshqalarning taxminlariga ko‘ra, buning zamirida diniy tushunchalar yotadi.Dur-Sharrukin shaharini Sargon II (Ossuriya podshosi) qurgan. Uni mil. av. VII a. oxirida midiyaliklar buzishgan. Yetti darvozasi boMgan, tarxi deyarli kvadratni (1800x1650 m) tashkil etgan. Modul — 61 m ga teng edi. Demak, tomonlari 30 va 27 modulga teng edi. Darvozalar o‘rni ham modul bilan belgilangan. Shahar arki 14 m. balandlikda boMgan. Zikkurati 7 bo‘gMngan iborat edi. Darvoza oldida shoh hamda qahramonlar Gilgamesh va Enkidu tasvirlari boMgan. Saroy ichida alebastrdan Sargon II qilgan yurishlari tasvirlangan.Ossuriya poytaxti Nineviya boMib. u hozir yo‘q boMib ketgan. Biroq qoldiqlari bor.Bobil Frot daryosi bo‘yida mil. av. Ill mingyillikdayoq bunyod etilgan. Qurilishi KoMma Sargon nomi bilan bog‘liq (mil. av. 24 as.). Shahar Xammurappi (mil. av. XVIII a.) davrida rivoj topdi. Ko‘p marotaba buzilib tiklangan. Yunon muarrixlari Gerodot, Strabon bu to‘g‘rida yozishgan. Bobilning maydoni 20 km2, tashqi devor uzunligi 18 km edi. Ichki shahar maydoni 410 ga joyni egallagan edi. Ichki devor uzunligi 8360 m edi. Devor pishiq gMshtdan qilinib qalinligi 3 m gacha yetgan. 8 darvozasi boMgan. Asosiy darvoza m a’buda Ishtar darvozasi edi. Yana, bosh Bobil m a’budi — Mardukdan e’tiborli darvozalar ham boMgan. 0 ‘rtada maqqadasgoh — Esogil joylashgan edi. Unda Marduk ibodatxonasi va Etemanakka zikkurati («Yer va osmon yaratilish uyi») boMgan.Bobilliklarning e’tiqodi bo‘yicha, Bobil jahonning markazi edi va bu shahar uning aksi boMib zikkurit markaz nuqtasi edi. Etemenakki 90 m balandlikka ega boMgan. U bir necha pog‘ona — yarusdan iborat edi. Pastki yarus oq, ikkinchisi qora 18 m, undan yuqorisi qizil, ko‘k, kumushrang va moviy ranglarda boMgan.Bayramlarning eng yaxshisi Yangi yil edi. Bu bay ram 10 kun davom etgan. Yangi yil tashqi shaharda tantana qilingan. Marosim Ishtar darvozasidan boshlangan. Ishtar Venera sayyorasi bilan qiyos etilgan. Bobilning eski va yangi qismlari ajralib turgan. Frot daryosi ustidagi ko‘prik 123 m uzunlikda edi. Shaharda 3 saroy boMgan.Birinchisi yozgi boMib, tashqi devor oldida, Bobil tepaligida qurilgan edi. Ikkinchi saroy janubda edi. Marosimlar ko‘pincha tepalik joyda oMkazilgan. Uchinchi, shimoliy saroy ham shu joyda boMgan, lekin u devorning tashqarisida edi. Janubiy saroy yaxshi o ‘rganilgan. 5 hovlidan iborat edi. Shimoliy burchagida Semiramida muallaq bog‘lari bor edi. U qadimgi yetti m o‘jizalaridan biri sanaladi. Shahar o ‘z kanalizatsiyasiga ega edi. Bobilda, taxminan, 360 ming aholi boMgan. Ichki shaharda, taxminan, 80 ming aholi yashagan. Keyinchalik lskandar Maqduniy Bobilni ulug‘ligi, hashamdorligi va ko‘rki uchun o'z poytaxti qilmoqchi boMgan.Dajlaning ikki qirg‘og‘idagi Salavkiya va Ktesifon shaharlari ham alohida diqqatga sazovordir.Salavkiya daryoning g'arbida mil. av. 300-yilda qurilgan. U muntazam tarxga ega boMgan. Shahar devorlari mustahkam edi. Asosiy ko‘chalari o ‘rtada kesishgan. Shahar bir muddat parfiyaliklar poytaxti ham boMgan. Hayoti III asrgacha davom etgan.Ktesifon Salavkiyaning qarshisida, Dajlaning sharq qirg‘ogMda joylashgan boMib u bilan ko'prik orqali bogMangan edi.

Mil. av. Ill asrda Parfiya podsholari Arshoqiylar tomonidan barpo boMgan. Mil. av. I asrda Parfiya poytaxti (podsholar qarorgohi va harbiy-ma’muriy markaz), keyinchalik milodiy VI asrda so'nggi Sosoniylar poytaxti vazifalarini o‘tagan. Hayoti XIII asrgacha davom etgan. Dajla o‘zanining o‘zgarishi natijasida shahar ikkiga boMinib ketgan. G ‘arb tomonida maydoni 72 ga boMgan, doirasimon qismi «Eski shahar» nomini olgan. Sharqiy qismi — Asfanabrda sosoniylarning eng muhtasham saroyi boMmish Toqi Qisro (117,5x105,0 m) saroy qoldiqlari mavjud. Ulkan ayvon ravogMning qadami 26.65 m ga, balandligi 37 m ga tengdir. Mazkur joylarning sharqida va shimoli-g‘arbida boshqa aholi joylari boMib, shahar jami 30 km2 dan ortiq joyni egallaydi.Umuman olganda, Parfiya davrida Iroqda saroylarning (Sharqiy Eron qismidagi saroylardan farqli boMgan) o‘ziga xos m e’morligi shakllandi. Chunonchi, peristel hovlisi, mahalliy ayvon bilan qo‘shilgan Ashshurdagi saroy bunga yorqin misoldir.



Qadimgi Bobil podsholigining tashkil topishi

M.av.1894 - 1 595-yillar orasidagi davrda bu yerda amoriylarning mustaqil sulolasi vakillari hukmronlik qiladi. Qadimgi Bobil podsholigining guilab-yashnagan davri Bobil I sulolasining yirik namoyandasi Xammurapi (m.av. 1792 -1750) podsholik qilgan davrga to'g'ri keladi.Manbalarda yozilishicha, Xammurapi o’z davrining yirik, mashhur davlat arbobi, uzoqni ko'ruvchi ayyor diplomat, yirik strateg, dono qonunshunos, uddaburon va aqlli tashkilotchi shaxs bo'lgan. U o’z ittifoqchilari bilan harbiy ittifoq tuzib, xo'jalik masalalarida nozik siyosat olib borib, ishi bitgach ulardan yuz o'girgan ham. Dastlab Larsa bilan o'zaro ittifoq tuzib, janubdagi Uruk, so'ngra Isinni o'ziga qaratib olgan. Xammurapi o'zining navbatdagi diplomatik amaliyotini shimolga, endigina Ossuriya asoratidan qutilgan Mari davlatiga qaratib, uning podshosi Zimrilim bilan do'stona munosabat o'rnatgan. Mari ittifoqiga tayanib, Bobil shahridan shimolda joylashgan kuchli Eshnunna ustiga qo'shin tortib, bu davlatqo'shiniarini tor-mor etgan. Navbatdagi zarbani o‘zining sobiq ittifoqchisi Larsaga bergan. Jangda Elam shohi Rirnsin qo'shinlari maglubiyatga uchrab, Elamga qoehib ketgan. Xammurapi qo'shinlari Shumerni bosib olib, uni ham o'z podsholigiga qo'shib olgan.Shu voqealardan keyin Mesopotamiyada kuchli davlat vujudga keladi. Shuni aytish joizki, “Shimol” va "Janub” mamlakatlarining podsholari, ya'ni Zimrilim va Xammurapi butun Mesopotamiyada mutlaq hukmdor bo'lish uchun shiddatli kurash boshlaydilar. Mari Bobil uchun kuchli va dahshatli raqib bo'lib, Shimoliy Mesopotamiyadagi ko'pgina shaharlarni va Suriya-Mesopotamiya dashtidagi ko'chmanchilarni o'z nazoratiga olgan edi.Mari O'rtayer dengizi sohilidagi Bibl. Ugarit, Karxemish, Yamxad davlatlari, dengizdagi Krit va Kipr orollari bilan qizg'in savdo va diplomatik aloqalar olib borardi. Zimrilim davrida Marida 2,5 gektar maydonni egallagan 300 xonali muhtasham saroy va xo'jalik binolari qurilgan edi. Saroy devorlari bir-biridan go'zal. chiroyli rasm tasvirlar bilan bezatilgan bo'lib, unda ajoyib podsho taxti qad ko'tarib turardi. Bu saroy o'z davrining “me'moriy mo'jizasi” hisoblangan. Bu ajoyib sarovni ko'rish uchun Ugarit, Bobil va Yamxaddan vakillar kelib. uning mo'jizakor ko'rimshidanlol qolganlar. Zimrilim ham Xammurapi kabi dono siyosatchi va uzoqni ko'ruvchi davlat arbobi edi. Shuni ta'kidlash lozimki, Bobilda Zimrilimning diplomat va ko'plab xufyalari faoliyat ko'rsatib, u yerdagi siyosiy va harbiy voqealarni sinchiklab kuzatib borgan va bu haqida o 'z hukmdorlariga ma'lumot yuborib turganlar. Bu voqealar haqidagi tafsilotlar Zimrilim saroy arxivlarida saqlanganligini arxeologlar topishgan. Xammurapining Mariga nisbatan siyosati salbiy tomonga o'zgarganligini sezgan Zimrilim ittifoqchisiga yuborgan qo'shiniarini Larsadan chiqarib olgan. Xammurapi ham Zimrilimning bu siyosatini payqab m.av. 1759-yilda o'zining katta qo'shini bilan Mari devorlari ortida paydo bo'lib. shaharni qamal qiladi va uni bosib oladi, Shimoliy Mesopotamiyadagi bu kuchli davlatni o'ziga itoat ettiradi. Ammo Zimrilim Xammurapiga itoat etishni xohlamay, unga qarshi qo'zg'olon ko'taradi. Xammurapiqo'shinlari ikkinchi marta Marini qamal qilib uni vayron etganlar, janglarda shahar aholisining aksariyati qirib tashlangan.Maridagi “mo'jizakor'' shoh saroyi yoqib yuborilgan. Bu maglubiyatdan so'ng Mari davlati barham topgan. Zimrilimning ittifoqdoshi hisoblangan Nineviya, Ashshur va boshqa shaharlar ham birin-ketin Bobil davlatining vassaliga aylangan. Xammurapi o'zining 42 yillik podsholigi davrida butun Mesopotamiyani o'z ichiga olgan kuchli, yirik, mustabid davlat tuzishga muvaffaq bo'lgan.Mazkur davrda Bobil Mesopotamiyadagi davlatlardan kichik bir shahar, yangi mustabid davlatning poytaxti bo'libgina qolmay, balki Old Osiyodagi qudratli davlatga aylanib, eng yirik iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz bo'lib qoladi. Ammo ko'plab g'alabalariga qaramay qudratli bo'lib ko'ringan Bobil podsholigi mayda davlatlami kuch bilan ushlab, uyushtirib turgan saltanat edi. Bu esa podsholikning negizi ham u qadar mustahkam emasligini ko'rsatar edi.

Eng qadimgi Mesopotamiya



Mezolit davrining X IVIII mingyilliklarda Frot va Dajla daryolari vodiysining tog'larga tutashgan yerlarida aholi termachilik va ovchilik bilangina shug'ullanib qolmay, yovvoy i o'simliklarni madanivlashtirish va yovvovihayvonlarni qo'lga o'rgatishga ham urinib ko'rgan. Ular qo'yni qo'lga o ’rgatganlar. Ibtidoiy kishilar toshdan boshoqlarni o'radigan o'roq va donni maydalaydigan qo'l tegirmonidan foydalanganlar.

Mezolit davri kishilari qish mavsumida g'orlarda, yozda esa daryo sohillarida poya va qamishdan chaylalar qurib, istiqomat qilganlar. Ular keyinchalik paxsadan uylar qurishga kirishganlar. Mesopotamiyadagi Zevi-Chemi-Shanidar, Mlefaat va boshqa yodgorliklar ana shu davrga mansubdir.M.av. VII mingyilliklarda ilk neolit davrida Zagros tog'lari vodiylari, Mesopotamiya tekisligi chegaralarida Jarmo madaniyatiga mansub qishloqlar vujudga keladi. Bu madaniyatga mansub kishilar bug'doy va arpani madaniylashtirib, echki, cho'chqa va itlarni qo'lga o'rgatgan. Loygaqamish somonini qo'shib kulolchilik buyumlari yasaganlar. Mazkur yodgorlikdan metalldan yasalgan buyumlar ham topilgan. M.av. VIII—VII mingyilliklarda chorvador va ilk dehqon qabilalari tog'dan vodiyga tushib, Tell-Sotto kabi o'troq qishloqlarni barpo qilganlar.M.av. VI mingyillikning o'rtalari va ikkinchi yarmida Shimoliy Mesopotamiya neolit qabilalari tomonidan o'zlashtirilgan va bu joylarda Xassuna madaniyati nomi bilan mashhur bo'lgan madaniyat keng tarqalgan. Xassun qabilalari hozirgi Bag'dod chegarasigacha bo'lgan joylargacha kelib o'rnashgan. Bu davrda dehqonchorvachilik xo'jaligi shakllanib, ular yirik va mayda shoxli ohorva boqqanlar, arpaning to'rt, bug'doyning uch navini, shimingdek, tut ekib parvarish qilganlar. Kichik kichik to'g'onlar vakanallar qurib, sun'iy sug'orishga asoslangan ilk sug'orma dehqonchilikni kashf etgan lar. M.av. V-IV mingyilliklar orasida mesopotamiyaliklar yangi-yangi yerlarni o'zlashtirib, katta-kichik kanal, ariq va suv inshootlari qurganlar. Shuning natijasida dehqonchilik tobora rivojlanib, yerdan mo'l hosil ola boshlaganlar. Shu vaqtga kelib Mesopotamiyada Eredu, Ur, Uruk, Larsa, Lagash, Umma, Isin va Shuruppak kabi obod qishloqlar bunyod etilgan. vrda mesopotamiyaliklar ot bilan tanish emas edilar.Qadimdan boshlab Mesopotamiya aholisi o‘zaro va qo'shni olkalar bilan qizg'in savdo ishlari olib borgan. Xo'jalik rivojlana borib. aholi ko'payib. ibtidoiy qishloqlar asta-sekin shaharlar tusini ola boshlagan. Shu jihatdan qishloqlarni shaharlar onasi deyish mumkin. Ularda haybatli ibodatxonalar. hukmdorlarning qarorgohlari, xo'jalik. ma'muriy idoralar va hunarmandchilik ustaxonalari qurilgan. Shaharlarning atrofi mustahkam, minorali qalin mudofaa devorlari bilan o'rab olingan. Devor sirtida esa mudofaa uchun chuqur xandaqlar boiib, ularga doim suv to'latib qo'yilgan.
Download 13,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish