Zakovat. Shunday insonlar borki, ular otni ham, filni ham qiyinchiliksiz ko`tara oladi. Savol… Ular kimlar? Javob: Shaxmatchilar



Download 21,31 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi21,31 Kb.
#677141
Bog'liq
Zakovat entilektual o`yini 2022


Zakovat.

1.Shunday insonlar borki, ular otni ham, filni ham qiyinchiliksiz ko`tara oladi. Savol… Ular kimlar?
Javob: Shaxmatchilar.

2. Bu narsa insonga ikki marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi. U nima?
Javob: Tishlar

3. Itning bo`yniga 3 metr keladigan arqon bog`langan edi, lekin it to`g`ri yo`nalish bilan 5 metr yura oldi. U bunga qanday erishdi?
Javob: Arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog`lanmagan edi.

4. Qaysi yegulikni tayyorlash vaqtida qancha tuz solsangiz ham sho`r bo`lib ketmaydi?
Javob: Qaynatilgan tuxum.

5. Bir inson samolyotdan parashotsiz sakrab, qattiq yerga hech bir jarohat olmasdan tushdi. Unga hech kim yordam bermadi. Siz menga 1 daqiqa ichida bu inson nega jarohat olmaganini izohlab bering!
Javob: U sakragan samolyot havoga ko`tarilmagan edi.
6. Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to’g’risida tajribalar o’tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko’p o’tirish ko’z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma’lumot berishdi. Bu qanday kasallik?
Javob: Semizlik.

7. Bir kishi olmalarni 500 so`mdan sotib olib, ularni 300 so`mdan sotadi. Biroz vaqtdan so`ng, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
Javob: U avval milliarder edi.

8. Shimoldan janubga qarab elektropoyezd ketmoqda, shamol janubdan shimolga qarab esmoqda. Savol poyezddan chiqqan tutun qaysi tarafga qarab ketadi?
Javob: Elektropoyezdda tutun bo`lmaydi.

9. Ikkita soat taqib yuradigan kasb egalari kimlar?
Javob: Fudbol hakamlari.

10. Stolning 4 ta burchagi bor. Shu burchaklardan birini kesib olib tashlasa, unda nechta burchak qoladi?
Javob: 5 ta.

11. Qaysi o`simlik yig`ib olingandan so`ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% tashlab yuboriladi. Bu qanday o`simlik edi?
Javob: Tamaki.

12. Har qanday yog`ochni 12 bo`lakka bo`lish uchun uni necha marta arralash kerak?
Javob: 11 marta

13. Uni chap qo`l bilan ushlasa bo`ladi, ammo o`ng qo`l bilan umuman ushlab bo`lmaydi. U nima?
Javob: O`ng qo`lning tirsagi edi.

14. Qaysi kasb egalari oldida podsholar ham boshlarini egishgan?
Javob: Sartaroshlar

15. Bu taom nomi turkchada “ Tovada pishiriladigan ovqat” degan ma`noni bildiradi. Bu gruzin xalqining milliy taomidir. Uni hammamiz sevib iste`mol qilamiz. Bu taom qanday ataladi?
Javob: Tabaka.

16. Mashina ro`lini o`ng tomonga burganda uning qaysi g`ildiragi umuman burilmaydi?
Javob: Zapas g`ildiragi.

17. Uning balandligi ham, eni va bo`yi ham yo`q, lekin uni o`lchasa bo`ladi. U nima?
Javob: Harorat.

18. Eramizdan avvalgi V asrda yashagan yunon olimi Gerodot: «U Nilning sovg‘asidir» degan. U Nilning sovg‘as deb qayerni nazarda tutgan?
Javob: Misr.

19. Ular aldagan kishilarni yoqtirishmaydi. Ammo o`zlar ham nuqul aldaydilar. Aldash ularning kasbining mohiyati, aldashgani sayin odamlarning ishonchini qozonadilar. Savol shundan iboratki, bu aldoqchilar kimlar?
Javob: Fudbolchilar.

20. Bozorda ko’rmaysiz, ko’rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham ko’rmaysiz. U nima?
Javob: Kafan.

21. U daraxt Markaziy Osiyoda hosiyatli daraxt hisoblangan. Ocharchilik yillarida ham uning pishig‘iga yetganlar tirik qolishgan. U daraxtni kesish baxtsizlik sanalgan. U qanday daraxt?
Javob: Tut daraxti.


22. Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirxamdan berishgan. Qanday ish evaziga?
Javob: Masjidga kelgani uchun?
Download 21,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish