MAVZU: SPORT FORMASI TARAQQIYOTINING QONUNIYATLARI
REJA:
KIRISH
I. O’ZBEKISTONDA SPORT TASHKILOTLARI VA SPORT JAMIYATLARI
1.1. Sportchining musobaqalashish faoliyati xususiyatlari.
1.2. Sport formasi va uning qonuniy tarzda rivojlanishi.
II. SPORT FORMASINI BAXOLASHNING VRACH-FIZIOLOGIK METODLARI.
2.1. Sport hozirgi ko’rinishida bir qadar o’ziga xos xususiyatlarga ega.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy sportning progressiv tezlashuvi va xalqaro sport arenalarida kuchli raqabotlarning tarqalishi sportda tanlab olish muomolarini tadqiq qilish va tashkiliy amaliy aspelalarni dolzarb ekanligini shartlaydi.Sport saralovining maqsadi o’quvchilarning biror-bir sport turi talablariga javob beradigan shahsiy qobilyatlarini va nimalarga qodir ekanliklarini har tomonlama o’rganishdan iborat.Sportda tanlashning muhim asoslaridan biri tanlab olish bosqchlari masalasidir.Ularning har biri tanlab olish uslubiga,layoqatli va iste’dodli sportchilarning qobilyatlarini oldindan bilish kabi hususiyatlarga ega.
O‘zbekistonda sog‘lom avlodni kamol toptirish, ta’lim – tarbiya berishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, jamiyatning rivojlanishida muxim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vazifalardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonning buyuk kelajagini ta’minlash maqsadida aholini tinchligi, yurt boyligi, ayniqsa iqtisodiyot, ijtimoiy madaniyat, ta’lim-tarbiya jarayonlarida tub islohotlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi 410-sonli qarori, “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli qarori, “O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 6-martdagi Pq-3583-sonli qarori, “Jismoniy tarbiya va sport sohasida tadbirkorlikni hamda hususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 28- martdagi 248-sonli qarori, “Jismoniy madaniyat va sport to‘g‘risida” 2015- yil 4- sentabrda O‘zbekiston Respublikasining qonuni, “ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 3- maydagi 331-sonli qarori, “ Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 -yil 3- maydagi 332-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 -yil 28- martdagi N 4-mh buyruqlarini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir.
Hozirda chaqqonlik muammolarini majmuaviy o‘rganishga uslubiy yondoshish zaruriyati tug‘ildi. Shundan bo‘lsa kerak, maxsus-pedagogik adabiyotlarda nazariy yo‘nalishdagi ilmiy ishlar paydo bo‘ldi. V.S. Farfel’, 1962- yil, V.I. Filippovich 1973- yil kabi mualliflar chaqqonlik tushunchasi va tizimini aniqlash borasida shuni ta’kidlaydilarki, amaliyotda jismoniy sifatlarni pedagogik vazifalari: mashqlarni tanlash, ularni qo‘llash usullarini belgilab olishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |