Xalqaro baholash tizimlari fanidan mustaqil ta’lim topshiriqlari Variant 21
1-topshiriq. 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg‘risida”gi PF-5538-son formonida xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish bandini taxlil qiling. Davlat inspeksiyasi Vazirlik bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda: Tegishli fanni o‘qitish bo‘yicha bilim va ko‘nikma darajasini — pedagoglar malakasini aniqlashning asosiy mezoni sifatida belgilab, umumta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqsin; Pedagogik mahorat va bilim darajasini doimiy oshirib borishga ko‘maklashuvchi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, xalq ta’limi tizimi xodimlarining bilim darajasiga oid malaka toifalari va talablarini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin; Umumta’lim muassasalari reytingini tuzish maqsadida ularning faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tasdiqlansin; O‘quvchilarning bilim darajasini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar) umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining ishtirokini tashkil etsin. 12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 5-sentabr,
PF-5538-son
2-topshiriq. OECD tashkiloti tomonidan (Organisation for Economic Cooperation and Development – OECD) O’zbekistonda o’tkazilgan baholash dastuturi to’g’risida to’liq ma’lumot tayyorlang. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya vakillari Fransiyaga qilgan xizmat safari davomida Xalqaro iqtisodiy hamkorliklar tashkiloti (OECD)da boʻlib, tashkilot mutasaddilari bilan muzokara oʻtkazgani haqida xabar bergan edik. Uchrashuv davomida TALIS (Teaching and Learning International Survey) xalqaro baholash tadqiqotlarida Oʻzbekistonning ilk ishtiroki yuzasidan kelishuv imzolash boʻyicha ham muzokaralar olib borildi TALIS oʻqituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi taʼlim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi – ishtirokchi mamlakatlarga samarali oʻqitish va oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish qaratilgan taʼlim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yoʻnalishlarni koʻrib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy maʼlumotlar taqdim etishdan iiborat Tadqiqotlar maktab oʻqituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balkim xalqaro daraja oʻz fikrini bildirish imkonini beradi. Uchrashuv avvalida OECDning TALIS boʻyicha masʼul boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Karine Trembley ushbu tadqiqotda ishtirok etish shartlarini tushuntirib berdi. Ushbu tadqiqotda 200 ta maktab, 4000 nafar oʻqituvchi va 200 nafar maktab direktori ishtirok etadi. Ularni tanlash ham PISA tadqiqotlariga oʻxshash boʻlib, qaysi bosqich oʻqituvchilarini tanlash, nechta tilda soʻrovnomalar boʻlishini belgilash OECD va davlat oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan koʻzda tutiladi. Ilgari TALIS tadqiqotlari har 5 yilda oʻtkazilgan boʻlsa, endi 6 yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. 2018-yilda oʻtkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan boʻlib, natijalari 2020-yilda mart-aprel oylarida eʼlon qilinadi. Uchrashuv davomida OECD mutasaddilari TALIS tadqiqotlari aynan PISA oʻtkazilgan maktabda boʻlishi shart emasligi, ularning natijalari alohida chiqarilishi, TALIS oʻtkazishdan maqsad taʼlim muassasalaridagi ahvolni, oʻqituvchilar kompetensiyalarini va muammolarini aniqlash, lekin uning natijalari ham personal muhokama qilinmasligi, natijalariga koʻra reyting chiqarilmasligini qayd etib oʻtishdi.
Shuningdek, navbatdagi TALIS tadqiqoti 2024-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgani va unda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston hukumati rasman murojaat qilishi lozimligi taʼkidlandi. Shundan soʻng, shartnoma tuzilib, rasmiylashtirish masalalari koʻrib chiqilishi maʼlum qilindi. Yakunda ushbu tadqiqotda ishtirok etish boʻyicha boshqa davlatlar, xususan 2018-yilda 1-marta TALIS tadqiqotlarida ishtirok etgan Qozogʻiston tajribasini oʻrganishga kelishib olindi.
3-topshiriq. EGMA xalqaro baholash dasturi bilan TIMSS xalqaro baholash dasturlarini taqqoslang. Farqli jihatlarini ayting. Fikringizni isbotlash uchun dalillar keltiring. Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tizimda xalqaro baholash dasturlarini joriy etish boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.Hozirgi kunda oʻquvchilarning oʻqish (EGRA) va matematika (EGMA) boʻyicha qobiliyatlarni baholash tadqiqotlarini tizimga tatbiq etish boʻyicha tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. Mazkur tadqiqotlar boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻzlashtirishini yaxshilash hamda taʼlim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi. Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida qoʻllaniladi. Shuningdek, PISA, TIMSS, PIRLS kabi oʻquvchilar bilimi darajasini baholash uchun xalqaro tadqiqotlar hamda dasturlar tayyorlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi. Joriy yilning 9-18-oktyabr kunlari taʼlim jarayoniga xalqaro tajribalarni tatbiq etish, umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish va matematika fanlaridan bilimlarini aniqlash hamda bilim samaradorligini oshirish maqsadida Respublika taʼlim markazida oʻquv-amaliy seminar tashkil etiladi. Mazkur seminarda EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturi loyihasi boʻyicha 46 nafar monitoring guruhi aʼzolari ishtirok etadi.Seminar-treningda EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturi haqida maʼlumot beriladi. Shuningdek, dasturni tizimga tatbiq etish vositalari ishlab chiqiladi. Oʻquv seminaridan soʻng EGRA va EGMA xalqaro tajribalari amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimiga EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturlari AQSHning USAID tashkiloti bilan hamkorlikda joriy etilmoqda.
TIMSS-2023 xalqaro dasturida qatnashishga kirishildi. Bu borada IEA tashkilotining “Xalqaro matematik va ilmiy tadqiqotlar (TIMSS) 2023 tendensiyalarida qatnashish uchun rasmiy taklifi”ga muvofiq Oʻzbekistonning TIMSS dasturida ilk marotaba qatnashishi masalasida Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi oʻrtasida olib borilgan muloqotlar asosida IEA rahbariyatining dastlabki roziligiga erishildi. IEA rahbariyati Oʻzbekistonning ushbu tadqiqotda qatnashishishidan mamnun ekanligini aytib, Oʻzbekistonning taʼlim sharoitiga TIMSSning qaysi turi mos kelishi haqida maslahatlar berdi. Bundan tashqari, IEA 2021-yil fevral oyida Germaniyaning Gamburg shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan milliy tadqiqot koordinatorlarining birinchi yigʻilishiga taklif qildi va Boston kolleji mutaxassislari bilan turli xil baholash modellarini muhokama qilish, tadqiqotlar yoʻnalishlarining afzallik va kamchiliklari haqida muhokamalar olib borish uchun qulay imkoniyat yaratib berilishi haqida maʼlum qildi.
TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4- va 8- sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash dasturi boʻlib, bu tadqiqot toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladi. TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlar boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy taʼlim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda,qoʻshimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar boʻyicha berilayotgan taʼlim mazmuni, oʻquv jarayoni, taʼlim muassasasining imkoniyatlari, oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari oʻrganiladi.TIMSS dasturi oʻzining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan boʻlib, 2019-yilga qadar har toʻrt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Dasturda qatnashayotgan davlatlar soni ham tobora ortib bormoqda, buni 2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich ortib, 60 dan ortiq davlatni tashkil etganida ham koʻrish mumkin. TIMSS 2015 tadqiqot natijalariga koʻra, AQSH, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning taʼlim tizimi eng yuqori koʻrsatkichlarni egallagan.
PISA 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholasa, PIRLS 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholaydi. TIMSS xalqaro baholash dasturi esa, 4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholaydi. PIRLS va TIMSSni bir-birini toʻldiruvchi dasturlar deb eʼtirof etish mumkin.PISA va TIMSS tadqiqotlarini, ularning ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholashini inobatga olinsa, Respublikamizda matematika sohasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarga ham hamnafas boʻladi deb aytish mumkin. Oʻzbekiston TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi.
Tadqiqotda, Oʻzbekistonning 4- va 8- sinf oʻquvchilari
4-topshiriq. TIMSS tadqiqoti doirasidagi testlardan foydalanib ularga o’xshash bo’lgan ochiq hamda yopiq testlar tuzing (5 ta).