Ommaviy axborot vositalari tili Ommaviy axborot vositalari janrlariga gazeta, jurnal, radio, televideniye, Internet



Download 18,4 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi18,4 Kb.
#246117
Bog'liq
12-амалий машқлар 090621111553


1- mashq. Sohaga oid atamalar qo‘llangan gaplarni ko‘chirib oling. So‘ng matnni qisqa tarkibiy qismlariga ajrating va har biriga mos sarlavha toping.
Ommaviy axborot vositalari tili

Ommaviy axborot vositalari janrlariga gazeta, jurnal, radio, televideniye, Internet va boshqalar kiradi. Shunga muvofiq ravishda OAV tili bu - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bunday til uslubi rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, intervyu, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi.

Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar beradi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi.

OAVda faoliyat yurituvchilar asosan jurnalistlar, muxbirlar, reportyorlar, sharhlovchi va blogerlardir.

Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug‘ullanish bo‘lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to‘ldiruvchi kishi.

Jurnalistlar,asosan, publitsistik faoliyatga yo‘nalgan bo‘lib, ular o‘z oldiga ma’lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, nashr, radio yoki telekanal ta’sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o‘rtasidagi vositachi bo‘lishni maqsad qiladi.



Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo‘lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi aхborot manbaidir.

Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo‘lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda.Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir.

Internet tili juda murakkab va serqirralidir. Chunki Internet tarmoqlarida nutqning barcha uslublariga xos materiallar mavjud.

Bugungi kunda internet bizning hayotimizga tobora kirib bormoqda. Internetda pochta, telefoniya, biznes (savdo, bank, auksion) ishlari ko‘proq amalga oshirilmoqda. Kundan-kunga tarmoqda axborot manbalari ko‘paymoqda. Yildan -yilga Internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda.

Internet deyarli ta’lim jarayoni uchun ideal muhit vazifasini o‘taydi. Bunga Internet foydalanuvchilarining dunyoning istalgan nuqtasidan tarmoq resurslaridan foydalana olishligi muhim omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Tarmoq foydalanuvchilari va axborot sahifalari soni uzluksiz tarzda o‘sib borib, ko‘pchilik yoshlar uchun ermak va qulay vositaga aylanmoqda. AQSh da o‘tkazilgan statistik tadqiqotlarga ko‘ra Oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs va kollejlari talabalarining 100%i Internetdan foydalanadilar. Talabalar Internetning faol foydalanuvchilari sifatida haftasiga o‘rtacha 11 soatni onlaynga sarflaydilar. Har 10 talabadan 9 tasi kuniga elektron pochtasidan foydalanadilar.



2-mashq.Quyidagi so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing. Bu so‘zlar boshqa gapdagi shunday so‘zlarga omonim bo‘lib kelsin.

Yer, jon, soz, tush, soch, qirq, yosh, kul, oy, ot, son, toy, et, yara, bez, , oq, osh.



1- topshiriq.”Termin” so‘zi namunasiga ko‘ra “soha”, “mutaxassis”, “dastur” so‘zlariga sinkveyn tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.

“Sinkveyn” (5-qator) texnikasi:

1-qator - tushuncha - ot

2-qator - 2 so‘zdan iborat sifat

3-qator - 3 so‘zdan iborat fe’l

4-qator - 4 so‘zdan iborat munosabat

5-qator - 1 so‘zdan iborat sinonim

Namuna:

1.Termin

2.Iqtisodiy, sohaviy

3.Anglatadi, ishlatiladi, aniqlaydi

4.Birgina ma’noga ega bo‘lgan so‘z.

5.Atama.

2-topshiriq. Ekspress test topshiriqlarini bajaring:

Jumlalarni davom ettiring.

1. ...........leksikologiya deyiladi.

2. Ibora bu ...........

3. Lug‘aviy birliklar quyidagilar: ...........

4. So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma’nosi..........



5..............tasviriy ifoda deyiladi.

6. Termin (atama) lotinchadan ............ ma’nosini anglatadi.
Download 18,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish